Kontent qismiga oʻtish

Nayman jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Nayman jome masjidi
Nayman
Nayman jome masjidining hovlisi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20202021
Soʻngi imom Berdiyorov Ulug' domla Xidirovich
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Nayman jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nayman jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Nayman qishloq fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinidagi Ziyokor koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Berdiyorov Ulugʻ domla Xidirovich hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 1500 kishiga yaqin boʻlgan maʼmuriy xonalar, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxonalar barpo etilgan va Juma namozi, hamda, Ramazon va Qurbon hayiti namozlari vaqtida mav’izalar oʻqiydi. Mazkur masjidga Nayman qishloq fuqarolar yigʻini, Taraqqiyot koʻchalari, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Qamchiq mahalla fuqarolar yigʻini, Nurli osmon mahalla fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Ziyolilar mahalla fuqarolar yigʻini, Chegara mahalla fuqarolar yigʻini, Birlik mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Nayman jome masjidi 1970-yilda mahalliy aholi vakillari, homiylar koʻmagi bilan barpo etilgan. 2021-yilda esa masjid binosida qayta taʼmirlash ishlari boshlanib yuborildi va 2021-yilda qurilish ishlari tugatilgan. Jome masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra shu qishloqning nomi qilib – „Naiman“ deya nomlangan.

  1. „НАЙМАН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Nayman jome' masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.