Kontent qismiga oʻtish

Toʻytepa masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Toʻytepa masjidi
Toʻytepa
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud O'rta Chirchiq tumani[1]
Shahar Oxunboboyev koʻchasi 72-uy
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 15.06.1995—???
Soʻngi imom Rustamov Rashid Rustamovich
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Toʻytepa masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Toshkent viloyatida joylashgan. Maskur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Toshkent viloyati Musulmonlar boshqarmasi tomonidan doimiy nazorat ostida boʻlib, ular chiqargan buyruq va koʻrsatmalar asosida faoliyat yuritadi[2].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻytepa jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati, Nurafshon shahri tarkibidagi Oxunboboyev koʻchasi 72-uyda joylashgan[3]. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Nurashfon sharining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Jumladan, Oxunboboyev, Bobur shox koʻchasi, Dehqonobod, Ismatilla Xakimov, Guzar, Navroʻz, Baxt, Uchqun, Olmazor, Uchqun, Ozodlik, Nafosat, Erkinlik, Yaxshi niyat, Xayat,Obod, Oybek, Mirzo Ulugʻbek, Sportchilar, Mirzayeva, Xurramlik bosh koʻchasi, Uchqun, Baxor, Odil Fayziyev, Ozod Sahrofiddinov, Muqimmiy, Ziyolilar, Kalelin, Navoiy, Eyvalak, Shifokorlar, Sharofiddinov, Eyvalak va Toshkent yoʻli bosh koʻchasidan istiqomat qiluvchi mahalliy aholi vakillari tashrif buyurishadi. Shuningdek, Oʻrta Chirchiq tumanining shaharga tutashgan aholi punktlari va yoʻlovchilar, mehmonlar va sayohatchilar Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu jomeʼ-masjidda kunlik besh vaqt namoz oʻqilishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan[4]. Toʻytepa masjidi Oʻrta Chirchiq tumanining eng katta masjidi hisoblanadi. Ushbu masjidda Oʻrta Chirchiq tumani bosh imom hatibi faoliyat yuritadi.

Toʻytepa masjidining old tomondan va tungi vaqtda koʻrinishi

Toʻytepa jomeʼ-masjidining aniq qachon tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar mavjud emas. Lekin 15-iyun 1995-yildan asosiy faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻyilganligi haqida maʼlumotlar topiladi[5].

  1. „To‘y-tepa" jome masjidi; Tuytepa Grand Mosque; Туйтепа жоме масж“. www.bizkontakte.com. bizkontakte. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
  2. „ТЎЙТЕПА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. O'zbekiston masjidlari. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
  3. „"TO'YTEPA" MASJIDI“. statsnet.co. Statsnet. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
  4. „To‘ytepa jom’e masjidi“. prayertimes.date. PrayerTimes.date. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
  5. „Информация о компании“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.