Tamaraxonim memorial muzeyi
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Tamaraxonim memorial muzeyi — oʻzbek raqqosasi, xonanda, aktrisa va xoreografi Tamaraxonimga bagʻishlangan.
U 1994-yil 1986-yilda tashkil etilgan aktrisa liboslari koʻrgazmasi asosida ochilgan. Mazkur muzey Tamaraxonim umrining oxirgi yillarini oʻtkazgan uyda, Toshkent markazida, Hamid Olimjon metro bekatidan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan.[1] .
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tamaraxonim — oʻzbek ayollar raqsi uslubi reformatori, folklor qoʻshiq va raqslar ijrochisi, qoʻshiq-raqs miniatyura janri yaratuvchisi sanaladi. 86 tilda 500 dan ortiq qoʻshiqlar, xoreograf kompozitsiyalar, dunyo xalqlarining koʻpgina milliy raqslar aktrisa repertuaridan joy olgan.
Muzey ekspozitsiyasining asosiy qismi Tamaraxonim gastrol safarida toʻplagan, butun dunyodan uning isteʼdodini olqishlagan muxlislari tomonidan hadya sifatida berilgan bir qancha konsert liboslari tashkil etadi. Aynan shu muzey kolleksiyasida raqqosaga Mao Szedun va Javoharlal Nerular taqdim etgan eksponatlar, shuningdek, Oʻzbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Misr, Hindiston, Koreya, Xitoy, Litva, Indoneziya va boshqa davlatlarning milliy xalq liboslari oʻrin olgan.[2]
Muzey direktorining taʼkidlashicha, Har bir mamlakatni kezgan Tamaraxonim oʻsha yurtning milliy kiyimida raqs tushish taklifini bergan. Ana shunday qilib, milliy liboslar soni koʻpaygan va kolleksiyasi toʻplangan. Muzeyning yana bir qimmatbaho eksponatlaridan biri dastlab Buxoro amiri rafiqasiga tegishli libos hisoblanadi.
Bundan tashqari, muzeyda raqqosani sahna hayotini yorituvchi koʻplab fotomateriallar, fotohujjatlar, oʻsha davrni yodga soluvchi bir qancha afishalar, gastrol konserti dasturlari mavjud. Barcha fotosuratlardagi yozishmalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida bitilgan. Shuningdek, muzey eksponatidan joy olgan Tamaroxonimning qoʻshiq audioyozuv va qoʻlyozmalari ham saqlanadi.
2008-yilda AQSH elchisining Madaniy merosni saqlash jamgʻarmasi mablagʻi hisobidan juda keng koʻlamda muzeyda taʼmirlash ishlari olib borildi. Taʼmirlash jarayonida 75 ta sahna liboslari qayta tiklandi, tarixiy fotomateriallar yangilandi. Tamaraxonim hayoti va ijodi haqida bir qancha audioturlar yozib olindi. Muzey xodimlari esa aktrisa tarjimai holini nashrga tayyorlashdi va muzey saytini yaratishdi.
Koʻrgazmalar zalida shu vaqtgacha oʻzbek dizaynerlari yaratgan milliy liboslar namoyishi oʻtkazib kelinadi.