Kontent qismiga oʻtish

Domla Kamoliddin Oxun jome masjidi

Koordinatalari: 39°37′48″N 66°56′33″E / 39.630100°N 66.9425236°E / 39.630100; 66.9425236
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Domla Kamoliddin masjididan yoʻnaltirildi)
Domla Kamoliddin Oxun jome masjidi
Domla Kamoliddin Oxun jome masjidi old tomondan ko'rinishi
Umumiy maʼlumot
Manzili Qoʻshrabot tumani Shova qishlogʻi
Shahar Samarqand
Mamlakat O‘zbekiston
Koordinatalar 39°37′48″N 66°56′33″E / 39.630100°N 66.9425236°E / 39.630100; 66.9425236
Qurilishi boshlangan 2020
Qurilishi tugagan 2021
Texnik holati
Material pishgan gʻisht
Qavatlar soni 1 qavat
Binoning ichki maydoni 1 gektar
Map
Domla Kamoliddin masjidi xaritada
Domla Kamoliddin Oxun jome masjidi

Domla Kamoliddin Oxun jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani Shova qishlogʻidagi Moliya kolleji hududida joylashgan masjid[1][2]. Mazkur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan[3].

Dastavval, XIX asrda kichik xonaqoh va hujralar qurilgan[4]. 1996-yil qurilgan ushbu masjid ikki yuz kishiga moʻljallangan[5]. 2002-yilda hashar yoʻli bilan 70 kishiga moʻljallangan jome masjidi barpo qilingan[4]. 1998-yil 12-avgustda masjid roʻyxatdan oʻtkazilgan[6]. 2002-yilda Domla Kamoliddin uy-muzeyi, „Domla Kamoliddin Oxun“ maqbarasi barpo qilingan[2][7]. Ushbu masjid hozirgi kunda amaldagi masjidlardan biri hisoblanadi. Masjid imomi Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanining imom-xatibi Jamgirov Nabi[8], 2023-yildan Ismatullo Absalamov boʻlib[9][10], Juma namozi, Qurbon va Ramazon hayiti namozlari vaqtida oʻz mav’izalarini qiladi. 2020-yil 12-iyunda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov masjidning ilk tamal toshini qoʻyib bergan[11]. Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmatining xabar berishicha, 2020-yil 23-fevraldan boshlab masjid qayta taʼmirlangan va ushbu tamirlash ishlarini kuzatish maqsadida masjidga muftiy Usmonxon Olimov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Abdugʻofur Ahmedov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, viloyat hokimi oʻrinbosari D.Mamadkulov hamda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulovlar muntazam tarzda qurilish ishlaridan xabar olishgan[2][12][13][14][15][16]. 2021-yil 11-aprel kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Olimov, Diniy idora ishboshqaruvchisi Rustam xoji Jamilov va viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ishtirokida masjidning tantanali ochilish marosimi oʻtkazilgan[17]. 2020-yil 14-iyundan masjid yangi binosi qurilishi boshlangan boʻlib, 2021-yil 20-mart oyida qurilish yakunlangan[18][19].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid xonaqoh va ayvon oʻlchami 21×18, gumbaz balandligi 17 metr va aylanasi 7,5 metr qilib ishlangan. Ayniqsa, masjidda 15 kishilik erkaklar va ayollar tahoratxonasi va avtoturargoh ham bor. Masjid Qoʻshrabot tumanining eng katta masjidi hisoblanib, „Shova“, „Navkar“, „Qovunchi“ mahallalaridan keladigan musulmonlarga xizmat qiladi. Masjidning oʻziga 450, hovlisiga 1000 ga yaqin kishi sigʻadi[20][21].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumaniga qarashli hisoblanadi. Masjid qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkab boʻlib, peshtoq, ravoq va minoraning turli shakllari oʻziga xos nafis shaklda ishlangan. Bezagida maftunkor naqshlar, koshinkor bezaklar qoʻllanilgan boʻlib, masjid binosining tashqi va ichki bezaklarida oʻzgacha nafislik yaqqol koʻzga tashlanadi. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Qoʻshrabot tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Shuningdek, Qoʻshrabot tumanining aholi vakillari va yoʻlovchilar, Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu masjidga mashrut, avtobus yoki yengil transport vositalari orqali borish mumkin va nomozxonlar uchun masjid har kunlik nomoz vaqtlarida doimo ochiq[8]. Ushbu masjid nomozxonlar uchun zarur maʼlumotlar xabar qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa boʻlib oʻqiladigan Qoʻshrabot tumanidagi asosiy masjidlar sirasiga kiradi. Shuningdek, masjid Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur’on oʻqiladigan masjidlar roʻyxatiga kiritilgan[22].

  1. „"ДОМЛА KАМОЛИДДИH" ЖОМЪЕ МАСЖИДИ“. statsnet.uz. statsnet.uz. Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Qo‘shrabotdagi “Domla Kamoliddin Oxund” jome masjidiga keldi“. zarnews.uz. zarnews.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  3. „Ўзбекистон масжидлари“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
  4. 4,0 4,1 „“Domla Kamoliddin Oxun” masjidida o‘zgarishlar kutilmoqda“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  5. „Yangi masjidlar ko‘paymoqda“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  6. „"ДОМЛА KАМОЛИДДИH" жомъе масжиди“. uzorg.uz. uzorg.uz. Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.
  7. „Samarqandda yana uchta, Sirdaryoda esa bitta yangi masjid ochildi (foto)“. daryo.uz. daryo.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  8. 8,0 8,1 „Домла Камолиддин жоме масжиди“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.
  9. „Tinchlik – eng oliy ne'mat!“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  10. „BOG‘U BO‘STONGA AYLANYOYOTGAN YURT“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  11. „TAMAL TOSHI QO‘YILDI“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  12. „Qo‘shrabot tuman “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidi obodonlashtiriladi“. sammuslim.uz. sammuslim.uz (24/02/2020). Qaraldi: 13-sentabr 2024-yil.
  13. „Alloh taologa makonlarning eng yahshisi masjidlardir“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  14. „Masjidlardagi bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  15. „Mufti hazratlari Qo‘shrabod tumanida“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 5-dekabr 2025-yil.
  16. „Muftiy hazratlari “Domla Kamoliddin” jome masjidida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  17. „Samarqandda yana uchta, Sirdaryoda esa bitta yangi masjid ochildi (foto)“. daryo.uz. daryo.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  18. „Samarqandda yana uchta, Sirdaryoda esa bitta yangi masjid ochildi (foto)“. daryo.uz. daryo.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  19. „Муфтий ҳазратлари “Домла Камолиддин Охун” масжидининг янги биносини намозхонларга очиб бердилар“. old.muslim.uz. old.muslim.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  20. „Samarqandda yana uchta, Sirdaryoda esa bitta yangi masjid ochildi (foto)“. daryo.uz. daryo.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  21. „Муфтий ҳазратлари “Домла Камолиддин Охун” масжидининг янги биносини намозхонларга очиб бердилар“. old.muslim.uz. old.muslim.uz. Qaraldi: 5-yanvar 2025-yil.
  22. „Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur'on o‘qiladigan masjidlar ro‘yxati“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.