Bektemir masjidi
Masjid | |
Bektemir masjidi
Bektemir | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Oʻrta Chirchiq |
Manzil | Bektemir mahalla fuqarolari yigʻini, Bektemir shox koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Toʻrabekov domla Abdumannon[1] |
Umumiy maydoni | 1 gektar |
Qurilish materiali | beton, gʻisht, kafel |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik |
Bektemir masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid hisoblanib, Toshkent viloyati hududida joylashgan[1]. Jomeʼ-masjid Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi dasturi asosida oʻz faoliyat boshqarib turadi. Ushbu masjidda namozxonlar uchun zarur boʻlgan qulay shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bektemir jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati hududidagi Oʻrta Chirchiq tumanida Bektemir mahalla fuqarolari yigʻini, Bektemir shox koʻchasi 121-uyda joylashgan[2]. Mazkur masjidga har kuni 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Oʻrta Chirchiq tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi[3]. Jumladan, Oxunboboyev, Bektemir shox koʻchasi, Sobir Rahimov, Mehnatobod, Nurafshon, Charogʻon, Xislat, Maydon, Jamila Toshkandiy, Barxayot, Nurli, Namuna, Qipchoq, Barkamol, Parkent yoʻli, Amir Temur, Shodlik, Marvarid, Tinchlik, Bunyodkor, Navbaxor, Oxun guzar, Bogʻi Eram, Bilol Nozim, Saxovat, Ittifoq, Navoiy, Oltin topgan, Ziyoli, Alisher Navoiy, Doʻstlik, Chinor, Billur, Ixlos, Olmos, Katta ariq koʻchalarida istiqomat qiluvchi mahalliy aholi vakillari tashrif buyurishadi[4][5]. Shuningdek, joʻme-masjid Toshkent shahriga yaqin boʻlgan hududda joylashganligi sababli, hamda, poytaxtni Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumani, Bekobod tumani, Piskent tumani, Bo'ka tumani, Oqqo'rg'on tumani, Bekobod shahri va viloyat markazi boʻlgan Nurafshon shari bilan bogʻlab turuvchi Bektemir shox koʻchasi yuzasida joylashganligi sababli, ushbu masjidda yoʻlovchilar va sayyohlar tashrif buyurishlari, namoz ibodatlarini ado qilishlari mumkin.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „БЕКТЕМИР ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"BEKTEMIR" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Bektemir jome masjidi“. prayertimes.date. prayertimes.date. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Bektemir jome’ masjidi“. mapcarta.com. mapcarta.com. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"Мечеть Бектемир"“. xn----btbeefogby2aeg6ao.xn--p1ai. xn----btbeefogby2aeg6ao.xn--p1ai. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
Oʻrta Chirchiq tumanidagi masjidlar | ||
---|---|---|
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. |