Xolmuhammad ota masjidi
Masjid | |
Xolmuhammad ota masjidi
Xolmuhammad ota | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Avazxo'ja domla Bahromov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Xolmuhammad ota masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xolmuhammad ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Yunusobod nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Parvoz koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Avazxoʻja domla Bahromov boʻlib, Juma namozi, Qurbon va Ramazon hayiti namozlari vaqtida oʻzining mav’izalar qiladi[3]. ushbu masjidga Yunusobod nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Parvoz koʻchasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar, hamda, unga yaqin boʻlgan hududlardan, jumladan, Taraqqiyot koʻchasi, Ahmad Yassaviy koʻchasi, Muntoz koʻchasi, Nihol koʻchasi, Oʻzbekiston koʻchasi, Oydin hayot koʻchasi, Tutzor koʻchasi, Kensoy koʻchasi, Jayxun koʻchasi, Toshpoʻlat Nazarov koʻchasi, Shaxriston koʻchasi, Besh yulduz koʻchasi, Obod kelajak koʻchasi, Sportchilar koʻchasidan tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazkur masjid turli yillar davomida, bir necha marotoba qayta bunyod etilgan. Masjidga mahalliy aholi vakillari va Toshkent viloyati musulmonlar idorasi tomonidan ushbu hududning nomi berilgan. Ushbu masjid joylashgan hudud oldin Toshkent tumaniga qarashli boʻlgan. Masjid binosi bir necha yillar oldin mahalliy aholining hashar yoʻli bilan, shuningdek, homiylar, ulamolar, mahalla faollari, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2000-yil 27-noyabr kuni roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ХОЛМУҲАММАД ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"ХОЛМУХАММАД ОТА" МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Ҳикмат мўминнинг йўқотган нарсаси“. fitrat.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.