Toʻqay tepa jome masjidi
Masjid | |
Toʻqay tepa jome masjidi
Toʻqay tepa | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Qibray |
Manzil | Toʻqay tepa qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi Oʻzbekiston shox koʻchasi |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Barat domla Halimboyev |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Toʻqay tepa jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻqay tepa jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Toʻqay tepa qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi Oʻzbekiston shox koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.60 gektar joyda 700 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Jome masjid yonida Toʻqay tepa qabristoni joylashgan. Mazkur masjidga Yangi Oʻzbekiston qishloq fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Milliy bogʻ mahalla fuqarolar yigʻini, Tutamgali mahalla fuqarolar yigʻini, Aranchi mahalla fuqarolar yigʻini, Toʻqay tepa mahalla fuqarolar yigʻini, Shirin mahalla fuqarolar yigʻini, Samarqand mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Barat domla Halimboyev hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻqay tepa jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Тўқай тепа жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „To‘qay tepa jome’ masjidi“. mapcarta.com. mapcarta.com. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.