Hoji Turob oʻgʻli Abdulloh jome masjidi
Masjid | |
Hoji Turob oʻgʻli Abdulloh jome masjidi
Hoji Turob oʻgʻli Abdulloh | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Qibray |
Manzil | Salar qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Navro'z mahalla fuqarolar yigʻini, Ibn Sino 1 A-uy |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Sodiq domla Roziqov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Hoji Turob oʻgʻli Abdulloh jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hoji Turob oʻgʻli Abdulloh jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Salar qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Ibn Sino 1 A-uyda joylashgan[2][3]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Salar qishloq fuqarolar yigʻini, Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Ibn Sino mahalla fuqarolar yigʻini, Xurriyat mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Qonduzsoy mahalla fuqarolar yigʻini, Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Zulfiya mahalla fuqarolar yigʻini, Temur Malik mahalla fuqarolar yigʻini, Axillik mahalla fuqarolar yigʻini, AAbdurauf Fitrat mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Sodiq domla Roziqov hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hoji Turob oʻgʻli Abdulloh jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2002-yil 27-fevral kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ХОЖИ ТУРОБ ЎҒЛИ АБДУЛЛОҲ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"HOJI TUROB O'GLI HOJI ABDULLOH" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"HOJI TUROB O'GLI HOJI ABDULLOH" JOME' MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.