Odil ota jome masjidi
Masjid | |
Odil ota jome masjidi
Odil ota | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Parkent |
Manzil | Zarkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Zarkent qoʻrgʻoni, Iftixor koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Anvarxoʻja domla Umriyayev |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Odil ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odil ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Parkent tumani, Zarkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Zarkent qoʻrgʻoni, Iftixor koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 550 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Anvarxoʻja domla Umriyayev hisoblanadi. Mazkur masjidga Zarkent qoʻrgʻoni, Sharof Rashidov mahalla fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yigʻini, Zarkent mahalla fuqarolar yigʻini, Iftixor mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻuncha mahalla fuqarolar yigʻini, Obod yurt mahalla fuqarolar yigʻini, Qora saroy mahalla fuqarolar yigʻini, Boʻzsuv mahalla fuqarolar yigʻini, Parkent mahalla fuqarolar yigʻini, Minor mahalla fuqarolar yigʻini, qoʻshdaryo mahalla fuqarolar yigʻini, Guliston mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odil ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli manbalar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 23-oktabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ОДИЛ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"ODIL OTA"Jome masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 4-dekabr 2023-yil.
Parkent tumani masjidlari | |
---|---|