Valgʻund jome masjidi
Masjid | |
Valgʻund jome masjidi
Valgʻund | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻka |
Manzil | GMustaqil Oʻzbekiston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini Doʻstlik koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Abdunabi domla Nabiyev |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Valgʻund jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻka tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Valgʻund jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻka tumani, Mustaqil Oʻzbekiston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini Doʻstlik koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Mustaqil Oʻzbekiston qishloq fuqarolar yigʻini, Qaynoq mahalla fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻazalkent mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Nur diyor mahalla fuqarolar yigʻini, Sohib Umar mahalla fuqarolar yigʻini, Ishonch mahalla fuqarolar yigʻini, Muruvvat mahalla fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Abdunabi domla Nabiyev hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Valgʻund jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 10-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Бўка тумани масжидлари“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"VALIGUND" JOME' MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.