Kontent qismiga oʻtish

Shohimardon masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shohimardon masjidi
Muqobil nomlari Shohimardon masjidi

Umumiy maʼlumot
Turi majmua
Shahar Navoiy
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XX asr boshlari
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Shohimardon masjidi — Navoiy viloyati, Gʻazgʻon qishlogʻida joylashgan yodgorlik. Masjid dastlab XVI asrda, hozirgi koʻrinishi XX asr boshlarida Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi vakili Amir Olimxon onasi tomonidan qayta bunyod etilgan[1]. Mazkur masjid qurilishida Gʻazgʻonlik sartaroshlar qatnashgan. Masjid tashqi tomonlarida hadislar bitilgan. Masjid shimoli-sharqida xalifa Ali ibn Abu Tolib al-Kurashiyning ramzi qabri mavjud. Sovet yillarida masjid faoliyati toʻxtatilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, masjid oʻz faoliyatini boshlagan. Masjidda poyustunga tayangan toʻrtta ustun mavjud. Ustunlar orasida gumbaz va arkali qilib ishlangan. Gumbaz ustida sakkiz qirrali oybinoq yaʼni fonar joylashgan. Gumbazdagi sakkizburchakning har bir qirrasida panjara bor va u tuynuk vazifasini bajargan. Masjidda uchta miyonxona mavjud va u ramziy maqbaraga qaratib qurilgan. Miyonxonalar uchta gumbaz bilan qoplangan. Ushbu masjid tarhi Karmana tumani Hazora qishlogʻida joylashgan Deggaron masjidi bilan qurilishi oʻxshashdir. Masjid kirish qismidagi darvozada arab yozuvida „Shohimardon“ yuqori qismida esa „Basmamla“ va chap tomonida „Tayyiba“ kalimasi bitilgan[2]. Masjid tashqi devorlari yuqori qismida oq va qora rangli marmar kitobalarga Qur’oni Karimdan oyatlar va hadisdan iqtiboslar bitilgan. Mazkur bitiklar 1914—1915-yillarda yozilgan. Bitiklar nastaʼliq uslubida va nasx xatida yozilgan[3]. Masjid devoridagi 1 va 2 marmar lavhlar bitikda „Basmala“, Qur’oni Karimdan „Yusuf“ surasi 64 oyati keltirilgan[4]. Uchinchi va beshinchi marmarda hadis keltirilgan[5]. Oltinchi marmartoshda esa Qur’oni Karimning „Fotir“ surasining 28 oyati bitilgan[6].

Hazrati Ali (k.v.) ga nisbat berilgan kadamjo va mozorlar ko’plab diyorlarda xam uchraydi. Jumladan, Navoiy viloyati, Nurota tumani G’ozg’on qo’rg’onida xam shunday muborak joy mavjud. Bu maskan «Hazrati Shoximardon» deb ataladi. Ziyoratgohning bunyod bo’lishi bilan bog’liq masalada ko’shimchamiz yo’q esa-da, bu maskan xalkning hurmati, muhabbati va ixlosining xolis ifodasiekanligini ta’kidlab o’tishga burchlimiz.

Otalari - Abu Tolib ibn Abdulmuttalib, onalari - Fotimabinti Asad ibn Hoshim. Rizouddin ibn Faxruddinning «Xulafoiroshidin» nomli asarida Hazrati Ali (k.v.)ning Allohning ulug’ marhamati va inoyatlari bilan tavallud  bo’lishlari bayon etilgan:

«...milodning 601 yilida dunyoga keldilar. Ota-onalarining qo’ynida sakkiz yoshga qadar (ba’zi rivoyatlarda esa to’qqiz yoshga qadar) tarbiya topdilar. To’qqiz yoshga yetgan paytlarida Rasululloh hazratlari Ali ibn Abu Tolibni o’z tarbiyalariga oldilar...

O’z uylarida to Alloh taborak va taolo olamga payg’ambar qilib yuborgunga qadar birga saqlab yurdilar. Alloh u zotni insoniyatni baxt-saodat yo’llariga yo’l ko’rsatishlik uchun olamga rahmat payg’ambari kilib yuborgan paytda hazrati Ali Rasulullohga ergashdilar va imon keltirdilar, rost deb tasdik etdilar. Hazrat Ali yosh yigitlar ichida yangi porloq dinga birinchi  bo’lib bo’ysunganlaridan edilar...». (91 -92 betlar) Hazrati Ali shijoatli, jasur juda ham pahlavon bo’lgan. Shariat asrorlariga olim, dinni komil biluvchi faqih, uning usul va maromlarini chuqur tushunadigan va xujjatlari sobit buluvchi bilimdon, dunyo matolaridan yuz o’girgan zohid ham edi. Doimo xalloqu olam – Alloh taborak va taoloning fikriga cho’mib yurardi. Rasulullohning «Men ilmning shahriman, Ali esa uning eshigi» deganlari sahih hadislarda kelgandir.

Islomda eng bilimdonlardan biri bo’lgan Abdullox, ibn Abbos (r.a.): «Biror narsani Ali aytganlari bizga isbot bo’lgan chog’da boshqa kishi nima derkin deb turmas edik», deyishlari ilmuhol v qol martabasida bu ulug’ zot tutgan darajani mufassal anglatadi. Payg’ambarimizga kuyov bo’lishlarida ham ulug’ hikmat bor. Muhammad (s.a.v.) janobimiz qizlari Fotima (r.a.)ga qarab: «Men seni, ey aziz qizcham, imoni har qanday boshqa insondan ko’ra quvvatliroq ilmi hammaning ilmidan ko’ra ko’proq, o’zi esa qavmimiz ichida axloq va sharafda afzalroq bir kishining oldiga omonatga qo’yib qo’ydim», deganlari hazrati Aliga nisbatan holis baho va ehtirom, haqiqatdir.

661 milodiy yilning 19 yanvarida Kufa masjididan chiqish paytida Abdurahmon ibn Muljamning qilichi zarbidan yaralanib, ikki kundan so’ng vafot etadi. Jasadi shu masjid yoniga dafn etiladi. Keyinchalik Najaf qasabasiga (katta qishloq, shaharcha) jasadlari ko’chiriladi. Hazrati Ali(k.v.)ning muborak qabrlari hozirda obod maskanga aylantirilgan. Minglab insonlar ibrat va ixlos bilan ziyorat etadi.

Ali (r.a.) chuqur nafas oldilar va aytdilarki: «Eh! Mana buyerda (qalbda) katta ilm bor, qaniydi, uni ko’taruvchi kishini topsam. Faqat ishonchsiz tolibga duch kelyapmanki, u dunyo talabida dinni vosita qiladi, ishlatadi va Allohning ne’matlari bilan uning avliyolariga til tekkizadi hamda Allohning hujjatlari bilan Uning xalkida o’zini ustun tutadi. Yoki haqiqat ahliga itoat etuvchi tolibga duch kelyapman, lekin unda basirat bo’lmagani bois, shubhali narsaga birinchi bor ro’baru kelishi bilan oq qalbiga shir ko’rnashib qoladi.

G’ozg’on qishlog’ida joylashgan «Shohimardon» masjidi XVI–asrda qurilgan. Keyinchalik Buxoro amiri Amir Olimxonning onalari tashabbusi bilan qaytadan qurilgan. Qurilishda mahalliy G’ozg’onlik sangtarosh ustalar ishlashgan. Masjid devorlari to’liq G’ozg’on marmar toshlari bilan tiklangan.

Masjidning tashqi devorlari ustki qismida marmar toshlarga hadislar o’yib yozilgan.Masjidning shimoli sharqida hazrati Ali roziyollohu anhuning ramziy qabrlari mavjud. Masjid hovlisiga kirmasdan chap qo’lda Qambar ota ramziy qabrlari bor. Sho’rolar davrida masjid faoliyatini to’xtatgan. Yurtimiz mustaqillikka erishgach masjid yana faoliyat ko’rsata boshladi. Hozirgi kunda masjid mo’min musulmonlar ixtiyoriga berilgan.

  1. „Шоҳимарбон жомеъ масжиди“. hazratnavoi.uz. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  2. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 211.
  3. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 215.
  4. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 217.
  5. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 218-220.
  6. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 221.

Ilmiy adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376-bet. ISBN 978-9943-4509-5-0.