Qoʻyqirilgan qalʼa
qoraqalpoqcha: Qoyqırılǵan qala | |
Qoʻyqirilgan qalʼa (rekonstruksiyasi) | |
Manzilgoh | Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston |
---|---|
Koordinatalar | 41°45′19″N 61°07′01″E / 41.755214°N 61.117007°E |
Turi | Manzilgoh |
Tarix | |
Davrlar | Parfiya, Sosoniylar |
Makon qaydlari | |
Qazish sanalari | 1938-yil |
Vaziyat | Vayron boʻlgan |
Qoʻyqirilgan qalʼa – qad. otashparastlar ibodatxonasi va qishloq xarobasi (miloddan avvalgi 4 – milodiy 4-asr).
Toʻrtkoʻl shahridan 22 km shim.-sharqda. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspe-ditsiyasi (rahbari S. P. Tolstov) roʻy-xatga olgan (1938). 1951—57 yillardagi qazishmalar natijasida qad. xorazmliklarning maqbara-qasri va miloddan avvalgi 4—3-asrlarga oid doira shaklidagi ikki qavatli markaziy ibodatxona binosi (diametri 44,4 m, bal. 9,5 m ga yaqin) qazib oʻrganilgan. Ibodatxona atrofi 2 qator paxsa va xom gʻishtdan tiklangan mudofaa devori bilan oʻralgan. Qalʼa atrofida xandaq (eni 15 m, chuq. 3 m) boʻlib, qadimda suv bilan toʻldirilgan. Qoʻyqirilgan qalʼa devorida Oʻrta Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq qul-dorlik davri shaharlar qurilishi uslubiga xos boʻrtib chiqib turgan maxsus burjlar boʻlib, ularda oʻq otish uchun nishon tuynuklari bor. Devor bilan markaziy bino oraligʻida xoʻjalik inshootlari joylashgan. Ravoqlar uchun trapetsiya shaklidagi maxsus gʻisht qoʻllangan. Qalʼaning sharqiy qismida darvozasi boʻlib, darvoza oldi labirint shaklida qurilgan. Qoʻyqirilgan qalʼa markazidagi 2 qavatli binoga maxsus zinapoyalarda chiqilgan. Uyning tomi tekis. 1-qavatda alohida-atohida 8 ta gumbazli xonalar boʻlib, ular ichidan sopoldan yasalgan tobutlar, idish-tovoqlar, har xil rasmlar solingan yogʻ idish (xum va koʻzacha)lar, naqshinkor suvdonlar topilgan. Topilmalar ichida maʼbudlarning terrakota haykalchalari, devorga ishlangan rangli naqshlar, osmon jismlarini kuzatishga moʻljallangan buyumlar bor. Ostodonlar dafn marosimlaridan, sopoldagi yozuvlar esa qad. xorazmliklarning tili va yozuvlari haqida qimmatli maʼlumotlar beradi.
Qoʻyqirilganqal’a – Toʻrtkoʻl shahridan 12 km shimoli sharqda joylashgan. Rejalashtirilishi aylana shaklda, devor bilan oʻrab olingan, umumiy hajmi – 86,5 m 0,6 ga. Yodgorlikning markaziy qismida ikki qavatli inshoot qurilgan, aylana holda, 44.4 m, inshootdan 14,5 m uzoqlikda ikki qatorli mudofaa devor qurilgan. Devor oʻz navbatida toʻqqizta burjga ega, kirish qismi sharqiy devorda joylashgan. Darvoza bir necha aylanma yoʻlaklarga ega boʻlib, „Labirint“ga ega toʻgʻriburchak shaklda yon tomonga oʻsib chiqishi 18 m, ikki yon tomoni yarim aylanali burj bilan kuchaytirilgan umumiy hajmi 0,3 ga. Qal’a xandak bilan oʻrab olinib, kengligi 15 m, chuqurligi 3 m. Markaziy inshootning birinchi qavati 8 xonadan iborat boʻlib, uning balandligi 8,5 m. Tashqi devor avval paxsadan, keyin toʻrt tomoni teng xom gʻishtdan tiklangan, qalinligi 7,2 m. Uy xonalarini ajratgan devor 0,6 – 1,9 m paxsa keyin xom gʻishtdan qurilgan. Uy xonalari balandligi 3,6 m. Ikkinchi qavat yopiq yoʻlak orqali davom etib, devorlari nayza oʻqi shinaklarga ega. SHarqiy tomondan pandus orqali markaziy inshootga kirilgan boʻlib ikkinchi qavatda joylashgan. Burjlar yon tomonga emas, balki inshoot devoridan birmuncha yuqoriga oʻsib chiqqan. Darvoza tashqi devorning sharqiy tomonida joylashgan. Yodgorlik S. P. Tolstov rahbarligida Xorazm ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topilib, 1951 – 1957-yillarda qazish ishlari olib borildi va olingan ashyolarga qarab, birinchi qavat mil. avv IV asrlarga oidligi aniqlangan. Devor yaqinidan kengiligi 10 metr keladigan xandak utgan. Yodgorlikda madaniy hayot milodiy IV asrda barham topgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koy-Krilgan-kala – pamyatnik kul-turm drevnego Xorezma IV v. do n.e. – IV v.n.e. (otv. red. S. P. Tolstov, B. I. Vaynberg), M, 1967.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |