Oltish jome masjidi
Masjid | |
Oltish jome masjidi
Oltish | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻka |
Manzil | Chigʻatoy qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Chigʻatoy mahalla fuqarolar yigʻini Ziyogoh koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Sayidusmon domla Mahmudov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Oltish jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻka tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oltish jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻka tumani, Chigʻatoy qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Chigʻatoy mahalla fuqarolar yigʻini Ziyogoh koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.50 gektar joyda 500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Chigʻatoy qishloq fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Chigʻatoy mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻuncha mahalla fuqarolar yigʻini, Ariqsoy mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini, D. Joʻrabek mahalla fuqarolar yigʻini, Xonobod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Sayidusmon domla Mahmudov hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oltish jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 25-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Олтиш жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"OLTISH" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.