Xonaqoh jome masjidi
Xonaqoh jome masjidi | |
---|---|
Din | |
Mansublik | Islom |
Mazhabi | Sunniy |
Manzil | |
Manzil | Margʻilon, Fargʻona, Oʻzbekiston |
Geografik koordinatalar | 22°58′42.4″N 120°13′42.4″E / 22.978444°N 120.228444°E / 22.978444; 120.228444 |
Arxitektura | |
Turi | Masjid |
Xonaqoh masjidi — Oʻzbekiston, Fargʻona viloyati, Margʻilon shahridagi joylashgan masjid. [1]
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xonaqoh jome masjidi Fargʻona vodiysi hududiga xos boʻlgan halokatli zilzilalardan, Margʻilonning diniy maqsadli oʻrta asrlardagi binolaridan omon qolgan kam sonli masjidlarning eng qadimiysidir. Xonaqoh masjidi shaharning tarixiy markazida, asosiy ko‘chasining sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, shaharning eng qadimiy va yorqin meʼmoriy yodgorliklaridan biri hisoblanadi. XVI asrda qurilgan Xonaqoh jome masjidi o‘zining qariyb besh asrlik tarixi davomida bir necha davrlarni bosib o‘tgan, ularning har biri qurilishiga o‘ziga xos elementlarni olib kelgan va bugungi kungacha unda turli davrlarning alohida parchalari saqlanib qolgan.
Ayvonning baland naqshinkor koʻrinishida gulli bezak qoʻllangan. Toʻsinlardan biriga quruvchilar qurilish sanasi — hijriy 1329 (1911-yil) va ularning ismlarini Xoʻjakentlik To‘xtabek va Mirbobo Xo‘ja deb yozib qo‘yishgan. Ranglarning nozik uyg‘unligi va shiftlarning dekorativ kompozitsiyalari Farg‘ona xalq hunarmandlarining amaliy sanʼati namunasidir.[2]
2018-yildan keng koʻlamli taʼmirlash ishlari olib borildi. O‘zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lganidan keyingi davrda masjid binosini qayta tiklash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi va bugungi kunda ushbu masjid Marg‘ilonning hozirgi asosiy katta masjidi hisoblanadi[3].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Xonaqoh jome masjidi haqida turkum mavjud |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Margʻilon#Tarixiy_va_arxitektura_yodgorliklari“. 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
- ↑ „Мечеть Хонако“. 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyun.
- ↑ „В Маргилане начато строительство нового здания соборной мечети «Хонакох»“. 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-iyun.
Jahon merosi obʼektlari |
| |||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Madaniy |
| |||||||||||||||||||
Tabiiy |
|