Oxun bobo masjidi
Oxun bobo masjidi —Xorazm viloyati markazi Urganch shahridagi jome masjid shaklida o‘tgan asrda qurilgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan zamon talablariga mutlaqo javob bermaydigan ahvolga kelib qolgandi. So‘nggi yillarda Urganch shahrining arxitektura, shaharsozlik jihatdan tamomila qaytadan qurilayotgani jome masjidini ham yangicha, zamonaviy tarzda bunyod etishni talab qilardi.Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 28-yanvar kuni Xorazm viloyatiga amaliy tashrifi davomida „Oxun bobo“ masjidi qurilishining birinchi tamal toshini shaxsan qo‘yib, masjidning ko‘rkam, barcha talab-ehtiyojlarga javob berishini ko‘zlab, fikr-mulohazalar bildirgan edi.2018-yilda 4000 kishini sig‘dira oladigan masjid Ramazon hayiti kuni foydalanishga topshirildi[1].
Masjid chorburchak shaklida boʻlib, uning qishki namozxonasi tepasida mahobatli gumbaz qad rostlagan. Shuningdek, balandligi 47 metr boʻlgan minora ham bor. Bu masjidning meʼmoriy tuzilishi jihatidan Oʻzbekistonda oʻxshashi yoʻqdir.[2]
Umumiy maydoni 3,5 gektarni egallagan masjid majmuasida 4000 nafar namozxon uchun zarur bo‘lgan barcha shart–sharoitlar yaratilgan.[3]
Xorazmda Oxun bobo shaxsi karomatgo‘y avliyo, pushtipanoh va yorqin tasavvuf namoyandasi sifatida e'zozlanib kelingan. Oxun bobo haqida xalq og‘zida saqlanib qolgan afsona va rivoyatlar juda ko‘p. Buguni kunda Amudaryoning har ikki qirg‘og‘ida istiqomat qilayotgan aholining tildan-tilga o‘tib kelayotgan ma'lumotlariga ko‘ra u zot 1773 yilda keksalik yoshida vafot etgan. Bu ma'lumot u zot vafoti munosabati bilan “Xurshidi jahon obod” so‘zlaridan hosil bo‘lgan abjad hisobida ham o‘z isbotini topadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |