Mavlono Lutfulloh masjidi
Masjid | |
Mavlono Lutfulloh jome masjidi
| |
Hudud | Namangan |
Tuman | Chust |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Minoralar balandligi | 13 m |
Holati | amaldagi |
Mavlono Lutfulloh masjidi — Namangan viloyati Chust tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (XX-asr boshlari). Dastlab masjid, Madrasa, minora, maqbara va boshqa binolardan iborat ansambl boʻlgan. Bizgacha bir tomoni ustunli mayejid ayvoni (28x7,2 m) saqlangan. Ayvon shiftini 3 qatorli 7 yogʻoch ustunlar koʻtarib turadi. Markaziy ravoklar zinali karniz-kayvon (karnizning alohida koʻtarilgan kismi) hosil qilib, yuqori koʻtarilgan. Qirrali ustunlar sodsa, shifti esa serhasham handasiy naqshlar — gulsafsar va pechakgul chirmovuqlari bilan uygʻunlashgan. Toqilariga ishlangan gullarning takrorlanishi muayyan izchillik hosil qiladi. Naqshlarida koʻk, yashil va qizil ranglar koʻproq qoʻllangan[1].
Masjidning janubiy-sharqiy burchagidan bir necha metr narida minora (balandligi 13 m) qad koʻtargan. Minora tanasi feruza rang koshinlar bilan qoplangan. Mezananing tag qismi pargari egri ra-voqli muqarnas belbogʻ bilan oʻralgan[2]. Mavlono Lutfulloh masjidi shahar istirohat bogʻi hududida, taʼmirdan soʻng tarix muzeyi sifatida foydalanilmoqda[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „“Mavlono Lutfulloh” jome masjidida ilm darslari o‘tkazilmoqda“. 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ „Namangan viloyatining yana bir masjidida ilm darslari bo‘layotgani ma’lum qilindi“. 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |