1996
Qiyofa
(1996-yildan yoʻnaltirildi)
1996
Ming yilliklar: | 2-mingyillik |
---|---|
Asrlar: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
- 3-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida“ va „Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida“ qarorlar qabul qildi.
- 9-yanvar — Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish Respublika kompyuter tarmogʻi „Oʻzpak“ foydalanishga topshirildi.
- Yanvar — Toshkentda Alisher Navoiy tavalludining 555 yilligiga bagʻishlangan „Oʻzbekiston mustaqilligi va navoiyshunoslik istiqbollari“ mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya boʻldi. Yanvar. Toshkentda Oʻzbekiston bokschilarining birinchi respublika spartakiadasi boʻlib oʻtdi. Yanvar. „Inson va qonun“ — Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy, ijtimoiy-ommabop gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi (1998-yil yanvardan mustaqil haftalik nashrga aylantirildi). Yanvar. Oʻzbekiston Oqsoqollar kengashi va „Mahalla“ jamgʻarmasining „Mahalla“ ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-maʼrifiy gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 6-fevral — Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi qarorgohida Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovga Olimpiada oltin ordeni topshirildi.
- 9-fevral — Buxoro viloyatining Zafarobod shaharchasida Navoiy konmetallurgiya kombinati bilan rossiyalik sheriklar hamkorligida benzin tozalovchi smola ishlab chiqaradigan yangi kimyo-texnologiya korxonasi foydalanishga topshirildi.
- Fevral — Osiyo—Yevropa kabelli aloqa magistralining Oʻzbekiston hududidan oʻtadigan qismining qurilishi boshlandi. Umumiy uzunligi 19 ming km li ushbu magistralning 885 km Oʻzbekiston boʻylab oʻtgan (qurilish 1997-yilda yakunlandi).
- 4-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.
- 15-mart — Parijda „Amir Temur va temuriylar toʻgʻrisida ilmiy asarlar bibliografiyasi“ kitobi chop etildi.
- 25-mart — Andijon viloyatining Asaka shahrida „Damas“ mikroavtobuslarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi.
- Mart — „Andijonirmash“ irrigatsiya mashinasozligi zavodi negizida yengil avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqaradigan „Oʻztong xong kompani“ Oʻzbekiston—Koreya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
- 3-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida Davlat aksiyadorlik uy-joy jamgʻarma banki — „Oʻzuyjoyjamgʻarmabank“ roʻyxatga olindi (2005-yil fevral oyidan Ipoteka bank).
- 5-aprel — Toshkentda respublikada birinchi „Oʻzinvestloyiha“ injiniring kompaniyasi faoliyat koʻrsata boshladi.
- 5-aprel — „Oʻzbeknavo“ gastrolkonsert birlashmasi (2001-yildan „Oʻzbeknavo“ estrada birlashmasi) tashkil etildi.
- 9-aprel — Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi.
- 16-aprel — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining birinchi taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi.
- 16-aprel — Germaniyaning Gamburg shahrida professional boks tarixida birinchi bor Oʻzbekiston vakili — toshkentlik sportchi Artur Grigoryan jahon chempioni boʻldi.
- 17-aprel — „Kamolot“ jamgʻarmasi taʼsis etildi.
- 20—26-aprel — YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida „Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi“ mavzuida ilmiy konferensiya va koʻrgazma boʻlib oʻtdi.
- 23-aprel — Toshkentda YEXHTning „Markaziy Osiyo: YEXHT doirasida keng qamrovli xavfsizlik va mintaqaviy mojarolar“ mavzuidagi simpoziumi boʻlib oʻtdi.
- 25—26-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 5-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“, „Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“, „Erkin iqgisodiy zonalar toʻgʻrisida“, „Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi toʻgʻrisida“gi qonunlari qabul qilindi.
- 26-aprel — Amir Temur ordeni taʼsis etildi.
- 26-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Faxriy unvonlari taʼsis etildi.
- 26-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tashkil etildi.
- 29-aprel — „Oʻzbekkino“ Davlataksiyadorlik kompaniyasi (hozirgi „Oʻzbekkino“ milliy agentligi) tuzildi.
- Aprel — Buxoroda suv sifatini boshqarish boʻyicha xalqaro kengash boʻlib oʻtdi.
- Aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining „Qonun himoyasida“ jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 2-may — Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tashkil etildi.
- 13-may — „Tajan—Saraxs“ transosiyo temir yoʻl magistrali ochildi.
- 15-may — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil qilindi (2005-yil 2-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi).
- 22-may — Toshkentda jahondagi kompyuter texnikasining yetakchisi — IBM kompaniyasi vakolatxonasi ochildi.
- May — Samarqandda „Sunam“ Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. May. „Shahrixon—Xonobod“ yoʻnalishi boʻyicha poyezdlar qatnay boshladi. May. Toshkentda Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati muzeyi ochildi.
- 25-iyun — „OʻzDEUavto“ Oʻzbekiston — Janubiy Koreya qoʻshma korxonasida „Tiko“ va „Neksiya“ avtomobillari ishlab chiqaradigan liniyalar ishga tushirildi.
- Iyun — Angren „Sanoatkartonsavdo“ aksiyadorlik jamiyatida dastlabki sellyuloza ishlab chiqarildi.
- 15—21-iyul — Oʻzbekistonda birinchi marta ommaviy sport haftaligi oʻtkazildi.
- 15-iyul — Fan va madaniyat xalqaro jamgʻarmasi tuzildi.
- 19-iyul — Andijon viloyatining Asaka shahrida yengil avtomobillar ishlab chiqarish boʻyicha „OʻzDEUavto“ Oʻzbekiston — Janubiy Koreya qoʻshma korxonasining xalqaro taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
- 19-iyul — 4-avgust — AQShning Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan 24-yozgi Olimpiada oʻyinlarida hamyurtlarimiz bittadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
- 14-avgust — Nukusda marmar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona ishga tushirildi.
- 27-avgust — Yangiyoʻl shahrida biokimyo zavodining yangi korxonasini ishga tushirish munosabati bilan tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.
- 28-avgust — Samarqand va Shahrisabz shaharlarini Amir Temur ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida farmon chiqdi;28-avgust — „Miskin—Toʻrtkoʻl“ temir yoʻli qurilishi tugallandi.
- 29-avgust — „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni taʼsis etildi.
- 29-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavi qabul qilindi.
- 29—30-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 6-sessiyasida „Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida“, „Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida“gi qonunlar qabul qilindi.
- 30-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
- 1-sentyabr — Toshkent shahrida Xalqaro Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ochildi. Unda Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etdi.
- 9-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi „Maʼnaviyat va maʼrifat“ kengashining „Maʼnaviyat“ nashriyoti tashkil etildi.
- 20-sentyabr — Samarqandda qadimiy Afrosiyob shahar xarobasida qazish ishlari olib borgan fransuz arxeologlari topilmalari koʻrgazmasi ochildi.
- 27-sentyabr — Oʻzbekiston Bolalar jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
- Sentyabr — Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida zamonaviy fersol va ferlit plastik moyi ishlab chiqaradigan qurilma ishga tushirildi.
- Sentyabr — Buxoroda Hindistonning „Larsen TurboLTD“ firmasi qurgan 430 oʻringa moʻljallangan toʻrt yulduzli mehmonxona ochildi.
- Sentyabr — Andijonda polietilen plyonka ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi taqdimoti boʻldi.
- Sentyabr — „Toshkent traktor zavodi“ ishlab chiqarish birlashmasi konveyeridan TTZ-130 rusumli dastlabki traktorlar chiqdi.
- Sentyabr — Asaka shahrida „FederechiAsaka-Makaroni“ Oʻzbekiston—Italiya qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
- Sentyabr — Buxoro viloyati Jondor tumanida 13-asrda yashab oʻtgan xalq qahramoni, sarkarda Mahmud Torobiyga haykal oʻrnatildi.
- 2-oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkilotiga aʼzo boʻldi.
- 8-oktyabr — Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi respublikada birinchi „Bankinformreyting“ mustaqil reyting kompaniyasini taʼsis etdi.
- 18-oktyabr — Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi tantanali ravishda ochildi.
- 18-oktyabr — Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi. Har ikki shaharga „Amir Temur“ ordeni topshirildi;18-oktyabr — Toshkentda „Birja va ulgurji savdo“ yangi haftalik gazetasi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
- 21-oktyabr — Toshkent shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Turkiya hamda Oʻzbekiston rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi va unda Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
- 24-oktyabr — Shirin ichimliklar va maʼdanli suv ishlab chiqaruvchi „Samarqand-Praga“, qoʻshma korxonasi dastlabki mahsulotlarini chiqardi.
- 24-oktyabr — Toshkent shahrida „Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan oʻrni“ mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
- 31-oktyabr — Toshkentda „Yozuvchi“ gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 31-oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi tuzildi.
- Oktabr — Toshkentda besh yulduzli „Interkontinental“ mehmonxonasining 1-navbati foydalanishga topshirildi.
- Oktabr — Oʻzbekiston—Italiya „Sovplastital“ qoʻshma korxonasi Parijda „Sifat uchun Yevropa Oltin mukofoti“ga sazovor boʻldi. Bu qoʻshma korxona sazovor boʻlgan sakkizinchi xalqaro mukofotdir.
- Oktabr — Toshkentda „Bozor, pul va kredit“ ilmiy-amaliy jurnalining 1-soni, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini yoritish boʻyicha „Vestnik Arala“ („Orol axborotnomasi“) ilmiy jurnalining ilk soni bosmadan chiqdi.
- 28-noyabr — Xivada turkman shoiri va mutafakkiri Mahtumquli haykali ochildi.
- 30-noyabr — Toshkent viloyatining Toʻytepa shahrida „Kabul-Toʻytepa tekstil“ Oʻzbekiston — Koreya qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻldi.
- Noyabr — Toshkentda „Texnoinvest“ Oʻzbekiston—Shveysariya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
- 3-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tashkil etildi.
- 8-dekabr — Gulistonda „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilgan „Neksiya“ avtomobillarini sotish boʻyicha Oʻzbekistonda birinchi kimoshdi savdosi boʻlib oʻtdi.
- 13-dekabr — „Oʻzbekistonning yangi tarixi“ni nashrga tayyorlash va nashr etish toʻgʻrisida" qaror qabul qilindi.
- 20-dekabr — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida Abdurauf Fitrat tavalludining 110 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish va ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.
- 26—27-dekabr — Toshkentda 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 7-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining „Notariat toʻgʻrisida“, „Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida“, „Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida“, „Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida“ qonunlari qabul qilindi.
- 29-dekabr — Toshkent shahrining yangi gerbi tasdiqlandi.
- 30-dekabr — Qashqadaryo viloyatidagi Alan konida yiliga 5 mlrd. kub metr gaz va 200 ming tonna kondensat chiqaradigan quvvatlar foydalanishga topshirildi.
- Dekabr — Oʻzbekiston Faxriylar kengashi Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash „Nuroniy“ jamgʻarmasiga aylantirildi. Dekabr — Nukusda Qoraqalpogʻistonda birinchi biznes markazi ochildi. Dekabr — Buxoro viloyatida marmarga ishlov beradigan yangi zavod ishga tushirildi.
- Dekabr — Ijtimoiy-siyosiy va huquqiy yoʻnalishdagi „Hurriyat“ mustaqil gazetasi chiqa boshladi. Dekabr — Toshkent davlat yuridik instituti qoshida Inson huquqlari va gumanitar huquqni oʻrganish markazi ochildi.
- 1996 — „Oʻzbekistonning yangi tarixi“ markazi tashkil etildi.
- 1996 — „BUZTEL GSM“ („Bakri Oʻzbekiston telekom“) kompaniyasi taʼsis etildi.
Voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:1996-yil voqealari
- yanvar - 2-chaqiriq Rossiya Davlat Dumasi faoliyati boshlandi.
- fevral — Rossiya Yevropa Ittifoqiga kirdi.
- 20-26-aprel - YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida „Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi“ mavzuida ilmiy konferensiya va koʻrgazma boʻlib oʻtdi.
- aprel — Italiyada Romano Prodi boshchiligida hukumat tuzildi. Soʻl kuchlar koalitsiyasi qonunchilik organ lari uchun saylovlarda gʻalaba qozondi.
- may - Hindiston Milliy Kongressi partiyasi hindistonda qonun chiqaruvchi organlarga boʻlgan saylovlarda induistlarga yutkazibqoʻydi. Bu paytda hindistonda jangovar induizm millatchiligi faollashdi.
- iyun - Isroilda Binyamin Netanyaxu premer-ministr etib saylandi.
- avgust — Grozniyda shafqatsiz janglar. Jangarilar Rossiya federal kuchlarini qamal qildi.
- 23-26-oktyabr - Toshkent shahrida „Amir Temur va uning jahon tarixidagi oʻrni“ mavzuida xalqaro
konferensiya boʻlib oʻtdi.
- Mashhad va Saraxs oʻrtasida temir yoʻl qurilishi tugallandi.
- Ispaniyada „Xalk alyansi“ partiyasining saylovdagi gʻalabasi, hukumat rahbari kilib Xose Mariya Asnar saylandi. U Bosh vazir Felipe Gonsales Markes oʻrnini egalladi.
- Ruminiya prezidenti etib liberal partiya yoʻlboshchisi I. Konstantinesku saylandi.
- 2-aprel — Sozdanie Soobщestva Rossii i Belorussii.
- 16-iyun — perviy tur prezidentskix viborov v Rossiyskoy federatsii. Vo vtoroy tur vishli G. A. Zyuganov i B. N. Yelsin. Takje uchastvovali A. I. Lebed, G. A. Yavlinskiy, V. V. Jirinovskiy, S. N. Fyodorov, M. S. Gorbachyov i dr.
- 3-iyul — pobeda Borisa Yelsina vo vtorom ture.
- 17-iyul — po neviyasnennim prichinam vzorvalsya самолёт, viletevshiy iz Нью-Йоркa v Париж, s 229 passajirami na bortu.
- 17-iyul — министрom oboroni Rossii naznachen генерал I. Rodionov, rukovodivshiy razgonom demonstratsii v Тбилиси v 1989.
- 19-iyul — sostoyalas seremoniya otkritiya yubileynix (v chest stoletiya s momenta vozrojdeniya Olimpiyskix igr) letnix Olimpiyskix igr v Atlante, США.
- 31-avgust Peregovori Lebedya i Masxadova v Xasavyurte. Zavershenie 1-y „chechenskoy“ voyni. Vivod rossiyskix voysk iz Chechni.
- ноябрь — v Yaponii nachati prodaji pervix DVD diskov i proigrivateley.
- ноябрь — prezidentskie vibori v SShA. Na vtoroy srok pereizbran Билл Клинтон.
- 29-dekabr — 36 yil davom etgan Gvatemaladagi fuqarolar urushi kurashayotgan tomonlarning yarashuvi bilan tugaydi.
Tugʻilgan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:1996-yilda tugʻilganlar
Vafot etgan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:1996-yilda vafot etganlar
- 8-yanvar — Fransua Mitteran, eks-prezident Fransii.
- 28-yanvar — Iosif Brodskiy, russko-amerikanskiy поэт.
- 26-mart — Devid Pakkard, amerikanskiy predprinimatel, soosnovatel kompanii Hewlett-Packard (rod. 1912).
- 21-aprel — ubit Djoxar Dudaev, prezident Chechni.
- 13-iyun — Иванов, Александр Александрович, poet-parodist
- 24-iyun — Mikael Tariverdiev, композитор, avtor muziki k фильмam.
- 9-iyul — Sergey Kuryoxin, izvestniy композитор, джазмен, рок-pianist, художник i режиссёр.
- 8-avgust — Georgiy Metélskiy, russkiy jurnalist i pisatel Litvi (rod. v 1911).
- 3-noyabr — Jan-Bedel Bokassa, bivshiy prezident i imperator Tsentralnoafrikanskoy respubliki, lyudoed.
- 25-noyabr — Edison Denisov, russkiy kompozitor.
- 1-dekabr — Babrak Karmal, bivshiy prezident Афганистанa.
- 19-dekabr — Marchello Mastroyanni, aktyor.
- Fizika — Devid Li, Duglas Osherov i Robert Richardson — „Za otkritie sverxtekuchesti geliya-3“.
- Ximiya —
- Meditsina i fiziologiya —
- Ekonomika —
- Literatura — Vislava Shimborska — „Za poeziyu, kotoraya s predelnoy tochnostyu opisivaet istoricheskie i biologicheskie yavleniya v kontekste chelovecheskoy realnosti“.
- Premiya mira —
Bu maqola ruscha yozilgan. | |
Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |