Kontent qismiga oʻtish

Qoraqalpogʻiston

Koordinatalari: 43°2′24″N 58°51′36″E / 43.04000°N 58.86000°E / 43.04000; 58.86000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Qaraqalpaqstan Respublikası

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren demokratik Respublika
Madhiya: Jayxun jag'asinda o'sken bay terek, Tu'bi bir shaqasi min bolar demek.
Tarkibida 16 tuman va Nukus shahri
Maʼmuriy markazi Nukus
Yirik shahari Nukus
Boshqa yirik shaharlari Xoʻjayli, Qoʻngʻirot, Beruniy, Toʻrtkoʻl, Chimboy, Boʻston, Kegeyli, Mangʻit, Oqmangʻit, Taxiatosh, Moʻynoq, Qoraoʻzak
Asos solingan sanasi 1924-yil 14-oktabr
Qoraqalpogʻiston respublikasi Joqarg'ı Ken'esi raisi Orinbayev Amanbay Tleubayevich
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi Sariyev Qahramon Ramatullayevich
Rasmiy tillar Qoraqalpoq tili, Oʻzbek tili
Aholi (2024)
2 000 000
(4 % ,  (9-oʻrin)
Zichligi 12,03 kishi./km² (13- oʻrin)
Dinlar tarkibi Islom-Sunniylar, Xristianlar va boshqalar
Maydoni 166 600 km² (40 %, 166.600-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi
 Oʻrtacha balandligi


 473 m
 120 m
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qisqacha UZ-QR
Kod ISO 3166-2 UZ-QR
Indeks FIPS UZ-KRK
Telefon kodi +998
Pochta indeksi 2301XX
Internet domeni .uz
Avtomobil raqami kodi 23 (1998—2009-yillardagi koʻrinishi)
95 — 99 (2009-yildan keyingi yangi koʻrinishi)
Rasmiy sayti http://joqargikenes.uz/
Xaritada
Qoraqalpog'iston Respublikasi xaritada
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xarita
43°2′24″N 58°51′36″E / 43.04000°N 58.86000°E / 43.04000; 58.86000

Qoraqalpogʻiston — Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 2 million (2024). Respublika poytaxti — Nukus shahri. Tarkibida 16 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor.[1]

Davlat tuzumi

Qoraqalpogʻiston — parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan O'zbekiston respublikasi tarkibidagi suveren demokratik respublika. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi — koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi (QR JK). Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Hududi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega.[1]

Tabiati

Qoraqalpogʻiston Qizilqum choʻlining shimoli-gʻarbiy, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida. Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik boʻlib, qator tepa va qumli barxanlar (balandligi 75 m dan 100 m gacha) uchraydi. Alohida togʻ massivlari (eng yirigi — Sulton Uvays togʻi, choʻqqilari 473 m va 485 m) bor. Sugʻoriladigan yerlar va sugʻorish kanallari, asosan, deltaning oʻng sohilida. Gʻarbida bir nechta botiqli (Borsakelmas, Asakaovdon botiqlarining balandligi 29–101 m) Ustyurt platosi joylashgan. Plato Orol dengizi va Amudaryo deltasiga tik yon bagʻirli jarlik — chinklar hosil qilib tushgan. Ustyurtdan janubi-sharqda Sariqamish soyligining shimoliy chekkasi joylashgan.

Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yogʻadi. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi janubda -4,9°, shimolida -7,6°, iyulda janubida 28,2°, shimolida 26°. Yillik yogʻin 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 194–214 kun. Eng yirik daryosin— Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qadimdan sugʻoriladigan hudud sifatida maʼlum. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Nukus shahrida joylashgan suv xoʻjaligi boshqarmasi Taxiatosh gidrouzeli, Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha boʻlgan (283 km) hududdagi daryoning barcha suv chiqarish inshootlarini nazorat qiladi. Oʻrta va yuqori oqimlarda daryo suvi sugʻorishga koʻp sarflanishi natijasida hozirgi Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi.

Qoraqalpogʻistonning eng yirik koʻli — Orol dengizi, shuningdek, Xoʻjakoʻl — Qora-jar koʻllar sistemasi bilan bogʻlangan Sudochye koʻl sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida tashkil etilgan sunʼiy suv havzalari ham mavjud. Soʻnggi 40 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida sugʻoriladigan yerlarning kengayishi natijasida Orol dengizi suv sathi 2005-yil boshida 23 m pasaydi. Qoraqalpogʻistonning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xoʻjaliklari tashkil etilgan.[1]

Tuprogʻi, oʻsimlik va hayvonot olami

Amudaryo deltasida allyuvial-oʻtloq, allyuvial oʻtloq-toʻqay, qurib qolgan koʻl va botqoqliklarda tipik shoʻrxok, Ustyurt platosida va Qizilqumda taqir tuproqlar, Qiziljar, Toʻqmoqtogʻ va Ustyurt platosida kulrangqoʻngʻir, Orol dengizining qurib qolgan tubida qumli choʻl tuproqlari tarqalgan.

Qoraqalpogʻistonda yuksak oʻsimliklarning 979 turi uchraydi. Ularning 41 tasi madaniy turga mansub. Yovvoyi oʻsimliklarning 176 tasi endemik, 11 tasi qoldiq (relikt) va 33 turi madaniy oʻsimliklarning yovvoyi ajdodlari. 7 turdagi oʻsimlik Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Qoraqalpogʻiston hududi tropik boʻlmagan choʻl zonasida joylashganligi sababli oʻsimlik qoplami zonalar boʻyicha ajralib turadi: Ustyurt platosi, Amudaryo deltasi, Qizilqum shimoli-gʻarbiy va qoldiq past togʻlar tabiiy geografik zonasi. Ustyurt land-shafti gipsli, shoʻrxok va qumli choʻl boʻlib, oʻsimliklari gipsofit, galofit va ozroq psammofitlardan iborat. Bu hududda 400 dan ortiq yuksak oʻsimlik turi mavjud.

Amudaryo deltasida 655 turdagi gulli oʻsimlik oʻsadi. Deltaning suv havzalarida, aksincha, oʻsimlik turi kam, asosan, qalin toʻqay oʻsimliklari va qamishdan iborat. Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismida katta maydonlarda siyrak oʻt-butali choʻlga xos oʻsimliklar (kserofil boshoqlilar, qorabosh, efemerlar, yulgʻun, oq saksovul) oʻsadi.

Qoldiq togʻlarda oʻsimlik turi nisbatan koʻp. Bu yerda 506 turga mansub yuksak oʻsimlik uchraydi.

Hozirgi vaqtda Qoraqalpogʻiston tabiiy oʻsimliklaridan yem-xashak, oʻrmon (toʻqay) xom ashyosi va dorivorlar sifatida, 50 % yer maydonidan (9387,7 ming gektar) yaylov sifatida foydalaniladi. Qoraqalpogʻiston oʻrmon-toʻqay fondi 1129 ming gektar maydonni egallaydi. Toʻqaylar asalarichilikda ham ahamiyatga ega. Respublikada dorivor oʻsimliklarning 364 turi mavjud.

Hayvonot dunyosi ham xilma-xil: umurtqali hayvonlarning 500 ga yaqin, shu jumladan, sut emizuvchilarning 68, qushlarning 300 dan ziyod, sudraluvchilarning 33, suv va quruqlikda yashovchilarning 2, baliqlarning 50 ga yaqin turi maʼlum. Umurtqasiz hayvonlarning 3500 dan ortiq turi aniqlangan. Soʻnggi 10 yil ichida Qoraqalpogʻiston hayvonot dunyosi ancha oʻzgarishlarga uchradi. Koʻpgina turlar soni qisqardi va ular noyob yoki yoʻqolib borayotgan turlar qatoriga kiritildi. Sut emizuvchilarning 10, baliqlarning 12, qushlarning 37, sudralib yuruvchilarning 10 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Choʻlda sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilonlar; kemiruvchilardan yumronqoziq, qumsichqon, qoʻshoyoq; yirik sut emizuvchilardan jayron, boʻri, tulki; qushlardan saksovul soykasi, burgut, tuvaloq, soʻfitoʻrgʻay; oʻrgimchaksimonlardan chayon, falanga va boshqalar yashaydi. Toʻqaylarning hayvonot dunyosi nisbatan boy: qirgʻovul, oʻrdak, gʻoz, qoravoy, loyxoʻrak; sut emizuvchilardan chiyaboʻri, toʻqay mushugi, boʻri, tulki, tolay quyon, qobon, ondatra va boshqalar iqlimlashtirilgan. Amudaryo va Oroldan pilmay, sazan, taran, laqqa baliq kabilar ovlanadi. Baʼzi turlar yoʻqolib ketgan va sanoat ahamiyatini yoʻqotgan. Shu bilan birga Qoraqalpogʻiston suv havzalarida baliqning yangi 14 turi iqlimlashtirilgan.

Respublikada 3 maxsus qoʻriqlanadigan tabiiy hudud: „Badaytoʻqay“ davlat qoʻriqxonasi, „Saygʻoq“ va „Sudochye“ buyurtma qoʻriqxonalari tashkil etilgan. Qoʻriqlanadigan hududlarning umumiy maydoni 1056,5 ming ga.[1]

Hududiy boʻlinishi

Tuman nomi Tuman markazi
1 Amudaryo tumani Mangʻit (shahar)
2 Beruniy tumani Beruniy (shahar)
3 Chimboy tumani Chimboy
4 Ellikqalʼa tumani Boʻston
5 Kegeyli tumani Kegeyli
6 Moʻynoq tumani Moʻynoq
7 Nukus tumani Oqmangʻit
8 Qanlikoʻl tumani Qanlikoʻl
9 Qoʻngʻirot tumani Qoʻngʻirot
10 Qoraoʻzak tumani Qoraoʻzak
11 Shumanay tumani Shoʻmanoy
12 Taxtakoʻpir tumani Taxtakoʻpir
13 Toʻrtkoʻl tumani Toʻrtkoʻl
14 Xoʻjayli tumani Xoʻjayli

Aholisi

Aholisi, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar, shuningdek, qozoqlar, qirgʻizlar, turkmanlar, rus, ukrainlar tatar, koreyslar va boshqa oʻtizga yaqin millatlar yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 9,4 kishi. Shahar aholisi 48,5 %, qishloq aholisi 51,5 %. Davlat tillari — qoraqalpoq va oʻzbek tili. Etnik tarkibi — O'zbeklar (38,8 %), Qoraqalpoqlar (35,8 %) Qozoqlar, (11,8 %) va boshqa millatlar. Dindorlari — musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati boʻyicha Toshkentdan keyin 2-oʻrinda), Toʻrtkoʻl, Taxiatosh, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot, Chimboy.[1] Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 millionga yaqin kishi yashaydi.(2022-yil)

Davlat boshqaruvi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining oʻrinbosari hamdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi.[1]

Tarixi

Qoraqalpogʻiston hududida odam soʻnggi paleolit davridan yashay boshlagan. Miloddan avvalgi 5-ming yillik–2-ming yillik boshlarida aholi, asosan, Amudaryo deltasi va Orol, Kaspiy dengizlari yon atroflaridagi choʻllarda joylashgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida bu hududda sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi VI asrlarda Qoraqalpogʻiston hududida qadimgi davlatchilik markazlari yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi IV asrda Axomaniylar saltanati tarkibidan ajralib chiqqach, yagona qadimgi Xorazm davlati tashkil topdi. Qoʻyqirilgan-qalʼa, Oyboʻgʻir va Burliqalʼa shaharlari xarobalarini qazish vaqtida qad. yozma yodgorliklar (miloddan avvalgi IV asrga oid), Qoʻyqirilganqalʼa va Oqshoxonqalʼada qadimiy tasviriy sanʼat va haykalta-roshlik yodgorliklari topildi. xorazmshoxdarning Tuproqqalʼa (milodiy 3- IV asr boshlari) saroyi soʻnggi antik dav. rning eng ulkan yodgorliklaridan biri hisoblanadi. VIII asrda arablar olib kelgan islom dini zardushtiylik aqidalarini surib chiqardi. XII–XIIIasrlarda buyuk Xorazmshohlar davlati Gʻarbiy Osiyo va Urta Sharqda eng yirik va kuchli davlat edi. XIII asrda moʻgʻullar isti-losidan soʻng bu davlat parchalanib ketdi. XIV asrda Xorazm Oltin Oʻrdaning eng boy va madaniy viloyatiga aylandi. Qoraqalpogʻiston hududidan Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar, Dashti Qipchoq va Volga boʻyiga muhim savdo yoʻllari oʻtgan va xalqaro savdoda muhim ahamiyatga ega boʻlgan.

Qoraqalpoqlarning eng qadimgi etno-genezi Amudaryo deltasi va OrolKaspiyboʻyi choʻllarida miloddan avvalgi VII–IV asrlarda yashagan sak-massaget qabilalari bilan bogʻliq. VI–VIIIasrlarda mahalliy aholi bilan turkiy qabilalar qisman aralashib ketgan. VIII–Xasrlarda bijanak (pecheneg va oʻgizlar muhitida qoraqalpoq millati shakllana boshladi. Chingizxonning bosqinchilik harakatlari vohani choʻlga aylantirgan, Amudaryo quyi oqimi atroflarida yashagan aholining koʻplab koʻchib ketishiga sabab boʻlgan. Qoraqalpoqlar gʻarbga Oʻzboʻy, Volga va Ural tomonga koʻchib oʻtganlar. U yerda Oltin Oʻrda tarkibida boʻlganlar. Ular Rashiduddin asarida „qavmi kulohi siyoh“ deb atalgan.

Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi XVII–XVIIIasrning oʻrtalarida Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida yashagan. XVIII asrning oʻrgalarida siyosiy voqealar, yaʼni qozoq xoni Abulxayrxon qoraqalpoq yerlariga hujum qilishi oqibatida ular Sirdaryo deltasidagi gʻarbiy tarmogʻi — Janadaryo boʻylariga koʻchib oʻtdilar va Amudaryoning quyi oqimida yashovchi qoraqalpoqlar orol oʻzbeklari bilan birlashib, markazi dastlab Qoʻngʻirot, soʻngra Shohtemir (hozirgi Chimboy) boʻlgan davlat (Orol mulkini) tuzdilar. Qoraqalpoklar asosan, chorvachilik, dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanganlar.

1811-yilda qora-qalpoqlar Xiva xonligiga tobe boʻldi. 1873-yildarus podsho qoʻshinlarining Xivaga qilgan yurishidan soʻng va Gandimiyon shart-nomasi tuzilgach, Amudaryoning oʻng sohilidagi qoraqalpoqlar yashaydigan hudud Rossiyaga qoʻshib olingan va bu yerda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimi tashkil etilgan. Amudaryo boʻlimi 2 uyezd: markazi Toʻrtkoʻl qalʼasi boʻlgan Shoʻraxon va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uyezdiga ajratildi. Shunday qilib, qoraqalpoqlar yashaydigan hudud 2 ga ajratib tashlandi. Chap sohil qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Bu esa qoraqalpoqlarning siyosiy va milliy birlashuviga gʻov boʻldi. Mustamlakachilik zulmi XX asr boshlarida zoʻrayib ketdi. 1916-yilda Chimboy, Toʻrtkoʻl va boshqa joylarda podsho Rossiyasi siyosatiga qarshi qoʻzgʻolonlar boʻldi. 1917-yilda podsho hukumati agʻdarilgach, oʻng sohil qismi Turkiston ASSR tarkibiga kirdi, 1918-yilda bu yerda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1919-yilda Chimboy volostida xalq qoʻzgʻolonlari boshlandi. 1920-yilda Amudaryo boʻlimi Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatiga aylantirildi. 1920-yil aprelda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzildi va uning tarkibiga qoraqalpoqlar yashaydigan joylar ham kiritildi. 1924-yil aprelda QozogʻistonQoraqalpogʻiston muxtor viloyati tuzildi. Usha yilda chap vaoʻng sohil birlashib, yagona Qoraqalpoq muxtor viloyati maqomida qozogʻiston muxtor respublikasi tarkibiga kirdi. 1924-yil oktabrda Oʻrta Osiyo sovet respublikalarida milliy-davlat chegaralanishi davomida Turkiston ASSR tarkibidagi Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati tuzildi.

1929-yilda Taxtakoʻpirda koʻplab mahalliy aholi kolxozlashtirish siyosa-tiga qarshi chiqdi. Bu voqea Qoraqalpogʻistonni Rossiya Federatsiyasiga bevosita qoʻshib olish uchun asosiy sabab boʻldi. 1932-yil martda Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati q. muxtor respublikasiga aylantirildi. 1936-yildan Oʻzbekiston tarkibida.

Qoraqalpogʻiston bir qancha repressiyalarni boshdan kechirdi: 1917–1922, 1928–1930, 1932–1933, 1934–1936, 1936–1938, ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda. Oʻsha davrlarda anʼanaviy jamoat, xoʻjalik va madaniy munosabatlar yoʻq qilindi, bir necha oʻn ming kishi qatagʻonga uchradi.

1950–1980-yillarda Qoraqalpogʻistonda totaligar boshqaruv tizimi hukmron boʻldi. Paxta yak-kahokimligi, qishloq xoʻjaligidagi maʼmuriy buy-ruqbozlik siyosati agrof muhitning buzilishi va Orol dengizining qurishiga olib keddi. Orol fojiasi regionda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi, aholi sogʻligʻining yomonlashuviga olib keldi. 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi suvereni-teti eʼlon qilindi. 1991-yil 31-avgustda bu holat „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida“gi Qonunda oʻz aksini topdi. 1993-yil 4-dekabrda davlat madhiyasi tasdiqlandi. Milliy mustaqillik davrida respublika suverenitetining meʼyoriy-huquqiy asoslari mustahkamlandi, yangi maʼmuriy hokimiyat tuzilmalari faoliyati oʻrnatildi. Respublikada 17 shahar va tuman hokimiyati, fuqa-rolarning mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari tashkil etildi, 200 dan ortiq jamoat tashkilotlari ishlab turibdi.

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1995.25.12), „Adolat“ Sotsial Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1996.27.02), „Fi-dokorlar“ Milliy Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1999.22.01), Oʻzbekiston tadbirkorlar harakatining Liberal Demokratik partiyasi Qoraqalposhston Respublikasi tashkiloti (2004.23.01) hamda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti faoliyat koʻrsatadi.

Dastlabki kasaba uyushmalari tashkilotlari XX asrning 20-yillarida tashkil etilgan. 1951-yilning avgust oyida Qoraqalpogʻiston viloyat kasaba uyushmalari kengashi tashkil topgan. 2005-yilning mart oyida kasaba uyushmalari kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi deb qayta nomlandi. Uning tarkibiga ishchi-xizmatchilarning 11 dan ortiq kasaba uyushmasi kiritilgan: agrosanoat majmuasi, avtotransport va pul xoʻjaligi, aloqa. taʼlim va fan, sogʻliqni saqtash, davlat muassasalari, madaniyat, mebel sanoati va kommunal-xoʻjalik korxonalari, yoqilgʻienergetika, geol. va kimyo sanoati, kichik biznes. isteʼmolchilar kooperatsiyasi, savdo va tadbirkorlar, qurilish va sanoat qurilishi materiallari.

Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII—IV asrlarda Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab oʻtgan sak va massagetlar qabilalari bilan bogʻliq. VI—VIII asrlarda bu yerdagi aholi bilan turkiy qabilalar qisman qorishadilar. VIII—X asrlarda bijanaklar va ogʻuzlar orasida qoraqalpoqlarning shakllanishi boshlangan. Bijanaklar bir qismi Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan qorishib, asta-sekin ularning tilini qabul qila boshlagan. Qoʻlyozma manbalarda (rus yilnomalarida) „Chyornie klobuki“, „Qavmi kulaxi-siyax“ (Rashid ad Din) toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida, Amudaryoning quyi qismida yashaganlar hamda Orol oʻzbeklari bilan birgalikda davlat barpo etadilar (Orol-hukmronligi), uning poytaxti dastlab Qoʻngʻirot, keyinchalik Shaxtemir (hozirgi Chimboy tumani) boʻlgan. Qoraqalpoqlar yarim koʻchmanchi, chorvachilik va irrigatsion dehqonchilik hamda baliqchilik bilan shugʻullanadi.

1811-yildan boshlab Qoraqalpoqlar Xiva xonligiga qaram boʻlganlar. 1873-yilda chor qoʻshinlarining Xivaga yurishi va Gandimyon shartnomasi tuzilgandan soʻng Amudaryoning oʻng sohilida joylashgan Qoraqalpoqlarning hududi Rossiyaga qoʻshildi. Bu yerda Turkiston General–gubernatorligi Sirdaryo viloyatining Amudaryo boʻlimi paydo boʻladi. Amudaryo boʻlimi 2 ta uchastkaga boʻlinadi: Petro-Aleksandrovsk qalʼasi markazi boʻlgan Shoʻraxon uezdi (hozirgi Toʻrtkoʻl shahri) va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uezdi. 1924-yilda millatlarni eʼtiborga olgan holda hududga boʻlish jarayonidan keyin Qoraqalpoq avtonomiyasi tashkil topib, Qozoq avtonom respublikasi tarkibiga kiritiladi.[1]

1930-yil 20-iyulda Qoraqalpoq avtonomiya boʻlimi RSFSR tarkibiga kiradi.

1932-yil 20-martda u Qoraqalpoq ASSRga oʻzgaradi.

1936-yildan boshlab Qoraqalpogʻiston ASSR Oʻzbekiston SSR tarkibiga kiradi. Qoraqalpogʻiston ASSR 1990-yil 14-dekabr sanasida davlat suverenitetini elon qiladi. 1992-yilidan Qoraqalpogʻiston ASSR Qoraqalpogʻiston suveren Respublikasi maqomiga ega boʻladi.

1993-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston tarkibida 20 yil mudatga qolishga soʻng 2013-yili referendum yoʻli bilan mustaqil davlat boʻlishga ikki tomomlama shartnoma tuziladi.

Xoʻjaligi va Sanoati

Qoraqalpogʻiston — xoʻjaligi rivojlangan respublika shunga qaramay Oʻzbekistoning Dotatsiyon mintaqasi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, qurilish va qoplama toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, sement, kon-ruda va kon-texnika xom ashyosi olinadi.

Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud boʻlib, ular quyidagʻilardan iborat: elektroenergetika; yoqilgʻi sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashi-nasozlik va metallsozlik; oʻrmon. yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz; un-yorma va aralash yem; poli-grafiya sanoatlari.

Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qoʻshni viloyatlarning elektr energiyasiga bulgan talabini qondiradi (stansiyaning oʻrtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996-yilda Qoʻngʻirot tumanida „Ustyurtgaz“ korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilgʻi sanoati vujudga keldi. 2004-yilda respublika buyicha 1697,1 mln. m1gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi. 1993-yilda „Nukuskabel“ ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qoʻngirot un zavodi (1993), „Toʻrt-koʻldon“ (1997), kichik novvoyxonalar va makaron ishlab chiqarish korxonalari bunyod etildi.

Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip pigiruv va toʻqimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yogʻ-moy zavodlari, toʻqi-machilik korxonasi). Qungʻirot tumanida (paxta, un-yorma zavodlari, „Us-tyurtgaz“), Toʻrtkoʻl tumanida (paxta, un tortish zavodlari), Xoʻjayli tumanida (paxta, yogʻ-moy, taʼmirlash-me-xanika va gisht zavodlari). Chimboy tumanida (paxta, yogʻ-moy, unyorma zavodlari), Ellikqalʼa tumanida (paxta zavodi, „Elteks“ aksionerlik jamiyati va „Yuniver“ qoʻshma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, „Kateks“, „Nukus non“, „Daunt“ korxonalari, un-yorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va taxiatosh shahrida (taʼmirlash-mexanika va uyayorma zavodlari) faoliyat koʻrsatadi.

Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, ohaktosh, qoplama materiallar, yigʻma temir-beton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari. toʻqimachilik galantereyasi, oʻsimlik moyi, goʻsht va goʻsht mahsulotlari. non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va boshqa ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Qishloq xoʻjaligi, asosan. paxtachilik, gʻallachilik (sholi va bug-doy yetishtirish) va chorvachilik (goʻsht, sut, qorakoʻlchilik)dan iborat. Qishloq xoʻjaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22,4 %, gʻalla ekinlari 22,1 %, chorva mahsulotlari 36,4 % ni tashkil etadi. 2004-yilla umumiy ekin maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga paxta. 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming ga yerga yemxashak ekinlari ekildi.

Chorvachilik, asosan, goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005-yilda barcha toifadagi xoʻjaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qoʻy va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi.[1]

Transporti

Qoraqalpogʻiston keng va turli-tuman transport tarmogʻiga ega. Transport yoʻli, havo, avtomobil transportlaridan keng foidalaniladi. 1994-yilda avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 4295 km, shu jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 4235 km boʻlgan. 1999-yilda Amudaryoga Nukus va Xoʻjayli shaharlarini birlashtiruvchi avtomobil yoʻlli koʻprik qurildi. Qoraoʻzak — Miskin, Miskin -Gazoʻchoq. Miskin-Buzoqboshi temir yoʻl qurib ishga tushirildi. 2005-yilda temir yoʻl uzunligi 984 km ga yetdi. Nukusda trolleybus qat-novi yoʻlga qoʻyilgan (1991). Nukus aeroporti 1940-yilda qurilib. 2003-yilda rekonstruksiya qilingan. 1 soatda 200 kishiga xizmat koʻrsatadi. 1998-yilda Qoraqalpogʻistonda „Oʻzdunrobita“ Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasinkng uyali telefon tarmogi faoliyat boshlagan.[1]

Tibbiy xizmati

Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 oʻrin), 246 am-bulatoriya-poliklinika muassasasi, ularning tarkibida 20 qishlok, uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti, tuman markaziy kasalxonalariga qarashli 14 poliklinika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bilan birlashgan 20 poliklinika, 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991—2005-yillarda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus shahrida Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot institutining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga moʻljallangan) qurildi. Qoraqalpogʻistonda 3,6 ming vrach (har 10 ming aholiga 23,1 vrach, 15,5 ming oʻrta tibbiy xodim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 oʻrin toʻgʻri keladi. Aholiga Oʻzbekiston respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14 tuman markaziy kasalxonasi va taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam boʻlimlari xizmat koʻrsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi „oilaviy poliklinika“ sifatida faoliyat yuritadi. Keyingi 10 yil ichida respublikada hamshiralik par-varishi boʻyicha 75 oʻrin tashkil etilgan. Nukus shahrida 1998-yildan Skrining markazi, 2003-yildan esa bir smenada 100 oʻsmirni qabul qilishga moʻljallangan respublika oʻsmirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya institutining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy-profilak-toriy (1200 oʻrin) faoliyat koʻrsatadi.[1]

Sporti

Qoraqalpogʻiston sportchilari sportning kurash, boks, futbol, ogʻir atletika, voleybol, basketbol, ot sporti turlari va boshqa boʻyicha mamlakat muso-baqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Qoraqalpogʻistonda 14 stadion, 467 sport zali, 3159 sport maydonchasi, 3 suzish havzasi, tennis kortlari va boshqa sport inshootlari bor. Bir qancha qoraqalpoq sportchilar Oʻzbekiston, Osiyo, jahon sport musobaqalarida qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritganlar yoki sov-rinli oʻrinlarni egallaganlar. Qoraqalpogʻiston sportchilari „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“, studentlar universia-dalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Muaytay boʻyicha 5 karra jahon chempioni Erkin Qutiboyev, ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempioni Baxtiyor Nurullayev, Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori Sergey Sirsovning nomlari mashhur. 12-Osiyo oʻyinlarida boks boʻyicha Alisher Avezboyev, futbol boʻyicha Berdax Allaniyazov, eshkak eshish boʻyicha Baxtiyor Davletyarovlar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Respublikada xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1 toi-fadagi sportchilar tayyorlanadi.[1]

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

2004/05 oʻquv yilda Qoraqalpogʻistonda 763 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatib, ularda 338 mingdan ziyod oʻquvchiga 36,1 ming oʻqituvchi taʼlim beradi. „Pro-T4-Sh gress“ taʼlim va taraqqiyot markazi Oʻzbekistondagi XXI asr maktabining andozasi sifatida tan olindi. Oʻqitishning noanʼanaviy uslublaridan foydalanish, eng yangidarsliklar, oʻquv dasturlari, audio va videotexnikalarni qoʻllash oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrganishga yordam beradi. Uning filiallari Qoʻngʻirot, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli tumanlarida ochilgan. Oʻquvchilarning kompyuter savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor berilgan. 6 yoshdagi bolalarni kasbiy yoʻnaltirish va ularni maktabdagi oʻqishga tayyorlash maqsadida shahar va tuman xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida „Diagnostika markazlari“ tashkil etilgan. 72 kasb-hunar kolleji, 5 akademik litsey bor. Bu oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 60,6 ming oʻquvchi oʻqiydi. Qoraqalpogʻistonda Qoraqatoq universiteti, Nukus pedagogika instituti hamda Toshkent tibbiyot pediatriya instituti bilan Toshkent agrar universitetining filiallari bor. Ularda 9 mingga yaqin talaba taʼlim olmoqda.

35 ilmiy muassasa, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimiga qarashli 6 ta boʻlinma (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining tabiiy fanlar kompleks instituti, Bioekologiya instituti, Orolboʻyi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti, N.Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot instituti, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Qoraqalpogʻiston klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti), Botanika bogʻi ishlab turibdi.[1]

Matbuoti, radioeshittirish va televideniyesi

Qoraqalpogʻistonda 5 respublika, 14 tuman, 1 shahar (Nukus), 20 tarmoq gazetalari, 2 byulleten va 9 jurnal nashr etiladi. Shulardan yiriklari: „Erkin Qaraqalpaqstan“ (1924-yildan), „Vesti Karakalpakstana“ (1919-yildan), „Qaraqalpaqstan jaslari (1931-yildan)“, „Amu tani“ (1991-yildan), „Ustoz jolim“ (1998), „Garezsizlik xem nızam“ (1996-yildan), „Davr koʻzgusi“ (1978-yildan), „Madeniyat xam sport“ (1997-yildan), „Amudarya“ (1932-yildan), „Vestnik“ (1960-yildan), „Aral qizlari“ (1991-yildan), „Ilim xam jemiyet“ (1991-yildan), „Saniyat“ (2003-yildan), „Ekonomika xem bank“ (2003-yildan), „Karakalpakstan“ (2002-yildan), „Bilim xam ondiris“, „Jipek jolim“ (1999-yildan). Qoraqalpogʻiston radiosining eshittirishlari 1932-yil yanvarda boshlangan. Dastlab radioeshittirishlar qisqa axborotlar tarzida tashkil qilingan. 1935-yilda ularning hajmi 3 soatgacha yetkazilgan. Hozirgi kunda Qoraqalpogʻiston radiosi kuniga 6,5 soat hajmda eshittirishlar olib boradi.

Qoraqalpogʻiston televideniyesi dastlab 1964-yil 5-noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida koʻrsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hozirgi kunda ertalab 1,5 soat va kechki payt soat 19 dan yarim tungacha, dam olish kunlari telekoʻrsatuvlar olib boriladi.[1]

Adabiyoti

Qadimgi va boy tarixga ega qoraqalpoq folklorining asosini lirik va epik asarlarning barcha turlari tashkil etadi. Lirik janr asarlariga xalq, marosim qoʻshiqlari (yor-yor, xaujar, joʻqlov, yaramazon, gulap-san, badik va boshqalar), aytis (aytishuv, qoʻshiq-bellashuvlar), matal va maqollar, masallar, tez aytish; epik janr asarlariga ertak, toʻlgov, terma, dos-tonlar kiradi.

Dostonlar qoraqalpoq folklorining asosiy janri boʻlib, 4 tur (qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, tarixiy dostonlar)ga boʻlinadi. Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston „Alpamis“ dostoni. Shuningdek, „Yedige“, „Qublon“, „Qirq qiz“ dostonlari mashhur.

Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi shoir Jiyen jirovning (1730-84) faoliyati muhim ahamiyatga ega. Oʻzining „Ulugʻ togʻ“, „Poʻsgan yel“ dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga koʻchib kelish tari-xini yozgan. Qoraqalpoqlarning turkistondan koʻchib kelishiga shoirning yana bir „Xush boʻling, doʻstlar“ sheʼri bagʻishlangan. Yana bir shoir Kunxoʻja sheʼrlarida oʻzi yashagan davrdagi xalq hayotini tasvirlagan. Ajiniyazning ijodi XIX asrda ijod qilgan qora-qalpoq shoirlari orasida yetakchi oʻrinni egallaydi. Uning asarlari alohida toʻplamlar sifatida qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan. Berdaq shoirning lirik, satirik, didaktik sheʼrlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Shuningdek, Otesh Alshinbay oʻgʻli (1828- 1902), Kulmurot Qurbon oʻgʻli (1845- 1926), Omar Sugirimbet oʻgʻli va boshqa shoirlarning sheʼr, doston va boshqa asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib oʻrin egallaydi.

20-asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotida sheʼriyat yetakchilik qildi. Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotining asoschilari A. Musayev, S. Majitov, K. Avezov, K.Yormanov, I. Fozilov, N. Dovqorayev, A. Begimov, J. Aymurzayev, D. Nazberganov, M. daribayev, A. Shomuratov, S. Qurbonniyozov va boshqalarning ijodida madaniyat va maʼrifat, taʼlim, mehnat, tabiat gi, ayollar tengligi niy masalalar asosiy boʻldi.

20-asrning 20-40-yillaridagi qoraqalpoq adabiyotida Qozi Maulik Bekmuham-mad oʻgʻli (1885—1950), A. Dabilov, S. Nurimbetovlar ijodida xalq ogʻzaki ijodining boy anʼanaviy merosi keng tasvirlangan. 1940—1945-yillarda qoraqalpoq adabiyotida tashviqot-targʻibot yoʻnalishidagi publitsistik asarlar bilan felyeton, ocherk, qisqa hikoyalar yaratila boshladi. Badiiy asarlarning asosiy mavzusi fashizm ustidan gʻalaba qozonish, qahramonlik gʻoyalari boʻlib, badiiy asarlarda ham urush qahramonlarining obrazlari yaratilgan.

Urushdan keyingi davrda (1946—1960) sheʼriyat, proza, dramaturgiya, bolalar adabiyoti, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik rivojlandi. Oʻsha davrda yozuvchi va shoirlardan I. Yusupov, T.Jumamuratov, B. Qaipnazarov, B. Ismoilov, X.Turimbetov, O.Xoʻjaniyozov, T.Qaipbergenov, K.Sultonov, G.Seytnazarov, T.Seytjonov, J. Dilmurotov, S. Pirjonov va boshqaning ijodi samarali boʻldi. Adabiy tarjimashunoslikka ham koʻp eʼtibor berildi. Qoraqalpoq yozuvchilarining koʻp asarlari, baʼzi adiblarning toʻplamlari oʻzbek, rus, qozoq tillariga tarjima qilindi. Oʻz navbatida boshqa xalqlar adabiyot vakillarining saylanma asarlaridan qoraqalpoq tiliga oʻgi-rilgan tarjimalari nashr qilina boshlandi.

1960—1980-yillar qoraqalpoq dramaturgiyasida P.Toʻlegenovning „Onalar“, „Koʻlanka“, „Inson taqdiri“, J. aymurzayevning „Ber-daq“, „Qadrdon doktor“, S.Xojaniyozovning „Suymaganga suykanma“, „Ahmoq podsho“, T. Seytjonov, I. Yusupovning pyesalari (A.Shamuratov bilan birgalikdagi) muhim ahamiyat kasb etadi. Shu davrda lirik-epik sheʼriyat mazmuni va mavzusi, uning janr jihatdan oʻziga xosligi rivojlandi va boyidi.

1970—1980-yillar dramaturgiyasida teatr sahnalarida qoʻyilgan K.Rahmonovning (1942—2002) „U dunyoga taklif“ tragikomediyasi, „Injiqning muhab-bati“ komediyasi, I.Yusupovning „Ajiniyaz“ operasi librettosi yangi muhim hodisa sifatida tan olindi. X. Saparov, Sh. Dilmurotov va boshqalarning sheʼriy toʻplamlari qoraqalpoq bolalar adabiyotiga qoʻshilgan muhim hissa boʻldi. 1970—1980-yillardagi qoraqalpoq prozasi G.Yesemuratova, U.Pirjanov, A.Atajanov, J. Seytov, S.Bahodirova, X.Hamidov, K. Mambetov, O.Bek-baulov, I.Qurbonboyev, S.Soliyev, M.Qayipov kabi yozuvchilar bilan boy-idi. Hozirgi zamon qoraqalpoq prozasining rivojlanishida T.Qaipbergenovning ijodi alohida oʻrin tutadi.

Hozirgi zamon qoraqalpoq sheʼriyatini gʻoyaviy-mavzuli badiiy-estetik jihatdan boyitishga I.Yusupov salmoqli hissa qoʻshdi. 1980-yillarning 2-yarmida K.Mambetovning „Xujdan“. O.Abdurahmonovning „Boʻsagʻa“, A.Otepbergenovning „Doʻzax ichida“, K.Rahmonovning „Oqibat“, Sh. Seytovning „Xalqobod“ romanlari yaratildi. Sheʼriyatga oʻz ovoziga ega boʻlgan K. Karimov, K. Reymov, N. Toreshova, M. Jumanazarova, O. Seytayev, O. Satbayev, J. Xoʻshniyozov, X. Dauletnazarov, J.Izboskanov, X.Ayimbetov kabi isteʼdodli ijodkorlar kelib qoʻshildi.

Teatr sahnalarida tragediya, komediya, tragikomediya janrlaridagi K. Rahmonovning „Laqqilar kasalxonada“, S.Jumagulovning „Ekstrasens“, „Kuyovingni berib tur“, K. Matmurotovning „Farzand“, M.Nizamovning „Noyob nusxa“, J. Xoʻjanovning „Qoʻshnimning qizi“ asarlari qoʻyildi.

Qoraqalpogʻiston adabiyotshunoslik faniga 1930-yillarda N.Dovqorayev (1905—1953), K.Aymbetov (1908—1973), I.Sagitov (1908—1993)lar tomonidan asos solingan. Ularning davomchilari: M.Nurmuhammedov (1930 — 86), N.Japakov (1914—1975), S.Ahmetov (1929—1996), K.Maksetov (1927—2003), G.Yesemuratov (1930), J.Narimbetov (1937 — 2004), K.Sultanov (19322000). K.Mambetov (1942—2001), T.Mambetniyazov (1930), K.Bayniyazov (1934), S. Bahodirova (1944), A.Paxretdinov (1938) va boshqalar.[1]

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

Qoraqalpoqlar sanʼatini oʻrganish xalqning uzoq oʻtmishi bilan tanishishga imkon beradi. Uning izlarini antik davr meʼmoriy yodgorliklari-da, mas, Tuproq-qalʼaaatch Xorazm sivilizatsiyasiga, oid devoriy tasvirlarda koʻrish mumkin. Qoraqalpoqlar sanʼatining sarchashmalari Sharqiy Yevropa va Osiyo qad. madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Qoraqalpoq ornamentlari Kiyev yaqinidan topilgan — kumushdan yasalgan tamgʻali belbogʻ qadamalari, fibullar va chakka xalq-alarida ham uchraydi. Bu tasodifiy emas, chupki „qora kulohlar“ qabilalari 12-asrda Kiyev Rusining chegarasida yashagan. Chirikrabotpa topilgan zargarlik buyumlaridagi motivlarni qoraqalpoq ornamentining timsoli deb hisoblash mumkin. Qoraqalpoqlarda xalqning oʻziga xos etnik xususiyatlari gilam va kashta buyumlarida yaqqol aks ettirilgan. Ularga qoʻshni boʻlgan xalqtar orasidan qoraqalpoqtarda koʻproq turkman ornamenti va naqshlariga yaqinlik seziladi. Qoraqalpoq kigiz va namatlaridagi bezaklar juda qiziqarli boʻlib, ularga naqsh tushirish texnikasi oʻziga xos. qozoqlarnikidan farqli oʻlaroq, applikatsiya yoʻli bilan tushiriladi. Ularda bezaklar toʻlqin koʻrinishida boʻladi, bu juda qad. ornament boʻlib, suv ramzini bildiradi. Chunki qoraqalpoqlar qad. dan daryo va koʻl boʻylarida yashab kelganlar. Ularda qadimdan movut va fil suyagi bilan qadama naqshli yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Qoraqalpogʻiston hududida antik, oʻrta asr va yangi davrlarga oid meʼmorlik yodgorliklari mavjud. Meʼmorlik va tarixiy yodgorliklardan 237 tasi roʻyxatga olingan, ulardan 145 tasi arxeologiya, 25 meʼmorlik va 67 tasi monumental yodgorliklardir. beruniy tumanidagi Sulton Uvays Bobo (P-14-asrlar), kechirmas Bobo (17- 19-asrlar); Toʻrtkoʻl tumanidagi Qalan-dardagʻ (18-19-asrlar). Norinjon Bobo (12-14-asrlar) majmualari, Xoʻjayli tumanidagi Mazlumxon Sulu va Mizdahqon (11 −19-asrlar); Qoʻngʻirot tumanidagi Beleuli (12- 14-asrlar). davut Ota maqbarasi; Moʻynoq tumanidagi Hakim Ota maqbarasi va qabristoni, Ellikqalʼa tumanidagi Ayozqalʼa-1 va Ayozqalʼa-2 (3-8-asrlar), Tuproqqalʼa (3-asr) eng muhim yodgorliklardir.

20-asrda Qoraqalpogʻistonda gasviriy sanʼat shakllari rivoj topdi (I.Savitskii, Q.Soipov, J.Izentayev, J.Quttimurodov va boshqalar). Nukusda Qoraqalpogʻiston davlat sanat muzeyi, Qoraqalpogiston Respublikasi oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatmoqda. Qoraqalpoq sanʼati anʼanaviy shaklga, chuqur tarixiy oʻtmishga ega. Bugungi Q. sanʼatda oʻziga xos milliylik saqlanib qolgan mintaqadir. Xalq orasida oʻtov, hovli anʼanaviy yashash joylari hisoblanadi. Bugungi kunda ham sanʼatdagi anʼanaviylik hamda milliy oʻziga xoslik saqtanib qolgan va oʻz rivojlanishiga ega.[1]

Musiqasi

Qoraqalpogʻiston musiqa madaniyati uzoq tarixga ega boʻlib, hozirgi kunda boy musiqiy folklor, ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa va, shuningdek, 20-asrda rivoj topgan kompozitorlik ijodiyoti namunalariga egadir.

Musiqiy folklor shakllar asosini qoʻshiqlar tashkil etadi. Xalq marosimlari bilan bogʻliq bir qancha janrlar (mav-sum marosim qoʻshiqlardan „Aydar-aydar“ — shamolni chaqirish, dinii marosim — „Yaramazan“, oilaviy marosim va maishiy qoʻshiqlardan „Yar-yar“, „Heujar“, „Oʻlen“, „Sinsiu“, „Joqlau“ va boshqalar) uning eng qad. qatlamini tashkil etadi. Badiiy mazmuniga koʻra xalq qoʻshiqlari ishqiy-lirik, tarpxiy, marosim, ayollar (qizlar), bolalar qoʻshiqtaridan iborat. Ularning aksariyati diatonik ladlarga asoslanib, ohanglari melizmatik bezaklarga boy, kuychanlik xususiyatlarga ega. Qoraqalpoqtarda islomdan oldingi madaniyat hisoblanuvchi ruhlarni chaqirish. ular yordamida bemorlarni davolash uchun por-xan (parixon)lar tomonidan ijro etilgan aytimlar ham saqtangan („badik“, „gulapsan“). Folklor musiqasida ayollar (qizlar)ning changqoʻbiz musiqasi, yigit-qizlarning teatrlashgan oʻyinqoʻshiqtari, laparlari („yagʻln baxar“) mavjud.

Qoraqalpoqparning ogʻzaki anʼanadagi professional musiqasining markaziy qismini doston musiqasi egallaydi. Qoraqalpoq doston ijrochilari 3 turga boʻlinadi; jirovlar, bax-shilar va qissaxonlar. Ularning har biri oʻziga xos maʼlum ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga kelgan boʻlib. bir-biridan repertuarilagi dostonlar mazmuni, ijro uslubi. doyeton aptim kuylarn hamda muspqiy cholgu joʻrna-vozligi jihatidan farq qpladi. Jirovlar faoliyati anʼanaviy ijodning eng qad. qatlamiga mansub boʻlib, qahramonlik dostonlarni („Qoblan“. „Sharyar“, „Yedige“, „Atpamis“. „Mas-patsha“), tarixiy toʻlgovlarni ichki ovozda qoʻbiz joʻrligila ijro etishadi. Baxshi (baqsi)lar ishqiy-lirik va qahramonlik dostonlarni („Yusuf-Zulayha“, „ZaureTlyir“. „Yusuf-Ahmet“, „Goʻroʻgʻli“) hamda mumtoz sheʼriyati asarlarini ochiq ovozda. dutor va gʻijjak joʻrligila (gohida bulamon ham qoʻshiladi) ijro etishadi. Kuylar murakkabligi. ifoza vositalar boiliti bilan jirovdan farq qiladi. Kissaxoplar koʻpincha savodxon shaxslar boʻlib, xalq yigʻnnlarida dostoi qulyozmalarini oʻqib yokn yoddan aytib berishadi. Ular sherlarni faqat oʻziga xos. nuchq intonaiiyasiga yaqin aytim kui (namaTtarga solib, musiqiy cho.pu joʻrligisnz ochiq ovozda ijro etishadi.

Millny musiqa cholgʻulari qatoriga dostonchilarching cholgulari boʻlmish qoʻbiz, lutor, gijjak (girjek) va boʻlamondai tashqari chapgqoʻbiz, qamish surnay va bolalar xushtagi („iskirauik“) kiradi. Utmishda qoraqadpoklarda chindov\l. surnay. karpay. nogora, dap (doira) kabi cholgʻularning mavjudligi haqida qahramonlik dostonlarida maʼdumotlar sakdangan. Bularlan qoʻbiz va d\tor keng tarqalgan. ularda mohir sozandadar tomonidan krrakalpoq mumtoz cholgu kuylari chalinadp. Ayniqsa. dutor kuplari orasnda „Mu-xalles“, „Nalish“ kabi tutjumip kunlar shaklan murakkab va pfoda vositalarining boyligi bilan ajralib turali. Qoraqalpoq anʼanaviy musiqa rivojlanishiga 20-asrla Nuraoullo jnrsv. Yerpoʻlat jirov. Hoʻqnz jirov, Jumaboy jirpv, Qiyos baxshi Hayratdinov. Japak baxish Shomurotov. Yesjap baxshi Qospoʻlatop, Kenjaooi baxshi Tilevmurotov, Qoraqalpogʻpston xalq artisti T.Qurbonov va 6 salmoqli hissa qoʻshdilar.

20-asrning 2 choragidan boshlab milliy kompozitorlik ijodiyoti shakllana boshladi. Musiqali dramalar, kichik simfonik asarlar, kamer asarlar va hokazo yozildi. Bu sohaga Jaaq baxshi Shomurotov salmoqli hissa qoʻshdplar. 1970—1990-yillarga kelib opera, opatoriya. Simfoniya, sonata kabi iirik janrlardagi asarlarning ilk tajribalari paydo boʻldi „Ajiniyaz“ operasi (1974), „Birinchi qoraqalpoq simfoniyasi“ (1971). birinchi milliy baleti „Oy-jamol“ (1996), Gʻ.Demesinovning 2 simfoniyasi, fortepiano va orkestr uchun konnertlari va boshqa O.Shomurotova, Ye.Sheraziyeva, R. Seshpov, S.Mambetova, O.Otamurotova, I.Rafiqova. D.Kaipov va boshqa zamonaviy musiqa madaniyatiga sad\yuqli hissa qoʻshdilar. Respublikaning madaniy hayotida si.m-fochik orkestr. katta xor jamoasi va balet truppasi fao.t ishtirok etmoqla. Shuningdek, Berdaq nomidagi filarmoniya (1946-yil), Qoraqalpoq davlat teleradioqoʻmitasi qoshidagn xalq chol-gʻulari orkestori, „Jaslar“ orkestori „Ayqulash“ ashula va raqs ansambli, „Muxalles“ dutorchilar ansambli va boshqa musiqiy jamoalar faoliyat yuritmoqta. Qoraqalpogʻiston o.m-maviy (estrada) musiqasi sohasida „Oʻynasin“ vokal cholgu ansa\:bli. „Yeulzor“, „Saubet“. „Miiras“, „Jigitlar“ guruhlari, Z.Xoʻjanazarova (1961—1992).’ r’Kutekeyeva. M.Sapayeva. D. Mambetmuratov. Ye.Munteyeva, M.Otamurotov. G.Ollabergenova kabi estrada xonanlalarn mashhur.

Musiqiy bilim sohasida bolalar musiqa maktablari. Nukusda musiqa koldeji. madaniyat kolleji. oliy oʻquv yurtlari (Nukus universiteti va boshqalar)da musiqiy kafedralar faoliyat koʻrsat\:oqda.[1]

Teatri

Drama va teg.trning e.tement-darida qoraqatpoq xalqnning urf-odatlari va oʻppnlarida, xatq dostonlari-da. xalq ustalarining ijodiyetida, professionat soʻz ustalarining sanʼati (0\1irbek laqqi. Kampakat-Kampir. Davlat Laqqi. Tinnmqiz)da mujassamlashgan. 19-asrda masxarabozlarning sanʼati keng tarqalgan. 20-asr boshlarpga kelib teatr professionaz sanʼat darajasida shakllanli. 1930-yil Toʻrtkoʻlda musiqali drama teatrp tashkil etildi. keyinchashk unga K.S. Stanislavskiy. 1990-yilda Berdaq nomi berildi. Undan tashqarp Respublikada Qoraqalpoq teatri, 1978-yilla tuzilgan S. Xoʻjaniyozov nomidagi Davlat yosh tomoshabinlar teatri va 1990-yildan Davlat koʻgʻirchoq teatri faoliyat koʻrsatmoqdaKinosi. 1970 i. 19-fevralda Nukusda Oʻzbeknston ilmiy-ommabop va hujjatli fnlmlari Toshkent kinostudiyasining Qoraqalpoq filiali ochildi. 1970-yilning oʻrtalariga kelib yosh qoraqalpoq kino sanʼati rivojlana boshladi. 1990-yil aprelda ushbu filial bazasida Nukus shahrida „Qoraqalpoq-film“ kinostudiyasi vujudga keldi. T.Kalimbetovning „Qalpoqcha“ (1990), „Qaytish“ (1992) kabi dastlabki badiiy qisqa metrajli filmlari yara-tildi. A.Sultonov ssenariysi asosida „Elim degan er edi“. „Ayriliq“ kabi hujjatli filmlari ekranga chiqli. Ekologiya, Afgon urushi. X\okayli arxitekturasi, MDH prezidentlarining uchrashuvi mavzularida filmlar yaratildi. 2002-yilda ishlangan „Ona“ filmi Buxoro kinofes-tivalining maxsus mukofotiga sazovor boʻldi. 2003-yil iyul oyida Ins-bruk shahri (Avstriya)da oʻtkazilgan 12-Xalqaro kinofestivalida „Otabegi“ hujjagli filmi qatnashdi. 2004-yil noyabr oyida Gollandiyada oʻtkazilgan.YUGʻA xadqaro kinofestivalida qagnashgan „Quduq“ hujjatli filmi shu oyning oʻzida Bilbao (Ispaniya) shahrida oʻtkazilgan Xalqaro kinofestivalida festivalning eig yaxshi rejissura uchun kumush sovriniga ega boʻldi.[1]

Tashqi iqtisodiy aloqalari

Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2004-yil uchun 95559,4 ming AQSH dollari yoki 2003-yil darajasidan 50.2 % ortiq. Jumladan. eksport 35160,5 ming AQSH dollari yoki 2003 n.darajasidan 45.2 % ortiq; import 60398.9 ming AQSH dollari yoki 2003-yildarajasidan 53,3 % koʻp.

2004-yilda tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmiga nisbatan asosiy ta.shqi savdo hamkorlari: Xi-toy — 33.4 %. Yeyermaniya — 14,6 %, Buyuk. Britaniya — 8,1 %, Shveysarnya — 6,4 %. Avstriya — 5.7 %. Italiya — 4.1 %. Fransiya — 2,9 %. AQSH — 2.5 %. Potsha −2,3 %, Belgiya — 1.7 %ni tashkil qi.t.ti. Asosiy savlo hamkorlari boʻlib yaqin xori-jiy mamlakatlardan Rossiya (13.1 %) va Qozogʻiston (1.0 %) hisoblanadi.

Xarita

Eksportdagi asosiy oʻrinni paxta tolasi egallaydi, uning ulushi umumiy eksportga nisbatan 85,3 %, shundan uzoq xorij mamlakatlariga eksport 87,1 % va yaqin mamlakatlarga 12,9 %ni tashkil qiladi. Import strukturasida asosiy ulush mashina va asbob uskunalari — 78,3 %, kimyo mahsulotlari −6,7 %, qora va rangli metallar — 5,9 %, oziq-ovqat mahsulotlari — 3,2 %ga toʻgʻri keladi.[1]

Geografiyasi

Qoraqalpogʻiston Qizilqum sahrosining shimoliy-gʻarbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida joylashgan. Maʼmuriy — hududiy qurilishi 14 tumandan iborat: Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Qanlikoʻl, Moʻynoq, Nukus, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqalʼa, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda tumanlarga qarashli shaharlar, elat va qishloqlardan iborat.

Qoraqalpogʻiston haqida statistik maʼlumot

Tartib raqami Shahar va tumanlar Umumiy maydoni Lalmikor yerlar Ekin yerlari Koʻp yillik oʻrmonlar Qoʻriq oʻrmonlar Dasht va yaylovlar Qishloq xoʻjaligi yerlari (umumiy) Meva-sabzavot xoʻjaligi Melioratsiya-qurilish yerlari Umumiy oʻrmonlar yeri Boshqa yerlar
1 Nukus shahri  21,2 1,5 0,2 0,1 - 7,1 7,4 2 0,1 0,3 11,4
2 Taxiatosh shahri  2,3 0,2 0,1 - - - 0,1 2,1 - - 0,1
3 Amudaryo 102,1 39,5 32,8 1,4 - 8,7 42,9 5,9 - 5,6 47,7
4 Beruniy 395,2 33 30,4 0,8 - 294,4 325,6 4,3 1,5 8,4 55,4
5 Boʻzatov 226,9 30 14,4 - 0,4 100,2 115 0,6 0,2 21,5 89,6
6 Kegeyli 92,4 28,1 24,6 0,3 0,2 13,9 39 2,3 3,1 2,2 45,8
7 Moʻynoq 3748,7 11,9 8,4 - 0,8 186,9 196,1 0,4 1,1 132,1 3419
8 Nukus 95,3 31 22,7 3,7 2,5 22,9 51,8 0,9 2,4 4,8 35,4
9 Taxtakoʻpir 2112,2 34,6 32,6 0,1 0,5 1569,1 1602,3 1,4 2,4 98,4 407,7
10 Toʻrtkoʻl 748,3 32 26,9 0,8 0,6 564,1 592,4 4,9 1,8 48,7 100,5
11 Xoʻjayli 235,3 35,2 32,3 0,2 - 110,2 142,7 5,1 1,2 1,4 80,5
12 Chimboy 144,4 48,8 41 0,2 2,5 51,3 95 3,9 2,8 0,4 42,3
13 Shumanay 63,6 28,7 20,4 - - 15,2 35,6 2,3 1 - 24,7
14 Elliqala 541,9 34 28,7 0,9 0,4 357,5 387,5 4,1 3,5 29,2 117
15 Qanlikoʻl 74,4 34,7 32,5 0,5 0,1 13,2 46,3 1,1 3,5 1,6 21,9
16 Qoraoʻzak 605,3 35,4 32,1 0,1 1,2 384,9 418,3 2,1 0,6 2,6 181,7
17 Qoʻngʻirot 7449,6 41,5 38,7 0,1 0,9 1698,4 1738,1 1,9 1,7 145 5499,9
18 Jami 16659,1 500,1 418,8 9,2 10,1 5398 5836,1 45,3 26,9 502,2 10181,2

Yana qarang

Manbalar

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 "Qoraqalpogʻiston" OʻzME. Q-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

  • Tolstov S.P., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962; Kamalov S.K., Karakalpaki v XVIII-XIX vv. (K istorii vzaimootnosheniy s Rossiyey i sredne-aziatskimi xanstvami), T., 1968; Nurmuxammedov M.K., Jdanko T.A., kamalov S.K., Karakalpaki. Kratkiyocherk istorii s drevneyshix vremen do nashix dney, T., 1971; Nurmuxammedov M.K.,Antologiya Karakalpakskoy poezii, T., 1968.
  • sovminrk.gov.uz[sayt ishlamaydi]
  • Qoraqalpogʻiston fotolari (Wayback Machine saytida 9-noyabr 2007-yil sanasida arxivlangan)
  • www.abdikamalov.narod.ru (rus.)
  • www.karstars.com