Kontent qismiga oʻtish

Iso Masih yuragi sobori-jome’si (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iso Masih yuragi sobori-jome’si, 1912-yil

Iso Masih yuragi soboriToshkentdagi katolik cherkovi. O‘zbekiston Apostollar ma’muriyati kafedral sobori.  Maxtumquli koʻchasi, 80/1 (moʻljal: eski Toshkent tibbiot akademiyasi, Ekopark roʻparasida) qarorgohi oʻrin olgan. 

Toshkentda katolik ehrom qurilishi 1912-yilda ruhoniy Iustin Bonaventura Pranaytis tashabbusi bilan mashhur polshalik me’mor Lyudvik Panchakevich tomonidan loyihalashtirilgan. Cherkov qurilishida ishchilar dastlab Toshkentda xizmat qilgan katolik-askarlari  boʻlgan[1], keyinchalik quruvchilar Toshkent yaqinida saqlangan harbiy asirlar boʻlgan, ular orasida yuqori malakali muhandislar, haykaltaroshlar va tosh ustalari ham bor edi. 1917-yilda Pranaytis vafotidan keyin katolik ruhoniysi Boleslav Rutenis boshchiligida qurilish davom ettiriladi. Toshkentda inqilob va bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelganidan soʻng qurilish ishlari, asosan, qurilish uchun mablagʻ yoʻqligi sababli vaqtinchalik toʻxtatiladi.

1925-yildan—1976-yilgacha qurilishi tugallanmagan ehromda turli korxonalar, shuningdek, yotoqxona va omborxona oʻrnida foydalanib kelinadi. Butun davr mobaynida sobor boshqa maqsadlarda ishlatilgan boʻlsa-da, undagi barcha haykallar oʻgʻirlangan yoki yoʻq qilingan.

1976-yilda hukumatning cherkovni qayta tiklash toʻgʻrisidagi qaroridan soʻng u qayta tiklanadi va Oʻzbekiston SSR Madaniyat vazirligi hisobiga oʻtkaziladi. 1981-yilda cherkov binosi Oʻzbekistonning me’moriy-tarixiy yodgorligi deb e’lon qilinadi.

1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan sobor binosi Toshkent katolik cherkovi tasarrufiga oʻtkaziladi. 1993-yilda me’mor Sergey Adamov va muhandis Aleksandr Ponomarev rahbarligida cherkov binosi toʻliq asl holatiga keltiriladi. 1991—2005-yilgacha (2001—2003-yilgacha faoliyatda boʻlmaydi) Rim-katolik cherkovini polshalik fransuz Kshishtof Kukulka Rim papasi Ioann Pavel  II tomonidan Oʻzbekistondagi “Missio sui iuris” ibodatxonasining ordinari etib tayinlanadi.

2000-yil 22-oktabrda qayta tiklangan Isoning Muqaddas Yuragi sobori arxiyepiskop Marian Oles tomonidan 1994-yildan 2001-yilgacha Qozogʻiston va Markaziy Osiyodagi Apostol nunsiy tomonidan muqaddas qilingan. 2005-yilda Papa Ioann Pavel II cherkov maqomini Apostol maʼmuriyati darajasiga koʻtardi va uni Rimdan kelgan birinchi episkop Yerji Makulevich etib tayinladi.

Hozirgi vaqtda ehromda yakshanbalik toʻrtta tilda: ingliz, rus, koreys va polyak tillarida olib boriladi.

Ayni paytda 3 nafar fransuz ruhoniy-rohiblar va Apostol Ma’muriyati episkop ehromining Oʻzbekistondagi makoni, Yeji Masulevich ham yepiskop kafedrasidan qoʻnim topgan.

Soborning noyob dizayni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marmar va granit bilan qoplangan zallarga oʻzgacha ulugʻvorlik baxsh etadi. Eshiklar va eksklyuziv mebel qimmatbaho yogʻochdan yasalgan, kriptga kirish eshigi, asosiy zaldagi chiroyli qandillar, original lampalar, shamdonlar, kandelyabrlar, gotika uslubidagi deraza panjaralari, yogʻoch ayvonlar va eshik tutqichlari, zinapoyalar toʻsiqlari  temirchi Vladimir Pilipyuk tomonidan nafis ishlangan.  

Kript-ibodatxonasi 1916-yilgacha qurilgan eng qadimgi bino. Bu joyda ish kunlari diniy ibodatlar oʻtkaziladi.  

Avliyo Ioann Pavel II zali  — Oʻzbekistonda katolik dinining tiklanishiga ulkan hissa qoʻshgan Rim Papasi (1978—2005) sharafiga nomlangan. Bu yerda diniy uchrashuv va ma’ruzalar boʻlib oʻtadi.

Avliyo Antoniya Paduan zali — birinchi qavatdagi eng katta zal. U Isoning Masih yuragi sirini anglatuvchi mozaik panno va Avliyo Avliyo Antoniya Paduan haykali (musavvir G. Adamov) bilan bezatilgan.

  1. Солдаты-католики, служившие в Ташкенте, строили этот храм в своё свободное время. Администрация Туркестанского края неоднократно грозила Пранайтису высылкой из края за принуждение солдат-католиков к строительству костёла во время своего свободного времени, так как солдаты возвращались в свои полки после строительства храма сильно уставшими.