Kontent qismiga oʻtish

Joʻsh ota masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Joʻsh ota masjidi
Umumiy maʼlumot
Manzili Qoʻshrabot tumani
Shahar Samarqand
Mamlakat O‘zbekiston
Qurilishi boshlangan 2020
Qurilishi tugagan 2021
Texnik holati
Material pishgan gʻisht
Qavatlar soni 1 qavat
Binoning ichki maydoni 1 gektar

Joʻsh ota masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida Joʻsh qishlogʻida joylashgan masjid[1]. Mazkur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan[2].

Joʻsh ota masjidining tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar kam. Masjid XXII asrga aloqador boʻlib, 750 yillik tarixga ega[3]. 1998-yil 27-mayda masjid roʻyxatdan oʻtkazilgan[4]. Ishtixon tumani „Eshon Temirxon toʻra“ jome masjidi imom-noibi Nodirxon Ravshanxon oʻgʻlining maqolasiga qaraganda ushbu masjid Joʻsh otaning avlodi boʻlgan Shayx Abdulaziz Xoʻja tomonidan qurilganligi masjid ichidagi minbar tepasidagi devorga yopishtirilgan forscha-arabcha boʻlgan marmar toshda yozilgan[5]. Ushbu masjid hozirgi kunda amaldagi masjidlardan biri hisoblanadi. Ushbu masjidning imomi Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanining imom-xatibi Kubayev Narzullo[6], 2024-yilda imom-xatibi Yusupov Qahramon boʻlib[7], Juma namozi, Qurbon va Ramazon hayiti namozlari vaqtida oʻz mav’izalarini qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-iyuldagi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida“ roʻyxatiga Joʻsh ota masjidi ham kiritilgan[8]. 2019-yil „Obod qishloq“ dastur asosida Joʻsh qishlogʻida joylashgan ushbu masjid ham qayta tamirlangan[9]. 2019-yil 20-dekabrda olti asrlik tarixga ega Joʻsh ota jome masjidining qurilish ishlarini viloyat bosh imom-xatibining oʻrinbosari Yoqubjon Mansurov koʻzdan kechirgan. Shuningdek, masjidda qoʻshimcha binolar, kutubxona, tahoratxona barpo etilgan[10]. Masjid qurilish ishlaridan viloyat bosh imom xatibi Zayniddin Eshonqulov xabardor boʻlib turgan[11][12]. 2020-yil 18-iyunda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Abdugʻofur Ahmedov, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov va viloyat hokimi oʻrinbosari D.Mamatqulovlar bilan birgalikda masjid sharoitlari oʻrganilgan[13].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumaniga qarashli hisoblanadi. Masjid qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkab boʻlib, peshtoq, ravoq va minoraning turli shakllari oʻziga xos nafis shaklda ishlangan. Bezagida maftunkor naqshlar, koshinkor bezaklar qoʻllanilgan boʻlib, masjid binosining tashqi va ichki bezaklarida oʻzgacha nafislik yaqqol koʻzga tashlanadi. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Qoʻshrabot tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Shuningdek, Qoʻshrabot tumanining aholi vakillari va yoʻlovchilar, Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu masjidga mashrut, avtobus yoki yengil transport vositalari orqali borish mumkin va nomozxonlar uchun masjid har kunlik nomoz vaqtlarida doimo ochiq[6]. Ushbu masjid nomozxonlar uchun zarur maʼlumotlar xabar qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa boʻlib oʻqiladigan Qoʻshrabot tumanidagi asosiy masjidlar sirasiga kiradi. Shuningdek, masjid Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur’on oʻqiladigan masjidlar roʻyxatiga kiritilgan[14].

  1. „JO`SH OTA JOME MASJIDI“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  2. „Ўзбекистон масжидлари“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
  3. „“JOʻSh OTA” Ziyoratgohi“. telegra.ph. telegra.ph. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  4. „JO`SH OTA JOME MASJIDI“. legat.by. legat.by. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  5. „“JO‘SH OTA” JOME MASJIDI TARIXI“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 14-sentabr 2024-yil.
  6. 6,0 6,1 „Жуш ота жоме масжиди“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 14-sentabr 2024-yil.
  7. „Samarqand viloyati imom xatiblarining “Yil imomi 2024” ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  8. „Tarixiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida“. lex.uz. lex.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  9. „Jo‘shdagi havasga arzigulik obodlik“. uza.uz. uza.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  10. „“Jo‘sh ota” masjidida qurilish ishlari yakuniga yetmoqda“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  11. „Viloyat masjidlaridagi qurilish va ta'mirlash ishlari“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 6-yanvar 2025-yil.
  12. „Viloyat masjidlaridagi qurilish va ta'mirlash ishlari“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 6-yanvar 2025-yil.
  13. „Usmonxon Alimov Qo‘shrabot tumanidagi “Jo‘sh Ota” jome masjidiga bordi“. zarnews.uz. zarnews.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  14. „Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur'on o‘qiladigan masjidlar ro‘yxati“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.