Kontent qismiga oʻtish

Saʼdulla ota jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Saʼdulla ota jome masjidi
Saʼdulla ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Qibray
Manzil Oʻngqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Guliston mahalla fuqarolar yigʻini, Chimkent koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 4
Minoralar soni 4
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Saʼdulla ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi.

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saʼdulla ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Oʻngqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Guliston mahalla fuqarolar yigʻini, Chimkent koʻchasida joylashgan. Saʼdulla ota masjidi 1993-yilda Qibray tumani Guliston mahalla fuqarolar yigʻini faollari tomonidan hashar yoʻli bilan barpo etilgan. Toshkent–Chimkent katta magistral yoʻli boʻyida joylashgan jome masjid islom meʼmorchiligi uslubida qurilgan. Unga Guliston mahalla fuqarolar yigʻinida yashab oʻtgan Saʼdulla ota nomi berilgan. Jome masjidning umumiy hududi 0,30 gektar maydonni tashkil etadi va Xonaqoh ichi 17x26 metr oʻlchamga ega boʻlib, uning atrofini eni 4 metrli ochiq ayvon oʻrab turadi. Ayvon chetida esa uzunligi 7 metrdan ortiq 12 dona yogʻoch ustunlar qoʻyilgan. Xonaqohning toʻrt tomonida 17 metrli 4 dona minora mavjud. Minora mayoq mazifasini bajaradi. Masjid 700 nafar namozxonga moʻljallangan boʻlib, masjid hududiga yaqin boʻlgan mahallalardan namozxonlar tashrif buyurishadi. Masjid atrofida qabriston mavjud emas. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Obid domla Mirhamidov hisoblanadi[1].

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2001-yil 27-dekabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[2].

  1. „САЪДУЛЛА ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"SA'DULLA OTA" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.