Kontent qismiga oʻtish

Mulla Umar Oxun jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Mulla Umar Oxun jome masjidi
Mulla Umar Oxun
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Ohangaron
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Saidmurod domla Buzirikov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Mulla Umar Oxun jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mulla Umar Oxun jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Ohangaron tumani, Sanam qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan Suzam koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Saidmurod domla Buzirikov Hisoblanadi. Ushbu masjid Ohangaron tumanining chetku hududida joylashganligiga qaramay yoʻlovchilar, ziyoratchilar uchun oʻziga xos qulayliklar yaratilgan. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun qoʻshimcha ajratilgan 0.5 gektar joyda 1500 kishidan ziyod boʻlgan maʼmuriy xonalar, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda yosh goʻdaklik onalar va bolalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etildi. Mazkur masjidga Sanam qishloq fuqarolar yigʻini, Qora baliq qishlogʻining koʻchalari, Aytbotir mahalla fuqarolar yigʻini, Tosh ariq mahalla fuqarolar yigʻini, Jon ariq mahalla fuqarolar yigʻini, Qoʻrgʻon mahalla fuqarolar yigʻini, Yakka bogʻ mahalla fuqarolar yigʻini, Shaugaz qishloq fuqarolar yigʻini, Agata mahalla fuqarolar yigʻini, Mashinatop mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Mulla Umar Oxun jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Jome masjid mahalliy aholi vakillari, tadbirkorlar, homiylar tomonidan qayta taʼmirlangan.

  1. „МУЛЛА УМАР ОХУН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „"МУЛЛА УМАР ОХУH" ЖОЪМЕ МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.