Kontent qismiga oʻtish

Botir masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Botir jome masjidi
Botir
Zangiota tumani Botir jome masjidining old tomondan koʻrinishi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20192020
Soʻngi imom Fatxiddin domla Qutfiddinov
Gumbazlar soni 5
Gumbazlar soni 5
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Botir masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Botir jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Boʻz-su qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli O. Ismoilov koʻchasida joylashgan boʻlib, tumanda mavjud boʻlgan eski masjidlardan biri hisoblanadi[2][3]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Fatxiddin domla Qutfiddinov hisoblanadi. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorat qilish uchun Boʻz-su qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan barcha koʻcha va aholi yashash punktlari aholisi, shuningdek, O. Ismoilov koʻchasi va unga yaqin, hamda, qoʻshni boʻlgan hududlardan, Mirzo Ulugʻbek mahalla fuqarolar yigʻini, Xaskovo mahalla fuqarolar yigʻini, Nurafshon mahalla fuqarolar yigʻini, Damashi mahalla fuqarolar yigʻini, Mevazor mahalla fuqarolar yigʻini, Abay mahalla fuqarolar yigʻini, Nayman mahalla fuqarolar yigʻini, Quyoshli mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻisht zavod koʻchasi, Katta jar koʻchasi, Mustaqillik koʻchasi, Usmon ota koʻchasi, Olmazor koʻchasi, Adabiyot koʻchalarida istiqomat qiluvchi aholilar namoz ibodatini ado etish maqsadida tashrif buyurishadi. Masjidda namozxonlar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan tahoratxona, bosh imom-xatib xona, fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud.

Botir jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 29-sentabr kunida roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan[2].

  1. „БОТИР ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 „"БОТИР" Жомеъ масжиди“. orginfo.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  3. „"БОТИР" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.