Kontent qismiga oʻtish

Ikrom xoji jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Ikrom xoji jome masjidi
Ikrom xoji
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yangiyoʻl
Manzil Tinchlik jamoa xo'jaligi, Xonqo'rg'on qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan O'zbekiston mahalla fuqarolar yigʻini 64-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20212022
Soʻngi imom Lutfulla domla Yusufjonov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Ikrom xoji jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi.

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikrom xoji jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Tinchlik jamoa xoʻjaligi, Xonqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Oʻzbekiston mahalla fuqarolar yigʻini 64-uyda joylashgan[1]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Lutfulla domla Yusufjonov hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.80 gektar joyda 100 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Eski qovunchi qishloq fuqarolar yigʻini, Urazov koʻchasi, Gulbahor mahalla fuqarolar yigʻini, Xonqoʻrgʻon qishloq fuqarolar yigʻini, Keng kichik mahalla fuqarolar yigʻini, Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Ikrom xoji jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. 2021-yil 27-avgust kuni masjid uchun yangino qurilishi boshlandi. Din ishlari boʻyicha qoʻmita mas’ul xodimi Muhammadbobur Yoʻldoshev, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, nuroniy otaxonlar, homiylar masjidning ilk tamal toshini qoʻyishida qatnashishdi. Eski jome masjidning binosi atigi 200 kishiga moʻljallangan boʻlib, namozxonlarga tor kelib qolgan edi. Yangi masjid binosi 2022-yilda ishga tushishi bilan bu bunoga 2500 kishi namoz ibodatini ado qila boshladi. 25 kishiga moʻljallangan yangi tahoratxona foydalanishga topshirildi[2]. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 9-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.