Qumursqa ota jome masjidi
Masjid | |
Qumursqa ota jome masjidi
Qumursqa ota | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻstonliq |
Manzil | Xoʻja qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Aydarali mahalla fuqarolar yigʻini Tinchlik koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Qahramon domla Parpiyev |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Qumursqa ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qumursqa ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Xoʻja qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Aydarali mahalla fuqarolar yigʻini Tinchlik koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.35 gektar joyda 500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Xoʻja qishloq fuqarolar yigʻini, Aydarali mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻini, A. Jomiy mahalla fuqarolar yigʻini, Taraqqiyot mahalla fuqarolar yigʻini, Olmazor mahalla fuqarolar yigʻini, Islom ota mahalla fuqarolar yigʻini, Xidoyat mahalla fuqarolar yigʻini, Mannas mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Farrux domla Kurganov hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2000-yil 11-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Qumursqa ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Jome masjid 2022-yilda Boʻstonliq tumani vakilligi, mahalliy aholilar, namozxonlar, homiylar va tadbirkorlar tomonidan zamonaviy va islom meʼmorchiligi asosida qaytadan bunyod etildi, hamda, namozxonlarga tuhfa qilindi. Masjid hududida yangi manzarali va mevali daraxtlar, turli xildagi gul koʻchatlari ekildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ҚУМУРСҚА ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
- ↑ „Qumursqa ota jome masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.