Dalvarzin jome masjidi
Masjid | |
Dalvarzin jome masjidi
Dalvarzin | |
[[Tasvir:|260px|]] | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Bekobod |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik | 2019—2020 |
Soʻngi imom | Anvarjon domla Risbayev |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar balandligi | 27 metr |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Dalvarzin jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dalvarzin jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Zafar shaharchasida joylashgan Ertosh nomli qishloqda joylashgan. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Anvarjon domla Rihsiboyev hisoblanadi. Ushbu masjid Bekobod tumanining eng yirik masjidlaridan biri boʻlib, Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti namoz vaqtlarida aholi bilan gavjum boʻladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dalvarzin jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidda namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, qoʻshni va chet ellik sayyohlarning tashrif buyurishini inobatga olib, ayollar uchun alohida namozxona, tahoratxona hamda, maxsus Ona va bola uchun alohida xonalari barpo etildi. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra shu joyning nomi qilib – „Ertosh“ deya nomlangan. Toshkent viloyatida yoʻlovchilar va ziyoratchilarga har taraflama qulaylik yaratish, namozxonlar uchun yuqori darajada shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida Bekobod tumani Zafar shaharchasi boʻyida joylashgan „Dalvarzin“ jome masjidi shu vaqtgacha koʻrimsiz bir joyda – yoʻl boʻyidan burchakda joy olgan edi. "Toshkent viloyati, Bekobod tumani hokimligining qarori bilan mazkur masjid uchun qoʻshimcha 35 sotix yer maydoni ajratib berildi va katta koʻcha boʻyida yangidan bunyod etildi. Natijada 50 sotix maydonda mahalliy aholi va yoʻlovchilar, namozxonlar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy, koʻrkam bino va maʼrifat uyi qad rostladi, inshaalloh!" deydi masjid imom-xatibi Anvarjon domla Rihsiboyev. 3 sentyabr kuni Toshkent viloyatining sobiq bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov boshchiligida imomlar, keksa nuroniylar, masjid va mahalla faollari, mahalliy aholi duoi xayrlar bilan masjidning birinchi tamal toshini qoʻyildi va qurilish ishlari boshlandi. 2020-yilda sigʻimi 700-750 kishiga moʻljallangan asosoiy xonaqoh, 27 metrlik minora, tahoratxona, kutubxona, xizmat xonalari, ayollar uchun tahoratxona va namozxona, hamda, keng avtoturargoh masjidning umumiy tuzilishini tashkil qilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ДАЛВАРЗИН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Бекобод туманидаги «Далварзин» жоме масжиди катта йўл ёқасига кўчирилмоқда“. islom.uz. islom.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.