Kontent qismiga oʻtish

Sori Eshon Abduali jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sori Eshon Abduali jome masjidi
Sori Eshon Abduali
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻstonliq
Manzil Qurbonov qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Bunyodkor mahalla fuqarolar yigʻini Toshkent koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Mirzabek domla Saydaliyev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Sori Eshon Abduali jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sori Eshon Abdualijome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Qurbonov qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Bunyodkor mahalla fuqarolar yigʻini Toshkent koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidga Qurbonov qishloq fuqarolar yigʻini, Bunyodkor mahalla fuqarolar yigʻini, Toshkent mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻazalkent mahalla fuqarolar yigʻini, Yuksalish mahalla fuqarolar yigʻini, Nazar Ali ota mahalla fuqarolar yigʻini, Quyi Chirchiq mahalla fuqarolar yigʻini, Jumadilla mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻuncha mahalla fuqarolar yigʻini, Soy boʻyi mahalla fuqarolar yigʻini, Qovoqsoy mahalla fuqarolar yigʻini, Dumalak mahalla fuqarolar yigʻini, Chotqol mahalla fuqarolar yigʻini, Pargos mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi[3]. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Farrux domla Kurganov hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.30 gektar joyda 600 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan.

Sori Eshon Abduali jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Shu bugungi kungacha jome masjid binosi bir necha marotoba mahalla faollari, homiylar, tadbirkorlar, meʼmorlar va hududda yashovchi aholi tomonidan qayta taʼmirlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 29-sentabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

  1. „СОРИ ЭШОН АБДУАЛИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  2. „"SORI ESHON ABDALI" MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  3. „"SORI ESHON ABDALI" masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.