Kontent qismiga oʻtish

Bekobod

Koordinatalari: 40°13′13″N 69°16′4″E / 40.22028°N 69.26778°E / 40.22028; 69.26778
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bekobod
shahar
40°13′13″N 69°16′4″E / 40.22028°N 69.26778°E / 40.22028; 69.26778
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Toshkent viloyati
Hukumat
 • hokim Nasrullo Babayev[1]
Asos solingan 1899
Avvalgi nomlari Xilkovo, Begobod
Maydon 003 km2 (1.2 kv mi)
Iqlim turi keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i Oʻzbekcha
Aholisi
 (2009)
101 292
Milliy tarkib oʻzbeklar, qozoqlar, tojiklar
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar, Xristianlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +99870
Bekobod xaritada
Bekobod
Bekobod
Bekobod xaritada
Bekobod
Bekobod
Bekobod yaqinidagi Qizil mozor maqbarasi

Bekobod – Toshkent viloyatidagi shahar (1954-yildan)[2] . Maydoni 0,03 ming km2, aholisi 102,0 ming kishi (2023)[3].

Bekobod Oʻzbekistonning muhim sanoat shahri hisoblanadi. Bu yerda yirik poʻlat zavodi va sement zavodi joylashgan. Shuningdek, gʻisht zavodi, goʻsht kombinati, paxta zavodi, koʻplab kichik va oʻrta korxonalar bor[2]. Farhod toʻgʻoni va Farhod GES shaharning yuqori qismida joylashgan.

Bekobod shahridagi Metallurg stadioni

Shahar aholi punkti sifatida 1899-yilda „Xilkov“ temir yoʻl stansiyasi qurilishi vaqtida paydo boʻlgan. Xilkov nomi – temir yoʻl qurilishida yetakchilardan biri boʻlgan M. I. Xilkov sharafiga shunday atalgan.

Keyinchalik qishloq yaqin atrofdagi Begovat qishlogʻini oʻziga qoʻshib oldi.

Sovet davrida shahar sement zavodi bilan bogʻliq holda vujudga kelgan[4]. 1942—1944-yillarda shaharda poʻlat zavodi qurilgan[5]. 1943—1948-yillarda Bekobod yaqinida Farhod toʻgʻoni va Farhod GES qurildi[4][2]. GES Oʻzbekiston uchun elektr energiyasi va sugʻorish suvining asosiy manbai hisoblanadi.

Bekobod 1945-yilda shahar maqomini oldi[5]. 1964-yilgacha shahar Begovat nomi bilan mashhur edi[6][7].

Toshkentdan 189 km janubda (avtomobil yoʻli orqali 140 km), Dalvarzin choʻlining janubi-sharqida, Tojikiston Respublikasi chegarasi yaqinida joylashgan[2].

Shaharda Bekobod temir yoʻl stansiyasi bor, Xovos-Qo‘qon temir yoʻl liniyasi oʻtadi. Koʻp sonli kanallar, avtomobil va temir yoʻllar shaharni alohida kichik dahalarga ajratadi. Sirdaryoning har ikkala sohilida, shimoli-sharq va janubi-sharqdan togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28 – 30°, yanvarniki −2, −3°. Yiliga 300 mm dan ziyod yogʻin tushadi[2].

Bekobodda Tojikistonning Sugʻd viloyati bilan chegara oʻtadi, viloyatning maʼmuriy-markazi Xoʻjanddan 33 km sharqda joylashgan.

Bekobod yaqinidan Dalvarzin va Doʻstlik kanallari boshlanadi.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Bekobodda 102 000 kishi istiqomat qiladi[3]. Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek rus, tatar, koreys, qozoq, tojik va boshqa ham yashaydi.

Aholining oʻsishi
YilAholi±% y.oʻ.s.
195940 000—    
197058 000+3.44%
198273 000+1.94%
200084 400+0.81%
2009101 292+2.05%
2023102 000+0.05%
Manba: [5][2][6][7][8][3]

Iqtisodiyoti va sanoati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bekobod Oʻzbekistonning muhim sanoat shahri hisoblanadi. Bu yerda yirik poʻlat zavodi va sement zavodi joylashgan. Shuningdek, gʻisht zavodi, goʻsht kombinati, paxta zavodi, koʻplab kichik va oʻrta korxonalar bor[2]. Farhod toʻgʻoni va Farhod GES shaharning yuqori qismida joylashgan[9].

1929-yil 26-iyunda Bekobod sement kombinati qurildi[2]. Hozirda „Bekobodsement“ AJ tomonidan egalik qilinadigan zavod sement va shifer ishlab chiqaradi. Yiliga 700 000 tonna sement ishlab chiqaradi.

1942-yil metallurgiya zavodi qurila boshladi. Oʻrta Osiyodagi bu yagona qora metallurgiya markazi 1944-yil dastlabki poʻlat va 1946-yil birinchi prokat berdi. Hozirda Oʻzmetkombinat nomi bilan ataladigan kompaniya yiliga 750 000 tonna poʻlat ishlab chiqarish quvvatiga ega[2].

Ilgari zavod Markaziy Osiyoning barcha respublikalaridan kelayotgan metallolomlarni qayta ishlagan. 2008-yilgacha direktor Aleksandr Farmanov edi.

Shahar chegarasida, Sirdaryodagi suv ombordan tortilgan derivatsiya kanalining 11 kilometrida Farhod GES joylashgan. Meʼmori Iosif Yuliyevich Karakis.

Shaharda temir-beton buyumlari zavodi va sement, shifer, asbest-sement quvurlari, sugʻorish laganlar, gʻisht, ohak, shagʻal, qum va boshqalar ishlab chiqaradigan boshqa qurilish sanoati korxonalari ham joylashgan. Yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, paxtani qayta ishlash zavodi ham bor[2].

Infratuzilmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda 2 ta futbol klubi – „Metallurg “ va „Sementchi“ bor. 2015-yil sentyabrda 15 000 muxlisni sigʻdira oladigan yangi „Metallurg“ stadioni ochildi.

2010-yil 14-avgustda rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtgan istirohat bogʻi hududida „Yoshlik“ sport majmuasi va suzish havzasi qurilgan.

Madaniy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yil holatida Bekobodda industriya texnikumi, tibbiyot bilim yurti, 17 umumiy taʼlim maktabi, 2 musiqa va sport maktablari, 11 ommaviy kutubxona, 1 klub, 4 madaniyat uyi, metallurgiya madaniyat saroyi. muzey, 7 kasalxona bor[2].

2006-yil Bekoboddagi 16-maktab Oʻzbekistondagi eng yaxshi maktab deb topildi[10].

Shaharda oʻquvchilari shahar va viloyat fan olimpiadalarida faxrli oʻrinlarni egallagan yana bir qator maktablar ham bor.

  1. „Bekobod shahriga yangi hokim tayinlandi“. Uzreport (2022-yil 25-may). Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 Bekobod, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi B harfi B // Bharata. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2000—2005 — 201 —-bet. 
  3. 3,0 3,1 3,2 „Hududlar bo`yicha shahar va qishloq aholisi soni“. toshvilstat.uz. Toshkent viloyati statistika boshqarmasi. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  4. 4,0 4,1 "Angren". Encyclopædia Britannica. http://www.britannica.com/EBchecked/topic/58961/Bekabad. <!--->
  5. 5,0 5,1 5,2 Moʻminov, Ibrohim, ed (1972). "Bekobod" (uz). Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 2. Toshkent. 132 b. 
  6. 6,0 6,1 "Bekobod" (uz). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. 89 b. 5-89890-002-0. 
  7. 7,0 7,1 „Bekabad“ (ru). Akademik. Qaraldi: 2015-yil 22-yanvar.
  8. „Bekabad City“ (ru). Goroda.uz. 2015-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-yanvar.
  9. "Farhod gidrouzeli" (uz). Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000–2005. 
  10. „Малика Файзиева «Определена лучшая школа страны»//Сайт информагентства «Uzbekistan Today»“. 2010-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan.