Nurul Islom masjidi
Masjid | |
Nurul Islom masjidi
Nurul Islom | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik | 2011—2012 |
Soʻngi imom | Ishaqov Oqiljon[1] |
Bino maydoni | 1.27 |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Nurul Islom masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nurul Islom jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Xonabod qishloq fuqarolar yigʻini, Qumariq mahallasining Hamza koʻchasi, 20-uyda joylashgan[2]. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorta uchun Xonobod qishloq fuqarolar yigʻini, Qumariq mahalla fuqarolar yigʻini, Toshkent xalqa aylanma yoʻli koʻchasi, hamza, Hamza koʻchasida yashovchi aholi vakillari tashrif buyurishadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu masjidning yoshi taxminan bir asrdan oshgan „Miton ota“ qabristoni yoniga, 1996-yilda mahalliy aholining hashar yoʻli orqali qurilgan. Masjid hududi 1,27 gektar hududni tashkil etadi. Masjid xonaqohi ikki qavatli boʻlib, uning oʻng va chap tomonida ayvon joylashgan. Xonaqohni 10 dona ustun ushlab turadi. Hozirgi paytda Zangiota tumanida Xonobod qishlogʻining „Nurul Islom“ jomeʼ masjidida 1500 nafardan ziyod musulmon aholilar ibodat qilishmoqda. Masjid oxirgi marta 2012-yilda qayta taʼmirlangan edi. Masjidning peshtoqidagi kitobada „Jin“ surasining 18 oyati nasx xatida bitilgan. Baʼzi manbalarga koʻra Masjid binosi 1993-yil xalq hashar yoʻli orqali qayta barpo etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 23-oktabr kunida roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasida mazkur sanali 127-sonli roʻyxatga olingan. Zamonaviy masjidning binosi oʻz bagʻriga 3500 nafar namozxonlarni sigʻdira oladigan darajada quvvatga ega[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „НУРУЛ ИСЛОМ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"HУРУЛ ИСЛОМ" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.