1993
Qiyofa
(1993-yildan yoʻnaltirildi)
1993
Ming yilliklar: | 2-mingyillik |
---|---|
Asrlar: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
Oʻzbekiston
- 8-yanvar — Oʻzbekiston avtomobil transporti („Oʻzavtotrans“) Davlat aksiyadorlik korporatsiyasi tashkil etildi.
- 5-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy oʻquv yurtlari uchun abituriyentlarni test usulida tanlab olish toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi.
- 10-fevral — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro pochtamti tuzildi.
- 11-fevral — Kitob baland togʻ rasadxonasi majmuasi tashkil etildi.
- 2-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Navroʻz — umumxalq bayrami“ qarori qabul qilindi.
- 9-aprel — Nukusda Qoraqalpogʻiston Oliy Kengashining 12-sessiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Davlat gerbi qabul qilindi.
- 20-aprel — Toshkentda 30 mamlakatning milliy firma, bank va kompaniyalari rahbarlari ishtirokida Butunjahon Iqtisodiy anjumani boʻlib oʻtdi.
- 23-aprel — „Sogʻlom avlod uchun“ xayriya jamgʻarmasi tuzildi. 23-aprel. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yilda buyuk olim Muhammad Taragʻay Ulugʻbekning 600 yillik yubileyini oʻtkazish toʻgʻrisida qarori qabul qilindi.
- 28-aprel — „Oʻzdehqonsanoatbank“ negizida „Tadbirkorbank“ yirik aksiyadorlik banki tashkil etildi.
- 30-aprel — Toshkentda Germaniya elchixonasi ochildi.
- Aprel — Fargʻona shahrida Oʻzbekiston talabalarining birinchi festivali boʻlib oʻtdi. Unda 54 oliy oʻquv yurti vakillari ishtirok etdi. Aprel. „YevroOʻz“ Oʻzbekiston — Germaniya qoʻshma mebel korxonasi tashkil etildi.
- 6-may — „Sugʻurta toʻgʻrisida“, „Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida“, „Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
- 7-may — I va II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni taʼsis etildi.
- 13—14-may — Toshkentda „Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari“ mavzuida birinchi Xalqaro simpozium boʻlib oʻtdi.
- 27-may — Toshkentda B.Zokirov nomidagi jaz-orkestrining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
- May — Toshkentda Oʻzbekistonda birinchi marta sholi moyi chiqindisidan kir sovun ishlab chiqaruvchi „Tedogan“ oʻzbekkoreys qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
- May — Nukusda Turkiyaning „Yazeks“ korporatsiyasi yordamida bunyod etilgan „Kateks“ toʻqimachilik majmui ishga tushdi.
- May — Toshkentda Orol va Orolboʻyi muammolari boʻyicha dastlabki Xalqaro tadqiqotlar loyihasi imzolandi.
- 11-iyun — Chatqol davlat tabiiy biosfera qoʻriqxonasi YUNESKO muhofazasiga olindi.
- 27-iyun — „Taraqqiy“ gazetasi 1 -soni chiqqan 27-iyun (1906) sanasi Oʻzbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadigan boʻldi.
- Iyun — Samarqandda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining boʻlimi ochildi.
- 30-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti „Toʻrtkoʻl shahrining 120 yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ farmon chiqardi.
- Iyul — Toshkentda Oʻzbekiston Geologiya milliy qoʻmitasi tashkil etildi.
- 13-avgust — Abdulla Qodiriy jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
- 17-avgust — Respublika „Mahalla“ xayriya jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
- 31-avgust — Toshkentda Amir Temur haykali ochildi.
- Avgust — Uch yuz kilometrli Damxoʻja—Navoiy—Buxoro suv yoʻli qurib bitkazildi.
- Avgust — Toshkentda „Taʼlim, bandlik va inson resurslarini rivojlantirish“ shiori ostida YUNESKOning Xalqaro seminari boʻlib oʻtdi.
- 1-sentyabr — Toshkentda Ulugʻbek haykali ochildi.
- 2—3-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasida „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻtrisida“ qonun qabul qilindi (1995-yil may oyidagi Oliy Majlisning 2-sessiyasida mazkur qonunga oʻzgartirishlar kiritildi).
- 4-sentyabr — Toshkentda „Turkiston“ saroyining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
- 3—5-sentyabr — Toshkentda Osiyo va Tinch okean regioni mamlakatlarining taekvondo boʻyicha birinchi chempionati boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston jamoasi bazaviy texnikani namoyish qilish boʻyicha musobaqalarda birinchi oʻrinni egalladi.
- 9-sentyabr — Alisher Navoiy jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
- 10-sentyabr — Toshkentdagi „Bahor“ konpert zalida Mukarrama Turgʻunboyeva muzeyi ochildi.
- 16-sentyabr — Buxoroda buyuk mutafakkir bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi keng nishonlandi.
- 20-sentyabr — „Ekosan“ xalqaro Oʻzbekiston ekologiya va salomatlik jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.
- 26—28-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida ishtirok etib, nutq soʻzladi.
- Sentyabr — Toshkentda Xalqaro valyuta fondining doimiy vakolatxonasi ochildi.
- Sentyabr — Oʻzbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) aʼzoligiga qabul qilindi.
- Sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiada qoʻmitasi Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan tan olindi (1995-yil apreldan teng huquqli aʼzosi).
- 26-oktyabr — YUNESKO ning Parijdagi karorgohida Oʻzbekistonni YUNESKOga aʼzolikka qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.
- 30-oktyabr — Toshkentda tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, shoir Xoja Ahmad Yassaviy merosiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-maʼrifiy konferensiya ochildi.
- Oktabr — Oʻzbekiston Ilmiy uyushmalar xalqaro kengashining toʻla huquqli aʼzosi boʻldi.
- 4-noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilganligining 50 yilligiga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.
- 22-noyabr — „Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari harbiy qismining Jangovar bayrogʻi toʻgʻrisida“gi farmon imzolanib, qurolli Kuchlar Jangovar bayrogʻining yagona namunasi tasdiqlandi.
- 23-noyabr — Toshkentdagi respublika Oʻqituvchilar uyi qoshida Oʻzbekiston Xalq taʼlimi tarixi muzeyi ochildi; 23-noyabr. Qoraqalpogʻistonning birinchi poytaxti — Toʻrtkoʻlda shaharning 120 yilligiga bagʻishlangan tantanalar boʻlib oʻtdi.
- 4-dekabr — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
- 18-dekabr — Andijonda buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi nishonlandi va unga haykal oʻrnatildi.
- 18-dekabr — Xalqaro FIFA tashkilotining Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtgan konferensiyasida Oʻzbekiston Milliy futbol federatsiyasi ushbu futbol assotsiatsiyasi aʼzoligiga qabul qilindi.
- 23-dekabr — Bobur nomidagi xalqaro jamgʻarma roʻyxatdan oʻtdi.
- 1993 — Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa Vazirligining Markaziy harbiy sport klubi tashkil etildi.
- 1993 — Fargʻona viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi. 1993 — Xorazm viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi. 1993 — „Farmindustriya“ konserni (hozirgi „Oʻzfarmsanoat“ davlat konserni) tashkil etildi. 1993 — Oʻzbekiston Jahon turistik tashkiloti (WTO) ga aʼzo boʻldi.
Voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:1993-yil voqealari
- 1-yanvar va 1-noyabr - Yevropa Iqtisodiy hamjamiyati davlatlarining yagona bozor haqida kelishuvi va Maastrixt shartnomasi kuchga kirdi.
- yanvar - strategik qurollarni cheklash toʻgʻrisida amerika-rossiya shartnomasi Jorj Bush va Boris Eltsin tomonidan imzolandi.
- 1-yanvar — razdelenie Chexoslovakii na Chexiyu i Slovakiyu.
- 20-yanvar — Билл Клинтон vstupaet v doljnost президентa США.
- 23-fevral — Yukixiroy Matsumoto bil sozdan yazik programmirovaniya Ruby. Yego selyu bilo sozdaniya nastoyaщego obʼektno-orientirovanogo, interpretiruemogo yazika programmirovaniya.
- 15-aprel — sozdana Neftyanaya kompaniya „ЮКОС“.
- 23-aprel — V Eritree pod egidoy ООН provoditsya референдум, v xode kotorogo podavlyayuщee bolshinstvo jiteley golosuet za nezavisimost Eritrei ot Efiopii.
- 10-may — Киргизия vvodit natsionalnuyu valyutu som.
- 14-may — Литва, Словения, Эстония stanovyatsya chlenami Soveta Yevropi.
- 24-may — Эритрея vixodit iz Efiopii i stanovitsya nezavisimim gosudarstvom.
- 25-iyun — v Litve puщena v oborot 25-iyun natsionalnaya валюта лит.
- 17-iyul — pravitelstvennie voyska zaxvatili shtab-kvartiru Narodnogo Fronta Азербайджанa.
- 21-sentyabr — 4-oktyabr — Октябрьские события, svyazannie s rospuskom Borisom Yelsinim Verxovnogo Soveta Rossii.
- 10-dekabr — kompaniey id Software vipuщena igra „Doom“.
- 12-dekabr — prinyata konstitutsiya Rossiyskoy Federatsii, odnovremenno proshli pervie posle revolyutsii 1917 g. vibori v Gosudarstvennuyu Dumu.
- 30-dekabr — Isroil va Vatikan diplomatik munosabatni yoʻlga qoʻyishdi.
Tugʻilgan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:1993-yilda tugʻilganlar
Vafot etgan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:1993-yilda vafot etganlar
- 22-yanvar — Абэ, Кобо, yaponskiy pisatel.
- 30-yanvar-Св.Ник.Рерих,indiyskiy xudojnik.
- 28-oktyabr — Yuriy Mixaylovich Lotman, sovetskiy литературовед, kulturolog i semiotik.
- 3-noyabr — Lev Sergeevich Termen, izobretatel, sozdatel pervogo elektro-muzikalnogo instrumenta
- 30-oktyabr — Antanas Ramonas, litovskiy писатель.
- 29-dekabr — Axel Corti (Aksel Korti) (t. 1933), avstriyalik rejissyor.
- 29-dekabr — Frunzik Mkrtchyan (haqiqiy ismi Mger Mkrtchyan) (t. 1930), mashhur sovet kinoaktyori, SSSR xalq artisti.
Nobel mukofoti laureatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fizika — Russell Alan Hulse va Joseph Hooton Taylor, Jr.
- Kimyo — Kary Mullis va Michael Smith
- Fiziologiya va tibbiyot —
- Iqtisodiyot — Robert W. Fogel va Douglass North
- Adabiyot — Toni Morrison
- Tinchlik — Nelson Mandela va F. W. de Klerk
Bu maqola ruscha yozilgan. | |
Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |