Ulugʻbek jome masjidi
Masjid | |
Ulugʻbek jome masjidi
Ulugʻbek | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Bekobod |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Hamroqul domla Xolboyev |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Ulugʻbek jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ulugʻbek jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Bekobod qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan Ulugʻbek mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Hamroqul domla Xolboyev hisoblanadi. Mazkur masjidga Bekobod qishloq fuqarolar yigʻini, Treakzor qishlogʻining koʻchalari, Zomin mahalla fuqarolar yigʻini, Ulugʻbek mahalla fuqarolar yigʻini, Birlik dala mahalla fuqarolar yigʻini, Z. M. Bobur mahalla fuqarolar yigʻini, Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini, Namuna mahalla fuqarolar yigʻini, Birlik mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ulugʻbek jome masjidi haqida xalq va mahalliy aholi orasida turli rivoyatlar va hiyokalar yuradi, jome masjidning aynan qaysi yili bunyod etilganligi haqida deyarli maʼlumotlar juda kam. Ulugʻbek jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidda namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, qoʻshni va chet ellik sayyohlarning tashrif buyurishini inobatga olib, ayollar uchun alohida namozxona, tahoratxona hamda, maxsus Ona va bola uchun alohida xonalari barpo etildi. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra shu hududning nomi bilan – „Ertosh“ deya nomlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „УЛУҒБЕК ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Ulug‘bek jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.