Kontent qismiga oʻtish

Yalangʻoch ota jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Yalangʻoch ota jome masjidi
Yalangʻoch ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Qibray
Manzil Yalangʻoch qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Beruniy mahalla fuqarolar yigʻini
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Abdusamat domla Jabborov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Yalangʻoch ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Yalangʻoch ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Yalangʻoch qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Beruniy mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Jome masjid Toshkent shahar Mirzu-Uligʻbek tumanu, Feruza mavzesi chegarasiga yaqin hududda joylashgan. Mazkur masjidga Yalangʻoch qishloq fuqarolar yigʻini, Beruniy mahalla fuqarolar yigʻini, Ibn Sino mahalla fuqarolar yigʻini, Olchazor koʻchasi, Limonchik mahalla fuqarolar yigʻini, Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Gulobod mahalla fuqarolar yigʻini, Axillik mahalla fuqarolar yigʻini, Ulugʻ yoʻl mahalla fuqarolar yigʻini, Ippakchilik mahalla fuqarolar yigʻini, Bobur mahalla fuqarolar yigʻini, Baxt mahalla fuqarolar yigʻini, Erkinlik mahalla fuqarolar yigʻini, Zulfiya mahalla fuqarolar yigʻini, Xurriyat mahalla fuqarolar yigʻini, Ziyokorlar mahalla fuqarolar yigʻini, Samimiyat mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻini, Abdurauf Fitrat mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Abdusamat domla Jabborov hisoblanadi.

Yalangʻoch ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 30-dekabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

  1. „ЯЛАНҒОЧ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Yalang'och ota jome' masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.