Vikipediya munozarasi:WikiStipendiya/Forum
WikiStipendiya kashf qilgan vikimediachilar
[manbasini tahrirlash]Ushbu roʻyxatga aynan „WikiStipendiya“ orqali Vikipediyaga kirib kelgan, bugunga qadar WMF loyihalariga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan foydalanuvchilarni kiritishni taklif qilaman. Istalgan foydalanuvchi istalgan boshqa foydalanuvchini nomzod qilib koʻrsatishi mumkin, ammo kamida ikki nafar tajribali foydalanuvchi qoʻllagan nomzodlargina roʻyxatga qoʻshiladi. Qoʻyiladigan minimal talab shuki, foydalanuvchining ishi puxta boʻlishi, xususan, mashina tarjimasi elementlaridan xoli boʻlishi, yaratgan kontenti boshqa tillarga ulangan va toʻgʻri turkumlashtirilgan boʻlishi kerak. Nataev munozara 14:15, 29-iyul 2024 (UTC)
Nomzodlar
[manbasini tahrirlash]Alpasli, Humoyun Qodirov va Salazarov
[manbasini tahrirlash]Men hozircha uch nafar nafar foydalanuvchini nomzod qilib koʻrsatgan boʻlardim: Alpasli, Humoyun Qodirov va Salazarov. Nataev munozara 14:15, 29-iyul 2024 (UTC)
- Toʻliq qoʻllayman Mirishkorlik (munozara) 03:28, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. – Kagansky munozara 04:39, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Muzaffar Murodovich (munozara) 07:10, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Ibrohimjon 09:16, 30-iyul 2024 (UTC)
Bajarildi. Nataev munozara 13:26, 30-iyul 2024 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum! Faqat ATchilarni koʻrib chiqish bilan bu roʻyhatga qoʻshilgan foydalanuvchilarni koʻrib chiqmagan edim. Asliddin akani tahrirlarini qayta koʻrib chiqish va toʻgʻirlanguncha roʻyxatdan chiqarish tarafdoriman. Qolgan foydalanuvchilar ham koʻrib chiqib fikr bildirishsa yaxshi boʻlar edi.
Misol uchun: Fight Club maqolasida: Mamzuni, avtomabil kabi Orfografik xatolar mavjud.
- Fatih Mehmet Maçoğlu maqolasida:
(1968 yil 20 dekabrda tugʻilgan; Ovajik, Tunjeli), asli kelib chiqishi kurd boʻlgan laboratoriya xodimi va Tunjeli viloyatining saylangan hokimi. 2014-yil Turkiyadaning mahalliy saylovlarda Machogʻlu Turkiya Kommunistik partiyasidan nomzod sifatida Ovajik shahar hokimi etib saylanadi va u ayni paytda Turkiyaning ilk TKP partiyasidan saylangan hokimi hisoblanadi. Machogʻlu saylovda Turkiya Kommunistik partiyasi (TKP) va Demokratik Huquqlar Federatsiyasi (DHF)ning nomzodi sifatida ishtirok etgan edi. maqolaning preambula qismida Vikifikator ishlatilmagan, va chiziqchalar (-) qolib ketgan.
- Molxona (roman) maqolasi esa oʻchirilishi kerak. Sabab bu maqola avvval Foydalanuvchi:Javlonbekvikkiuz tomonidan yaratilgan[1].
Shu va boshqa xatoliklarni togʻirlangandagina roʻyxatga qayta kiritish ungacha esa chiqarish tarafdoriman – Axadjon1Munozara 04:40, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Bu fikrga administratorlar (Laziz Baxtiyorov, Kagansky, Mirzoulugʻbek, Nataev, Jamshid Nurkulov) tomonidan fikr bildirib o'tilsa yaxshi bo'lar edi. Axadjon1Munozara 19:09, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Axadjon1, xulosa qilingan sharh ustidan yangi mavzu ochilmaydi. Fikrlaringizni sahifaning pastki qismiga olib oʻtdim. Orfografik xato boshqa, AT boshqa. Vikifikator ishlatmaslik ham AT kontent yaratishga kirmaydi. Shuningdek, fikrni faqat administrator emas, istalgan foydalanuvchi bildirishi mumkin.
- Fatih Mehmet Maçoğlu maqolasida yillar chiziqchasiz yozilgani rost, ammo jumlaning qaysi qismi AT ekanligini originali bilan yonma-yon keltirgan holda izohlab bersangiz. Yaratgan kontentida boshqa AT gaplarga yana misol keltira olasizmi? Nataev munozara 19:22, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Uzr. Toʻgʻirlaganingiz uchun rahmat. Aynan AT demadim tepada ham faqat men umuman boshqa xatolar ham boʻlmagani yaxshi deb hisoblayman, bu roʻyxatdagi foydalanuvchilarda. Administratorlar deganim boʻyicha esa, bu forumda faollarni belgiladim. Toʻgʻri hammani emas lekin. Axadjon1Munozara 19:30, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Bu yerga mashina tarjimasidan foydalangan ishtirokchilar kiritilmoqda. Boshqa imloviy xato va kamchiliklarni asta sekin tahrirlab chiqilsa boʻladi. Avtomat tarjimani esa oʻquvchi tushunmaydi va u chiqindi kabidir. Bunday xatolarni koʻrsangiz oʻzingiz tuzatib qoʻyavering. Bir ikkita xato qilgan boʻlsa ham bu roʻyxatga kiritish yo chiqarish shart emas. Bu roʻyxatda surunkali avtomatchilar va umuman gapni tushunmaydigan vikipediyachilar kiritilmoqda. Agar Alpaslining maqolalarida ham avtomat tarjima alomatlari boʻlsa barchasini argumentlar bilan pastga yozsangiz albatta uni ham hissasini qarab chiqishga toʻgʻri keladi. Mirzoulugʻbek |@ 01:27, 2024-yil 23-oktyabr (UTC)
- Uzr. Toʻgʻirlaganingiz uchun rahmat. Aynan AT demadim tepada ham faqat men umuman boshqa xatolar ham boʻlmagani yaxshi deb hisoblayman, bu roʻyxatdagi foydalanuvchilarda. Administratorlar deganim boʻyicha esa, bu forumda faollarni belgiladim. Toʻgʻri hammani emas lekin. Axadjon1Munozara 19:30, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Fatih Mehmet Maçoğlu maqolasida yillar chiziqchasiz yozilgani rost, ammo jumlaning qaysi qismi AT ekanligini originali bilan yonma-yon keltirgan holda izohlab bersangiz. Yaratgan kontentida boshqa AT gaplarga yana misol keltira olasizmi? Nataev munozara 19:22, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
Alpaslini roʻyxatdan chiqarish
[manbasini tahrirlash]Alpasli (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Foydalanuvchi Alpaslining yaratgan maqolalarida bir qancha AT alomatlari sababli chiqarishni taklif qilaman.
- Bir qancha maqolalarida city and town jumlasini shaharcha va shaharlar deyishh oʻrniga shahar va shaharlar deya xato tarjima qilgan:
- Shuningdek, bir qancha sahifalarida markaz soʻzini poytaxt degan xato tarjimalari ham mavjud:
- Viloyat poytaxtlari qalin harflar bilan koʻrsatilgan. Asl matn — Province capitals are shown in bold. Toʻgʻri capital soʻzi oʻzbekchada poytaxt maʼnosini beradi. Ammo viloyat (provinsiya)larga nisbatan poytaxt emas, markaz soʻzi ishlatiladi.
- Sovetlar davrida Abxaziya ASSR o'z poytaxtlari nomi bilan atalgan oltita rayon (tuman)ga bo'lingan. Asl matn — During the Soviet-era, the Abkhaz ASSR was divided into six raions (districts) named after their respective capitals.
Bunday kichik ATchalardan tashqari baʼzi achinarli avtomat tarjima qilingan soʻzlar ham borki, bunday ATga ega foydalanuvchini kashfiyot deb atashga shoshmagan maqul. Masalan:
- Andorraga qarashli shaharlar roʻyxati maqolasida it had only six parishes; gapini uning oltita cherkovi bor edi deya tarjima qilgan. Vaholanki bu yerda parish soʻzi cherkov emas, balki xristianlar yashaydigan xududlardagi xududiy birlik maʼnosida kelyapti.
- Eltarish xoqon tosh bitigi maqolasida Bu anıt kompleksi, 1889 ve 1897'de Moğolistan'da bulunan Orhun Yazıtları'ndan sonra üçüncü önemli keşif olarak görülmektedir. gapini Ushbu yodgorlik majmuasi 1889 va 1897 yillarda Moʻgʻulistonda topilgan Oʻrxun bitiklaridan keyingi uchinchi muhim kashfiyot hisoblanadi. deya tarjima qilgan. Bitiktoshga nisbatan topilma soʻzi ishlatilishi kerak, kashfiyot emas.
- Gretsiya qarashli shaharlar roʻyxati maqolasida population size soʻzini xodim deya xato tarjima qilgan.Xhyripomius (munozara) 15:44, 2024-yil 4-noyabr (UTC)
- @Xhyripomius, barchasini oʻchirdim. Roʻyxatga kirish yo chiqish hech narsani ifoda etmaydi. Faqat siz qoʻgʻirchoq hisobdan foydalanyapsiz, munozaralarda bunday hisobdan foydalanish yaramaydi. Bloklanishingiz mumkin. Asosiy hisobingizni ochiqlashingizni soʻrayman. Alpasli (munozara) 16:18, 2024-yil 4-noyabr (UTC)
- @Xhyripomius mavjud muhokama turganda yangi sarlavha bilan yangi muhokama boshlamang.
- Alpaslining tasodifiy uch maqolasini tahlil qilsak:
- 1) Hasan Hüseyin Korkmazgil maqolasi: „Şair 1983'te beyin kanaması geçirdikten sonra bir yıl bitkisel hayatta yaşadı“ jumlasi „Shoirning 1983-yilda miyasiga qon quyilishi oqibatida bir yil davomida ogʻir ahvolda yashab yurgan“ gapi gʻaliz tarjima, ammo oʻta ogʻir AT emas; „Kavel“ asari nomidan keyin nima uchun qavs ichida „Ish tashlash“ deb yozilgan? Bundan boshqa dahshatli AT alomatlarini koʻrmadim. Shuning uchun maqolani tahrirlab qoʻya qoldim.
- 2) Banan respublikasi maqolasi: „keyinchalik, ayniqsa Sovuq Urush yillarida u qaram davlat yoki qoʻgʻirchoq hukumatlarga nisbatan ishlatilgan atama sifatida keng foydalanib kelinadi“ — gʻaliz tarjima; „Türk siyasi literatürüne uzun yıllar hakim olan Uganda ile benzerlik kurma söyleminin yerini alan bir ifade olmuştur“ gapini „koʻp yillardan beri turk siyosiy hayotida juda koʻp foydalanib kelingan „Ugandaga oʻxshashga urunish“, terminining oʻrnini egallab ulgurdi“ shaklida olgani esa aniq AT. Faqat oxirgi gap AT boʻlgani uchun maqolani tahrirlab qoʻydim.
- 3) Turksib (film): „В третьем действии показано, как топографы, «авангард цивилизации», разведывают местность, как их встречают в местном кочевье и как в Алма-Ате разрабатывается маршрут будущей дороги“ gapini „„Sivilizatsiya avangardi“ tadqiqotchilar Olmaotaga boʻlajak marshrutni ishlab chiqish orqali mahalliy aholining umidlarini ham tasvirlaydi“ deb olgani xato va AT; „Четвёртое действие показывает сам процесс прокладки путей через пески и скалы, завершённую дорогу и кочевников из местных племён, скачущих наперегонки с поездом“ gapi esa „Bu qism choʻlning qum va qoyalari orasiga temir yoʻl relslarining yotqizilishi, shuningdek, mahalliy qabilalarning koʻchmanchilarning poyezd bilan musobaqa qilgan misol yugurushi tasvirlanadi“ deb olingani ham AT; „Пятое действие представляет собой краткий повтор предыдущих и сообщение о том, что работы будут закончены в 1930 году, в последний год первой пятилетки“ gapi esa „Shoshilinch ravishda, ammo aniq reja asosida suratga olingan bu filmning suratga olish ishlari birinchi besh yillik rejaning soʻnggi yili sanalgan 1930-yilda yakunlangan“ shubhasiz AT. Foydalanuvchini bu maqolani yozishga Telegram guruhimizda oʻzim undagan edim. Qisman shuning uchun, qisman yuqoridagi gaplardan boshqa gaplar AT boʻlmagani uchun maqolani tahrirladim.
- Xulosa qilib aytadigan boʻlsam, afsuski, bu foydalanuvchi ham ATga qoʻl urgan. Shuning uchun roʻyxatdan chiqarish kerak.
- @Alpasli, maqolalarni oʻchirishga oshiqmang. Ayniqsa, oʻzingiz yaratgan maqolalarni muhokamasiz oʻchirishdan tiyiling. Asosiy nomfazoda boʻlgani 328 ta maqolangiz qolibdi. Har birini osonlikcha tahrirlab chiqishingiz mumkin. Barcha maqolangizni tahrirlab chiqsangiz, jamoa qoʻllovi bilan qaytadan roʻyxatga kiritilishingiz mumkin boʻladi.
- Nihoyat,
Faqat siz qoʻgʻirchoq hisobdan foydalanyapsiz
iddaosiga toʻxtaladigan boʻlsam, asosli ayblov. Surishtiruv oʻtkaziladi va tegishli chora koʻriladi. Nataev munozara 00:35, 2024-yil 5-noyabr (UTC)- Tushundim, maqolalarimni tahrirlab chiqaman. Alpasli (munozara) 02:50, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
- Oʻchirdim deyotgan maqolalaringizning oʻchirilishiga sabab qilib Sahifa muallifi istagi bilan mezonini keltirgansiz. Ushbu mezonda yozib qoʻyilganidek nega oʻchirishga sabab keltirmagansiz? Shunda adminstrator boʻla turib siz shunday yoʻl tutsangiz qolgan foydalanuvchilar ham barcha AT maqolalarini oʻchirish orqali roʻyxatdan chiqishlari mumkinmi?
- „Roʻyxatga kirish yo chiqish hech narsani ifoda etmaydi.“ Hech narsani ifoda etmasa, sizningcha bu forumda shuncha foydalanuvchi bekorchilikdan foydalanuvchilarning hissasini muhokama qilyabdimi?
- Qoʻgʻirchoq hisob haqidagi gapingizga: men qolgan baʼzilar qatoridaman.
- „Bir nechta hisob qaydnomalaridan nomaqbul maqsadlarda foydalangan foydalanuvchilar bloklanadi.“ Men bu hisobdan qay turdagi nomaqbul ish qilyappan/qildimki, bloklansam? Xhyripomius (munozara) 15:24, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
- @Xhyripomius,
Qoʻgʻirchoq hisob haqidagi gapingizga: men qolgan baʼzilar qatoridaman
-- ayni qoidaning davomini oʻqisangiz, "Biroq, yomon harakatlarni amalga oshirish maqsadida ochilgan birdan oshiq hisob qaydnomalariga ruxsat etilmaydi" deb yozilgan. Men bu hisobdan qay turdagi nomaqbul ish qilyappan/qildimki, bloklansam?
Xhyripomius hisobini 2023-yil 19-dekabrda yaratgansiz. Yaratilganingiz kuni uchta, 2024-yilning martida bitta kichik tahrir qilgansiz. 2024-yilning 3-noyabrida birdaniga oddiy foydalanuvchi topishi mushkul boʻlgan sahifa — WikiStipendiya loyihasi sahifasining forumi munozarasida tajribali foydalanuvchiga xos tahrirni qila boshladingiz. Oʻ va gʻ harflari hamda tutuq belgisini toʻgʻri yozgansiz, matnning kerakli joylarini rang bilan ajratgansiz, diff linklarni ishlatgansiz, boshqa foydalanuvchi necha vaqt oraligʻida maqola yaratganini hisoblagansiz — bularning barchasi tajribali foydalanuvchiga xos tahrirlar.- Siz @Xoqoni Said qoʻgʻirchogʻi ekanligingizni va ikkinchi hisobingizdan nafaqat gʻaraz niyatlarni koʻzlab sockpuppetry qilayotganingizni, balki en:WP:Meatpuppetry qilayotganingizni gumon qilyapman. Xususan, WikiStipendiya marafonining III turida tuzilgan va siz aʼzo boʻlgan „Chigʻatoy gurungi“ jamoasining boshqa aʼzolari, jumladan, @Axadjon1, @Anjaniy, @Mrshaxas va @Panpanchikni real hayotda vikidagi maqsadlariga erishish yoʻlida ishga solayotgan boʻlishingiz ehtimoldan xoli emas. Xususan, Axadjon1ni @Alpaslini WikiStipendiya kashf qilgan foydalanuvchilar roʻyxatidan chiqarish jarayonini boshlashga undaganingiz ehtimolda xoli emas. Axadjon1 esa buni bajonidil amalga oshirdi.
- Quyidagi xronologiya ham qiziq:
- 2024-yil 20-oktyabr, 22:57: Xoqoni Said AT uskunasini surunkali suiisteʼmol qilganini temir-beton dalillar bilan asoslab, WikiStipendiya forumida yozaman;
- 2024-yil 21-oktyabr, 00:40: Axadjon1 dabdurustdan oq roʻyxatga kiritilgan Alpasli hissasini koʻrib chiqishga chorlaydi (hissasida orfografik xatolar borligini aytar ekan, oʻzi bir nechta soʻzni xato yozadi);
- 2024-yil 26-oktyabr, 13:19: Xoqoni Said foydalanuvchi sahifasidagi barcha matnni izohsiz oʻchirib tashlaydi;
- 2024-yil 27-oktyabr, 12:32: Alpasli Xoqoni Saidni WikiStipendiya forumidagi muhokama asosida asosli ravishda AT uskunasini suiisteʼmol qilgan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritadi;
- 2024-yil 1-noyabr, 05:46: Xoqoni Said bir necha kunlik tanaffusdan oldingi soʻnggi tahririni amalga oshiradi
- 2024-yil 4-noyabr, 10:44: Xhyripomius Alpasli qoʻl urgan ATlar haqida batafsil xabar yozadi.
- Shulardan kelib chiqib va ezgu niyatni koʻzlab tahrir qilayotgan boʻlsangiz, asosiy hisobingizni ochiqlay olasizmi? Nima sababdan ikkinchi hisobni ishlatishga ehtiyoj tugʻildi? Nataev munozara 16:23, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
- Hurmatli @Nataev !!! Yuqorida yozgan yozuvlaringiz taxmindan oʻzga narsa emasligi aniq. Bu hisob menga tegishli emasligini 100% amin boʻlib ayta olaman. Siz esa menga tabiiyki ishonmasligingiz aniq. Shunday ekan, qanday yoʻl bilan boʻlishidan qat’iy nazar, bu hisob menga tegishli ekanligini aytgan iddaoingizni isbotlang, aks holda buni tuhmat sifatida qabul qilaman va metada tegishli sahifada murojaat qilishga majbur boʻlaman. Xoqoni Said yozish 17:03, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
bu hisob menga tegishli ekanligini aytgan iddaoingizni isbotlang
-- birinchidan, buyruq bera olmaysiz. Ikkinchidan, yuqorida ikki hisob boʻyicha dastlabki tahlilimni diff linklar bilan ulashdim.aks holda buni tuhmat sifatida qabul qilaman va metada tegishli sahifada murojaat qilishga majbur boʻlaman
-- hoziroq murojaat qilishingiz mumkin. Toʻrt tomoningiz qibla.- Lozim boʻlsa, faoliyatingiz boʻyicha VP:AFda surishtiruv boshlaymiz va ikki hisob boʻyicha texnik dalillarni ham toʻplaymiz. Nataev munozara 17:17, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
- Qibla sizga cheklanmagan. Avval, tekshirib keyin biror fikr bildirsangiz. Iltimos! MrShaxas #Munozaracha 17:22, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
- buyruq bera olmaysiz -- toʻgʻri mening buyruq berishga haqqim yoʻq, ammo siz ham shunchaki taxminlaringiz asosida tuhmatga oʻxshash gap aytishga haqqingiz yoʻq.
- Lozim boʻlsa, faoliyatingiz boʻyicha VP:AFda surishtiruv boshlaymiz -- meni qoʻgʻirchoq hisob ishlatganligimni taxmin qildingiz, balki buni isbotlarsiz, lutfan. Xoqoni Said yozish 17:43, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
meni qoʻgʻirchoq hisob ishlatganligimni taxmin qildingiz, balki buni isbotlarsiz, lutfan
-- sabr qiling, sabr, @Xoqoni Said. Hammasi boʻladi. Nataev munozara 17:47, 2024-yil 5-noyabr (UTC)- Rahmat, kutaman. Xoqoni Said yozish 17:51, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
- Balki, Alpasliga aloqaga chiqib, forumda keltirilgan o‘zining ikkita maqolasini shunchaki yagona muallif xohishiga ko‘ra degan sabab keltirib o‘chirganiga meni aytgan rahmatimni ham kutilgan vaziyatdek ta’riflab, anavi yuqoridagi hisob menga tegishli dersiz. Xuddi, Telegram guruhda Xoqoni Saidni birinchi bo‘lib salom berganiga taxminiy fikr berganingiz kabi. MrShaxas #Munozaracha 17:21, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
- @Mrshaxas, kinoyalarsiz tushunarli tilda yozing, lutfan. Alpasli (munozara) 17:33, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
- Munozaraning asosiy mavzusi bir yoqda qolib, boshqa mavzuga oʻtib ketayotganingizni tushunmayabman. Oʻzbekcha Vikipediya adminstratori, rasamiyatchisi va ushbu forumdagi eng faol xulosa chiqaruvchi sifatida qolgan foydalanuvchilar ustidan qilingan takliflarga bajarildi/bajarilmadi andozasini qoʻyib, Alpasliga kelganda roʻyxatdan chiqarish kerak. deyish bilan cheklanganingizni asoslab bera olasizmi?
- Siz @Xoqoni Said qoʻgʻirchogʻi ekanligingizni va ikkinchi hisobingizdan nafaqat gʻaraz niyatlarni koʻzlab sockpuppetry qilayotganingizni, balki en:WP:Meatpuppetry qilayotganingizni gumon qilyapman. Hop bu sizning gumoningiz. Ammo Xususan, WikiStipendiya marafonining III turida tuzilgan va siz aʼzo boʻlgan „Chigʻatoy gurungi“ jamoasi deyotganingiz bilib-bilmay qilingan tuhmat.
- Va nihoyat, nima sababdan ikkinchi hisobga ehtiyoj tugʻuldi deganingizga: oʻzbeklarning bir illati bor (kim uchun qanday, men buni illat deb bilaman): yuz-xotir. Vikipediyadagi faol boʻlganlarning asosiy qismi bilan shaxsan tanish boʻlganim, ularning hissasida bir qancha AT alomatlari boʻlsa-da, andisha qilib aytolmaganim sabab bu hisobni ochdim. Va bu hisobni ochishim, foydalanuvchilarning axlatlarini hammaga tanish hisobimdan emas, balki yangi hech kimga maʼlum boʻlmagan hisobdan tuzatishga kirishishimga bu harakatimning shaxsiy hayotimdagi munosabatlarimga va WikiStipendiya loyihasidagi ishtirokimga salbiy taʼsiri haqida qaygʻurishim ham sabab boʻldi.
- Shu oʻrinda Chigʻatoy gurungi jamoasiga bir murojaatnoma qoldirsam: meni bu hisobdan qilayotgan tahrirlarim adminlarning bilib-bilmay qilgan gumon/tahminlariga turtki boʻlib, sizlarning halovatingiz buzdi. Bu uchun uzr soʻrayman. Va, xoh Chigʻatoy gurungi jamoasi aʼzolari boʻlsin, xoh Alpasli va xoh ustoz adminstratorlarimiz boʻlsin hammaga ezgu niyatni koʻzlashni iltimos qilib qolaman. Xhyripomius (munozara) 15:41, 2024-yil 6-noyabr (UTC)
Munozaraning asosiy mavzusi bir yoqda qolib, boshqa mavzuga oʻtib ketayotganingizni tushunmayabman
-- hisobingizni yuqorida Xoqoni Saidga vaʼda qilganimdek, albatta alohida koʻrib chiqamiz.roʻyxatdan chiqarish kerak. deyish bilan cheklanganingizni asoslab bera olasizmi?
-- asoslaydigan narsa yoʻq bu yerda. Birinchi marta oq roʻyxatdan foydalanuvchini chiqarish muhokama qilinmoqda. Boshqalar ham fikr bildirsin. Qarshilar boʻlmasa, istalgan foydalanuvchi Alpaslini roʻyxatdan chiqarishi mumkin. Qolaversa, uning oʻz bunga qarshilik izhor qilgani yoʻq, balki "Roʻyxatga kirish yo chiqish hech narsani ifoda etmaydi" deb yozdi.adminstratori, rasamiyatchisi va ushbu forumdagi eng faol xulosa chiqaruvchi
- zoʻr berib qalin matn bilan yozibsiz, ammo huquqlarning bu yerdagi muhokamaga aloqasi yoʻq. Nataev munozara 19:37, 2024-yil 6-noyabr (UTC)- hisobingizni yuqorida Xoqoni Saidga vaʼda qilganimdek, albatta alohida koʻrib chiqamiz. Ikkinchi hisobni ishlatishga nima sababli ehtiyoj tugʻilgani haqida aytib berdim. Qayta-qayta hisobimni tekshirish niyatingizni bildirishingiz Vikipediyadagi faoliyatimga boʻlgan bosimni kuchaytiryabdi. Shunday davom etsangiz, metada bu yuzasidan soʻrov qoldiraman. Va agar metada hisobni tekshirishga soʻrov qoldirgan taqdiringizda ham soʻrovingiz menga nisbatan bosim oʻlaroq rad etiladi.
- Gap aytishishni keyin qilaveramiz, hozir asosiy ishga oʻtsak:
- Shuning uchun roʻyxatdan chiqarish kerak. Demak, @Nataev, siz chiqarilishini qoʻllaysiz.
- Men chiqarilishini qoʻllayman.
- Shu va boshqa xatoliklarni togʻirlangandagina roʻyxatga qayta kiritish ungacha esa chiqarish tarafdoriman — @Axadjon1 chiqarilishini qoʻllaydi.
- Tepada aytilganidek bir foydalanuvchini kiritish uchun 2 nafar tajribali foydalanuvchining qoʻllashi yetarli boʻlsa, chiqarilishi uchun ham yetarli. Demak chiqarsak boʻlaveradi. Xhyripomius (munozara) 15:47, 2024-yil 7-noyabr (UTC)
- Bajarildi. Nataev munozara 15:52, 2024-yil 7-noyabr (UTC)
- Hurmatli @Nataev !!! Yuqorida yozgan yozuvlaringiz taxmindan oʻzga narsa emasligi aniq. Bu hisob menga tegishli emasligini 100% amin boʻlib ayta olaman. Siz esa menga tabiiyki ishonmasligingiz aniq. Shunday ekan, qanday yoʻl bilan boʻlishidan qat’iy nazar, bu hisob menga tegishli ekanligini aytgan iddaoingizni isbotlang, aks holda buni tuhmat sifatida qabul qilaman va metada tegishli sahifada murojaat qilishga majbur boʻlaman. Xoqoni Said yozish 17:03, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
- @Xhyripomius,
- Nihoyat,
- Qolaversa, uning oʻz bunga qarshilik izhor qilgani yoʻq, balki "Roʻyxatga kirish yo chiqish hech narsani ifoda etmaydi" deb yozdi. Menga ham shu gapi gʻalati tuyulib, savol bergandim. Negadir javob bermadi. @Alpasli, bu va uning tepasidagi savolga javob bera olasizmi?
- zoʻr berib qalin matn bilan yozibsiz, ammo huquqlarning bu yerdagi muhokamaga aloqasi yoʻq. Aloqasi boʻlganda qandoq. Ushbu bayroqlarning egasi sifatida qolganlar foydalanuvchilarga qaraganda tarafkashlikdan tiyilishingiz kerak. Men sizni tarafkashlikda ayblamoqchi emasman, ammo tepadagi harakatlaringizning oldingi harakatlaringizdan farqlanishi boshqa foydalanuvchilarda shunday gumonga olib kelishidan ogohlantiryabman. Xhyripomius (munozara) 16:18, 2024-yil 7-noyabr (UTC)
- @Xhyripomius, ogohlantiryapman, yaʼni -yapman shakli toʻgʻri. Shuningdek, fikrlaringizni ifodalashda gʻaliz jumlalardan foyalanyapsiz. Oʻqigan odam zoʻrgʻa anglaydi. Ensam qotdi. Bundan tashqari, alamzadasiz. Asosiy hisobingizda AT bisyor, hatto qalashib yotibdi desam mubolagʻa emas. Shu sababli ham ochiqlashdan qoʻrqyapsiz. Maslahatim, ATlaringizni tuzating. Ha aytgancha, Roʻyxatga kirish yo chiqish hech narsani ifoda etmaydi dedim. Matn oʻzbekcha va tushunarli qilib yozilgan. Eng muhimi, hech kimga nisbatan haqorat yoʻq, gʻarazli niyatda sharhlamang, yuqoridagi sharh sizga oid.
- @Axadjon1, sizda ham AT alomatlari koʻp boʻlgan maqolalar bor, koʻrdim, boshingizga balo boʻlmasidan tuzating (maslahatim). Alpasli (munozara) 18:17, 2024-yil 7-noyabr (UTC)
- Xop, albatta — Axadjon1Munozara 18:22, 2024-yil 7-noyabr (UTC)
- @Xhyripomius, sharhlar oʻrnini asossiz alishtirmang. Masala yopilganidan keyinam tinchimayapsiz, tinchlikmi?
ogohlantiryabman
-- buning oʻrniga hozirgi zamonni toʻgʻri yozishni oʻrgansangiz boʻlardi. Nataev munozara 19:07, 2024-yil 7-noyabr (UTC)
Panpanchik
[manbasini tahrirlash]Men Panpanchik nomzodini tavsiya qilgan boʻlar edim. Sababi, Wikistipendiya orqali Vikipediyaga kirib kelib, hozirda administratorlardan biri va bir qancha statusli maqolalar muallifi ham hisoblanadi. Lili (suhbat) 15:12, 29-iyul 2024 (UTC)
: Qoʻllayman. Nataev munozara 15:25, 29-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. – Kagansky munozara 04:39, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Muzaffar Murodovich (munozara) 07:10, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Sitora Oblakulova (munozara) 08:25, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Ibrohimjon 09:17, 30-iyul 2024 (UTC)
Bajarildi. Nataev munozara 13:26, 30-iyul 2024 (UTC)
- Ushbu foydalanuvchi admin huquqiga ega boʻlgani uchun hissasini tahlil qilmay ovoz bergandim. Afsuski, adashibman. Soʻnggi yaratgan maqolalaridan birini olaylik. 1. Yuqorida yozganimdek, oʻzbek tilida, xususan, oʻzbek tilidagi qomuslarda har bir gap „u“ bilan boshlanmaydi. 2. „Kanoe-slalom“ kabi chala inglizcha, chala oʻzbekcha jumlalar xato. Oʻzbek tilida „eshkakli slalom“ varianti mavjud. 3. Mantiqsiz, mazmunsiz tarjimalar koʻp. Masalan, „ATAR 99,1 ballga ega boʻlgan“ nima degani? Aslida bu yerda gap sportchi en:ATAR testida 99,1 ball toʻplagani haqida ketyapti. „Uning natijasi oʻn olti yil avval Atlanta −1996 Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Foxning onasi Myriamni K1 oltin medalidan mahrum qilgan, 44 yoshli chexiyalik sportchi Stepanka Hilgertovaga qarshi raqobatli bahsi sifatida tasvirlangan“ gapini tushundingizmi? Aslida inglizcha „Her result has been described as competitive revenge against the 44-year-old Czech paddler Štěpánka Hilgertová, who had beaten Fox’s mother Myriam to the K1 gold medal sixteen years earlier in the Atlanta 1996 Summer Olympics“ gapining maʼnosi quyidagichadir: „Fox bu natijaga 44 yoshli chexiyalik eshkakchi Štěpánka Hilgertovdan qasos olish maqsadida erishgani aytiladi. Štěpánka oʻn olti yil oldin Atlanta−1996 Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Foxning onasi Myriamni yutib, K1 oltin medalini qoʻlga kiritgan edi“. Bu notoʻgʻri oʻgirilgan murakkab gapga yana bir misol. „World Cup individual podiums“ esa „Jahon chempionatining individual gʻoliblari“ emas, „Jahon chempionatining individual gʻalabalari“ boʻladi. Va hokazo. Nataev munozara 14:38, 30-iyul 2024 (UTC)
Bajarilmadi. Nomzod ishida AT alomatlari bor. Nataev munozara 11:43, 2024-yil 15-sentyabr (UTC)
Mirishkorlik
[manbasini tahrirlash]WikiStipendiya kashfiyotlaridan biri sifatida Mirishkorlik (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) ning hissasini oʻrganib chiqish va roʻyxatga qoʻshishni taklif etaman. WikiOromgohlarda Vikipediyaga oʻzgacha mehri, ayniqsa bilgiquti andozalarini yaratishga qiziqishi bilan ajralib turgan. 2024-yil oʻtkazilgan WikiBahorda ham faollik koʻrsatgan. Jamshid Nurqul (munozara) 15:09, 29-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllab-quvvatlayman. Humoyun Qodirov (munozara) 16:29, 29-iyul 2024 (UTC)
- Juda tirishqoq foydalanuvchi, ammo juda koʻp xato qilganini kuzatganman. Masalan, soʻnggi yaratgan maqolasida tushunarsiz gap bor edi. Nataev munozara 17:10, 29-iyul 2024 (UTC)
- Faol foydalanuvchi. Yaratgan maqolalaridagi kamchiliklarini tuzatsa ajoyib ish boʻlardi. Keyin uni jonbozlik koʻrsatgan Vikimediyachi sifatida qoʻllagan boʻlardim. Shunga hozircha jichcha qarshiman. ;) – Kagansky munozara 04:39, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Muzaffar Murodovich (munozara) 07:10, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Ibrohimjon 09:13, 30-iyul 2024 (UTC)
- Hozircha Bajarilmadi. Barcha hissasini tahrirlab chiqsa, qaytadan nomzod qilib koʻrsatish mumkin boʻladi. Nataev munozara 14:58, 30-iyul 2024 (UTC)
Miss Kamola
[manbasini tahrirlash]User:Miss Kamola nomzodini tavsiya qilaman. Juda faol va qiziquvchan vikichi. „Turkiy Vikimedia anjumani – 2023“ ishtirokchilaridan. Umarxon III (munozara) 15:23, 29-iyul 2024 (UTC).
- Qoʻllayman. Soʻnggi maqolasi juda yaxshi yozilgan. Nataev munozara 15:44, 29-iyul 2024 (UTC)
- Yaxshi tilshunos. Kam boʻlsa-da chiroyli maqolalar yaratadigan foydalanuvchi sifatida bilaman. Qoʻllayman Mirishkorlik (munozara) 03:31, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. – Kagansky munozara 04:39, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Muzaffar Murodovich (munozara) 07:10, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Ibrohimjon 09:13, 30-iyul 2024 (UTC)
Bajarildi. Nataev munozara 13:26, 30-iyul 2024 (UTC)
Muzaffar Murodovich
[manbasini tahrirlash]Muzaffar nomzodini tavsiya qilaman. Juda ham faol hamda yangi foydalanuvchilardan oʻz yordamini ayamaydi. Ahror Akramovich (munozara) 16:30, 29-iyul 2024 (UTC)
- Toʻliq qoʻshilaman, menga ham ancha yordam qilgan. Qoʻllab-quvvatlayman. Humoyun Qodirov (munozara) 16:49, 29-iyul 2024 (UTC)
: Qoʻllab-quvvatlayman. Nataev munozara 17:02, 29-iyul 2024 (UTC)
- Hissasini tahlil qilmay turib ovoz bergandim, xato qilibman. Yaratgan soʻnggi maqolasining faqat kirish qismiga koʻz yugurtirib, AT alomatlari oshiqcha koʻp ekanligiga guvoh boʻldim. 1. Oʻzbek tilida har bir gap „u“ bilan boshlanmaydi. OʻzME yoki OʻzSEni ochib, oʻqib koʻrishingiz mumkin. 2. Uzun gaplarni esa toʻgʻri tarjima qilish mushkul. Shuning uchun maʼno toʻgʻri chiqmasa, gapni boʻlish kerak. Masalan, „Mohan was enlisted by David Rosenblatt, who had become DoubleClick’s new CEO in the wake of the split, to work at the company in 2005“ gapini „Mohan 2005-yilda David Rosenblatt tomonidan DoubleClick kompaniyasining yangi bosh direktori boʻlib, ajralishdan keyin kompaniyaga ishga chaqirildi“ deb oʻgirgan. Bu esa mutlaqo xatodir: yangi direktor Mohan emas, Rosenblatt. 3. Ismlarni birdek translit qilish kerak. Bir „Wojcicki“, bir „Voychicki“ deb yozish yaramaydi. Va hokazo. Nataev munozara 13:57, 30-iyul 2024 (UTC)
- „Oʻzing qilgan xato oʻzingga koʻrinmaydi“ deyishgani rost-da. Oromgohlarda, Telegram guruhlarida va suhbatlarda oʻzim tez-tez takrorlab turadigan gaplarimdan ikkisi shu – „u“ larning koʻpayib ketmasligi; ismlarni aslidek yozish kerakligi. Endi oʻzim oʻzimdan achchigʻim kelib oʻtiribdi elementar xatolarni qilganim uchun xD.
Berilgan fiklar uchun rahmat. Tuzataman. Muzaffar Murodovich (munozara) 07:36, 31-iyul 2024 (UTC)
- „Oʻzing qilgan xato oʻzingga koʻrinmaydi“ deyishgani rost-da. Oromgohlarda, Telegram guruhlarida va suhbatlarda oʻzim tez-tez takrorlab turadigan gaplarimdan ikkisi shu – „u“ larning koʻpayib ketmasligi; ismlarni aslidek yozish kerakligi. Endi oʻzim oʻzimdan achchigʻim kelib oʻtiribdi elementar xatolarni qilganim uchun xD.
- Hissasini tahlil qilmay turib ovoz bergandim, xato qilibman. Yaratgan soʻnggi maqolasining faqat kirish qismiga koʻz yugurtirib, AT alomatlari oshiqcha koʻp ekanligiga guvoh boʻldim. 1. Oʻzbek tilida har bir gap „u“ bilan boshlanmaydi. OʻzME yoki OʻzSEni ochib, oʻqib koʻrishingiz mumkin. 2. Uzun gaplarni esa toʻgʻri tarjima qilish mushkul. Shuning uchun maʼno toʻgʻri chiqmasa, gapni boʻlish kerak. Masalan, „Mohan was enlisted by David Rosenblatt, who had become DoubleClick’s new CEO in the wake of the split, to work at the company in 2005“ gapini „Mohan 2005-yilda David Rosenblatt tomonidan DoubleClick kompaniyasining yangi bosh direktori boʻlib, ajralishdan keyin kompaniyaga ishga chaqirildi“ deb oʻgirgan. Bu esa mutlaqo xatodir: yangi direktor Mohan emas, Rosenblatt. 3. Ismlarni birdek translit qilish kerak. Bir „Wojcicki“, bir „Voychicki“ deb yozish yaramaydi. Va hokazo. Nataev munozara 13:57, 30-iyul 2024 (UTC)
- VikiGnomlardan biri desa ham boʻladi. Qoʻllab quvvatlayman Mirishkorlik (munozara) 18:50, 29-iyul 2024 (UTC)
- Mos nomzod. qoʻllab-quvatlayman Alpasli (munozara) 23:28, 29-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. – Kagansky munozara 04:36, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Sitora Oblakulova (munozara) 08:26, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Ibrohimjon 09:13, 30-iyul 2024 (UTC)
- Muzaffarning nomzodini toʻliq qoʻllab-quvvatlayman. WikiStipendiya loyihasi boshlanganidan buyon birinchi mavsumda taqdirlangan, WikiOromgohlarda doimiy ravishda koʻngilli sifatida yordam berib keladi, shuningdek, loyihaning ikkinchi mavsumi davomida ham pul mukofoti bilan taqdirlangan. Shu bilan birga, loyihani targʻib qilishda ham oʻz hissasini doimiy tarzda qoʻshib keladi. Kamol Azzam (munozara) 13:43, 30-iyul 2024 (UTC)
Bajarilmadi. Nomzod ishida AT alomatlari bor. Nataev munozara 11:43, 2024-yil 15-sentyabr (UTC)
Kamol Azzam
[manbasini tahrirlash]Men hozircha Kamol Azzamni nomzod qilib koʻrsatgan boʻlardim. Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi tomonidan tashkil etilgan bir qancha VikiOromgohlarini tashkil etishda koʻngilli sifatida yordam bergan. 2022-yil noyabr – 2024-yil mart davrida WikiStipendiya tashkiliy jamoa aʼzosi boʻlgan. WikiStipendiya marafonining I va II masumlarida hakamlik qilib Vikipediya administratorlariga faol yordam bergan. 2023-yil 5-oktyabr kuni oʻzbekcha Vikipediyada xulosa chiqaruvchi huquqini olgan. – Kagansky munozara 04:36, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Muzaffar Murodovich (munozara) 07:10, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Ibrohimjon 09:22, 30-iyul 2024 (UTC)
Bajarildi. Nataev munozara 13:26, 30-iyul 2024 (UTC)
Najot0809
[manbasini tahrirlash]Najot0809 nomzodini ham tavsiya qilaman. Hozirda 1 yildan buyon oʻzbekcha Vikipediyada faol boʻlmasada, undan avval 1 yil-u 2 oy mobaynida foydali hissasini qoʻshgan. Maqolalar yaratishda tajribali foydalanuvchilardan biri. Vikiomborgayam oʻz hissasini qoʻshgan ekan. Bir kun kelib Vikiga qaytar. – Kagansky munozara 05:07, 30-iyul 2024 (UTC)
- Najot0809 faol boʻlgan vaqtida foydali hissa qoʻshgan va eslashimcha oromgoh paytlarida baʼzi yangi foydalanuvchilarga yordam ham bergan.
- Vikiga qaytishiga tilakdoshman.Panda D (munozara) 14:46, 30-iyul 2024 (UTC)
- Hozircha ular yaratgan maqolalarni anchasini koʻrdim va AT alomatari boʻlgan ikkita maqolasiga koʻzim tushdi, Ab ovo (surat) hamda Vilnyus metropoliteni maqolalari. MrShaxas #Munozaracha 21:59, 5-avgust 2024 (UTC)
- Qoʻshilaman, AT alomatlari oʻta koʻp ekan yaratgan maqolalarida. Xususan, Ab ovo (surat)da ham rassom, ham kartina haqidagi gaplar „u“ bilan boshlangan va tarjima gʻaliz. Nataev munozara 17:49, 8-avgust 2024 (UTC)
- Bajarilmadi. – Kagansky munozara 17:55, 16-avgust 2024 (UTC)
Hilola Jurakulova
[manbasini tahrirlash]Hilola Jurakulova nomzodini ham tavsiya qilaman. Koʻplab foydali tahrirlar qilgan. Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi tomonidan tashkil etilgan bir qancha WikiOromgohlarini tashkil etishda koʻngilli sifatida yordam bergan. WikiStipendiya marafonining I va II masumlarida hakamlik qilib Vikipediya administratorlariga faol yordam bergan. 2023-yil 8-aprel kuni oʻzbekcha Vikipediyada xulosa chiqaruvchi huquqini olgan. – Kagansky munozara 05:25, 30-iyul 2024 (UTC)
- Bir muddat nofaollikda qolgan boʻlsa-da, Hilola Jurakulova ham WikiStipendiya loyihasining oʻtgan mavsumlarida faollik koʻrsatib, Vikipediyaga sifatli hissa qoʻshganligi sababdan ushbu nomzodni qoʻllab-quvvatlayman. Kamol Azzam (munozara) 10:43, 30-iyul 2024 (UTC)
- Asosan jugʻrofiya boʻyicha chala maqola yaratgan ekan. Yirikroq maqolalari ham bormi? Nataev munozara 15:12, 31-iyul 2024 (UTC)
- Hozircha koʻrganlarim shu Rus adabiyoti va Ali va Nino. Ibrohimjon 02:30, 1-avgust 2024 (UTC)
- Birinchi maqolaning Hilola tahrirlagan soʻnggi versiyasini olaylik. „Rus adabiyoti – Rossiya va uning muhojirlari adabiyoti va rus tilidagi adabiyotga tegishli“ – chala qolib ketgan jumla. „Kiev Rusining tili“ – klassik AT alomati. „Aleksandr Nevskiyning hayoti taniqli misolni keltiradi“ gapi esa „Life of Alexander Nevsky offers a well-known example“ gapining kalka tarjimasi. Va hokazo.
- Ikkinchi maqolaning vikifikatordan oʻtgan versiyasini olaylik. „Roman 30 dan ortiq tilda 100 dan ortiq nashri yoki qayta nashri bilan nashr etilgan“, „Nussimbaumning 1938–1942-yillardagi yozishmalari va yozuvlari bilan bogʻliq daʼvoni davom ettirayotganini isbotlaydi“ gaplarini qanday tushundingiz? „Betti Bler Nussimbaum shunchaki qoʻlyozmani bezab turganini taʼkidlagan“ – hozirgi kunda ham bezayaptimi? „Chamanzaminlining oʻgʻillari va ularning tarafdorlari tomonidan bir necha yillar davomida ilgari surilgan pozitsiya“ nima degani? Qanaqa pozitsiya haqida gap boryapti? Bularning barchasi maqolaning kirish qismidan. Asosiy qismida ahvol yanada ogʻirroq boʻlishi mumkin.
- Xullas, tegishli xulosani chiqardingiz deb oʻylayman. Nataev munozara 21:42, 12-avgust 2024 (UTC)
- Hozircha koʻrganlarim shu Rus adabiyoti va Ali va Nino. Ibrohimjon 02:30, 1-avgust 2024 (UTC)
- Hozircha Bajarilmadi. @Hilola Jurakulova:, maqolalaringizda kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etsangiz xababr bering. – Kagansky munozara 17:57, 16-avgust 2024 (UTC)
Sitora Oblakulova
[manbasini tahrirlash]Sitora Oblakulova nomzodini tavsiya qilaman. WikiStipendiya marafoni 1-mavsumi yakunlash qismida Vikipediyaga kirib kelgan mazkur foydalanuvchi, hozirga qadar bir nechta statusli maqolalar yozgan. U yozgan maqolalarining katta qismi sport musobaqalari haqida boʻlib, oʻzbekcha Vikipediyada sportga oid maqolalarning sifatini yaxshilashga katta hissa qoʻshmoqda. – PanPanChik #yozish 06:37, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllab-quvvatlayman. Sitora Oblakulova (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)ning hissasiga qaraydigan boʻlsak, deyarli doimiy tahrirlarni koʻrishimiz mumkin. Shuningdek, WikiStipendiya loyihasining ikkinchi mavsumida ham 1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari maqolasini „Tanlangan maqola“ statusiga olib chiqqan, hududiy oyliklar boʻyicha Vodiy oyligida II oʻrinni egallagan. Bugungi kunda ham Parijda boʻlayotgan olimpiada oʻyinlarini faol yoritishga hissa qoʻshib kelyapti. Kamol Azzam (munozara) 06:47, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Sport, islom dini, shaxslarga oid koʻplab yaxshi maqolalar yaratgan va yaratib kelmoqda. Humoyun Qodirov (munozara) 06:53, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Muzaffar Murodovich (munozara) 07:10, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Ibrohimjon 09:12, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. WikiStipendiya tanlovlari va VikiAyollar marafoni gʻoliblaridan biri ekanligini ham eʼtirof etish mumkin. – Kagansky munozara 10:47, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman – Programmer (munozara) 13:35, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Koʻplab sifatli maqolalar muallifi. Lili (suhbat) 13:45, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Sport va islom diniga oid mavzularda foydali hissa qoʻshib kelmoqda, munosib nomzod. Panda D (munozara) 14:48, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman Sport mavzusidagi yaxshigina hissa qoʻshgan foydalanuvchi, munosib nomzod. – Axadjon1 (munozara) 19:40, 30-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. WikiStipendiya doirasida oʻtkazilgan bir qator tanlovlarda gʻolib boʻlgan, shuningdek statusli maqolalar muallifi boʻlganligi sababli munosib nomzod deb bilaman. – Umid1108 (munozara) 09:34, 31-iyul 2024 (UTC)
- Yaratgan bir-ikki maqolasi, xususan, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Stol tennisi 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida – ayollar oʻrtasida yakkalik maqolalariga koʻz yugurtirdim. Jiddiy nuqsonlari yoʻq. Munosib nomzod! Nataev munozara 15:37, 31-iyul 2024 (UTC)
- Bajarildi. Nataev munozara 16:01, 31-iyul 2024 (UTC)
Umid Baqoyev
[manbasini tahrirlash]Umid1108 nomzodini taklif etaman. Foydalanuvchi tomonidan yozilgan maqolalarning koʻp qismi manbalar asosida yangidan yaratilgan. Foydalaunchining 4 ta maqolasi YM va XM statusini olgan. Shuningdek, Vikiomborga yuklagan rasmlari WLM ning short listi qatorida eʼlon qilingan. PanPanChik #yozish 14:08, 30-iyul 2024 (UTC)
- Munosib nomzod, yaratgan maqolalarini asosan mustaqil yaratadi. Shuningdek muhim tarixiy yodgorliklarni ham Vikiomborga joylab boradi. YM va XM satusiga olib chiqqan maqolarining bari mustqail izlanish natijasida yaratilgan. qoʻllab-quvvatlayman Mirishkorlik (munozara) 16:08, 31-iyul 2024 (UTC)
- Umid1108 nomzodini munosib deb bilgan holda qoʻllab-quvvatlayman Devona Jovliyev (munozara) 16:31, 31-iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Boburjon Xidirov (munozara) 11:48, 12-avgust 2024 (UTC)
- Mirishkorlik, qaysi maqolalari status olgan? Devona Jovliyev, Boburjon Xidirov, siz nima sabdan qoʻllaysiz? AT alomatlari yoʻq maqolalariga misol keltira olasizlarmi? Nataev munozara 21:25, 12-avgust 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum @Nataev. Nomzod statusga olib chiqqan Shirbudun saroyi maqolasi mustaqil yaratilgan (XM). Imomqulixon (YM), Boqi Muhammadxon va Vali Muhammadxon (XM) maqolalarini esa boshqa foydalanuvchilar yaratgan boʻlsa-da, nomzod tomonidan maqolalarning asosiy qismi mustaqil izlanish natijasida toʻldirilib, statusga olib chiqilgan. Mirishkorlik (munozara) 03:19, 13-avgust 2024 (UTC)
- Ancha vaqtdan beri kuzataman. Maqolalarini asosan shaxsiy izlanishlari orqali va kitoblardan maʼlumotlar yigʻib yozadi. Status olgan maqolalarini ham tarjima qilib emas, boshqa manbalardan maʼlumotlar yigʻib yaratgan. Shuning uchun munosib nomzod deb oʻyladim. 7Devona 18:02, 14-avgust 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum. Umid Baqoyevni yaqindan tanimayman. Ammo Vikipediyaga qoʻshayotgan hissasi uchun qoʻllashga qaror qildim Boburjon Xidirov (munozara) 17:37, 15-avgust 2024 (UTC)
- Bajarildi. – Kagansky munozara 18:36, 16-avgust 2024 (UTC)
Hasan Xamidovich
[manbasini tahrirlash]Hasan Xamidovich ham munosib nomzod. „WikiStipendiya“dan oldin roʻyxatdan oʻtgan, ammo marafon boshlanganidan keyin faol tahrir qila boshlagan. Yaqinda „Sovuruvchi“ ordenini ham olgan. Nataev munozara 19:12, 19-avgust 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. AnvarxonM (munozara) 09:57, 22-avgust 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Ibrohimjon 05:19, 22-avgust 2024 (UTC)
- Hasan Xamidovich nomzodini toʻliq qoʻllab-quvvatlayman. Uning asosiy faolligi WikiStipendiya paytiga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari u ancha sinchkov va sifatli ishlashga harakat qiladi. WikiStipendiya marafonida ham bir qancha yutuqlarni qoʻlga kiritgan. Jamshid Nurqul (munozara) 21:14, 23-avgust 2024 (UTC)
- Qoʻllayman. Sitora Oblakulova (munozara) 17:29, 24-avgust 2024 (UTC)
Bajarildi. Fikr bildirganlarga rahmat! Nataev munozara 16:37, 26-avgust 2024 (UTC)
Mazmunsiz tarjima maqolalarni yaratgan WikiStipendiya qatnashchilari
[manbasini tahrirlash]Foydalanuvchilar
[manbasini tahrirlash]Foydalanuvchi:Aymirzaevna a tomonidan yaratilgan maqolalarda mashina tarjimasi elementlari yaqqol koʻzga tashlanadi. Ushbu roʻyxatga mazkur ishtirokchi nomzodini ham ilgari suraman. Kamol Azzam (munozara) 14:19, 29-iyul 2024 (UTC)
- Bitta maqolasiga koʻz yugurtirdim. Oʻta dahshatli emas, ammo „Yozda qirgʻoqda shabada aylanishi paydo boʻladi“, kabi mazmunsiz gaplar bor. Nataev munozara 14:35, 29-iyul 2024 (UTC)
Foydalanuvchi Omensweans yaratgan tarjima maqolalarini aksariyat qismida AT bilan ogohlantirilgan, ohirgi payt juda koʻp boshqa foydalanuvchilarni munozara sahifalarini spam bilan toʻldirgan. Fikrimcha, Vikipediyaga oid bilimlarini mustahkamlab ulgurmasdan shunchaki sinab koʻrishni xush koʻradi. Panda D (munozara) 04:23, 30-iyul 2024 (UTC)
- Bu yerda shahsiy ziddiyatlar masalasi paydo boʻlishi mumkin, soʻnggi oromgohda bu foydalanuvchi va Panda D jamoasi oʻrtasida maqola talashib mojaro kelib chiqgan edi.
- P.s: Foydalanuvchi hissasini koʻrib chiqganim yoʻq Jahongir Boboyev (munozara) 14:09, 30-iyul 2024 (UTC)
- Foydalanuvchi hissasini koʻrib chiqib fikr bildirishingizni soʻrab qolaman, bu yerga qoʻshishga arziydigan foydalanuvchilar yetarli hali hammasini qoʻshib ulgurmadim. Keyin bu va yuqoridagi koʻrsatgan nomzodlarimga qandaydir shaxsiy yoki oromgohga aloqador narsalarni ahamiyati yoʻq. Nimaga asoslanib erinmay yozib chiqdingiz bilmadim, lekin manimcha nomzod koʻrsatishda oromgoh, jamoaviy ishlar, shaxsiy ishlar emas foydalanuvchini hissasi muhimroq. Bu foydalanuvchini hatto boshqa tilda soʻzlashuvchi vikipediya foydalanuvchisi ham ogohlantirgan. Panda D (munozara) 14:37, 30-iyul 2024 (UTC)
- Men sizning mehnatingizni hurmat qilaman, siz ataylab, joʻrttaka, qasddan qilyapsiz degan gumondan uzoqman. Shunchaki bu ikki insonni ketma ket nomzodlikka berishingiz, oromgohdagi voqealarni yodimga soldi holos. Agar sizning xech qanday shaxsiy gʻarazingiz boʻlmasa bas. Jahongir Boboyev (munozara) 18:56, 30-iyul 2024 (UTC)
- Foydalanuvchi hissasini koʻrib chiqib fikr bildirishingizni soʻrab qolaman, bu yerga qoʻshishga arziydigan foydalanuvchilar yetarli hali hammasini qoʻshib ulgurmadim. Keyin bu va yuqoridagi koʻrsatgan nomzodlarimga qandaydir shaxsiy yoki oromgohga aloqador narsalarni ahamiyati yoʻq. Nimaga asoslanib erinmay yozib chiqdingiz bilmadim, lekin manimcha nomzod koʻrsatishda oromgoh, jamoaviy ishlar, shaxsiy ishlar emas foydalanuvchini hissasi muhimroq. Bu foydalanuvchini hatto boshqa tilda soʻzlashuvchi vikipediya foydalanuvchisi ham ogohlantirgan. Panda D (munozara) 14:37, 30-iyul 2024 (UTC)
- Bu foydalanuvchi ham asosan jugʻrofiya boʻyicha stub maqolalarni yaratgan ekan. Qilgan kattaroq tarjimasiga koʻzingiz tushsa, xabar bering. Hozircha roʻyxatga kiritish shart emas deb oʻylayman. Nataev munozara 19:46, 31-iyul 2024 (UTC)
ShohjahonSobirov (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Shohjahon xulosa chiqaruvchi, interfeys administratori va eski holiga qaytaruvchi huquqlariga ega, „WikiStipendiya“ loyihasining tashkiliy ishlarida ham faol qatnashib keladi. Ammo mazmunsiz, mantiqsiz tarjimalari soni oʻta koʻp. Masalan, Fish bayrami maqolasini olaylik. Kamida besh marta „etti hafta“ deb yozilgan va bu klassik AT alomati. „In the Bible, the seven-day holiday is known“ „Bibliyada etti kunlik bayram Chag HaMatzot, xamirturushsiz non (matzoh) bayrami sifatida tanilgan“ boʻlar emish. „God commands Moses to tell the Israelites to mark a lamb’s blood above their doors in order that the Angel of Death will pass over them (i.e., that they will not be touched by the tenth plague, death of the firstborn)“ esa „Xudo Musoga isroilliklarga oʻlim farishtasi oʻtib ketishi uchun (yaʼni, ularga oʻninchi vabo tegmasligini, oʻlimning oʻlimi) eshiklari ustida qoʻzichoq qonini belgilashni buyurdi. toʻngʻich)“ boʻlar emish! Yoki Qushqoʻnmasning oliyjanob ordeni maqolasini olaylk. Bemaʼni maqola nomi-ku mayli, „Istoriya sovremennogo ordena nachinaetsya v 1687 godu s uchrejdeniem ego korolyom Yakovom VII Shotlandskim (takje izvestnim kak korol Anglii Yakov II), pri etom utverjdalos, chto proizoshlo vozrojdenie ranee suщestvovavshego ordena“ gapi „Zamonaviy tartib tarixi uning 1687-yilda Shotlandiya qiroli Jeyms VII (Angliya qiroli Jeyms II nomi bilan ham tanilgan) tomonidan oʻrnatilishi bilan boshlanadi, u ham ilgari mavjud tartibni tiklaganini daʼvo qilgan“ oʻlaroq oʻgirilgan. Yana bir misol: "„sverxshtatnix“ risarey" "Koʻp" ritsarlar boʻlar emish. Va hokazo. Avtomat tarjiamchilar qora roʻyxatiga munosib nomzod. Har bir yaratgan maqolasi koʻrib chiqilishi, yuqoridagi kabi dahshatli avtomat tarjima maqolalari zudlik bilan oʻchirilishi kerak.
Ammo bundan-da muhimi, foydalanuvchi xulosa chiqaruvchi, interfeys administratori va eski holiga qaytaruvchi huquqlaridan mahrum qilinishi kerak deb hisoblayman. Ushbu statuslar faqat va faqat sifatli kontent yaratishga qurbi yetadigan, loyiha haqida chin dildan qaygʻuradigan foydalanuvchilarda boʻlishi kerak. Nataev munozara 16:15, 2-avgust 2024 (UTC)
- Roziman. Yuqoridagi fikrlarga toʻliq qoʻshilaman. „Qushqoʻnmasning oliyjanob ordeni“ kabi maqolalarini koʻrib men ham shu fikrga kelganman. Jamshid Nurqul (munozara) 16:28, 2-avgust 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum. Xatolarimni tan olaman. Vaqtida haqiqatan notoʻgʻri foydalanganim bor gap. Lekin statuslardan bemaqsad yoʻlda foydalanmadim. Interfeys adminstratorligini olib, 10 ga yaqin gadjetlarni uzwikiga olib oʻtdim. 100 K dan oshiq tahrirlar qildim. Shu oʻeinda qisqa muhlat berilishini soʻrab qolaman. Maqolalarni koʻrib chiqishga va tuzatishga vaʼda bergan holda. @Nataev, @Jamshid Nurkulov Programmer (munozara) 16:51, 2-avgust 2024 (UTC)
- Jamoa interfeys administratori huquqi uchun kontent bilan ishlash unchalik muhim emas desa, bu huquqni saqlab qolishingiz mumkin boʻladi. VP:AFda nima sababdan ushbu huquqni saqlab qolishga loyiq ekanligingiz, bugunqa qadar qilgan ishlaringiz haqida batafsil (linklar) bilan izoh yozishingiz mumkin. Nataev munozara 17:12, 2-avgust 2024 (UTC)
- ShohjahonSobirovning interfeys adminlik huquqini saqlab qolishiga men roziman. Sababi bu borada koʻplab ishlarni amalga oshirdi. Ammo bilgiqutilarni va boshqa ayrim andozalarni ingliz tildagi holatida yoki avtomat tarjima qilmaslik sharti bilan ushbu statusni saqlab qolishi tarafdoriman. Bu foydalanuvchi vikipediyaga mana shu statusi bilan kelajakda foyda keltiradi degan umiddaman. Mirzoulugʻbek |@ 11:53, 3-avgust 2024 (UTC)
- Fikrlaringiz uchun rahmat @Mirzoulugʻbek Karimov. Andozalardagi ingliz tili parametrlariga yuzlansak, odatda parametrlar tarjima sahifasida avtomatik oʻtishi uchun ingliz tilida qoldirar edim. Endi yaqin vaqtlardagi jarayonga yuzlansak, Tarjima sahifasi ishlashi cheklandi. Bundan nari yuqoridagi jarayon uchun ehtiyoj tugʻilmaydi. Hech bir ish sababsiz qilinmagan. Status olgan boʻlsam hammasi bir ezgu maqsadni koʻzlagan holda olingan. Bu borada qilgan ishlarimni forumda asoslab bera oldim degan umiddaman) Programmer (munozara) 12:12, 3-avgust 2024 (UTC)
- Men ham bir-yarim bilgiqutichalar va boshqacha andozachalar yaratib koʻrgan odam sifatida aytishim mumkin-ki, andoza tarjima uskunasida avtomatik oʻtishi uchun parametri inglizcha boʻlishi shart emas, tilga ulansa oʻtadi. Endi oʻsha yaratilgan andozalarni parametrlariniyam tez kunda oʻzbekchalashtirasiza, biz uzwikida faqat oʻzbek tilida kontent yaratishni maqsad qilganmiz, andozalarimiz duragay boʻlib yotsa yaxshimasda. Jamshid Nurqul (munozara) 22:10, 3-avgust 2024 (UTC)
- @Jamshid Nurkulov albatta. Ularni oʻzbekchalashtirib, soʻng maqolalarda ham oʻzgartirib chiqamiz. Yaratilgan maqolalardagi bilgiqutilarda hammasida men aybdorman degani emasda aka bu)). Bilgiqutilarni men yaratganman toʻgʻri. Lekin aksari boshqa foydalanuvchilar ham foydalanishganda maqolalarda)) Programmer (munozara) 06:07, 4-avgust 2024 (UTC)
- @ShohjahonSobirov, qariyib uch oy oʻtdi oradan. Barcha hissangizni koʻrib chiqdingizmi? Nataev munozara 20:56, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- @Jamshid Nurkulov albatta. Ularni oʻzbekchalashtirib, soʻng maqolalarda ham oʻzgartirib chiqamiz. Yaratilgan maqolalardagi bilgiqutilarda hammasida men aybdorman degani emasda aka bu)). Bilgiqutilarni men yaratganman toʻgʻri. Lekin aksari boshqa foydalanuvchilar ham foydalanishganda maqolalarda)) Programmer (munozara) 06:07, 4-avgust 2024 (UTC)
- Men ham bir-yarim bilgiqutichalar va boshqacha andozachalar yaratib koʻrgan odam sifatida aytishim mumkin-ki, andoza tarjima uskunasida avtomatik oʻtishi uchun parametri inglizcha boʻlishi shart emas, tilga ulansa oʻtadi. Endi oʻsha yaratilgan andozalarni parametrlariniyam tez kunda oʻzbekchalashtirasiza, biz uzwikida faqat oʻzbek tilida kontent yaratishni maqsad qilganmiz, andozalarimiz duragay boʻlib yotsa yaxshimasda. Jamshid Nurqul (munozara) 22:10, 3-avgust 2024 (UTC)
- Fikrlaringiz uchun rahmat @Mirzoulugʻbek Karimov. Andozalardagi ingliz tili parametrlariga yuzlansak, odatda parametrlar tarjima sahifasida avtomatik oʻtishi uchun ingliz tilida qoldirar edim. Endi yaqin vaqtlardagi jarayonga yuzlansak, Tarjima sahifasi ishlashi cheklandi. Bundan nari yuqoridagi jarayon uchun ehtiyoj tugʻilmaydi. Hech bir ish sababsiz qilinmagan. Status olgan boʻlsam hammasi bir ezgu maqsadni koʻzlagan holda olingan. Bu borada qilgan ishlarimni forumda asoslab bera oldim degan umiddaman) Programmer (munozara) 12:12, 3-avgust 2024 (UTC)
- ShohjahonSobirovning interfeys adminlik huquqini saqlab qolishiga men roziman. Sababi bu borada koʻplab ishlarni amalga oshirdi. Ammo bilgiqutilarni va boshqa ayrim andozalarni ingliz tildagi holatida yoki avtomat tarjima qilmaslik sharti bilan ushbu statusni saqlab qolishi tarafdoriman. Bu foydalanuvchi vikipediyaga mana shu statusi bilan kelajakda foyda keltiradi degan umiddaman. Mirzoulugʻbek |@ 11:53, 3-avgust 2024 (UTC)
- Jamoa interfeys administratori huquqi uchun kontent bilan ishlash unchalik muhim emas desa, bu huquqni saqlab qolishingiz mumkin boʻladi. VP:AFda nima sababdan ushbu huquqni saqlab qolishga loyiq ekanligingiz, bugunqa qadar qilgan ishlaringiz haqida batafsil (linklar) bilan izoh yozishingiz mumkin. Nataev munozara 17:12, 2-avgust 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum @Nataev. Hozirgi kunga qadar 200 ga yaqin maqolamni ko'rib chiqdim adashmasam. Ko'rib chiqish davom etyapti. Barcha hissam tushunarsiz AT emas. Chunki maqolalarimni ancha katta qismi chala maqolalar, qolgani esa 1-mavsum kiritilgan shablon maqolalar. Agar birdan o'chiraman desangiz ro'yxat ham qilib bera olaman. Lekin o'chirishdan ko'ra kichik holatda olib qilish niyatim bor maqolalarni) Programmer (munozara) 08:06, 2024-yil 23-oktyabr (UTC)
- Oʻzingiz koʻrib chiqqan va yaxshi holatda, ATsi umuman yoʻq deb ayta oladigan koʻproq soʻzli biror maqolangizga havola bering imkoni boʻlsa, boshqalar ham amin boʻlsin yaxshi holatdaligiga. Jamshid Nurqul (munozara) 13:13, 2024-yil 23-oktyabr (UTC)
- @Jamshid Nurkulov 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari medallar jadvali maqolasi men yozgan oxirgi maqolam. Menimcha, shu maqola ancha yaxshi yozilgan. Men hozirda 1-2 manba qoldirib, chala holatga keltiryapman eski maqolalarimni. Shuning uchun siz so'rayotgan maqolaga misol keltira olmayman. Programmer (munozara) 10:54, 2024-yil 24-oktyabr (UTC)
- Tasodifiy maqolalarni koʻrib chiqayotganimda mana bu Avliyo Ketrin ordeni maqolasiga duch keldim, eng avval maqolaning nomi xato, orden rus imperatori Yekaterina nomi bilan bogʻliq chamasi, ruslarda Ketrin emas Yekaterina boʻladi. maqolada shunday deyilgan: "Guvohlar va Prut kampaniyasining ishtirokchilari buni tasdiqlamaydilar, shuningdek, Yekaterina Alekseevnaning xizmatlari, ayniqsa bosh vazirga pora uchun 150 ming rubl ajratilganidan beri davlat rubllari, lekin ular oʻsha paytda homiladorlikning ettinchi oyida boʻlgan qirolichaning kampaniyadagi munosib xatti-harakatlariga eʼtibor qaratadilar... Bu orden ayollar uchun eng oliy mukofot, shuningdek, erlarining xizmatlarini ragʻbatlantirishga aylandi. 1797-yilda Pol I odat huquqini kiritdi, unga koʻra har bir tugʻilgan Buyuk Gertsog Muqaddas Ketrin ordeni bilan taqdirlandi, buning natijasida mukofotlar soni keskin oshdi. 1-badiiy ordeni laureatlari soni 12 nafar ayol bilan cheklangan. va 94 — 2-darajali orden uchun, bu raqamdan qirollik oilasi aʼzolari bundan mustasno edi". Tez orada bu tahrirlarni ham koʻrib chiqasiz degan umiddaman. Jamshid Nurqul (munozara) 15:10, 2024-yil 28-oktyabr (UTC)
- Dahshatli AT. Oʻchirdim. Uch oy muddat berdik, hali ham barcha hissasini koʻrib chiqqani yoʻq. Birdaniga oʻchirish tarafdoriman. Buning uchun tuzatib chiqilgan maqolalar roʻyxati kerak. Shunda ularni saqlab qolish mumkin boʻladi. @ShohjahonSobirov tahrirlagan maqolalaringizning toʻliq roʻyxatini tuzib bera olasizmi? Nataev munozara 17:28, 2024-yil 28-oktyabr (UTC)
- Aha xo'p. Men sizga yaxshi holatda bo'lmagan maqolalarim (AT deb hisoblangan) ro'yxatini .txt formatda ro'yxat qilib telegramdan yuboraman. Programmer (munozara) 11:47, 2024-yil 29-oktyabr (UTC)
- @ShohjahonSobirov vaʼda qilganidek Telegram orqali ATdan iborat maqolalari roʻyxatini yubordi. Oʻchirishdan oldin uch tasodifiy maqolani tekshirishga qaror qildim.
- 1) Ryan Button: „Hozirda u Deutsche Eishockey Ligasining (DEL) Grizzlys Wolfsburg jamoasida oʻynagan“; „shahzoda Albert Raiders“ (en:Prince Albert Raiders tarjimasi); „Yulduzlar tashkilotidagi bir mavsumdan soʻng“ („After a season within the [Dallas] Stars organization“ tarjimasi).
- 2) Trine Rønning: „U Angliyada boʻlib oʻtgan UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2005da Norvegiyaning kumush medal sovrindori jamoasi tarkibida oʻynadi“ („She played for the Norway team that won silver at the UEFA Womenʼs Euro 2005 in England“ tarjimasi); "„Friends Arena“da boʻlib oʻtgan finalda u birinchi boʻlimda Germaniya terma jamoasi darvozaboni Nadin Angerer tomonidan belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi" („In the final at Friends Arena, she had a first-half penalty kick saved by Germany’s goalkeeper Nadine Angerer“ tarjimasi); „Xalqaro maqsadlar“ („International goals“ tarjimasi).
- 3) Nazarboyev ordeni: „Orden yulduzi va nishoni 750 dona oltindan yasalgan“ („Звезда и знак ордена выполнены из золота 750 пробы“ tarjmiasi); „Oʻzgarishlarni imzolash“ („Изменения знака“ tarjimasi); „Qozogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻi rangidagi oltin rangdagi milliy naqshli birinchi mua lentasi qurilgan.“ („Чрезплечная лента четвёртого типа изготовлена из муаровой ткани синего цвета шириной 100 мм“ tarjimasi).
- Koʻrib turganingizdek, barchasi dahshatli AT. Birdaniga oʻchiraman. Oʻchirilmagan maqolalari ichida birorta AT maqola qolmagan boʻlsa, foydalanuvchi boshqa foydalanuvchilar qoʻllovi bilan qora roʻyxatdan chiqarilishi mumkin. Nataev munozara 23:52, 2024-yil 30-oktyabr (UTC)
- Aha xo'p. Men sizga yaxshi holatda bo'lmagan maqolalarim (AT deb hisoblangan) ro'yxatini .txt formatda ro'yxat qilib telegramdan yuboraman. Programmer (munozara) 11:47, 2024-yil 29-oktyabr (UTC)
- Dahshatli AT. Oʻchirdim. Uch oy muddat berdik, hali ham barcha hissasini koʻrib chiqqani yoʻq. Birdaniga oʻchirish tarafdoriman. Buning uchun tuzatib chiqilgan maqolalar roʻyxati kerak. Shunda ularni saqlab qolish mumkin boʻladi. @ShohjahonSobirov tahrirlagan maqolalaringizning toʻliq roʻyxatini tuzib bera olasizmi? Nataev munozara 17:28, 2024-yil 28-oktyabr (UTC)
- Tasodifiy maqolalarni koʻrib chiqayotganimda mana bu Avliyo Ketrin ordeni maqolasiga duch keldim, eng avval maqolaning nomi xato, orden rus imperatori Yekaterina nomi bilan bogʻliq chamasi, ruslarda Ketrin emas Yekaterina boʻladi. maqolada shunday deyilgan: "Guvohlar va Prut kampaniyasining ishtirokchilari buni tasdiqlamaydilar, shuningdek, Yekaterina Alekseevnaning xizmatlari, ayniqsa bosh vazirga pora uchun 150 ming rubl ajratilganidan beri davlat rubllari, lekin ular oʻsha paytda homiladorlikning ettinchi oyida boʻlgan qirolichaning kampaniyadagi munosib xatti-harakatlariga eʼtibor qaratadilar... Bu orden ayollar uchun eng oliy mukofot, shuningdek, erlarining xizmatlarini ragʻbatlantirishga aylandi. 1797-yilda Pol I odat huquqini kiritdi, unga koʻra har bir tugʻilgan Buyuk Gertsog Muqaddas Ketrin ordeni bilan taqdirlandi, buning natijasida mukofotlar soni keskin oshdi. 1-badiiy ordeni laureatlari soni 12 nafar ayol bilan cheklangan. va 94 — 2-darajali orden uchun, bu raqamdan qirollik oilasi aʼzolari bundan mustasno edi". Tez orada bu tahrirlarni ham koʻrib chiqasiz degan umiddaman. Jamshid Nurqul (munozara) 15:10, 2024-yil 28-oktyabr (UTC)
- @Jamshid Nurkulov 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari medallar jadvali maqolasi men yozgan oxirgi maqolam. Menimcha, shu maqola ancha yaxshi yozilgan. Men hozirda 1-2 manba qoldirib, chala holatga keltiryapman eski maqolalarimni. Shuning uchun siz so'rayotgan maqolaga misol keltira olmayman. Programmer (munozara) 10:54, 2024-yil 24-oktyabr (UTC)
- Oʻzingiz koʻrib chiqqan va yaxshi holatda, ATsi umuman yoʻq deb ayta oladigan koʻproq soʻzli biror maqolangizga havola bering imkoni boʻlsa, boshqalar ham amin boʻlsin yaxshi holatdaligiga. Jamshid Nurqul (munozara) 13:13, 2024-yil 23-oktyabr (UTC)
- @ShohjahonSobirov, bundan nari AT kontent yaratmaysiz, deb umid qilaman.
XayrinisoJorayeva (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Disney-Charter Communications nizosi maqolasini olaylik. en:Carriage dispute „kareta mojarosi“ degani emas. „Carriage“ bu yerda efirga uzatish huquqi maʼnosida kelgan; „the vitality of cable television as a result of the blackout“ „elektr taʼminotidagi uzilish natijasida kabel televideniyesi haqida“ degani emas; bu yerda elektr haqida umuman soʻz yoʻq. „the dispute could have potentially cost The Walt Disney Company US$4 billion in revenue“ esa „nizo Walt Disney kompaniyasiga reklama va obunalardan tushadigan daromaddan tashqari 4 milliard dollar daromad keltirishi mumkin edi“ oʻlaroq oʻgirilgani mutlaqo xato. Nizo tufayli shirkat daromad emas, zarar koʻrgan. Nihoyat, maqolada ismlar VP:MNKIga zid ravishda qisman translit qilingan, qisman aslidek yozilgan. Yoki Nova TV (Xorvatiya) maqolasini olaylik. „Original programming“ „Asl holatda dasturlash“ degani emas. Gap bu yerda dastlabki koʻrsatuvlar dasturi haqida ketyapti. Maqola qisqa boʻlgani uchun boshqa jiddiy xatolar yoʻq.
Ikkinchi tomondan, Gʻaybulla Rahmonov kabi mustaqil yaratgan maqolasi yoki Internet protokolli televideniye va DVB-T kabi qisqaroq tarjima maqolalari tuzuk va minimal talablarga javob beradi. Roʻyxatga kiritish kerakmi, bilmadim. Balki ogohlantirib, yaratgan kontentini yaxshilab chiqishi uchun muddat berish kerak. Nataev munozara 01:04, 4-avgust 2024 (UTC)
- Asaalomu alaykum ustoz. Avvalo aytishim kerakki, ushbu roʻyxatga tushaman deb oʻylamagan edim. Men tomondan yaratilgan maqolalardagi kamchiliklarni sanab oʻtgan ekansiz. Ushbu yuqorida sanab oʻtilgan kamchiliklarning barchasi toʻgʻrilandi. Xususan, oʻz faoliyatim davomida yaratilgan barcha maqolalarni tahrirlab chiqdim. Qilingan tahrirlarni albatta hissam orqali koʻrishingiz mumkin. Asosan yaratilgan katta maqolalardagi kamchiliklarni va gaplardagi gʻalizliklarni mos shaklda toʻgʻrilashga harakat qildim. Albatta, bunday kamchiliklar boshqa qaytarilmaydi.
- Rahmat ustoz fikringiz uchun)) XayrinisoJorayeva (munozara) 12:19, 4-avgust 2024 (UTC)
- XayrinisoJorayevaning maqolalarida AT alomatlari uchraydi lekin uning hamma maqolalarini ATdan iborat deya olmaymiz. Shu holatni va foydalanuvchining harakatlarini hisobga olgan holda imkon berish kerak deb hisoblayman. Ezgu maqsadni koʻzlagan holda, keyingi yozadigan maqolalarida oʻzbek tilida ravon yozadi deb umid qilaman. Jamshid Nurqul (munozara) 12:40, 4-avgust 2024 (UTC)
- Ushbu roʻyxat bizga AT kontentni tuzatishga yoki yoʻq qilishga koʻmaklashishi kerak. Shunday ekan, kichik boʻlsa-da AT alomatlarini oʻtkazib yuborgan barcha foydalanuvchini kiritaverish kerak degan boʻlardim. Izoh ustunida foydalanuvchi ogohlantirilgani, oʻz xatolari ustida ishlaytoganini v.h.larni qayd etib borishimiz mumkin. Nataev munozara 18:44, 9-avgust 2024 (UTC)
Assalomu alaykum ustozlar Nataev, Laziz Baxtiyorov, Muxriddin Azimov, Jamshid Nurkulov, Kagansky, Mirzoulugʻbek ustoz! Avvalombor, forumda yozishga biroz ikkilandim. Biroq men tomonimdan yaratilgan maqolalardagi barcha ATlarni tuzatib chiqqanligimni yozishni oʻrinli koʻrdim. Buni hissam orqali koʻrishingiz mumkin. Shuningdek, qismida barcha yaratilgan katta maqolalarni tartiblab joylab chiqqanman. Bunda esa umumiy hisobda yaratilgan stub hamda yirik maqolalarni topa olasizlar. Mobodo toʻgʻrilangan maqolalarda yana AT elementi uchragudek boʻlsa, shak shubhasiz maqolalarni oʻchirib tashlashingizni soʻrardim. Hurmatli ustozlar Mazmunsiz tarjima maqolalarni yaratgan WikiStipendiya qatnashchilari jadvalidan ushbu ATlar tuzatilgan boʻlsa, chiqishni juda ham xohlardim. Kelgusida vikipediyada faoliyat yuritgan taqdirimda, AT qilmaslikka harakat qilaman. — Bu xabarni XayrinisoJorayeva (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
- XayrinisoJorayeva, hormang! Kechikkan javob uchun uzr. Menimcha, yaxshigina tuzatib chiqibsiz. Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha turlariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shimcha protokol maqolasining faqat kirish qismini oʻqidim va AT alomatlarini koʻrdim.
- Mustaqil yaratgan maqolalaringiz esa (masalan, Eshon Temirxon To‘ra jome masjidi) juda yaxshi. Ammo oʻ va gʻ harflarini bizda qabul qilingan belgilar bilan yozmayapsiz. Qaranag: VP:IVG#Harflar.
- AT haqida tegishli xulosa chiqardingiz deb oʻylayman. Iloji boʻlsa mashina tarjimasidan umuman foydalanmang. Roʻyxatga chiqarishingizni qoʻllayman. Yana birorta boshqa foydalanuvchi qoʻllasa, soz boʻlardi. Nataev munozara 16:50, 2024-yil 17-oktyabr (UTC)
- Qoʻllayman. XayrinisoJorayeva bundan keyingi maqolalarda eʼtiborliroq boʻladi degan umiddaman. Boburjon (munozara) 23:32, 2024-yil 17-oktyabr (UTC)
- Assalomu alaykum. Aytib oʻtilgan tarjima maqolaning kirish qismidagi baʼzi xatoliklarni yana toʻgʻriladim. Shuningdek, yuqorida keltirilgan ikki maqolaning xato nomlanganligi uchun oʻzgartirish kiritib, toʻgʻrilab qoʻyganingiz uchun minnatdorman. Albatta, kelgusida tarjima maqola emas, yangi maqola yaratishga harakat qilaman va bundan keyin eʼtiborli boʻlaman) XayrinisoJorayeva (munozara) 17:30, 2024-yil 18-oktyabr (UTC)
- Tamom, roʻyxatgan chiqaraman. Bundan nari ehtiyot boʻlasiz va hissangizni koʻrib chiqishda davom etasiz, deb umid qilaman. Nataev munozara 21:50, 2024-yil 19-oktyabr (UTC)
- Nomzod xatolari ustida yaxshi ishlamagani uchun, roʻyxatdan chiqarishga hali erta deb oʻylayman. Misol uchun, YM nomzodligiga berilgan „Xorvatiya televideniyesi“ maqolasini olaylik. Inglizchadagi „The DVB-T and satellite transmission infrastructure is developed and maintained by the state-owned company Odašiljači i veze (OiV)“ jumlasi DVB-T va sunʼiy yoʻldosh uzatish infratuzilmasi Odašiljači i veze (OiV) nomli davlat kompaniyasi ishlab chiqqan boʻlib, tuzilmani aynan shu kompaniya qoʻllab-quvvatlaydi deb oʻgirilgan. Boʻlim sarlavhasida tinish belgisi ishlatilgan. DVB-T televizorining asosiy taqsimlangan hududlariga D1–D9 belgilari berilgan. Televizorning ham hududlari bormi? Jadvallardagi telekanal nomlari tarjima qilinmagan: bu va [63[64][65][66]: bu]. Yaratilgan Xorvatiya mavzulari, Disney, Ustav kommunikatsiyalari navbokslari chala qolgan. 18-oktyabr sanasida ushbu foydalanuvchi barcha maqolalari ustida ishlaganini, ularni yaxshilganini xabar qilsa-da, ertasigayoq tarjima maqolalaridan biri ATdan tuzatilmagani sababli oʻchirilgan. Bu roʻyxatdan chiqishiga hozircha Qarshiman. Umarxon III (munozara) 10:53, 2024-yil 20-oktyabr (UTC).
- Tamom, roʻyxatgan chiqaraman. Bundan nari ehtiyot boʻlasiz va hissangizni koʻrib chiqishda davom etasiz, deb umid qilaman. Nataev munozara 21:50, 2024-yil 19-oktyabr (UTC)
- Assalomu alaykum. Aytib oʻtilgan tarjima maqolaning kirish qismidagi baʼzi xatoliklarni yana toʻgʻriladim. Shuningdek, yuqorida keltirilgan ikki maqolaning xato nomlanganligi uchun oʻzgartirish kiritib, toʻgʻrilab qoʻyganingiz uchun minnatdorman. Albatta, kelgusida tarjima maqola emas, yangi maqola yaratishga harakat qilaman va bundan keyin eʼtiborli boʻlaman) XayrinisoJorayeva (munozara) 17:30, 2024-yil 18-oktyabr (UTC)
- Qoʻllayman. XayrinisoJorayeva bundan keyingi maqolalarda eʼtiborliroq boʻladi degan umiddaman. Boburjon (munozara) 23:32, 2024-yil 17-oktyabr (UTC)
- „DVB-T televizorining asosiy taqsimlangan hududlariga D1–D9 belgilari berilgan“ gapi „The main DVB-T television allotment regions are assigned markings D1–D9“ gapining tarjimasi ekan. AT ekanligi aniq. Bechdel testi maqolasiga kelsak, foydalanuvchi uni tarjima qilib yaratgani rost, ammo @Hamrayev Zafarjon mavjud tarjima ustidan yangi tarjimani chop etgan. Ammo XayrinisoJorayeva yaratgan versiya ham ATdan iborat boʻlgan. („Badiiy asarning sinovdan oʻtgani yoki oʻta olmagani asardagi ayollarning umumiy vakilligini koʻrsatishi shart emas“ gapi „A work of fiction passing or failing the test does not necessarily indicate the overall representation of women in the work“ gapining rasvo tarjimasi boʻlgan, masalan.)
- Roʻyxatdan
chiqaraman. @XayrinisoJorayeva, keyingi safar yolgʻondan barcha ishingizni koʻrib chiqqaningizni iddao qilmang. Shaxsam men sizga umuman tarjima bilan shugʻllanmaslikni tavsiya qilgan boʻlardim. Nataev munozara 15:02, 2024-yil 20-oktyabr (UTC)- Albatta ishlarimni keyin ham har bir kichik elementini to'g'rilab chiqishga va tarjima maqola yaratmaslikka harakat qilaman. Sizlar va maqolalar uchun keltirgan xatoliklarim uchun uzr. Tarjimada xatoliklar qilganim uchun o'rganmagunimgacha shug'ullanmaslikka va yaratsam mustaqil maqola yaratishga vada beraman. XayrinisoJorayeva (munozara) 15:23, 2024-yil 20-oktyabr (UTC)
- Roʻyxatdan
- Yashang, rahmat. Yuqorida „chiqaraman“ deb xato yozibman. „Chiqarmayman“ deb yozmoqchi edim. Qisqasi, ishingizni toʻliq koʻrib chiqqaningizdan keyin qorda roʻyxatdan chiqarilishingiz mumkin boʻladi. Nataev munozara 21:01, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Assalomu alaykum @Nataev. Men tomonimdan yaratilgan barcha maqola ko'rib chiqildi. Ushbu ro'yxatdan chiqish bo'yicha so'rov yozmoqdaman. Maqolalar tushunarli holga keltirildi. XayrinisoJorayeva (munozara) 15:10, 2024-yil 31-oktyabr (UTC)
- Assalomu alaykum ustoz @Nataev. Sizni qayta va qayta bezovta qilayotganimdan hijolatdaman. Biroq yaratgan katta maqolalarimdan tortib, kichik stubgacha tushunarli holga keltirildi, tushunarsiz AT jumlalar, qo'shimchalar olib tashlandi hamda maqolalar to'liqligicha ko'rib chiqildi. Maqolalar ustida 2 hatto 3 martalab to'g'rilangan holatlar ham bo'ldi. Shuning uchun sizdan xatolarimni o'zingiz ko'rib chiqqan holda qora ro'yxatdan chiqarish haqida fikringizni qoldirishingizni so'ramoqchi edim) XayrinisoJorayeva (munozara) 16:28, 2024-yil 6-noyabr (UTC)
- Toʻlaligicha koʻrib chiqilmagan. DVB-T maqolasida „DVB-T yoki Digital Video Broadcasting – Errestrial soʻzining qisqartmasi boʻlib“ gapi „DVB-T, short for Digital Video Broadcasting – Terrestrial“ gapining tarjimasimi? Bu yerda DVB-T yoki Digital Video Broadcasting soʻzi Errestrial soʻzining qisqartmasi deb eʼtiborsizlarcha xatolikka yoʻl qoʻygansiz. Shu maqolaning DVB-T uzatgichning texnik tavsifi boʻlimida „Ushbu raqamga koʻra, signalni qayta ishlash bloklarining qisqacha tavsifi quyidagicha koʻrsatilgan.“ degan gapdan boʻlak matn yoʻq. Ushbu raqamga koʻra... — qaysi raqamga koʻra? quyidagicha koʻrsatilgan — quyida hech bir matn yoʻqku. Birgina rasm turibdi, ammo u rasmning siz yozgan gapga aloqasi yoʻq. and WiMAX operator born from the separation from Hrvatska Radiotelevizija in 2001. gapini tushunarsiz ravishda va WiMAX operator binosidir. oʻlaroq oʻgirgansiz.
- Ochib, oʻqib chiqqan ikki maqolamdan birida AT alomati bor. Hissangizni qayta koʻrib chiqing. Xhyripomius (munozara) 15:32, 2024-yil 7-noyabr (UTC)
- @XayrinisoJorayeva, javob oldingiz. Adashmasam, ikkinchi marta hissangizni toʻliq koʻrsatib chiqqaningizni aytib, bizni laqillatyapsiz. Iltimos, hissangizni 100 foiz tekshirib chiqsangizgina xabar bering. Nataev munozara 15:43, 2024-yil 7-noyabr (UTC)
- Yashang, rahmat. Yuqorida „chiqaraman“ deb xato yozibman. „Chiqarmayman“ deb yozmoqchi edim. Qisqasi, ishingizni toʻliq koʻrib chiqqaningizdan keyin qorda roʻyxatdan chiqarilishingiz mumkin boʻladi. Nataev munozara 21:01, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
Boboyev1996 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Ushbu foydalanuvchi „WikiStipendiya“ marafonining birinchi mavsumida gʻolib chiqib, 50 million oʻzbek soʻmini qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, surunkali avtomat tarjimachi. Bu haqda taqdirlanganidan keyin tashkilotchilar va oʻzbekcha Vikipediya faollari uchun ochilgan Telegran guruhda ham yozganman. Ilk tarjimalarida jiddiy AT alomatlari bisyor, ammo soʻnggi yaratgan maqolalari ham AT alomatlarisiz emas. Yaratgan 1 118 sahifasidan oxirgi beshtasini tahlil qilsak.
- Foydalanuvchi bir oy davomida tahrirlagan, faqatgina iyul oyining ilk toʻrt kuni hamda iyun oyinining 12 kunini qamrab olgan 2024-yilda vafot etganlar roʻyxatini olaylik. Roʻyxat boʻlgani uchun unda murakkab gaplar yoʻq, ammo bunga qaramay, AT alomatlari bisyor. „body discovered on this date“ va „death announced on this date“ kabi jumlalar shundayligicha qoldirilgan. „member of the Mississippi State Senate“ jumlasi „Missisipi shtati Senat aʼzosi“ emas, „Missisipi shtati senati aʼzosi“ degani. „televidenie prodyuseri“ esa klassik AT alomati. „gollandiyalik gimnastikachisi“, „ tibetlik buddist olimi“, „Jahon seriyasi championi“ kabi gʻalizliklar esa oʻta koʻp.
- Oʻtkir osti sklerozlashgan panensefalit maqolasini olaylik. „…leads to death within 3 months of diagnosis“ jumlasi „3 oy ichida oʻlimga kuzatilgan holatlar mavjud“ deb olingan va mazmunsiz tarjimadir. „609 ta chaqaloqdan tasida SSSP kuzatilgan“ jumlasida esa muhim son tushib qolgan. „Kasallik koʻproq bolalar, oʻsmirlar va yoshlarga kuzatiladi“ gapi ham mantiqsiz.
- Kranj Munitsipaliteti maqolasini olaylik. „Urban Municipality of Kranj“ „Kranj shahar hokimiyati“ degani emas. Bundan-da dahshatli xato: „Its seat is the town of Kranj“ gapi „Uning joylashgan joyi Kranj shahri“ deb olingan va bu mutlaqo xatodir. Bu yerda „seat“ joylashuv emas, „maʼmuriy markaz“ maʼnosida kelgan (seat: a place from which administrative power is exercised. Microsoft® Encarta® 2009. © 1993-2008 Microsoft Corporation. All rights reserved.) Aslida inglizcha gapda Kranj munitsipaletitining markazi Kranj turar joyi/aholi punkti ekanligi aytilgan. Bundan tashqari, „Kranj munitsipalitetidan tashqari, munitsipalitetga quyidagi aholi punktlari ham kiradi:“ gapi chalaligicha qolib ketgan.
- Benedikt maqolasini olaylik. Yuqoridagi maqoladagi kabi, „Its seat is the settlement of Benedikt“ gapi „Uning joylashgan joyi Benedikt aholi punktidir“ oʻlaroq mutlaqo xato tarjima qilingan, „Benedikt munitsipalitetidan tashqari, munitsipalitetga quyidagi aholi punktlari ham kiradi:“ gapi chala qoldirilgan.
- Nihoyat, Stivens-Jonson sindromi maqolasini olaylik. „Вначале возникает сильная лихорадка и боли в мышцах и суставах“ gapi „Dastlab, mushaklar va boʻgʻimlarda mahalliy harorat oshadi va ogʻriq paydo boʻladi“ deb olingan. Bobyevdan1996dan farqli oʻlaroq, medik emasman, ammo „mahalliy harorat“ tushunchasi yoʻqligiga ishonchim komil. „Konʼyunktivit“ deb xato yozgani koʻkarganining sabani shuki, uning oʻzi xato nomlangan sahifani yana xato nom bilan qayta nomlagan. (Lotin yozuvida xatoni payqash qiyin boʻlaytogan boʻlsa, bu soʻz kirillda конъюнктивит oʻlaroq yoziladi.) „Inflammation and peeling of the lips—with sores presenting on the tongue and the mucous membranes in SJS“ izohi esa „Yalligʻlanish va lablar poʻstlogʻi – Sindromda til va shilliq pardalardagi yaralar bilan“ deb olingan va ham bemaʼni ATdir.
Ikki yildan beri hissa qoʻshib kelayotgan foydalanuvchi yaratgan soʻnggi beshta maqolaning har biri AT alomatlariga toʻla ekanligi uning har bir maqolasi koʻrib chiqilishi kerakligini anglatadi. Shuning uchun uni ATchilar roʻxatiga kiritish kerak. Roʻyxatga kiritish – sovrin olgan marafon qatnashchisi va hozirgi kunda tashkilotchi ekanligiga qaramay emas, balki aynan shuning uchun lozimdir. Vikipediyada kontent sifati muhim, shaxsning tadbir va loyihalardagi ishtiroki yoki roli emas. Nataev munozara 14:04, 8-avgust 2024 (UTC)
- Assalom aleykum. Tibbiyot hodimi emassiz bu ayon. Rus tilidagi mestnaya temperatura oʻzbek tili adabiyotlarida mahalliy haroarat deb olinadi. Bunday holatda butun tanada emas tananing aynan yalligʻlanish boʻlayotgan joyida harorat oshadi. Agar boshqa muqobil variantini topsangiz balki oʻzgartirish uchun taklif kiritib koʻrish mumkin. Jahongir Boboyev (munozara) 15:21, 8-avgust 2024 (UTC)
- Xoʻp, unda nega faqat bor-yoʻgʻi 5 ta manbada bu atama qoʻllangan? Kengroʻq ishlatiladigan varianti bordir?
o'zbek tili adabiyotlarida
– bu yerda gap oʻzbek tili boʻyicha adabiyotlarda emas, oʻzbek tilidagi adabiyotlar haqida ketyapti. Ammo bu bir dona holat surunkali ATchi ekanligingizni inkor etmaydi. Nataev munozara 15:58, 8-avgust 2024 (UTC)- Soʻzdan xato qidirmangda mestnaya temperatura soʻziga muqobil variant boʻlsa bering dedim. 5 ta manbada borligi man bu soʻzni osmondan olmaganimga dalolat.
- ATchi deb hisoblasangiz roʻyhatga qoʻshavering qarshiligim yoʻq. Xato hammada boʻladi. Faqat oʻzingiz aytganingizdek medik boʻlmay turib bunaqa tushuncha yoʻq deyishga ishonchingiz komil boʻlmasin. Jahongir Boboyev (munozara) 16:38, 8-avgust 2024 (UTC)
- „Mahalliy harorat“ atamasi anchagina manbada bor ekan, demak shu variantning oʻzi toʻgʻri.
Xato hammada boʻladi
– gap bu yerda har qanday xato emas, aynan Content Translation uskunasini uzluksiz suiisteʼmol qilib, bemaʼni kontent yaratganingiz haqida. Aynan bu holatda AT maqolalaringiz uchun moʻmay daromad ham ishlab olgansiz. Bu ragʻbatlantirishga qaramay, shu kungacha AT maqola yaratishda davom etyapsiz. Nataev munozara 17:01, 8-avgust 2024 (UTC)
- Xoʻp, unda nega faqat bor-yoʻgʻi 5 ta manbada bu atama qoʻllangan? Kengroʻq ishlatiladigan varianti bordir?
Matqurbonov0203 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar), WikiOromgohning 4-mavsumidagina AT maqolalar yaratgan. Undan avval va keyin nofaol. – Kagansky munozara 06:24, 12-avgust 2024 (UTC)
- Ikkita AT maqolasi oʻchirildi. Qolganlari aholi punktlari haqidagi chala maqolalar ekan. Turaversa boʻladi, chunki bir-ikki jumladan iborat xolos. Foydalanuvchini roʻyxatga kiritib qoʻyaman lekin. Nataev munozara 21:21, 12-avgust 2024 (UTC)
Salohiddin viki (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Tarjima qilgan maqolalarida AT alomatlari koʻpligi sababli, hissasini tekshirgan holda, yaratgan maqolalari oʻchirilishi kerak – Axadjon1 (munozara) 14:39, 18-avgust 2024 (UTC)
- Air Do va Air Comet maqollariga koʻz yugurtirdim. Oʻta ravon boʻlmasa-da, dahshatli AT tarjimalarni kuzatmadim. Shuning uchun nomzod koʻrsatganda muayyan misollarni (diff linklar) bilan keltirsangiz, ishimiz yanada osonlashadi. Nataev munozara 12:59, 2024-yil 15-sentyabr (UTC)
- Amirtey qoʻzgʻoloni maqolasida ruschadan Elefantinskaya xram soʻzini fillar ibodatxonasi koʻrinishida tarjima qilgan, Elefantindagi yahudiy koloniyasi tugatilgan koloniya tugʻilmaydi menimcha. Rasmiylashtirish yaxshi ammo shunaqa xatoliklar bor, yana bir koʻrib agar qolishi kerak desangiz qoldiraman, aks holda olin tashlayman bu roʻyhatdan. – Axadjon1 (munozara) 11:02, 2024-yil 16-sentyabr (UTC)
- Ruscha maqolada gap Elefantina oroli haqida ketgan. Aniq AT. Maqola Pages with unreviewed translations turkumidaligi ham buni tasdiqlaydi. Roʻyxatda qolishi tarafdoriman. Nataev munozara 14:34, 2024-yil 16-sentyabr (UTC)
- Amirtey qoʻzgʻoloni maqolasida ruschadan Elefantinskaya xram soʻzini fillar ibodatxonasi koʻrinishida tarjima qilgan, Elefantindagi yahudiy koloniyasi tugatilgan koloniya tugʻilmaydi menimcha. Rasmiylashtirish yaxshi ammo shunaqa xatoliklar bor, yana bir koʻrib agar qolishi kerak desangiz qoldiraman, aks holda olin tashlayman bu roʻyhatdan. – Axadjon1 (munozara) 11:02, 2024-yil 16-sentyabr (UTC)
Abdulloh avgc (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Hissasini koʻrib chiqib, AT alomati bor maqolalari oʻchirilishi lozim. Maqola yaratish davomida qoidalarga rioya qilmay tarjima qilingan, vikifikator ishlatilmagan joylari bor gaplar qisqa, Google tarjimon bilan solishtirilganda deyarli bir xil – Axadjon1 (munozara) 14:52, 18-avgust 2024 (UTC)
- Axadjon1, yuqorida yozganimdek, muayyan misollar keltirsangiz, ishimiz osonroq boʻladi. Acxiom maqolasini koʻrib chiqdim. Ruschada tarjima qilingani uchun oʻta yomon emas. Yillardan keyin chiziqchalar qolib ketgani va vikifikator ishlatilmagani rost. Ammo, menimcha, boshqa maqolalarida jiddiy AT alomatlari boʻlsagina roʻyxatda saqlab qolish mumkin. Nataev munozara 13:04, 2024-yil 15-sentyabr (UTC)
- Xop koʻrib chiqaman yana qayta. Axadjon1 (munozara) 13:15, 2024-yil 15-sentyabr (UTC)
- Foydalanuvchi 2022-yil may–oktyabr oylarida asosan ruscha Vikipediyadagi maqolalar tarjimasi bilan shugʻullangan. Tarjimalarida kamchiliklar kuzatiladi. Koʻplab maqolalarida VP:IVGga amal qilmagan. Shunday boʻlsada u Content Translation uskunasini uzluksiz suiisteʼmol qilib axlat maqolalar yaratmagan. – Kagansky munozara 18:51, 2024-yil 15-sentyabr (UTC)
- Hozircha chiqarib turamiz unda. Nataev munozara 02:44, 2024-yil 16-sentyabr (UTC)
- Foydalanuvchi 2022-yil may–oktyabr oylarida asosan ruscha Vikipediyadagi maqolalar tarjimasi bilan shugʻullangan. Tarjimalarida kamchiliklar kuzatiladi. Koʻplab maqolalarida VP:IVGga amal qilmagan. Shunday boʻlsada u Content Translation uskunasini uzluksiz suiisteʼmol qilib axlat maqolalar yaratmagan. – Kagansky munozara 18:51, 2024-yil 15-sentyabr (UTC)
Maqolalarida AT alomatlari bor.
Finlandiyadagi iroqliklar maqolasidagi Klan nizosiga asoslangan boshpana, Nomus jinoyati jumlalari tushunarsiz. Foydalanuvchi hissasi tekshirilishi kerak. Boshqa maqolalarida uzun, gʻaliz tarjimalar qilgan. Umarxon III (munozara) 18:32, 18-avgust 2024 (UTC).
- Umarxon III, yuqorida yozganimdek, koʻproq misol keltirish kerak. Iloji boʻlsa, diff linklar va original jumlalar bilan. Ushbu foydalanuvchining boshqa maqolalaridan ham misollar keltira olasizmi? Nataev munozara 13:20, 2024-yil 15-sentyabr (UTC)
- Ahfad Ayollar Universiteti (xato nomlangan) maqolasida „My hyphenated identity is an advantage“ jumlasini „Mening identifikatorim – bu afzallik“ oʻlaroq oʻgirgan. Bemaʼni AT. Roʻyxatda qolishi kerak. Nataev munozara 11:55, 2024-yil 17-sentyabr (UTC)
Maqolalarida AT alomatlari bor. 2 marta ogohlantirganman.
Kipr Stromin Xudoning ona ramzi – maqola nomini oʻzi tushunarsiz. Rus tilida Кипрская Стромынская икона Божией Матери boʻladi.
E. I. Totleben Haykali maqolasidagi Uzoq vaqt davomida bu belgi mahalliy edi, ammo 1841-yilda Stromin qishlogʻidan birining qizi 18-yoshli qiz Marfaning halokatli kasalligidan shifo topganidan soʻng, u ulugʻlanib, cherkovga sigʻinishga kiritildi gapi nimani anglatadi? Umarxon III (munozara) 18:32, 18-avgust 2024 (UTC).
- Ikkala maqolasi ham qoʻpol xatolarga toʻla AT. Oʻchirdim. Foydalanuvchi esa roʻyxatga asosli kiritilgan. Nataev munozara 12:01, 2024-yil 17-sentyabr (UTC)
Maqolalarida AT alomatlari bor.
Ashley Johnston maqolasida Oʻzining qattiqqoʻl, uyda oʻtiradigan oʻyin uslubi uchun yopiq himoyachi sifatida tanilgan, franchayzing birinchi sardori,
Ben Eaves maqolasida Pitsburgh pingvinlari tomonidan 131-oʻrinni egalladi,
Nevriye Yılmaz maqolasida basketbol karyerasini IUSBK bilan boshlagan kabi jumlalar tushunarsiz. Boshqalarini ham koʻrib chiqish kerak. Umarxon III (munozara) 18:32, 18-avgust 2024 (UTC).
- Foydalanuvchini 397ta maqolasi bor ekan. Shundan 47tasi „tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ bandi bilan oʻchirilgan. Qolganlari orasida oʻta qoʻpol AT alomatlari bor maqolalari mavjud. Misollar: Elizabeth Williams maqolasida Keyin u Konnektikutdagi quyosh tomonidan 2015-yilgi WNBA draftida 4-oʻrinni egalladi va Atlantaga atigi bir yildan soʻng Sun bilan almashtirildi, U Breanna Styuartni har bir oʻyinda eng koʻp bloklar soni boʻyicha bogʻladi va har bir oʻyinda 7 tani qayd etdi, Uilyams kuchli boshladi, Fransiyaga qarshi birinchi oʻyinda dubl-dabl qayd etdi va yana Rossiyaga qarshi ikkinchi oʻyinda 20 ochko va 14 ribaund bilan, Uilyams Konnektikutdagi quyosh tomonidan 2015-yilgi WNBA draftida toʻrtinchi oʻrinni egalladi, U Angliyada nigeriyalik ota-onasida tugʻilgan. Megan Walker Uoker Feniksga etib keldi va Merkuriy uchun 7 oʻyinni boshladi, UConn Huskies bilan 2019-2020 NCAA mavsumi yakunlangandan soʻng, Uoker 2020 WNBA drafti uchun eʼlon qildi, Uoker va Merkuriy 2021-yilgi WNBA pley -off va 2021-yilgi WNBA finalida joy olishdi – Uokerning mavsumdan keyingi birinchi harakati. 2022-yil 13-yanvarda Merkuriy Uokerni oʻz roʻyxatidan voz kechdi. Amber Jacobs 2008-yil 23-iyunda Vashington mistiklari Jeykobsdan voz kechdi, Yangiliklar Lindsi Xarding va Noelle Quinnni sotib olishlari bilan Jacobs 2007-yilda zaxiradagi rolga qaytdi. Chantelle Anderson maqolasida Anderson, shuningdek, Vanderbilt atletika shon-shuhrat zaliga oʻzining birinchi sinfining bir qismi sifatida nom berilgan, Vanderbiltning martaba maydonida gol ulushi 65,1% ni belgiladi. Jonquel Jones maqolasida 2017-yilda Jones Connecticut Sunning boshlangʻich markaziga aylandi va ikkinchi mavsumni oʻtkazdi. 0:4 hisobidagi startdan soʻng, Jones „Sun“ni mavsumdagi birinchi gʻalabasiga olib keldi va 23 ochko va 21 ta ribaund bilan „ Chikago Sky“ ustidan 97:79 hisobida gʻalaba qozondi va uni liga tarixidagi 20-oʻyinni qayd etgan 13-oʻyinchiga aylantirdi. ball, 20-ribaund koʻrsatkichi., Gʻolib MVP Jones WNBA tarixida MVP, yilning oltinchi ayoli va WNBA eng yaxshilangan oʻyinchisi mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi oʻyinchi boʻldi. Misollar juda koʻp. Umarxon III (munozara) 14:10, 2024-yil 17-sentyabr (UTC).
- Batafsil izoh uchun rahmat! Dahshat. Siz koʻrsatgan maqolalar oʻchirildi. Roʻyxatga kiritib juda toʻgʻri qilingan. Nataev munozara 15:24, 2024-yil 17-sentyabr (UTC)
Erkyul (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Maqolalarida AT alomatlari bor. Santos Urdinaran, Conduelo Piriz, Ruud Krol, Enrique Ballesteros va boshqa maqolalari uslubiy-orfografik xatolarga juda boy. Umarxon III (munozara) 18:32, 18-avgust 2024 (UTC).
- Conduelo Piriz maqolasiga koʻz yugurtirdim. Uslubiy kamchiliklari bor, ammo oʻta qoʻpol AT alomatlarini koʻrmadim. Umuman olganda, uslubiy-orfografik xatolar ATdek jiddiy kamchilik emas. Hozircha roʻyxatdan chiqarish kerak. Jiddiy ATlariga koʻzingiz tushsa, albatta xabar bering. Nataev munozara 12:11, 2024-yil 17-sentyabr (UTC)
- Ayrim maqolalarini uslubiy xatolarini hisobga olmasa, tuzatsa boʻladi. Ayrim maqolalarida esa AT alomatlari koʻp. Bilgiqutilarda muammolar bor. Alberto Suppici maqolasida 1922-1923-yillarda Urugvay futbolining boʻlinishi paytida, Alberto Suppici Urugvay Futbol Federatsiyasi (FUF) vakili boʻlgan Urugvay terma jamoasini boshqargan., Victoriano Santos Iriarte maqolasida Klub darajasida Santos Iriarte katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi, chunki u oʻz faoliyatining koʻp qismini Montevideoning kamtarona „Rasing“ jamoasida oʻtkazdi., Hector Scarone maqolasida .Ikki karra Olimpiada chempioni-1924[3] va 1928[4] yil., Oʻn besh yoshida Hector „Nasonal“ jamoasiga oʻtishga muvaffaq boʻldi va bu unga juda koʻp kuch sarfladi, Nacional" jamoasining oʻrinbosarlari uchun beshta oʻyin Hector Scaronega bir marta va umuman bazadan joy olish uchun etarli boʻldi, Urugvay va Argentina gazetalari uni hayratda qoldi, ammo bu faqat boshlanishi edi, "Devor"dan tashqari,Hector Scarone turli yoʻnalishda oʻzgaruvchan zarba beruvchi „Urugvay zigzagi“ni ixtiro qilishdi, Shunga qaramay Kataloniyadagi samimiy uchrashuv, jamoadoshlari bilan iliq munosabatlar (jumladan, hujumchi Xosep Samitier) va unga Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi tomonidan berilgan professional maqomga qaramay, Hector Scarone unga qoʻyilgan umidlarni oqlamadi, Miguel Angel Melogno maqolasida Lekin oʻyinlarda maydonga tushmay zahira oʻrindigʻida navbatini kutgan boʻlsada, jamoa aʼzosi sifatida Amsterdam Yozgi olimpiada oʻyinlari futbol musobaqalari gʻolibi sifatida oltin medalini qoʻlga kiritgan, Jürgen Klinsmann maqolasida Sochining rangi va samaradorli oʻyimari uchun u „Oltin toʻpurar“ laqabini oldi, 2019-yilning 27-noyabr kuni u Berlinning " Gerta " klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma 2019/20-yilgi mavsum oxirigacha imzolandi [13] . 2020-yilning 11-fevralida, Bundesliga 2019/20 21-turi doirasidagi uy uchrashuvida „Gerta“ " Maynts-05 "dan (1:3) magʻlub boʻldi va 3 kun oʻtib, u isteʼfoga chiqdi[14]., Shaxmat tarixi maqolasida Jahon chempioni Garri Kasparov va raqibi Naydjel Short FIDE homiyligida boʻlmagan yana bir oʻyin oʻtkazdilar va 1993-2006-yillarda bir vaqtning oʻzida FIDE boʻyicha jahon chempionlari va „Klassik“ yoʻnalish boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. 2006-yildan jahon chempionati qur’a tashlash marosimi birlashtirildi va 2013-yildan beri uni norvegiyalik Magnus Karlsen oʻtkazmoqda. va hokazo. Umarxon III (munozara) 15:00, 2024-yil 20-oktyabr (UTC).
- Yashang, batafsil tahlil uchun rahmat. Boshqa AT jumlalarga misollar: Michael Ballack: „magʻlub boʻlib kumush medallarga ega chiqdi“; Hector Scarone: „Uning har bir jihati maʼlum darajada tasodifan va xohishidan kelib chiqadi“ („каждый её эпизод [т.е. тренерской карьеры] — в известной мере по воле случая и от желания развеяться“); Franco Baresi: „Ilk zarba Baresi tomonidan berilib yuqoriga uchirildi“ („первый удар наносил Барези и отправил мяч выше ворот“). Yuqorida yozganimdek, oʻta dahshatli emas, ammo AT alomtlari aniq bor. AT baribir AT. Roʻyxatga kiritaman, barcha maqolasini oʻchiraman. Nataev munozara 15:27, 2024-yil 20-oktyabr (UTC)
- Barcha maqolasini oʻchirmadim, sababi ayrimlariga @AnvarxonM erinmay andoza va turkum qoʻshib chiqqan, @Laziz Baxtiyorov va @Artemev Nikolay kabi foydalanuvchilar qisman tahrir qilgan. Oʻchirmagan boʻlsam-da, har biriga AT andozasini qoʻshib chiqdim.
- Maqolalarni bir-ikki jumladan iborat chala maqola shakliga keltirish yoki birma-bir koʻrib chiqish kerak. Shunda saqlab qolishimiz mumkin boʻladi. @Umarxon III@AnvarxonM shu ishni birgalikda qilaylik. Olib qolingan maqolalar: Asqar Jadigerov, Cafu, Gerd Müller, Igor Shkvirin, Johan Cruyff, Karl-Heinz Rummenigge, Lothar Matthäus, Oleg Bloxin, Pedro Cea, Roberto Baggio, Zayniddin Tojiev. Nataev munozara 15:51, 2024-yil 20-oktyabr (UTC)
- Xo'p aka, man har birini ko'rib chiqaman. AnvarxonM (munozara) 16:02, 2024-yil 20-oktyabr (UTC)
- Albatta, birgalikda tahrirlab chiqamiz. Umarxon III (munozara) 16:37, 2024-yil 20-oktyabr (UTC).
- Xo'p aka, man har birini ko'rib chiqaman. AnvarxonM (munozara) 16:02, 2024-yil 20-oktyabr (UTC)
- Yashang, batafsil tahlil uchun rahmat. Boshqa AT jumlalarga misollar: Michael Ballack: „magʻlub boʻlib kumush medallarga ega chiqdi“; Hector Scarone: „Uning har bir jihati maʼlum darajada tasodifan va xohishidan kelib chiqadi“ („каждый её эпизод [т.е. тренерской карьеры] — в известной мере по воле случая и от желания развеяться“); Franco Baresi: „Ilk zarba Baresi tomonidan berilib yuqoriga uchirildi“ („первый удар наносил Барези и отправил мяч выше ворот“). Yuqorida yozganimdek, oʻta dahshatli emas, ammo AT alomtlari aniq bor. AT baribir AT. Roʻyxatga kiritaman, barcha maqolasini oʻchiraman. Nataev munozara 15:27, 2024-yil 20-oktyabr (UTC)
- Ayrim maqolalarini uslubiy xatolarini hisobga olmasa, tuzatsa boʻladi. Ayrim maqolalarida esa AT alomatlari koʻp. Bilgiqutilarda muammolar bor. Alberto Suppici maqolasida 1922-1923-yillarda Urugvay futbolining boʻlinishi paytida, Alberto Suppici Urugvay Futbol Federatsiyasi (FUF) vakili boʻlgan Urugvay terma jamoasini boshqargan., Victoriano Santos Iriarte maqolasida Klub darajasida Santos Iriarte katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi, chunki u oʻz faoliyatining koʻp qismini Montevideoning kamtarona „Rasing“ jamoasida oʻtkazdi., Hector Scarone maqolasida .Ikki karra Olimpiada chempioni-1924[3] va 1928[4] yil., Oʻn besh yoshida Hector „Nasonal“ jamoasiga oʻtishga muvaffaq boʻldi va bu unga juda koʻp kuch sarfladi, Nacional" jamoasining oʻrinbosarlari uchun beshta oʻyin Hector Scaronega bir marta va umuman bazadan joy olish uchun etarli boʻldi, Urugvay va Argentina gazetalari uni hayratda qoldi, ammo bu faqat boshlanishi edi, "Devor"dan tashqari,Hector Scarone turli yoʻnalishda oʻzgaruvchan zarba beruvchi „Urugvay zigzagi“ni ixtiro qilishdi, Shunga qaramay Kataloniyadagi samimiy uchrashuv, jamoadoshlari bilan iliq munosabatlar (jumladan, hujumchi Xosep Samitier) va unga Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi tomonidan berilgan professional maqomga qaramay, Hector Scarone unga qoʻyilgan umidlarni oqlamadi, Miguel Angel Melogno maqolasida Lekin oʻyinlarda maydonga tushmay zahira oʻrindigʻida navbatini kutgan boʻlsada, jamoa aʼzosi sifatida Amsterdam Yozgi olimpiada oʻyinlari futbol musobaqalari gʻolibi sifatida oltin medalini qoʻlga kiritgan, Jürgen Klinsmann maqolasida Sochining rangi va samaradorli oʻyimari uchun u „Oltin toʻpurar“ laqabini oldi, 2019-yilning 27-noyabr kuni u Berlinning " Gerta " klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma 2019/20-yilgi mavsum oxirigacha imzolandi [13] . 2020-yilning 11-fevralida, Bundesliga 2019/20 21-turi doirasidagi uy uchrashuvida „Gerta“ " Maynts-05 "dan (1:3) magʻlub boʻldi va 3 kun oʻtib, u isteʼfoga chiqdi[14]., Shaxmat tarixi maqolasida Jahon chempioni Garri Kasparov va raqibi Naydjel Short FIDE homiyligida boʻlmagan yana bir oʻyin oʻtkazdilar va 1993-2006-yillarda bir vaqtning oʻzida FIDE boʻyicha jahon chempionlari va „Klassik“ yoʻnalish boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. 2006-yildan jahon chempionati qur’a tashlash marosimi birlashtirildi va 2013-yildan beri uni norvegiyalik Magnus Karlsen oʻtkazmoqda. va hokazo. Umarxon III (munozara) 15:00, 2024-yil 20-oktyabr (UTC).
Maqolalarida AT alomatlari bor. Charles De Ketelaere, Valentino Lazaro, Ty Abbott, Neco Williams va boshqa maqolalari boshdan oyoq avtomat tarjima. Koʻrib chiqish kerak. Umarxon III (munozara) 18:32, 18-avgust 2024 (UTC).
- Ushbu foydalanuvchining Charles De Ketelaere maqolasida
- U oʻyinni boshladi va 57-daqiqada Paris Saint-Germainga 1:0 hisobida boʻlganida zaxiraga olindi, oʻyin 5:0 hisobida magʻlubiyat bilan yakunlandi.
- 2021-yil, 10-oktyabrda u Belgiya terma jamoasidagi debyut golini Millatlar ligasida Italiyaga 3-oʻrin uchun pley-off oʻyinida 2:1 hisobida yutqazdi.
- kabi mantiqsiz va ATdan iborat matnlar mavjud. Foydalanuvchining bir nechta maqolalarini koʻrib chiqqan holda mazkur roʻyxatga kiritilishi kerak deb hisoblayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:41, 2024-yil 18-sentyabr (UTC)
- Yuqorida koʻrsatilgan maqolalar oʻchirildi, foydalanuvchining jadvaldagi statusi yangilandi. Nataev munozara 13:37, 2024-yil 19-sentyabr (UTC)
Tarjima maqolalarining katta qismi AT. Misollar:
- Roberta D'Adda maqolasida boʻlim nomi xato tarjima qilingan. Maqola matnida ham tushunarsiz jumlalar koʻp.
- Federica Di Criscio maqolasida: "italiyalik futbolchi himoyachisi yoki yarim himoyachisi, A Seriyaning „Napoli“ klubi[1] jamoasida oʻynaydi, u bilan UEFA ayollar chempionlar ligasida ham oʻynagan." va hokazo.
Hissasi tekshirib chiqilishi va AT maqolalari oʻchirilishi kerak. --Hasan Xamidovich (munozara) 10:37, 22-avgust 2024 (UTC)
- Xiangguo Qiu maqolasida „xitoylik kanadalik virusolog, Manitoba universitetining tibbiy mikrobiologiya boʻyicha sobiq yordamchi professori va Kanada Sogʻliqni saqlash agentligining (PHAC) maxsus patogen dasturining Vaktsinani ishlab chiqish va virusga qarshi terapiya boʻlimining sobiq rahbari.“ – gap juda uzun va tushunarsiz. "Education and career" jumlasi „Taʼlim va martabasi“ shaklida tarjima qilingan. „Martabasi“ emas, „faoliyati“ deyilsa, toʻgʻri boʻladi. Shu maqolada Tianjin universitetining nomi Tyantszin shaklida xato yozilgan. Gary Kobinger esa Gari Kobinger deb yozib ketildan. Kishilarning ismlari aslidek yozilishi kerak edi.
- Elisabetta Bavagnoli maqolasidagi bilgiquti ustida umuman ishlanmaganligi unda inglizcha soʻzlarning qolib ketganidan maʼlum. Content translation tool qanday variant taklif qilgan boʻlsa, shundayligicha qoldirilgan. Maqola matnida ham tushunarsiz gaplar koʻp: Oʻng qanot himoyachisi sifatida u toʻliq orqa, keyin esa yon yarim himoyachiga aylandi; U oʻyininig oxirgi kunlarini supuruvchi sifatida tugatdi; Bavagnoli oʻz jamoalarini anʼanaviy 4-4-2 hisobida yuboradi, lekin baʼzida qoʻl ostidagi oʻyinchilarga qarab oʻzi yoqtirgan tarkibdan chiqib ketadi. Aslida „Yutuqlari“ deb tarjima qilinishi kerak boʻlgan „Faxrlar“ boʻlimida esa rasmiylashtirish bilan bogʻliq xatoliklar bor.
- Manuela Giugliano maqolasi ham tuzatib boʻlmas mashina tarjimasidan iborat: „U Treviso hududidagi Istrana shahrida oʻsgan, ammo uning butun oilasi Neapoldan“; Klub nomi "Breshiya" emas "Brescia"; Bilgiqutida inglizcha soʻzlar qolib ketgan; „Roma“dagi birinchi mavsumida va asosan 2019-yilgi Jahon chempionatida Italiya bilan oʻynagan oʻyinlari tufayli Giugliano 2019 Gran Gala del Kalsioda Italiya futbolining „Yilning eng yaxshi ayol oʻyinchisi“ sovrinini qoʻlga kiritdi. – tushunarsiz gap. Chempionat nomi ham xato yozilgan. Aslidek qoldirilishi kerak edi. Hasan Xamidovich (munozara) 17:19, 2024-yil 19-sentyabr (UTC)
- Katta rahmat. Siz koʻrsatgan uch maqola oʻchirildi. Foydalanuvchining roʻyxatdagi statusini yangiladim. Nataev munozara 08:21, 2024-yil 20-sentyabr (UTC)
Kibumbu maqola manbasiz, chala maqola. Bir gapdan iborat, ammo shu ham AT. James Fenimore Cooper ham AT ("Uning karerasini boshlagan roman "Josus „ edi, bu Amerika Inqilob urushi davrida oʻtkaziladigan va 1821 yilda nashr etilgan josuslik hayoti haqidagi hikoya“ va h.). Qolgan maqolalari ham koʻrib chiqilishi kerak. Nataev munozara 18:05, 24-avgust 2024 (UTC)
- James Fenimore Cooper hozir OʻzMEdan olingan maqolaga yetaklaydi, chunki AT maqolani oʻchirib, OʻzME maqolasini qayta nomladim. Nataev munozara 12:34, 2024-yil 15-sentyabr (UTC)
- Misol uchun Portland Timbers maqolasi, aniq AT oʻchirilishi kerak, koʻp maqolalari oʻchgani sabab misol keltirish qiyinroq, stublar esa, oromgohda shablon qilib yaratilgan, lekin ualrda ham xatoliklar mavjud – Axadjon1 (munozara) 06:15, 2024-yil 18-sentyabr (UTC)
- Rahmat, roʻyxatga kiritaman. Siz koʻrsatgan AT maqolasini oʻchirdim. Nataev munozara 06:19, 2024-yil 18-sentyabr (UTC)
- Ushbu foydalanuvchining ayrim hissalarida bilgiqutidan boshqa hech qanday maʼlumot koʻrmadim. U ham talabga javob beradi deb oʻylamayman. Bunga Baburugama va Diddeniya kabilarni misol qilib keltirishim mumkin. Bundan tashqari tarjima qilib yaratgan boshqa maqolalarida ham AT alomatlari yaqqol sezilib turibdi. – Miss Kamola (munozara) 11:33, 2024-yil 18-sentyabr (UTC)
- Siz tilga olgan test sahifalari oʻchirildi. Qolgan hissasi ham koʻrib chiqilishi kerak. Nataev munozara 14:12, 2024-yil 19-sentyabr (UTC)
Usmonov Gayrat (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) yaratgan maqolalarning katta qismida tarjima uskunasi alomatlari yaqqol sezilib turadi. Ushbu foydalanuvchini ham mazkur roʻyxatga qoʻshilishini taklif qilaman. – Kamol Azzam (munozara) 18:39, 2024-yil 5-sentyabr (UTC)
- Michael Emerson maqolasini olaylik. „… kotoraya trebovala ot studentov pomoщi na vsex etapax sozdaniya shou, ot podvesnix svetilnikov i stroitelnix dekoratsiy do rejissuri“ jumlasini „u talabalardan shou yaratishning barcha bosqichlarida, marjon chiroqlari va qurilish toʻplamlaridan tortib rejissyorlikgacha yordam talab qiladi“, „Gorod prosto vibil menya iz kolei“ gapini esa „Shahar meni bezovta qildi“ deb olgan. Bundan tashqari, maqolada ayni gaplarni ikki marta takorlagan, ismlarni VP:MNKIga zid ravishda transliteratsiya qilgan, vikifikator ishlatmagan. Birgina maqolasida shuncha kamchilik. Vikiomoborda esa mualliflik huquqlarini buzib kelyapti ekan. Roʻyxatga kiritilishi va barcha maqolasi koʻrib chiqilishi kerak. Nataev munozara 05:29, 2024-yil 18-sentyabr (UTC)
- Hamma tarjima maqolalarimni birma-bir koʻrib chiqaman va xatolarimni tuzataman. Usmonov Gayrat (munozara) 15:04, 2024-yil 23-sentyabr (UTC)
- @Usmonov Gayrat, tahrir jarayoni qanday ketyapti? AT tuzatilgan tahrirlaringizga muayyan misollarni keltira olasizmi? Nataev munozara 23:05, 2024-yil 17-oktyabr (UTC)
- Assalomu alaykum, @Nataev, tahrir qilishda davom etayabman. Hozircha, quyida (misol tariqasida ba'zilarini sanab oʻtdim) tahrir qilgan bazi maqolalarimni qoldiraman:
- Jabbi Kasran, Jafarobod (Hunza), Jaffarobod (Gilgit), Usmanovo (Aurgazi tumani) - kabi stub maqolarga andoza va tuzatishlar kiritdim.
- Shoushenkdan qochish (soundtrek), Dilshod Niyazov, Dilshod Nazarov - kabi maqolarga andoza, jadval va tuzatishlar kiritdim.
- Usmonov Gayrat (munozara) 14:56, 2024-yil 19-oktyabr (UTC)
- @Usmonov Gayrat, Jabbi Kasran chala maqolasi oʻzi bir jumladan iborat, shu ham (tahriringizdan keyinam) AT. en:Union councils of Pakistan maqolasini ochib koʻring-chi, u yerda kasaba uyushmasi haqida biror gap bormikin. Jafarobod (Hunza) va Jaffarobod (Gilgit) chala maqolalarini olaylik. „Pokistonning Gilgit-Baltistonning Nagar tumanida“ nima degani? Usmanovo (Aurgazi tumani) maqolasini olaylik. en:Demonym, yaʼni etnoxoronim soʻzini tushunmasdan AT qilib, kamida qishloq nomini „Usmonov“ deb olgansiz!
- Shoushenkdan qochish (soundtrek) chala maqolasini olaylik. Birinchidan, rasmiy tarjimasi yoʻq asarlar nomi aslidek olinadi. Ikkinchidan, „If I Didnʼt Care“ oʻzbekcha „Agar menga ahamiyat bermaganimda“ degani emas! Bemaʼni AT. Dilshod Niyazov maqolasini olaylik. Odamda „balandlik“ boʻlmaydi, boʻy boʻladi. Nihoyat, Dilshod Nazarov maqolasi ham AT elementlaridan xolis emas. „bolgʻa boʻyicha chempion boʻlgan“ nima degani? Qanaqa bogʻla? „Bolgʻa uloqtirish“ degan sport turi bor, ammo „bolgʻa“ degan sport yoʻq. „Tojikiston poytaxti Dushanbeda tavallud topgan uning birinchi eʼtiborga molik xalqaro natijasi 1997-yilgi Gʻarbiy Osiyo oʻyinlarining bronza medali boʻlgan“ nima degani? Natija Dushanbeda tugʻilganmi shunda?
- Bu foydalanuvchi uchiga chiqqan ATchi. Tuzatgan maqolalari shu ahvolda boʻlsa, qolganlar qanday ahvolda ekin? Tasodifiy maqolalarini tahlil qilganda AT alomatlari aniqlansa, barcha hissasini oʻchirib tashlash tarafdoriman. @Kamol Azzam, ishida yana AT alomatlariga koʻzingiz tushsa, ulashing. Nataev munozara 00:02, 2024-yil 27-oktyabr (UTC)
- Jabbi Kasran maqolasi haqidagi fikrlarga men ham qoʻshilaman. Pokistonning Union councillari bizdagi qishloq fuqarolar yigʻini (QFY)ga oʻxshash narsa ekan. Qishloq kengashi debmi tarjima qilgan yaxshi Janob Mirzaolim (munozara) 07:01, 2024-yil 27-oktyabr (UTC)
- Assalomu alaykum, @Nataev, tahrir qilishda davom etayabman. Hozircha, quyida (misol tariqasida ba'zilarini sanab oʻtdim) tahrir qilgan bazi maqolalarimni qoldiraman:
- @Usmonov Gayrat, tahrir jarayoni qanday ketyapti? AT tuzatilgan tahrirlaringizga muayyan misollarni keltira olasizmi? Nataev munozara 23:05, 2024-yil 17-oktyabr (UTC)
- Hamma tarjima maqolalarimni birma-bir koʻrib chiqaman va xatolarimni tuzataman. Usmonov Gayrat (munozara) 15:04, 2024-yil 23-sentyabr (UTC)
Dinara.egamberdieva (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) ushbu foydalanuvchi hissasi tahrirga muhtoj.
Misol: Tojik-afgʻon doʻstlik koʻprigi maqolasida
2004-yil iyul oyida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Afgʻoniston vitse-prezidenti Neʼmatulloh Shahroniy va Imom Ogʻa Xon tomonidan ochilgan koʻprik Ogʻa Xon taraqqiyot tarmogʻi (AKDN) tomonidan Birlashgan davlatlar hukumatlari hamkorligida 500 000 AQSh dollari qiymatida qurilgan. Shtatlar va Norvegiya[1]. Bu AKDN tomonidan Tojikiston va Afgʻoniston oʻrtasida Panj daryosi boʻylab qurilayotgan koʻpriklar seriyasining ikkinchisi edi. (Amudaryo Panj va Vaxsh daryolarining tutashgan joyidan boshlanadi.) Uzunligi 135 metr boʻlgan osma koʻprikning kengligi 3,5 metr va yuk koʻtarish quvvati 25 metrik tonna boʻlgan bir yoʻlli bor.[1] U ham savdo, ham yoʻlovchi tashishni amalga oshiradi va ikki davlat oʻrtasida doimiy quruqlik aloqasini ifodalaydi.
yoki Narsırtı (Kahta) maqolasida
Narsırtı-Turkiyaning Adiyaman viloyati Kaxta tumaniga qarashli qishloqdir[1]. Amerika Qoʻshma Shtatlari Evropa Garri Potter Bennidikt Kamberbatch kabi ortiqcha, maqolaga oid boʻlmagan soʻzlarni uchratish mumkin. — Bu xabarni Boburjon Xidirov (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
- Narsırtı (Kahta) maqolasi oʻchirildi. Dappen stakani maqolasida esa „Dappen glasses are most commonly used in dentistry“ jumlasi „Dappen koʻzoynaklari stomatologiyada“ (!) oʻlaroq oʻgirilgan. Uchiga chiqqan ATchi. Aholi punktlari haqidagi chala maqolalarini olib qolish mumkindir, ammo boshqa barcha maqolasi koʻrib chiqilishi kerak. Roʻyxatga kiritaman. Nataev munozara 12:34, 2024-yil 17-sentyabr (UTC)
Mahmudova Gulsanam (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Ushbu roʻyxatga Mahmudova Gulsanamni ham qoʻshishni taklif etaman. Tabun tumaniga tegishli barcha aholi punktlarini xato nomlagan va maqolalarida AT alomatlari bor. Masalan, Oltoy o'lkasi, Tabunskiy tumani, Aleksandrovka, Altayskoye, Tabunskiy tumani, Oltoy o'lkasi, Oltoy o'lkasi (Tabunskiy tumani Georgiyevka), Kamishenka, Tabunskiy tumani, Oltoy o'lkasi va yana bir qancha misollarni keltirish mumkin. Boburjon Xidirov (munozara) 09:16, 2024-yil 17-sentyabr (UTC)
- Xato nomlangan Cake(musiqiy guruhi) maqolasida „Formation and Motorcade of Generosity (1991–1996)“ sarlavhasini boplab „Saxiylikning shakllanishi va korteji (1991—1996)“ oʻlaroq oʻgiribdi. Roʻyxatga kiritilishi, har bir maqolasi koʻrib chiqilishi kerak. Nataev munozara 12:17, 2024-yil 17-sentyabr (UTC)
Lobar Ulugʻbekovna
[manbasini tahrirlash]Lobar Ulug'bekovna (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Ushbu foydalanuvchining Abtar ( Sistan and Baluchestan), Kahapathwela kabi aholi punktlariga bagʻishlangan maqolalari juda abgor ahvolda. Gimnosoflar maqolasi ham ATdan iborat. Jamshid Nurqul (munozara) 21:19, 2024-yil 22-sentyabr (UTC)
- Siz tilga olgan maqolalari oʻchirildi. Foydalanuvchini esa roʻyxatga kiritildi. Nataev munozara 01:42, 2024-yil 3-oktyabr (UTC)
Odina0721
[manbasini tahrirlash]Odina0721 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Ushbu foydalanuvchining Henry E. Brady, Badaxshon viloyati hokimlari roʻyxati maqolalari AT dan iborat. Badaxshon viloyati hokimlari roʻyxati maqolasida gaplar ingliz tilida qolib ketgan. Jamshid Nurqul (munozara) 20:25, 2024-yil 23-sentyabr (UTC)
- Har bir maqolasini koʻrib chiqib, saqlab qolish mumkin boʻlgan chala maqolalaridan tashqari barcha maqolasini oʻchirdim. Saqlab qolingan maqolalarning deyarli barchasida mashina tarjimasi andozasini qoʻshdim, chunki noʻnoq tarjimadan tashqari maqola nomlarini ham tuzatib chiqish kerak. Yordam bera olasizmi, @Jamshid Nurkulov? Saqlab qolingan barcha maqolasiga link. Nataev munozara 02:33, 2024-yil 3-oktyabr (UTC)
- Yordam beraman. Jamshid Nurqul (munozara) 13:13, 2024-yil 3-oktyabr (UTC)
- Tashakkur! Nataev munozara 02:04, 2024-yil 4-oktyabr (UTC)
- Yordam beraman. Jamshid Nurqul (munozara) 13:13, 2024-yil 3-oktyabr (UTC)
Ushbu foydalanuvchi ham asosan AT maqolalar yaratgani aniqlandi. Hurmatli faollar sizlar ham xolislik uchun bir koʻzdan kechirib qoʻyishingizni iltimos qilaman. Mirzoulugʻbek |@ 23:33, 2024-yil 25-sentyabr (UTC)
- Aziz Sancar maqolasiga koʻz yugurtirdim. Oʻta dahshatli emas. Content Translation uskunasini ruschadan nisbatan yaxshi tarjima qiladi. Muayyan xatolarni koʻrsangiz, diff linklar bilan ulashsangiz soz boʻlardi. Nataev munozara 02:44, 2024-yil 3-oktyabr (UTC)
Aslzar (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Bu foydalanuvchi surunkali ATchilardan. Hissasi butunlay oʻchirilishi kerak deb oʻylayman. 447ta maqola yaratgan, shundan 16tasi oʻchirilgan. Katta hajmli maqolalarni tuzatishlarsiz chop etavergan. Maqolalarida ichki havolalar deyarli yoʻq. Misollar: Sean Combs maqolasida sanʼat nomi bilan tanilgan, Uptown Records kompaniyasida isteʼdodlar direktori sifatida ishlagan, 2024-yil mart oyida Combs bilan bogʻliq bir nechta mulklar Homeland Security Departamentining davom etayotgan tekshirish qismi sifatida talon-toroj qilingan, 1987-yilda Sent-Maykl togʻidagi barcha oʻgʻil bolalar katolik maktabini tamomlagan, 1994-yildan 2007-yilgacha davom etgan Kimberli Porter bilan qayta-qayta aloqada boʻlgan, Uning onasi Dana Tran 2022-yil noyabr oyida Kombs va uning ikkinchi toʻngʻich oʻgʻli bir vaqtning oʻzida 1-raqamli hitlarga ega boʻlgan birinchi ota-oʻgʻil dueti boʻlgan va hokazo. Kimmi Repond maqolasida René ismli rahbar maslahatchisi va Claudia ismli advokatning otasi boʻlib tugʻilgan, Repond dekabr oyining oʻrtalarida oʻzining birinchi katta yoshdagi Shveysariya Figure Skating chempionatida ishtirok etgan, Repond oxir-oqibat oʻzining birinchi kattalar Jahon chempionatida sakkizinchi oʻrinni egallagan va hokazo. Shveysariya pasporti maqolasida Shveytsari pasporti 2022-yildan boshlab zamonaviy Shveytsarida biometrik pasportining old muqovasi Pasport yozing Shveytsarida tomonidan chiqarilgan Birinchi 1915-yil 10-dekabrda chiqarilgan (birinchi versiya) 2003-yil 1-yanvar (mashinada oʻqiladigan pasport) 2006-yil 4-sentyabr (biometrik pasport) 2010-yil 1-mart (hozirgacha eng soʻnggi versiya) 2022-yil 31 oktyabr (joriy versiya) Maqsadni aniqlash Muvofiqlik Shveytsarida fuqaroligi muddati kattalar uchun 10 yil, 17 yoshgacha boʻlgan voyaga etmaganlar uchun 5 yil Narxi 140 CHA (kattalar) / CHA 60 (kichik), 1959-yilda Xavfsiz xavflarning oʻziga xos qizil pasporti yaratilgan, Romans soʻnggi 85-pasga referendumdan soʻng toʻrtinchi Shveytsarida milliy tili deb eʼlon qilingandan keyin qoʻshildi, Shveytsarida pasportlari (pas 03, 06 va 10) 40 sahifa (olgʻa 32 sahifa oʻrniga) va maʼlumot sahifasini oʻz ichiga oladi va hokazo. Chincoteague pony maqolasida Merilend podasidan ponyalar (Milliy bogʻ xizmati adabiyotida Assateague otlari deb ataladi) Assateague orolining milliy dengiz qirgʻogʻida yashaydi, Uning oʻrniga Striking Cadet („Striking Gold“) dafna arab aygʻri keltirishgan, "Chikagodagi otlar sharhi" asarida Assateague rezidenti zotni yaxshilash maqsadida „Kanada naslli pony aygʻir“ni olib kelib, ozod qilganini yozgan, Dart bilan davolash paytida hech qanday ot jarohatlanmagan va hokazo. Ford Mustang SVT Cobra maqolasida Haydovchi va oldingi yoʻlovchilarga mos keladigan havo qopchiqlari bilan faol xavfsizlik quroli, orqa gilam va oʻralgan yuk qopqogʻilari bilan jihozlangan, Cobra R, tana uslubi, model raqami va dvigatel uchun bir xil kodlarni baham koʻrgan va hokazo. Umarxon III (munozara) 13:24, 2024-yil 1-oktyabr (UTC).
- Baraka toping, @Umarxon III. Yuqorida siz keltirigan barcha maqola oʻchirildi, foydalanuvchi esa ogohlantirildi, maqolalarini tahrirlashga chorlandi va tarjima uskunasini muntazam suiisteʼmol qilgan foydalanuvchilar qora roʻyxatiga kiritildi. Nataev munozara 01:58, 2024-yil 4-oktyabr (UTC)
- Jensen-Healey maqolasida „a luxurious and convertible sports car“ jumlasini „konvertatsiya qilinadigan sport avtomobili“ deb tarjia qilgan. Mekelle maqoalsida „It is located around 780 kilometres (480 mi) north of the Ethiopian capital Addis Ababa, with an elevation of 2,254 metres (7,395 ft) above sea level“ jumlasini „Efiopiya poytaxti Addis-Abeba shahriga yaqin 780 kilometr (480 mi) uzoqlikda joylashgan boʻlib, dengiz darajasiga 2 254 metr (7 395 fut) balandlikda joylashgan“ deb oʻgirgan. Chinchilla maqolasida esa „Both species of chinchilla are currently listed as Endangered by the IUCN Red List of Threatened Species due to a severe population loss approximated at a 90% global population loss over the last 15 years“ gapini „Hozirgi vaqtda chinchillaning ikkala turi IUCN Qizil roʻyxatida xavf ostida boʻlgan turlar roʻyxatiga kiritilgan, chunki soʻnggi 15 yil ichida dunyo aholisining 90% ga kamaygan“ deb olgan. Va hokazo.
- Aholi punktlari haqidagi chala maqolalaridan boshqa barcha yaratgan kontenti oʻchirildi. Ammo aholi punktlari haqidagi maqolalari orasida ham bemaʼni AT tarjimalar koʻp. Masalan, Moca (Dominican Respublikasi) maqolasida „In 1845, Moca is designated common of the department of La Vega“ jumlasi (inglizcha jumla oʻzi gʻaliz) „1845-yilda Moca La-Vega departamentining umumiy qismi hisoblangan“ den oʻgirilgan. Shunday ekan, aholi punktlari haqidagi 267 ta maqolasi birma-bir koʻrib chiqilishi kerak. Umarxon III, mabodo saralashga yordam bera olmaysizmi? Nataev munozara 21:07, 2024-yil 10-oktyabr (UTC)
Dindinchik oo11 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
136ta maqola yaratgan, shundan 10tasi oʻchirilgan. AT alomatlari bor maqolalariga misollar: Stole Dimitrievski maqolasida Copa del Reyning ikkinchi davrasida u 7-sentabr kuni 1-ni magʻlub etib, debyut qildi, yoshlar miqyosida 28 Cap (assotsiatsiya futboli) oʻyinini qoʻlga kiritdi, U 2020-2021 ikkinchi divizionga koʻtarilish mavsumida asosiy darvozabon boʻlgan, UEFA Euro 2020 kechikkan final bosqichiga chaqirildi va hokazo. Sergio Camello maqolasida 2019-yil 18-may kuni Ispaniya futbol chempionatida „matraschilar“ning asosiy jamoasida oʻynadi va tanaffusda Parti Tomas oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi va hokazo. Hissasi tekshirilishi kerak. Umarxon III (munozara) 13:24, 2024-yil 1-oktyabr (UTC).
- Yuqorida tilga olingan AT maqolalar oʻchirildi, foydalanuvchi esa qora roʻyxatga kirildi. Nataev munozara 02:03, 2024-yil 4-oktyabr (UTC)
Shahriyorxon (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) Bu foydalanuvchi hozirga qadar 1513 maqolani yaratgan.
- Grotto bulog'i maqolasida Hozirgi vaqtda „Tsarskoye Selo“ davlat muzey-qoʻriqxonasi maʼmuriyati ichimlik suvi standartlariga javob bermaydi (qattiqligi boʻyicha) va ichimlik uchun moʻljallanmaganligi sababli manbadan ichimlik suvini ichish tavsiya etilmaydi gapda gʻalizlik bor. Huddiki mamuriyat ichimlik suvi standartiga mos kelmaydi degan maʼnoda kelgan. Gapni ikkiga boʻlish kerak boʻlgan.
- Limnichidae maqolasida esa adabiyotlar boʻlimini shunday nusxalab olib oʻtilgan.
Bu foydalanuvchini ushbu roʻyhatga hissasini koʻrib chiqgan holda qoʻshishni tavsiya qilaman – Axadjon1 06:03, 2024-yil 4-oktyabr (UTC)
- Asosan aholi punktlari haqida chala maqolalarni yaratgan ekan. Tarjimalari oʻta dahshatli emas. Oʻzingiz nima deysiz, Shahriyorxon? Nataev munozara 15:22, 2024-yil 4-oktyabr (UTC)
- Agar tuzatib chiqsalar, zoʻr boʻlgan boʻlar edi. Axadjon1 15:54, 2024-yil 4-oktyabr (UTC)
Xasanboy off (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) Foydalanuvchi hozirga qadar 456 ta maqola yaratgan bulardan 17 tasi oʻchirilgan. Ushbu foydalanuvchi roʻyhatga qoʻshilishi uchun asosiy sabab deb:
- Bum, Qabala bu maqolani xato nomlagan, maqoladagi manbada ham muammolar bor. Maqola oʻzi 2 ta gapdan iborat ammo Ozarbayjonning Qabala tumanidagi va munitsipalitet qishlogʻi menimcha munitsipalitet qishloq boʻlmas edi, munitsipalitetdagi manashu qishoq deyish kerak edi.
- Ivan Glazunov maqolasida esa ruschadan S 1849 po 1882 god firma Glazunovix pod upravleniem Ivana Ilicha vipustila 205 izdaniy, gapini 1849-1882 yillarda Ivan Ilich rahbarligidagi Glazunov firmasi 205 ta nashrni nashr etadi. koʻrinishida tarjima qilgan, bu ham maʼno jihatidan xato.
Ushbu maqola va boshqa maqolalarda ham aksar tarjima maqolalarida Manbalar emas Eslatmalar koʻrinishida boʻlimlarni nomlagan va yana Adabiyotlar emas Adabiyot bu boʻlim ham shunday.
- Jeani Marie Buss maqolasida esa
Jeani Marie Bussning otasi 2013-yilda vafot etganidan soʻng, uning Leykersga egalik huquqi uning olti farzandiga oilaviy ishonch orqali oʻtdi va har bir aka-uka teng ovozga ega boʻladi. Buss jamoa prezidenti va NBA boshqaruv kengashidagi Lakers vakili lavozimini egalladi. 2020-yilda oʻz jamoasini NBA chempionatiga olib borgan birinchi ayol nazorat egasiga aylandi. gʻaliz tarjima qilingan.
- Melanxolik odam maqolasida Portraits of the Insane shu jumlani Jindanorlar deya tarjima qilgan.
- Kuni kecha u yaratgan Ulug‘bek Shodibekov haqida yaratilgan maqolasi esa, hozircha oʻchirish uchun munozarada turibdi, va yana shunday yangi maqolalari koʻp.
- Ushbu maqoladagi:
Keyingi yillarda „Pul“, „Bu hayot“, „Bemano“, „Yoshkik oʻtib zadati“, „Dotim“, „Xayolida“, „Sen Ketma“, „Onam“, „Zara“, „Qalb“, „Oʻsha Xit“, „Atayya Kun“, „Oqibat va Belissimo“ kabi xitlari Ulugʻbek Shodibekov tomonidan kuylandi va yana Xususan, 2018-yilda katta ekranlarda namoyish etilgan „Qoʻshni Ulugʻbek“, „Sasha aka“ filmlari aktrisaga katta shuhrat keltirdi. shu gaplari Vikipediyaning Betaraflik qoidalarga toʻgʻri kelmaydi deb oʻylayman.
Shularni sabab qilib koʻrsata olaman.
Bu foydalanuvchini hissasini koʻrib chiqib ushbu roʻyhatga qoʻshishni taklif qilaman – Axadjon1 15:43, 2024-yil 5-oktyabr (UTC)
- Surunkali ATchi. Roʻyxatga kiritaman. Nataev munozara 13:49, 2024-yil 6-oktyabr (UTC)
J.Doniyorovich (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) ushbu foydalanuvchining 296 ta maqolasidan 106 tasi oʻchirilgan, faqatgina 1 ta katta maqolasi saqlanib qolibdi, u ham boʻlsa AT. Starling Marte maqolasida:
- Starling Xaver Marte(1988-yil 9-oktabrda tugʻilgan, Santo Dominko shahrida) – Dominikanlik beysbol oʻyinchisi, Beysbol Oliy Ligasining Nyu-York Mets jamoasida oʻynagan. 2016-yilgi Yulduzlar ligasining aʼzosi hisoblanadi. Ikki karra Oltin qoʻlqop sovrindori. Dominikan Respublikasi terma jamoa kuchli futbolchisi.
- Dastlab beysbolchi boʻlgan inson, keyinchalik futbolchi boʻlib qolibdi:)
Qolgan maqolalari esa geografiya oid chala ekan, boshqa yirik maqolalari yoʻq. Boburjon (munozara) 17:41, 2024-yil 6-oktyabr (UTC)
- Yuqorida koʻrsatilgan maqolani oʻchirdim, maqolada gaplar bir biriga qovushmagan, 100 foiz AT. Foydalanuvchini esa roʻyhatga kiritaman Axadjon1 18:45, 2024-yil 6-oktyabr (UTC)
- Yashang, @Axadjon1. P.S. Qarang: roʻyxat. :) Nataev munozara 23:08, 2024-yil 17-oktyabr (UTC)
- Hamma maqolalarimni to‘g‘irlayman, Kamchiliklarni bartaraf etaman 84.54.114.153 11:26, 2024-yil 24-oktyabr (UTC)
- @J.Doniyorovich, yuqorida IP adresdan siz yozingizmi? Siz boʻlsangiz, barcha hissangizni, maqolalardagi har bur jumla, har bir atamani koʻrib chiqib, bizga xabar bering. Nataev munozara 00:05, 2024-yil 27-oktyabr (UTC)
- Assalomu alaykum uzur wikipediaga kirmay turib yozib yuboribman. Xo'p hamma hissamni ko'rib chiqaman. J.Doniyorovich (munozara) 05:02, 2024-yil 27-oktyabr (UTC)
- @J.Doniyorovich, yuqorida IP adresdan siz yozingizmi? Siz boʻlsangiz, barcha hissangizni, maqolalardagi har bur jumla, har bir atamani koʻrib chiqib, bizga xabar bering. Nataev munozara 00:05, 2024-yil 27-oktyabr (UTC)
Mahmudjonova Madina (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) ushbu foydalanuvchining Akçakoca maqolasida . Lotin imperiyasi yoki Nikeya imperiyasi davrida Akçakocadagi Akçakoca qal’asi (Geneviz qal’asi) taʼmirlangan yoki qurilgan.
Bitta kichik boʻlimi shunchaki Respublikasi deb nomlangan. MirfayzbekAbdullayev (munozara) 15:17, 2024-yil 8-oktyabr (UTC)
- Oxirgi yaratgan maqolasi – Szentistvánbaksani olaylik. „the charcoal burners who settled down in the areaʼs oak and beech forests, piled up the shredded wood in a hemispheric shape, creating the so-called boksas“ gapini „hududning eman va olxa oʻrmonlariga oʻrnashib qolgan choʻgʻirlar maydalangan yogʻochlarni yarim shar shaklida toʻplab, boksa deb atalgan“ deb olgan. „Qoraqayin“ qanday qilib „olxa“ boʻlib qoldi, men hayron. „Choʻgʻir“ nima? „boksa deb atalgan“ ham xato. Gorica (Puconci) maqolasini olaylik: „The village fire station doubles as a village hall“ gapini „Qishloq oʻt oʻchirish stantsiyasi qishloq xoʻjaligi vazifasini bajaradi“ deb olgan.
- Butun hissasi koʻrib chiqilishi kerak. Yuqoridagi maqolalarni hozir oʻchiraman. Ehtimol, Boldogkőújfalu va Yenice (Enez) kabi aholi punktlari haqidagi qisqa maqolalarni saqlab qolish mumkin. Foydalanuvchini esa roʻyxatga kiritaman. Nataev munozara 21:53, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
Alpasli, yaqinda ushbu foydalanuvchini qora roʻyxatga kiritibsiz. Ammo avval ushbu munozara sahifasida muhokama qilishimiz kerak. Masalan, Muhammad Mamiyev maqolasi oʻta dahshatli emas. Hozircha chiqaraman. Muayyan AT tarjimalariga misollar boʻlsa, shu yerda yozib qoldiring. Nataev munozara 20:50, 2024-yil 8-oktyabr (UTC)
- Tushundim. Alpasli (munozara) 16:21, 2024-yil 9-oktyabr (UTC)
Sevdiyorov Shaxzodjon (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Ushbu foydalanuvchi yaratgan maqolalar ham asosan chala boʻlib deyarli barchasi turkumsiz va bilgiqutisi toʻlmagani uchun xaritalari chiqmagan. Misol uchun: Ghonvar, Shodmonqalʼa kabi maqolalardir. Avtomat tarjima qilgan maqolalari ham bor. Misol uchun Mahmudjonova Madina yaratgan chala Narsinghgarh (Damoh) maqolasini qayta yaratgan va avtomat tarjima qilgan. Shahar 72 Raja Bxoj aeroportidan km uzoqlikda va yaxshi yoʻl orqali erishiladi. va Shuningdek, Jain Dadavadi bilan birga Mallinat Svamiga bagʻishlangan Swarn Jain ibodatxonasi ham bor, u marmardan yasalgan, batafsil oyna va tilla bilan bezatilgan, tashrif buyuruvchilar uchun vizual zavq. kabi gʻaliz jumlalar bilan boy. Shuningdek Patharia maqolasida Patharia Nagar Panchayat umumiy maʼmuriyatiga ega 4317 dan ortiq uylar, ular suv va kanalizatsiya kabi asosiy qulayliklarni taʼminlaydi. Shuningdek, u Patharia Nagar Panchayat chegaralarida yoʻllar qurish va oʻz yurisdiktsiyasi ostidagi mulklarga soliq solish huquqiga ega. va Oliy oʻrta taʼlim uchun Patharia Excellence maktabi nomli davlat maktabi mavjud. Bu nufuzli maktablardan biridir. Oliy maʼlumot uchun Madhav Rao Sapre Hukumat kolleji Patharia mavjud. kabi avtomat tarjima qilingan jumlalarni kuzatish mumkin.
Hurmatli faol vikipediyachilar sizlar ham bu foydalanuvchini tahrirlarini tekshirib, oʻz xulosangizni chiqaring. Mirzoulugʻbek |@ 23:41, 2024-yil 8-oktyabr (UTC)
- Narsinghgarh (Damoh) maqolasidagi „U shahardan qariyb 350 fut balandlikda, ilonga oʻxshash tepalikning qopqogʻida joylashgan va transport vositalari bilan yaqinlashish uning dumi orqali amalga oshiriladi“ gapi shedevr! @Mahmudjonova Madina yaratgan versiyani tikladim, ammo u ham AT alomatlaridan xoli emas. Patharia maqolasini esa oʻchirdim. „During World War II, the town served as the training camp for what would become Wingateʼs Chindits“ gapini „Ikkinchi Jahon urushi paytida, shahar Wingateʼs Chinditsga aylanadigan mashgʻulotlar uchun lager boʻlib xizmat qildi“ oʻlaroq tarjima qilgan. Foydalanuvchini qora roʻyxatga kiritaman. Nataev munozara 00:19, 2024-yil 27-oktyabr (UTC)
Shakhnoza03 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Ushbu foydalanuvchi tomonidan yaratilgan maqolaning uch nusxasi bor ekan, uchchalasini ham oʻzi chop etgan. Aulae (Ciliciya), Aulae (Kilikiya), Aulae (Cilicia). Tahrirlarini tekshirib xulosa berishlaringizni soʻrayman. Boburjon (munozara) 09:31, 2024-yil 10-oktyabr (UTC)
- Qamishlik (Service) – Kamışlık (Sivrice), Ug'ruk (Sivrice) – Üğrük (Sivrice), Aydioğlu, Mut – Aydioğlu (Mut) maqolalari ham shular jumlasidan. Boburjon (munozara) 09:35, 2024-yil 10-oktyabr (UTC)
- Yuqorida aytgan barcha maqolalarni faqat dublikatlarini oʻchirib chiqdim, yana koʻrib chiqaman albatta – Axadjon1 18:09, 2024-yil 10-oktyabr (UTC)
- Ikkita maqolasida AT alomatlarini kuzatdim, ammo oʻta dahshatli emas: Balandiz va Kamışlık (Sivrice). Asosan Turkiyadagi aholi punktlari haqida chala maqola yaratgan ekan. Dahshatli ATlarga misollar topilmasa, roʻyxatga kiritish shart emas deb oʻylayman. Nataev munozara 00:27, 2024-yil 27-oktyabr (UTC)
- Yuqorida aytgan barcha maqolalarni faqat dublikatlarini oʻchirib chiqdim, yana koʻrib chiqaman albatta – Axadjon1 18:09, 2024-yil 10-oktyabr (UTC)
Ahmadjonova Azizaxon (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) Hozirgi kunda faol. Content Translation asbobi oʻchirilganiga qaramay, Vikipediya tashqarisida mashina tarjimasidan foydalanib, sifatsiz kontent yaratmoqda. Barcha yaratgan maqolasi VP:M2ga koʻra oʻchirildi, oʻzi ogohlantirildi. Yana takrorlasa, qora roʻyxatga kirilishi, unga qarshi keskin chora koʻrilishi kerak. Nataev munozara 21:33, 2024-yil 10-oktyabr (UTC)
- Ogohlantirishlarga qaramay, yana AT kontent yaratgani uchun 1 kunga blokladim. Endi roʻyxatga kiritsak ham boʻladi. Nataev munozara 19:44, 2024-yil 12-oktyabr (UTC)
- Ogohlantirishga qaramay AT yaratishda davom etgani uchun, barcha maqolalarida AT alomatlari boʻlgani sababli, maqolalar oʻchirilgan, oʻzini esa roʻyxatga qoʻshib qoʻydim - Axadjon1Munozara 03:44, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
Ismailovna 05 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) Hozirgi kunda faol. Vikipediya tashqarisida mashina tarjimasidan foydalanib, sifatsiz kontent yaratmoqda. Barcha yaratgan maqolasi VP:M2ga koʻra oʻchirildi, oʻzi ogohlantirildi. Yana takrorlasa, qora roʻyxatga kirilishi, unga qarshi keskin chora koʻrilishi kerak. Nataev munozara 21:35, 2024-yil 10-oktyabr (UTC)
- Ogohlantirishlarga qaramay, AT kontent yaratishda davom etgani uchun bir kunga chetlatildi. Qora roʻyxatga kiritish kerak. Nataev munozara 17:59, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Foydalanuvchi ILe maqolasida qoʻygan thr andozasi ham 20 kundan beri turar ekan, olib tashladim. Axadjon1Munozara 18:26, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Rahmat. Bu maqolasi ham AT ekan. Oʻchiraman. ("U oʻzining musiqiy faoliyatini oʻsmirlik chogʻida akalari Rene Peres Joglar (Residente) va Eduardo Kabra Martines (Visitante) bilan birga 10 yil davomida ishtirok etgan Calle 13 guruhining yagona ayol qoʻshiqchisi sifatida ijodini boshlagan"; "SOB’sda, Nyu-Yorkda ham jonli tarzda boʻlib oʻtdi"; "Calle 13 guruhida ijro etgan baʼzi xip-xoplariga boʻlgan muhabbati oʻz ichiga oladi" va h.) Nataev munozara 23:21, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Barcha maqolasi oʻchirilgan, roʻyxatga kiritdim — Axadjon1Munozara 03:42, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Rahmat. Bu maqolasi ham AT ekan. Oʻchiraman. ("U oʻzining musiqiy faoliyatini oʻsmirlik chogʻida akalari Rene Peres Joglar (Residente) va Eduardo Kabra Martines (Visitante) bilan birga 10 yil davomida ishtirok etgan Calle 13 guruhining yagona ayol qoʻshiqchisi sifatida ijodini boshlagan"; "SOB’sda, Nyu-Yorkda ham jonli tarzda boʻlib oʻtdi"; "Calle 13 guruhida ijro etgan baʼzi xip-xoplariga boʻlgan muhabbati oʻz ichiga oladi" va h.) Nataev munozara 23:21, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Foydalanuvchi ILe maqolasida qoʻygan thr andozasi ham 20 kundan beri turar ekan, olib tashladim. Axadjon1Munozara 18:26, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
Shahii qudratovna (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) Hozirgi kunda faol. Vikipediya tashqarisida mashina tarjimasidan foydalanib, sifatsiz kontent yaratmoqda. Barcha yaratgan maqolasi VP:M2ga koʻra oʻchirildi, oʻzi ogohlantirildi. Yana takrorlasa, qora roʻyxatga kirilishi, unga qarshi keskin chora koʻrilishi kerak. Nataev munozara 21:54, 2024-yil 10-oktyabr (UTC)
Yuldasheva Muattaroy (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) Hozirgi kunda faol. Vikipediya tashqarisida mashina tarjimasidan foydalanib, sifatsiz kontent yaratmoqda, mualliflik huquqlarini qoʻpol buzmoqda. Barcha yaratgan maqolasi VP:M2 va VP:U11ga koʻra oʻchirildi, oʻzi ogohlantirildi. Yana takrorlasa, qora roʻyxatga kirilishi, unga qarshi keskin chora koʻrilishi kerak. Nataev munozara 22:10, 2024-yil 11-oktyabr (UTC)
Mahmudova Maftunaxon (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) Hozirgi kunda faol. Content Translation asbobi oʻchirilganiga qaramay, Vikipediya tashqarisida mashina tarjimasidan foydalanib, sifatsiz kontent yaratmoqda. Shuningdek, mavjud maqolalarning nusxalarini yaratgan. Deyarli barcha yaratgan maqolasi VP:M2ga koʻra oʻchirildi, oʻzi ogohlantirildi. Yana takrorlasa, foydalanuvchi qora roʻyxatga kirilishi, ogohlantirishlarga qaramay qoidabuzarlik qilishda davom etsa, unga qarshi keskin chora koʻrilishi kerak. Nataev munozara 20:27, 2024-yil 12-oktyabr (UTC)
Ergashev1517 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) Bu foydalanuvchi ham mashina tarjimasidan foydalanib kelgan. Shuningdek maqolalarni tartibsiz yozgan. Misol uchun Zaliznychne (Dnepropetrovsk viloyati), Dmitrivka (Chernigov viloyati) va boshqa oʻnlab maqolani avtomat tarjima qilgan. Shuningdek bilgiquti parametrlarini toʻldirishni ham eplay olmagani sababli xaritalar chiqmagan. Men ayrimlarini chiqarib qoʻyganman ammo barchasini qarab chiqa olmayman. Shuningdek turkumlashtirishni ham bilmagani sababli maqolalari betartib holatda turibdi. -- Mirzoulugʻbek |@ 07:42, 2024-yil 16-oktyabr (UTC)
- Foris Xorun va Marten Martens maqolalari, masalan, yaxshi rasmiylashtirilmagan, ammo oʻta ogʻir AT emas. Jeffri Monakana monakani kabi yirikroq maqolalari esa AT alomatlaridan xoli emas. Barcha katta maqolalari roʻyxatini tuzib, oʻshalarni oʻchirish kerakdir. Nima deysiz, @Mirzoulugʻbek? Aholi punktlari haqidagi chala maqolalari esa turaversa boʻladi. Nataev munozara 22:21, 2024-yil 17-oktyabr (UTC)
Sadoqat Xusanova (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Ushbu roʻyxatga Sadoqat Xusanovani ham qoʻshishni taklif etaman. Uning hissasini koʻrib chiqishni hamda lozim topilganlari oʻchirilishini soʻrayman. Ayrim maqolalari:
Allaqachon AT andozasi qoʻyilganlar: Lazarev, Aleksandr Sergeevich; Zoykaning kvartirasi;
Nomlanishi xatolar, imlo va tinish belgi xatoli maqolalar: 1893 yil teatrda; 2006 yil teatrda; A.P.Chexov nomidagi Moskva badiiy teatri (Tabakovning taklifiga binoan truppa tarkibiga Olga Yakovleva, Avangard Leontyev, Alla Pokrovskaya, Valeriy Xlevinskiy, Vladimir Krasnov, Marina Golub, Sergey Sosnovskiy, Boris Plotnikov, Dmitriy Nazarov, Konstantin Xabenskiy, Mixail Porechenkov, Anatoliy Truxenkov, Anatoliy Kexey Belyy, Miravk Alexey, Miravk kirgan., Kseniya Lavrova -Glinka, Yuriy Chursin, Irina Pegova, Fyodor Lavrov, Maksim Matveev, Aleksey Devotchenko va boshqalar. --- Google Tarjimonning klassik namunasi);
Pavlina Vikentievna – Bir versiyaga koʻra, „Paulinka“ spektaklining debyuti 1913-yil yanvar oyida Vilna shahrida mahalliy „Falcon“ ishchilar klubi sahnasida boʻlib oʻtdi. Tovuslar sulolasini Sofya Markevich boshlagan[4][5], oʻsha paytdagi gazeta yozuvlarida – Markovichanka xonim (Asl tilda: По одной из версий, дебют спектакля «Паўлінка» состоялся в январе 1913 года в Вильно на сцене местного рабочего клуба «Сокол». Династию Павлинок начала некая Софья Маркевич[7][8], в газетных заметках того времени — госпожа Марковичанка; 1917-yil oktyabr oyida Kiyevdan Igumenskiy tumanidagi Jornovkaga ketayotib, u Belarus dramasining birinchi uyushmasi tarkibida Minsk shahar teatri (hozirgi Yanka Kupala nomidagi Milliy akademik teatri) sahnasida yana Pavlinka rolini oʻynadi. va professional rassom Florian Jdanovich rahbarligidagi Komediya Gʻarbiy front armiyasining askar deputatlari kongressi uchun; Soxta hujjatlardan foydalanib, u Vilnoga, soʻngra 1921-yil fevralida Litvaga borib, u yerda Kovno (Kaunas)da eri bilan Belarus tarixi"ga qarshi tashviqot olib borgan. Fuqarolar urushi davrida Belarusiya Polsha ishgʻoli Gʻarbiy Belorussiyaning Polsha tomonidan bosib olinishi Janob Mirzaolim (munozara) 10:09, 2024-yil 16-oktyabr (UTC)
- Kayrat Primberdiyev: „mustaqil rivojlangan qoʻshiqchi“ nima degani? „Primberdiev“ – klassik AT alomati; Oʻzbek ismlari: „Ugʻil yoki Ugilxon“; Antares (OPd-56-39-22D): „qayta kirish tadqiqotlari“. Shuningdek, Kayrat Primberdiyev maqolasidan AT andozasini asossiz olib tashlagan. Aholi punktlari haqidagi chala maqolalaridan boshqa barcha maqolasi oʻchirildi. (Chala maqolalari ham tahrirtalab. Masalan, Savat (Qush) maqolasida manbalar boʻlimini „Maʼlum odamlar“ (!) deb nomlagan.) Qora roʻyxatga kiritiladi, oʻzi esa bir kunga bloklanadi. Nataev munozara 13:47, 2024-yil 16-oktyabr (UTC)
Farhodovna 074 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) ushbu foydalanuvchi tomonidan yaratilgan 700 ta maqoladan 247 tasi oʻchirilgan. Amsterdamdagi tramvaylar maqolasiga koʻrib chiqdim.
- „Amsterdam tramvay (niderlandcha: Amsterdamse tram – Niderlandiyaning Amsterdam shahar tramvay tarmogʻi. U 1875-yildan boshlangan va 1943-yildan beri shahar jamoat transporti operatori tomonidan boshqarilib kelinmoqda. Gemeentelijk Vervoerbedrijf (GVB), u ham ishlaydi. Amsterdam metrosi va shahar avtobuslari va parom xizmatlari. Amsterdam Gollandiyadagi eng yirik tramvay tarmogʻiga va Yevropadagi eng yirik tarmoqqa ega hisoblanadi.“
Qolgan maqolalarini ham koʻrib chiqib xulosa berishlaringizni soʻrayman. Boburjon (munozara) 18:40, 2024-yil 16-oktyabr (UTC)
- Foydalanuvchi hozirda faol. Ammo Ortachne maqolasi tarkibi AT holatda yaratib va yana aynan shu maqolani qayta O'rtachne nomi ostida yaratgan.
- AT holatiga yana Alfidiya maqolasini misol qilsa boʻladi.
- Misol uchun:
- ammo topilgan yozuvlar uning ismi Alfidia noyob nomi ekanligini koʻrsatadi.
- Rim imperatorlari Kaligula, Klodiy va Neron uning bevosita avlodlari edi.
- Ularning hech boʻlmaganda bitta farzandi bor edi:
- Va yana boshqa maqolalarini ham koʻrib chiqish kerak. Agar juda qoʻpol xatolar boʻlsa, Nataev aka birdaniga oʻchirgan ham maqul. Afsus 450 ta maqolasi hozirda vikida turibdi, hammasini tubdan koʻrib chiqish kerak – Axadjon1 18:33, 2024-yil 17-oktyabr (UTC)
- Assalomu alaykum! Men oʻz xatolarimni tan olaman. Manba kodi orqali maqola yaratishni bilmagan paytim tarjima uskunasida yaratganman va aynan usha maqolalarimda AT alomatlari bor ekan. Oʻz xatolarimni tuzatish uchun vaqt berishingizni soʻrab qolaman. Hamma maqolalarimni Surunkali meningit maqolam kabi chiroyli holatga keltirishga vada beraman. Hurmat bilan Farhodovna 074 (munozara) 05:19, 2024-yil 18-oktyabr (UTC)
- Vaalaykum assalom! Juda yaxshi, asli maqsadimiz ham shu, toʻgʻirlayman degan odam toʻgʻirlagani yaxshi. Faqat Surunkali meningit maqolangizni toʻliq oʻqimadim ammo, Pragnoz oʻlaroq boʻlim yaratgan ekansiz, aslida Pragnoz emas Prognoz boʻladi. Tahrirda sizga tahrirchi dan foydalanishni tavsiya qilgan boʻlar edim. Yoqimli tahrirlar — Axadjon1 07:31, 2024-yil 18-oktyabr (UTC)
- Pragnoz soʻzi Prognoz soʻziga almashtirildi. Tahrirda tahrirchi dan foydalanishni tavsiya berganingiz uchun rahmat Farhodovna 074 (munozara) 08:17, 2024-yil 18-oktyabr (UTC)
- Assalomu alaykum, Nataev. Ushbu foydalanuvchi boʻyicha oʻzingiz xulosa bersangiz! Boburjon (munozara) 19:38, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Va alaykum assalom! Bu foydalanuvchi ham CT uskunasini suiisteʼmol qilgan. Joriy yilning iyulida yaratgan Michael Bramos maqolasini olaylik. Kirish qismida ayni shaxs ham basketbolchi, ham futbolchi! Shaxsning boʻyi haqidagi jumlani („standing at 1.98 m (6 ft 6 in)“) esa „U 1,98 m (6 fut 6 dyuym) balandlikda“ deb olgan. Dahshat. Roʻyxatga kiritaman.
- @Farhodovna 074, AT yaratgani tasdiqlangan har bir foydalanuvchi roʻyxatga kiritiladi. Har bir yaratgan maqolangizni yuz foiz koʻrib chiqib, xabar bering. Oʻshanda qora roʻyxatdan chiqarilishingiz mumkin boʻladi. Ammo siz tuzatishingiz uchun cheksiz muddat berilmaydi. Faol koʻrib chiqmasangiz, barcha AT maqolangizni birdaniga oʻchirishimiz mumkin. Nataev munozara 20:51, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Assalomu alaykum! Hoʻp boʻladi. Koʻrib chiqishni boshladim. Tugatishim bilan xabar beraman. Farhodovna 074 (munozara) 17:56, 2024-yil 23-oktyabr (UTC)
- Vaalaykum assalom! Juda yaxshi, asli maqsadimiz ham shu, toʻgʻirlayman degan odam toʻgʻirlagani yaxshi. Faqat Surunkali meningit maqolangizni toʻliq oʻqimadim ammo, Pragnoz oʻlaroq boʻlim yaratgan ekansiz, aslida Pragnoz emas Prognoz boʻladi. Tahrirda sizga tahrirchi dan foydalanishni tavsiya qilgan boʻlar edim. Yoqimli tahrirlar — Axadjon1 07:31, 2024-yil 18-oktyabr (UTC)
- Assalomu alaykum! Men oʻz xatolarimni tan olaman. Manba kodi orqali maqola yaratishni bilmagan paytim tarjima uskunasida yaratganman va aynan usha maqolalarimda AT alomatlari bor ekan. Oʻz xatolarimni tuzatish uchun vaqt berishingizni soʻrab qolaman. Hamma maqolalarimni Surunkali meningit maqolam kabi chiroyli holatga keltirishga vada beraman. Hurmat bilan Farhodovna 074 (munozara) 05:19, 2024-yil 18-oktyabr (UTC)
Abduqodirova (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Hozirgi kunda faol. Uchiga chiqqan ATchi. Uchta tasodifiy maqolasidan rasvo AT gaplarga misollar: Maʼlumotlar ombori (maqola nomi ham xato): „maʼlumotlar ombori fani miqdoriy va sifatli maʼlumotlar … bilan shugʻullanadi“ („data science deals with quantitative and qualitative data“); Xamis Qaddafiy: „Misratani olmasang, ishimiz tugadi“ („If you donʼt take Misrata, we are finished“); Pervomaysk (Nikolay viloyati): „2016-yil 19-mayda Jovtneve tumani kommunistik kelib chiqishini taqiqlovchi qonunga muvofiq Vitovka tumani deb oʻzgartirildi“ („On 19 May 2016, Zhovtneve Raion was renamed Vitovka Raion conform to the law prohibiting names of Communist origin“). Joriy yilning mayida yaratgan Jason Kidd maqoalsida esa „point guard“ atamasini „punkt himoyachisi“ deb olgan. Barcha maqolasini oʻchiraman. Foydalanuchi esa qora roʻyxatga kiritilishi kerak. Nataev munozara 02:06, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Foydalanuvchi yaratgan faqatgina VG Cats maqolasi qoldi. Qolgan barcha maqolasi oʻchirilgan. Oʻzini esa roʻyxatga kiritdim – Axadjon1Munozara 03:47, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
Xoqoni Said (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Hozirgi kunda faol, hatto har kuni AT muammosi muhokama qilinadigan Telegram guruhimiz aʼzosi. Soʻnggi yaratgan Big Four (debyutantlar) maqolasini olaylik. Boshqa tillarga ulamagani va asossiz {{tahrirlayapman}} andozasini qoʻyib olgani mayli. Shu chala maqolada ham qoʻpol, dahshat ATga misollar: „en:socialite“ soʻzini „sotsialist“ den olgan! „each wore a rose-gold pinkie ring with phrase, "The Big Four 1914," engraved on the inner band“ jumlasidagi „band“ soʻzini „lenta“ deb olgan. Markaziy Osiyo oshxonasi maqolasida esa „Background“ soʻzini „Fon“, „Eurasia“ni „Evrosiyo“ deb olgan. Hunlarning Forsga bosqini maqolasida esa „Then two armies, led by commanders Basiq and Kursich, proceeded down into Persia proper“ gapi mantiqsiz „Keyin qoʻmondonlar Bosiq va Kursich boshchiligidagi ikkita qoʻshin Forsga toʻgʻri keldi“ gapiga aylangan. Roʻyxatga kiritilishi, har bir maqolasi koʻrib chiqilishi kerak. ATlariga yanada koʻproq misol topilsa, hissasini birdaniga oʻchirish tarafdoriman. Nataev munozara 02:57, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Salom. Shu Background soʻzi asli qanday tarjima boʻladi? Astral munozara 03:45, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Iltimos offtopic maʼlumot yozmasangiz. Sizga javob berish oʻrniga bitta AT tuzatgan maqul – Axadjon1Munozara 03:52, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Men tushunmaganim uchun shu joyda yozdim. Keyin sizga yozmadim javob bering deya. Bemalol tuzatavering yoki men yozganim sizga halal beryaptimi? Astral munozara 04:04, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Yordam soʻramoqchi boʻlsangiz foydalanuvchi munozarasiga yozing tamom. – Axadjon1Munozara 04:29, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Ayni mavridi boʻlganligi un yozdim. Siz yozishdan koʻra AT maqolalarni tuzatmoqchi edingizku nima qilib turibsiz beyda menga yozib. Ishingizni qilganingiz maʼqul. Astral munozara 04:32, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Yordam soʻramoqchi boʻlsangiz foydalanuvchi munozarasiga yozing tamom. – Axadjon1Munozara 04:29, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Men tushunmaganim uchun shu joyda yozdim. Keyin sizga yozmadim javob bering deya. Bemalol tuzatavering yoki men yozganim sizga halal beryaptimi? Astral munozara 04:04, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Kontekstga qarab, „umumiy maʼlumotlar“, „kelib chiqishi“, „dastlabki tarixi“ va h. shaklida olish mumkin. Yuqoridagi konkret holatda hatto „tarixi“ desa ham boʻlardi, lekin „fon“ hech qanaqasiga toʻgʻri kelmaydi. Nataev munozara 17:40, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Iltimos offtopic maʼlumot yozmasangiz. Sizga javob berish oʻrniga bitta AT tuzatgan maqul – Axadjon1Munozara 03:52, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Foydalanuvchi yaratgan maqolalar albatta koʻrib chiqiladi, bunga albatta biroz vaqt kerak. Koʻrib chiqib albatta habar beramiz – Axadjon1Munozara 03:49, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- 1. Big Four maqolasiga thr andozasini qoʻygan edim. Hali tahrirlash davom etishi kerak edi. Ammo davom ettirishga hali urgurmagan edim. Band soʻzini esa lenta deb olding debsiz, ammo lenta degan soʻz yoʻq.
- 2. Markaziy osiyo oshxonasidagi maqolada Backgroundni fon deb oldim, boshqa variantim
- boʻlmagani sababli. Agar sizda yaxshiroq variant boʻlsa bersangiz yaxshi boʻlar edi. Evrosiyo boʻlib qolgani esa texnik xatoga oʻxshab koʻrinyapti menga, chunki bu maqolada boshqa Yevroosiyo degan soʻz ham bor.
- 3. Hunlarning forsga bosqini borasida esa 100% haqsiz, buni toʻgʻirladim. Xoqoni Said yozish 10:42, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- 1.
thr andozasini qoʻygan edim
– andoza sahifasidagi „yakunlamagan maqolalaringizga tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishini oldini olish maqsadida qoʻyishingiz mumkin“ jumlasini qanday tushunasiz? Maqolani sizdan boshqa hech kim tahrirlamagan. Andozani qoʻyib, maqolani 10 tahrirlamagansiz. Men bu muhokamani ochmaganimda, bundan ham koʻp turardi.Band soʻzini esa lenta deb olding debsiz, ammo lenta degan soʻz yoʻq
– maqolada „uzuk“ oʻrniga „tasma“ deb olgansiz. Tasma bilan lenta sinonim, ammo tasma bilan uzuk sinonim emas. Ogʻir xatoni siz qilgansiz, men emas. - 2.
Evrosiyo boʻlib qolgani esa texnik xatoga oʻxshab koʻrinyapti menga
– nima degani u, „texnik xato“? Aynan Google Translate ye digrafini toʻgʻri yoza olmaydi. „Yevroosiyo“ degan soʻz ham yoʻq Yevrosiyo esa bor. - 3. Bitta xatoni tuzatganingiz bilan maqola yaxshilanib qolgani yoʻq. Nomining oʻzi, undagi birinchi jumla xato. „Sosoniylar Forsi“ degan narsa yoʻq, ammo Sosoniylar davlati bor. Maqolani VP:M2ga koʻra oʻchirdim. Nataev munozara 17:37, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- @Nataev ,,Ularning har biri ichki tasmasiga „Big Four 1914“ deb oʻyib yozilgan uzuk taqib yurishgan.’’ Uzuk oʻrniga tasma deb olmaganman! Xoqoni Said yozish 04:29, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- „engraved on the inner band“ jumlasini „ichki tasmasiga“ deb olgansiz. „Socialite“ soʻzini „sotsialist“ deb olgan shedevringiz haqida indamayapsiz? ATchilar orasida aybini tan olmaydigan ilk ATchi siz. Vikipediyada har bir xatongiz mangu saqlanadi. Tortishib ovvora boʻlmang.
- @Axadjon1 bu foydalanuchini ham qora roʻyxatga kiritish kerak. Rasvo AT tarjimasiga misol bisyor. Nataev munozara 13:20, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Nega davomini oʻqimaysiz, maʼno chiqqanku? Ularning har biri ichki tasmasiga „Katta toʻrtlik 1914“ deb oʻyib yozilgan uzuk taqib yurishgan. Uzukning qismi-ku bu? Xoqoni Said yozish 14:17, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Bemaʼni gapda maʼno borligini iddao qilish faqat uchiga chiqqan ATchiga xos. Uzukda wikt:tasma boʻlmaydi. Yozuv uzukning ichki qismida boʻlgan. Uzwikiga hissa qoʻshish uchun oʻzbek tilini bilish kerak. Nataev munozara 15:34, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Aka foydalanuvchi hozirda faol, hamda hissasi faol koʻrib chiqilmoqda, faol boʻlganligi sababli, hozircha ogohlantirib tursak menimcha maqsadga muvofiq – Axadjon1Munozara 18:48, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Hozir kunda faol boʻlganlarni qoʻshib boʻlmasligi haqida qoida yoʻq. XayrinisoJorayeva ham faol. Unga hissasini toʻgʻrilab chiqsagina qora roʻyxatdan chiqarilishi mumkinligi aytildi. Xoqoni Saidning shoxi yoʻq. Qoida hammaga bir xil tatbiq qilinishi kerak. Qoʻshishni istamsangiz, boshqa foydalanuvchilar qoʻshaveradi. Nataev munozara 19:09, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Hamma qoʻsha oladi, bunga qarshiligim yoʻq. Fikr oʻlaroq aytgan edim. Tushunarli demak qayta koʻrib chiqib keyin habar beriladi, shu yerda — Axadjon1Munozara 19:35, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Adminlarni teg qilmoqchi boʻlsangiz, barchani baravar qilgan soz demoqchiman-da. Aytgancha, „Habar“ emas, „wikt:xabar“ yoziladi. :) Orfografik xatolar uchun jazolashga qaror qilinsa, vikimizda odam qolmaydi. Nataev munozara 19:40, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Tushunarli, xop — Axadjon1Munozara 19:45, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Adminlarni teg qilmoqchi boʻlsangiz, barchani baravar qilgan soz demoqchiman-da. Aytgancha, „Habar“ emas, „wikt:xabar“ yoziladi. :) Orfografik xatolar uchun jazolashga qaror qilinsa, vikimizda odam qolmaydi. Nataev munozara 19:40, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Hamma qoʻsha oladi, bunga qarshiligim yoʻq. Fikr oʻlaroq aytgan edim. Tushunarli demak qayta koʻrib chiqib keyin habar beriladi, shu yerda — Axadjon1Munozara 19:35, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Hozir kunda faol boʻlganlarni qoʻshib boʻlmasligi haqida qoida yoʻq. XayrinisoJorayeva ham faol. Unga hissasini toʻgʻrilab chiqsagina qora roʻyxatdan chiqarilishi mumkinligi aytildi. Xoqoni Saidning shoxi yoʻq. Qoida hammaga bir xil tatbiq qilinishi kerak. Qoʻshishni istamsangiz, boshqa foydalanuvchilar qoʻshaveradi. Nataev munozara 19:09, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Nega davomini oʻqimaysiz, maʼno chiqqanku? Ularning har biri ichki tasmasiga „Katta toʻrtlik 1914“ deb oʻyib yozilgan uzuk taqib yurishgan. Uzukning qismi-ku bu? Xoqoni Said yozish 14:17, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- @Nataev ,,Ularning har biri ichki tasmasiga „Big Four 1914“ deb oʻyib yozilgan uzuk taqib yurishgan.’’ Uzuk oʻrniga tasma deb olmaganman! Xoqoni Said yozish 04:29, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Assalomu alaykum @Nataev@Kagansky@Jamshid Nurkulov@Umarxon III va boshqa foydalanuvchilar. Men tomonimdan yaratilgan 400+ maqolalar qayta koʻrib chiqildi, AT alomatlari tuzatildi. Ushbu roʻyxatdan chiqarish masalasini koʻrib chiqishingizni soʻrayman. Xoqoni Said yozish 11:12, 2024-yil 31-oktyabr (UTC)
- Assalomu alaykum administratorlar Jamshid Nurkulov, Kagansky, Mirzoulugʻbek, Nataev foydalanuvchining tanlangan maqola statusiga qoʻygan Manchester mumiyosida AT alomatlari mavjud. Masalan, „Dafn qilishdan oldin hayot belgilarini tekshirish boʻyicha turli xil takliflar ilgari surilgan: murdaning ogʻziga sirka va murch quyishdan tortib, oyoqlari va hatto toʻgʻri ichakka ham issiq poker qoʻllashgacha“ deb tarjima qilingan gapiada „ issiq poker“ AT, ingliz tilda „Various suggestions were made to test for signs of life before burial, ranging from pouring vinegar and pepper into the corpse's mouth to applying red hot pokers to the feet, or even into the rectum“ deb keltirilgan red hot pokers aslida Knixofiya oʻsimligidir. Yoki shu maqoladagi „Jessie Dobson, Angliya Qirollik Jarrohlar Kolleji muzeyining yozuvchisi“ jumlasi inglizchada „Jessie Dobson, Recorder of the Museum of the Royal College of Surgeons of England“ deb yozilgan, bunda „recorder“ yozuvchi emas, balki ish yurituvchi boʻlishi kerak (muzeylardagi eksponatlarning hujjatlarini rasmiylashtiradigan lavozim, xuddi arxivarius kabi), „Beswick oilaviy shifokoriga 25 000 funt sterling qoldirganini taxmin qilishgan. Ammo bir shart bilan: doktor White badavlat xonimning tanasini yerdan yuqorida saqlash va vaqti-vaqti bilan tiriklik alomatlari borligini tekshirishi kerak boʻlgan“ gapida ingliz tilida „Many suggest that she left £25,000 (equivalent to about £4 million as of 2023) to White, a pioneer of obstetrics and one of the founders of the Manchester Royal Infirmary, on the condition that her body was kept above ground, and that periodically she was to be checked for signs of life“ boʻlib, aslida bu jumla „tanasi dafn qilinmasligi“ boʻlishi lozim. Men hozircha maqolaning boshini oʻqib, shu alomatlarni koʻrdim. Humoyun Qodirov (munozara) 18:28, 2024-yil 31-oktyabr (UTC)
- Hurmatli Xoqoni Said maqolalaringizda AT alomatlari ishlatilgani yoki tuzatilgani koʻrib chiqilmoqda. Shuningdek oʻzingiz ham oromgohlar vaqtida yaratgan maqolalaringizni koʻrib chiqing. APga oid chala maqolalaringizning aksari turkumlashtirilmay qolib ketgan. Har bir Vikipediya maqolasi kamida bitta turkumga ega bo'lishi kerak. Turkumlarni esa tilga ulab qoidalardagidek qiling. Mirzoulugʻbek |@ 08:08, 2024-yil 1-noyabr (UTC)
- Assalomu alaykum. Xoʻp, turkumlar bilan bogʻliq muammolarni toʻgʻirlab, xabar beraman. Xoqoni Said yozish 08:48, 2024-yil 1-noyabr (UTC)
- Assalomu alaykum, @Mirzoulugʻbek aka oromgoh davrida yaratilgan va turkumlashtirilmagan, stub maqolalar barchasini turkumlashtirib chiqdim. Xoqoni Said yozish 12:10, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
- 1.
Ikromova Guli (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) WikiStipendiya marafoninig I mavsum sovrindori. Tarjima maqolalari toʻliq koʻrib chiqilishi kerak. Katta qismi AT. Misollar:
- Mihrişah Sultan ( Mustafa III rafiqasi) maqolasining nomlanishida xatolik bor; Boʻlim nomlari ham tayinli tarjima qilinmagan; Snoskalarning nuqtadan keyin qoʻyilganligicha qolib ketgani maqola ustida tarjima chop etilganidan soʻng umuman ishlanmaganligini koʻrsatib turibdi. Maqola matnida ham gʻaliz jumlalar koʻp. Aslidek qoldirilishi kerak boʻlgan turkcha soʻzlar va ismlar oʻzbekchaga tarjima qilib yuborilgan.
- Bona Sforza maqolasi ham toʻliq avtomat tarjimadan iborat. Bilgiqutida inglizcha soʻzlar qolib ketgan. Bu maqolada ham boʻlim nomlari tushunarsiz tarjima qilingan. Matn ichida bitta familiya baʼzi joyda Sforza, boshqa joyda Sforsa koʻrinishida yozilgan. Bunday misollarni Ikromova Gulining WikiStipendiya tanlovining I va II mavsumlari davrida tarjima qilingan deyarli har bir maqolasidan topishimiz mumkin.
Ushbu foydalanuvchining xtools sahifasini koʻrib chiqyotganimda bir narsa eʼtiborimni tortdi: Yaratgan maqolalarining deyarli barchasi mukofot beriladigan tanlovlar doirasida yaratilgan. WikiStipendiya marafonining I va II navsumi davrida bir kunda oʻnlab sifatsiz maqola tarjima qilgan. Soʻnggi marta 4 oy oldin tahrir qilgan.
WikiStipendiya tanlovining I va II mavsumlari davrida Ikromova Guli tomonidan yaratilgan maqolalarning barchasini oʻchirishni taklif etaman. – Hasan Xamidovich (munozara) 07:32, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
- Bona Sforza maqolasida „Grand Duchess of Lithuania as the second wife of Sigismund the Old, and Duchess of Bari and Rossano by her own right“ gapini „Litva Buyuk Gertsogi Sigismund I ning ikkinchi xotini Bari va Rossano gersoginyasi“ deb olgan. Uchiga chiqqan ATchi. Roʻyxatga kiritaman. Yana uchta tasodify maqolasidan aniq AT topilsa, birdaniga oʻchirib yuboramiz. Nataev munozara 18:09, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)
FaridShavkatullayev (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Wikistipendiya I mavsumida faol ishtirok etgan foydalanuvchi. Koʻplab maqolalarida avtomat tarjima alomatlari bor. Hozirda faol emas. Masalan, ingliz tilidagi Vinny Capra maqolada sportchi Richmond Spiders jamoasidan ekanligi keltirilgan, ammo foydalanuvchi maqolani oʻzbekchaga tarjima qilganda qoʻpol xatoliklarga yoʻl qoʻygan. Jumladan, „2017-yilda Capra oʻrgimchaklar uchun toʻrtta uy yugurish va 19 ta yugurish bilan 356 ballni (RBIs) oʻtkazdi. Keyin u Gʻarbiy qirgʻoq ligasining Walla Walla shirinliklari uchun 48 oʻyinida, yozgi kollegial ligada paydo boʻldi. 2018-yilda Oʻrgimchaklar bilan oʻzining soʻnggi mavsumida Capra beshta uy yugurish, 41 RBI va toʻqqizta oʻgʻirlangan bazalar bilan 327 ni urdi.“ Doug Corbett, Drew Carlton va boshqa shu kabi maqolalarda ham xuddi shunday xatoliklar bor. Barcha yaratgan maqolalarini oʻchirish kerak. Humoyun Qodirov (munozara) 17:59, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Hormang! Yuqorida koʻrsatib oʻtgan barcha maaqolalaringiz oʻchirildi. Foydalanuvchini esa roʻyxatga kiritaman – Axadjon1Munozara 11:09, 2024-yil 23-oktyabr (UTC)
- Yaxshi yaratgan maqolalari yoʻq emas, ammo birma bir hissasini koʻrib chiqish kerak – Axadjon1Munozara 11:40, 2024-yil 23-oktyabr (UTC)
Yuldoshov G'ayrat (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Wikistipendiya I mavsumida faol ishtirok etgan foydalanuvchi. Koʻplab maqolalarida avtomat tarjima alomatlari bor. Hozirda faol emas. Masalan, Shivani Tomar, Sangeeta Bijlanida „U koʻplab reklama roliklarini, shu jumladan Nirma va Pond's sovunining reklamalarini suratga oldigan.“, „U Vishnu Vardxanga qarshi hind va kannada tillarida gapirgan. U Vinod Khanna qarshisida Jurm uchun Filmfare mukofotining eng yaxshi ikkinchi rejadagi aktrisa nominatsiyasida gʻolib boʻlgan va rejissyor Mahesh Bhatt va Salim Xon senariysida ham oʻz mahoratini koʻrsatgan.“, Tintu Lukada „2008-yilda yengil atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 3 - oʻrin bilan kumush sohibi boʻlib, birinchi xalqaro medalini qoʻlga kiritdi“, „PT Usha bu hodisaga javoban shunday dedi, Tintu Luka ilgari bunday katta olomonga duch kelmaganini va olomonning olqishlari va hayajoni uning diqqatini yoʻqotishiga va oldindan rejalashtirmasdan tezroq yugurishga olib kelishi mumkinligini aytdi.“, Surbhi Jyotida „2016-yilda u 4 Lions Films filmining „Ishqbaaaz“ filmida Shaleen Malhotra dushmani Mallika Kabeer Choudhary kasbi meʼmor boʻlgan ishbilarmon ayol sifatida ishtirok etdi“, boshqa shu kabi maqolalarda ham xuddi shunday xatoliklar bor. Barcha yaratgan maqolalarini oʻchirish kerak. Humoyun Qodirov (munozara) 18:12, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Yuqorida tilga olinga maqolalari oʻchirildi. Hissasini koʻrib chiqish kerak. Katta ehtimol bilan barchasi oʻchirilishi kerak. Roʻyxatga kiritaman. Nataev munozara 17:57, 2024-yil 24-oktyabr (UTC)
Muzaffar Turgunov
[manbasini tahrirlash]Muzaffar Turgunov (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Ushbu foydalanuvchining hissasidan uchta tasodifiy maqolani koʻrganimda mana bularga duch keldim:
1. Keyki Koʻkembayevich maqolasi:
Oʻrta juzning qipchoq qabilasining Qulanqipshoq urugʻidan chiqqan.Erta yashash tanqisligini koʻrgan Keiki Jilanchik volostining devi R.Shashambaevichning mol boqib, dushmanlariga joʻnatadigan yigiti bor edi. Yoshligidan viloyatda ovchi, mergan, mard sifatida tanilgan. Uning merganlik mahoratiga koʻra, Amangeldining koʻzlari snayperniki, Keykining qoʻllari esa merganniki.
2. Anna F. maqolasi:
Bolaligidan qoʻshiq kuylashni boshlagan va ota-onasining birinchi yozuvlarini, jumladan Bob Dylan, Alanis Morissette va Joan Baezni keltiradi.
3. Ernar Aidar maqolasi:
2011-yilda oʻzining birinchi original treki „Jarigʻim-ay“ni yozgan va uni oʻsha yilning eng mashhur qoʻshiqchiga aylantirgan.
— musiqanavis qoʻshiqni yozyapti va qoʻshiqchiga aylantiryapti...
Jamshid Nurqul (munozara) 19:03, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Aniq AT. Yuqoridagi maqolalarni oʻchirdim. Oʻzini esa qora roʻyxatga kiritaman. Nataev munozara 19:11, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Assalamu aleykum. Iltimos meni qora ro'yxatga kiritmay turing. U maqolalarim endi birinchi marta boshlagan paytimdagi xatolar. 3 kun ichida o'qib chiqib to'g'irlayman. Muzaffar Turgunov (munozara) 19:15, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Va alaykum assalom! Yaratgan maqolalarida AT alomatlari aniqlangan har bir foydalanuvchi qora roʻyxatga kiritilmoqda. Hissangizni koʻrib chiqib, kamchiliklarini tuzatib boʻlganingizdan keyin jamoa qoʻllovi bilan chiqarilishingiz mumkin. Ammo barcha hissangizni tuzatib chiqishingiz shart, chunki maqolalaringizda AT alomatlari yana aniqlansa, roʻyxatda qolasiz. Nataev munozara 19:28, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Svetlana Podobedova maqolasida Rossiyadan hijrat qilgan, 2012-yili Olimpiada chempioni ismi chiqqani bilan, 2016-yilda XOQ uni doping bahonasi bilan yoʻqqa chiqarilgan jumlalarini misol keltirdim. Umarxon III (munozara) 10:46, 2024-yil 23-oktyabr (UTC).
- Va alaykum assalom! Yaratgan maqolalarida AT alomatlari aniqlangan har bir foydalanuvchi qora roʻyxatga kiritilmoqda. Hissangizni koʻrib chiqib, kamchiliklarini tuzatib boʻlganingizdan keyin jamoa qoʻllovi bilan chiqarilishingiz mumkin. Ammo barcha hissangizni tuzatib chiqishingiz shart, chunki maqolalaringizda AT alomatlari yana aniqlansa, roʻyxatda qolasiz. Nataev munozara 19:28, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
- Assalamu aleykum. Iltimos meni qora ro'yxatga kiritmay turing. U maqolalarim endi birinchi marta boshlagan paytimdagi xatolar. 3 kun ichida o'qib chiqib to'g'irlayman. Muzaffar Turgunov (munozara) 19:15, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)
Mashhura26 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
21ta maqola yaratgan, shundan 1tasi oʻchirilgan. Qisqa maqolalari yaxshi yozilgan, lekin katta hajmli maqolalarida AT alomatlari bisyor. AT maqolalariga misollar: Matsuyama qalʼasi (Iyo) maqolasida Gamō Tadatomo]] ostida katta besh qavatli tenshu qurib bitkazildi. Gamo Tadatomo 1634 yilda Matsuyama shahrida Ninomaru baileyni tugatgandan so'ng, merosxo'rlarsiz vafot etdi., Meiji restavratsiyasidan keyin , qal'a darvozalari, yagura qo'riqlash minoralari va boshqa tuzilmalarning ko'pchiligi yangi Meiji hukumati tomonidan buzib tashlangan va bo'shatilgan uchinchi beyli prefektura shtab-kvartirasi joyiga aylandi va ichki Beyli 1874-yilda jamoat parkiga aylandi, 1989 yilda Matsuyama qal'asi bog'i Yaponiyaning "Eng yaxshi 100 ta olcha gullari joylari" dan biri sifatida tanlandi, Honmaru ichki kvadrat markaziy hudud bo'lib, uchta burchakli yagura tenshuni o'rab turgan kazarma darvozalari bilan bog'langan va hokazo. Jon Kurkuoaus maqolasida U bu lavozimni yigirma yildan ortiq davom ettirdi va mintaqadagi strategik muvozanatni oʻzgartirgan Vizantiyaning hal qiluvchi harbiy muvaffaqiyatlarini nazorat qildi., U Romanos Lekapenos oʻgʻillarining hiyla-nayranglari natijasida 944-yilda ishdan boʻshatilgan, ammo 946-yilda imperator elchisi boʻlgan imperator Konstantin VII (r. 913–959) tomonidan qayta tiklangan, Uning rafiqasi Mariya faqat Pege monastirining mojizalar toʻplamidan maʼlum, Lekapenos 920-yil dekabrida katta imperator taxtiga oʻtirgunicha, asta-sekin koʻproq vakolatlarga ega boʻldi. Uning qoʻllab-quvvatlash uchun mukofot sifatida 923-yilda Romanos Lekapenos Kurkouasni maktablarning ichki xoʻjaligi lavozimiga koʻtardi, aslida Anado'lidagi barcha imperator qoʻshinlarining bosh qoʻmondoni, XII asrdagi musulmonlar istilosidan soʻng, Arab-Vizantiya mojarosida Toros va Torosga qarshi togʻlar chizigʻi bilan aniqlangan nisbatan statik chegara boʻylab doimiy reydlar va qarshi reydlar sodir boʻldi, Shaharni boʻron yoki hiyla-nayrang bilan egallashga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchragach, vizantiyaliklar Meliten tekisligi atrofidagi tepaliklarda qal’alar halqasini oʻrnatdilar va bu hududni uslubiy ravishda vayron qildilar va hokazo. Jebel Akhdar (Oman) maqolasida Jebel Shamsda ikkinchi cho'qqi (Janubiy sammit) ham bor, u W4 Trail orqali trekking uchun ochiqdir, "Tog'larga olib boradigan katta dovonning og'zida joylashgan Birkat al-Mavz tog'ning yuragini nazorat qilgan Bani Riyom qabilasining qal'alaridan biri edi. So'nggi paytgacha vayronaga aylangan,loy g'ishtdan yasalgan qal'a va uning bo'yalgan shiftlari xarobaga aylandi. Endi u tiklanish yo'lida." — Aramco World. , anʼanaviy atirgul suvini olish [11] [12] hamda anor, yongʻoq, oʻrik, qora uzum va shaftoli kabi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan mashhur. Bu, shuningdek, Ummonning ko'p qismi uchun asalasalarichilik joyidir, Oʻtlar va butalar qurgʻoqchilik sharoitlariga moslashgan boʻlib, ularda koʻplab qurgʻoqchilik-bargli va shirali oʻsimliklar mavjud va hokazo. Kubota bogʻi maqolasida Fujitaro Kubota 1907 yilda Yaponiyaning Shikoku shahridan hijrat qilgan va 1923 yilda Kubota bogʻdorchilik kompaniyasini tashkil qilgan, 1927 yilda u Rainier-Bichda doʻsti yordamida 5 akr (20 000 m2) botqoqlik sotib oldi, chunki u yapon millatiga mansubligi sababli sotib ololmadi, 1995 yilda jamoat gazetasi xodimlarning kunga ketganidan keyin bogʻni suiisteʼmol qilishini, jumladan graffiti va pivo idishlarini qoldirganini taʼkidladi, Kubota Garden Foundation 1989-yilda „Fujitaro Kubota ruhi va qarashlari doirasida Kubota bogʻini qoʻllab-quvvatlash, yaxshilash va abadiylashtirish“ uchun tashkil etilgan 501(c)(3) notijorat tashkilotidir va hokazo. Umarxon III (munozara) 04:43, 2024-yil 23-oktyabr (UTC).
- Yuqoridagi maqolalarni oʻchirdim. Jabal Mareer kabi maqolalari nisbatan yaxshi, ammo AT alomitlaridan xoli emas. Tarjima uskunasi oʻchirilganidan keyin yaratgani uchun boshqa tillarga ulamagan ham. Ulab qoʻydim.
- Maqolalari soni oz ekan. Har birni alohida koʻrib chiqib, qaror chiqarish kerak. Foydalanuvchini esa qora roʻyxatga kiritaman. Nataev munozara 13:21, 2024-yil 27-oktyabr (UTC)
Saatova Ziyoda (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Foydalanuvchi 22ta maqola yaratgan, shundan 2tasi oʻchirilgan. Katta-kichik maqolalarining hammasi AT. Misollar: Sozlangan massa damperi maqolasida Shanxay minorasi sozlangan ommaviy amortizator, Grafikda sozlangan massa amortizatorining oddiy prujina-massa-damper tizimiga taʼsiri koʻrsatilgan. Asosiy massaga qoʻllanadigan kuchning bir birligi amplitudasi hamda tebranishlar bilan qoʻzgʻatilgan m 1 Ishlashning muhim oʻlchovi -dvigatel oʻrnatmasidagi kuchning tebranish kuchi nisbat, Sozlangan massa sönümleyicileri harmonik tebranish natijasida paydo boʻlgan shiddatli harakatga qarshi stabil va hokazo. Taqiyah (qopqoq) maqolasida Oʻz-oʻzidan kiyinsa, taqiya har qanday rangda boʻlishi mumkin. Arab mamlakatlarida, keffiyeh roʻmoli ostidan kiyinganda, anʼanaviy oq rangda saqlanadi, Topi qalpoqPokistonning milliy libosi boʻlgan shalvar kamiz bilan kiyiladi, Peci / songkok milliy libosidir . Indoneziyaliklar, shuningdek, musulmonlar orasida mashhur, mashinada toʻqilgan doʻppi ishlab chiqariladi. Yavaliklar sarongni qalpoq bilan kiyishadi. Sundanlarda doʻppi kupluk deb ataladi. Arab choyi maqolasida choy odatda ovqatdan soʻng ovqat hazm boʻlishiga yordam beradi va gaz yoki oshqozon yonishini yoʻq qiladi. U oʻziga xos taʼmga ega va agar qora choysiz pishirilsa, kofein boʻlmaydi va hokazo. Umarxon III (munozara) 11:24, 2024-yil 23-oktyabr (UTC).
- Uch rasodifiy maqolasidan AT gaplarga misollar: Turkiyada davlat bayramlari: „Turkiya milliy va diniy bayramlarga boʻlinadi“; „Turkiyadayni damda 14,5 kun dam olish kunlari boʻlib“; Abaya: „yelkalaridan yoki boshidan oʻralgan matoning katta kvadrati yoki uzun kaftan boʻlishi mumkin“; Christian Dior parfyumlari: boʻlim nomi: „Grim surmoq, pardoz qilmoq; yasamoq, tuzmoq“. Barcham yaratgan maqolasini oʻchiraman, goydalanuvchini esa qora roʻyxatga kiritaman. Nataev munozara 18:27, 2024-yil 23-oktyabr (UTC)
Lutfulloh7 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
WikiStipendiya 1-marafoni gʻoliblaridan biri. Marafon tugaganidan buyon birorta tahrir qilmagan. Sifat emas, son ketidan quvganlardan biri. 1493ta maqola yaratgan, shundan 28tasi oʻchirilgan. AT alomati bor maqolalariga misollar:
- Gloria Estefan maqolasida Uning onasi tomonidan bobosi Leonardo Garcia Ispaniyaning Asturiya shtatidagi Pola de Siero shahridan Kubaga hijrat qilgan va u yerda Glorianing buvisi Konsuelo Peresga uylangan, 1989: Uyga qaytish kontserti CMV (AQSh: Platinum) va hokazo.
- W. C. Fields maqolasida 1946-yilda, Rojdestvo kunida katta oshqozon qon ketishiga duch keldi va 66 yoshida vafot etdi, Fields kulgili obrazga ega boʻlib, misantrop va qattiq ichuvchi egoist edi va hokazo.
- Pearl White maqolasida 1937 yilga kelib, Uayt jigar etishmovchiligidan vafot etdi. "Paulinning xavf-xatarlari" filmini suratga olish paytida uning umurtqa pog'onasidan olgan jarohati uning og'rig'iga sabab bo'lishda davom etdi va u giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar bilan engillashtirdi. O'limidan bir yil oldin, Uayt o'z ishlarini tartibga soldi, uyi yaqinidagi Cimetière de Passy ( Passy qabristoni ) dan uchastka sotib oldi va o'zining dafn marosimini o'tkazdi va hokazo.
- Ruth Warrick maqolasida o'sha yili u Sovunli mukofotni qo'lga kiritdi (Sovun operasi Digest mukofotlari debochasi)., Bet Krauzga hurmat sifatida 41,000 Plus 4 "Kent shtati qirg'ini balladasi" qo'shig'ini nashr etdi. Vetnam urushiga qarshi namoyish. va hokazo.
- Erich von Däniken maqolasida "Xudolar aravalari" haqida daʼvolar bormi?, 1968 yilda nashr etilgan. Von Däniken "paleo-kontakt" va qadimgi astronavtlar gipotezalarini ommalashtirish uchun masʼul boʻlgan asosiy shaxslardan biridir, Misrga ko‘chib ketishdan oldin bir muddat shveytsariyalik mehmonxonada shogird bo‘ldi va hokazo.
- Marie Windsor maqolasida “Yovuzlik kuchi”, “Tar chegara” va “Qotillik” klassik filmidagi oʻzining halokatli qahramonlari bilan tanilgan. . Vindzorning bo'yi baland bo'yli aktyorlardan tashqari barcha sahnalarda unga muammolar tug'dirdi. U shu qadar ko'p B filmlarida bosh rol ayol ediki, u janrning "qirolichasi" nomini oldi, 1940-yilda Hollywoodga ko'chib o'tib, Ouspenskayaning dramatik maktabiga o'qishga kirganidan so'ng, u "Qirq ming Smit" spektaklida birinchi marta "Mari Vindzor" sahna nomidan foydalangan. Keyingi yili u Pasadena o'yingohida bir marta hayotda paydo bo'ldi. Shuningdek, u Nyu-Yorkdagi "Qizlarni kuzatib boring" filmida yovuz qahramon rolini o'ynadi va hokazo.
- Warren William maqolasida Ekrandagi Uilyam tomoshabinlar yomon ko'radigan aktyor bo'lsa-da, ekrandan tashqarida Uilyam shaxsiy odam edi va u va uning rafiqasi Xelen e'tibordan chetda qolishdi, Bu davrda u “Xudoni unutgan shahar” (1922) [2] va “Talonchilik ” (1923) kabi ikkita ovozsiz filmda ham suratga tushgan. [3] va hokazo.
Hissasi tekshirilishi kerak. Umarxon III (munozara) 18:33, 2024-yil 24-oktyabr (UTC).
- Yuqoridagi maqolalarni oʻchirdim, foydalanuvchini esa qora roʻyxatga kiritaman. Loyihadan pul olib, umuman qaytib kirmaganining oʻzi maqsadida vikiga rivojlanishiga hissa qoʻshish boʻlmaganini isbotlaydi. Nataev munozara 19:17, 2024-yil 24-oktyabr (UTC)
Speedbowl (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
ATchilardan biri. 645 ta maqoasidan 24 tasi oʻchirilgan. 4 oydan beri nofaol. Har bir maqolasida AT alomatini koʻrish mumkin. Quyida toʻrtta tasodifiy tanlab olingan maqolasida uchragan gʻaliz jumlalarga misollarni keltirib oʻtaman:
- Anthony Patterson maqolasida "His loan was extended until the end of January. However, Lee Johnson recalled the goalkeeper due to injury to Sunderland’s second choice goalkeeper Lee Burge." jumlasi "Uning kredit muddati yanvar oxirigacha uzaytirildi. Biroq, Li Jonson „Sanderlend“ ning ikkinchi tanlov darvozaboni Li Burge jarohati tufayli darvozabonni esladi." tarzida tarjima qilingan;
- Mady Camara maqolasida "Camara began his career with Guinean sides AS Kaloum and Santoba FC, before training with French Ligue 2 side AC Ajaccio in May 2015." jumlasi „Camara oʻz faoliyatini Gvineyaning Kaloum va Santoba klublarida boshlagan, 2015-yil may oyida Fransiya 2-ligasi vakili Ajaccioda mashgʻulot oʻtkazishdan oldin.“ tarzida tarjima qilingan;
- Ingliz, koreys, serb va turk tillarida „Yaxshi maqola“ statusini olgan Tammy Abraham maqolasi ham ushbu foydalanuvchi tomonidan oʻzbek tiliga sifatsiz tarjima qilingan. Kirish qismining oʻzidanoq maqolaning tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi ekanligini koʻrishimiz mumkin:
„A Chelsea academy graduate, Abraham made his first-team debut for the club in 2016 before spending a season on loan with Championship club Bristol City.“ => „Chelsi akademiyasi bitiruvchisi sifatida Abraham 2016-yilda Chempionship klubi Bristol Sitida ijara asosida bir mavsumni oʻtkazgunga qadar klub uchun asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazdi.“ va
"There, he enjoyed a successful campaign which culminated in him winning the club’s Player of the Season, Young Player of the Season and top goalscorer awards, becoming the first player ever to do so in a single season" => "U yerda u muvaffaqiyatli kampaniyadan zavqlanib, klubning mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi, mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va eng yaxshi toʻpurar sovrinlarini qoʻlga kiritib, bir mavsumda buni amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi." jumlalarini oʻqigan odam maqolaning qolgan qismini oʻqishga vaqt sarflamay qoʻyaveradi; - Ekzistensial nigilism maqolasida bir soʻzning bir nechta shaklda („nigilizm“ va „nigilism“) qoʻllanilganligi maqolaning AT ekanligidan dalolat. Bundan tashqari maqola matnida ham gʻaliz jumlalar koʻp. Masalan Alan Pratt tomonidan aytilgan va maqolada iqtibos sifatida keltirilgan "The common thread in the literature of the existentialists is coping with the emotional anguish arising from our confrontation with nothingness, and they expended great energy responding to the question of whether surviving it was possible. Their answer was a qualified "Yes, „ advocating a formula of passionate commitment and impassive stoicism.“ jumlasi "Ekzistensialistlar adabiyotidagi umumiy mavzu bu bizning boʻshliq bilan toʻqnashuvimizdan kelib chiqadigan hissiy iztirobni yengishdir va ular undan omon qolish mumkinmi degan savolga javob berish uchun katta kuch sarfladilar. Ularning javobi ehtirosli bagʻishlanish va passiv stoitsizm formulasini qoʻllab-quvvatlovchi malakali „Ha“ edi." shaklida tarjima qilingan.
Speedbowl yaratgan maqolalarning hammasi boshqa vikilardan tarjima qilingan. Birorta ham mustaqil maqola yaratilmagan mazkur foydalanuvchi tomonidan. Tarjima maqolalarining hammasi yuqoridagidek sifatsiz ekanligini inobatga olsak, mavjud 621 ta maqolaning hammasi oʻchirilishi kerak. --Hasan Xamidovich (munozara) 13:17, 2024-yil 25-oktyabr (UTC)
- Dahshat. Yana uch tasdofiy maqolasidan misollar: Mady Camara: „2019-yilning 27-oktyabr kuni 22 yoshli gvineyalik futbolchi oʻz maydonida kechgan derbida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan Panagiotis Tsintotas darvozasining yuqori oʻng burchagida jarima maydonchasi chetidan kuchli zarba yoʻllab gol urdi raqiblariga qarshi oʻyinda“; Juan Miranda: „Miranda oʻyinda debyut qildi va Ispaniya 4:0 hisobida gʻalaba qozonganida gol urdi“; Mattia Valoti: „2022-yil, 29-mayda Monzaning A Seriyadagi koʻtarilishidan soʻng Valoti sotib olish bandi boʻyicha majburiyatni ishga tushirdi“. Barcha maqolasini oʻchirib tashlayman, oʻzini esa qora roʻyxatga kiritaman. Nataev munozara 13:31, 2024-yil 25-oktyabr (UTC)
Kunduziy (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Bu foydalanuvchi 930ta maqola yaratgan, shundan 30tasi oʻchirilgan. Dunyoga mashhur futbolchilar maqolalarini avtomat tarjimada qoldirib ketgan. AT alomati bor maqolalariga misollar:
- José Mourinho maqolasida U 2015-yilda Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) tomonidan Portugaliyalik asrning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan va £1 milliarddan ortiq mablagʻ sarflagan birinchi murabbiy boʻlgan, Boshqaruv statistikasi jadvali inglizcha qolib ketgan va hokazo.
- Jamille Matt maqolasida Karyera statistikasi jadvali tarjima qilinmagan, Haftaning LMA chiqishlari: [upper-alpha 1] 2017 yil 2 dekabr (Arsenal 1-3 kishi. Utd), [50] 2018-yil 7-aprel (Man. Shahar 2-3 kishi. Utd) [51] va hokazo.
- Kaká maqolasidagi jadvallar tarjima qilinmagan, Kaka 2007-yil 12-fevralda Italiya fuqarosi sifatida qasamyod qildi. [30] U Adidas reklamasida koʻzga koʻringan oʻrinni egallaydi, Milan ham Italiya kubogi yarim finaliga chiqdi va yakunda gʻolib boʻlgan „Latsio“ ga magʻlub boʻldi va Chempionlar ligasining chorak finalida „Deportivo La Korunya“dan nokautga uchradi, Kaka 2004-05-yilgi mavsumda besh kishilik yarim himoyaning bir qismi boʻlgan, odatda hujumchi Andriy Shevchenkoning orqasida oʻynagan va hokazo.
- Sardor Azmun maqolasida jadvallar tarjima qilinmagan. U oʻz shahrining avtomashina raqamini hurmat qilish uchun Qozonda 69 raqamini kiyishga qaror qildi, Bir necha yil oʻtgach, u oʻsha paytda Eronning 1-divizionida (ikkinchi daraja) oʻynagan Etka Gorganga qoʻshilishdan oldin Shamoushak Gorganga qoʻshildi, 2014-yilning 27-mart kuni Angliya Premer-ligasi vakili „Arsenal“ 19 yoshli Azmun transferi uchun Qozonga 2 million funt sterling taklif qilgani xabar qilingandi, bu esa "Milan ", „Yuventus“, „Liverpul“, „Tottenxem“ va "Barselona "da ham qiziqish uygʻotdi va hokazo.
- Thiago Silva maqolasida Yoshligida Silva Rioning Campo Grande mahallasidagi maktabga qabul qilindi – tasodifan Fluminense uchun oziqlantiruvchi maktab, Italiyaning Ankona shahrida boʻlib oʻtgan turnirda Silvani „Roma“ ustozi Bruno Conti koʻrdi. Conti uning „Roma“da oʻynashini xohlardi, ammo Silva bu taklifni qabul qilmadi. Himoyachi yarim himoyachi sifatida soʻnggi mavsumidagi kuchli oʻyinlari Silvaning „Juventude“ga oʻtishiga olib keldi va hokazo.
- Kahoot! maqolasida Uning oʻquv oʻyinlari „kahoots“ foydalanuvchi tomonidan yaratilgan koʻp tanlovli viktorinalar boʻlib, ularga veb-brauzer yoki Kahoot orqali kirish mumkin! Ilova, Savolning oxirgi turi Puzzle boʻlib, oʻyinchi toʻrtta variantni yaratuvchi toʻgʻri deb belgilagan tartibda tekislashni talab qiladi. Masalan: Mamlakatlarni aholi soni boʻyicha eng kam aholidan tortib eng koʻp aholiga qadar tekislang, Kahoot! anʼanaviy oʻqitish va boshqa vositalar bilan solishtirganda talabalarning tashvishlarini kamaytirishi mumkinligi aniqlangan va hokazo.
- Shakti Millsdagi ommaviy zo‘rlash maqolasida Mumbayda ingliz tilidagi jurnalda amaliyot oʻtkazayotgan 22 yoshli fotojurnalistning toʻda boʻlib, yaʼni besh kishi, jumladan, voyaga etmagan bola tomonidan zoʻrlanish voqeasiga ishora qiladi, Bombey Oliy sudi 2021-yil 25-noyabrda uchta oʻlim jazosini umrining qolgan qismi uchun umrbod qamoq jazosiga almashtirdi va hokazo.
Hissasi tekshirilishi kerak. Umarxon III (munozara) 13:51, 2024-yil 25-oktyabr (UTC).
- José Mourinho maqolasida boshqa AT alomatlari bisyor. Ingliz tilini en-5 darajada bilishini iddao qiluvchi bu azamat „The Special One“ laqabini „Maxsus“ deb olibdi. Jamille Matt maqolasida esa futbolchi boshqa klubga „koʻchib oʻtdi“ emish. Kaká maqolasida esa „troubled seasons“ jumlasini „jarohatli mavsum“ den olgan! Sardor Azmun maqolasidagi „Berdiev“ kabi soʻzlar esa eng koʻp uchraydigan AT alomati. Thiago Silva maqolasida esa „Fransiya fuqaroligiga aylanganini“ kabi jumlalar bisyor. Kahoot! maqolasida esa „Northzone“ shirkati nomini „Shimoliy zona“ deb olgan. Nihoyat, Shakti Millsdagi ommaviy zo‘rlash maqolasida „deserted Shakti Mills compound“ jumlasi esa „Shakti Mills mavzesini kimsasiz suratga olish“ boʻlib qolgan.
- Yana uch tasodifiy maqolasida AT tarjimalarga misollar: Armanistonda odam savdosi: „majburiy mehnat erkaklar uchun manba mamlakat“ („a source country for men in forced labor“); Shri-Lankadagi jinoyatchilik: „bir hovuch korrupsionerlar“ („a handful of corrupt individuals“); Hattie Shepparde: „Amos Langmaidning (1809–1894) qizi boʻlib, sobiq mahkum“ („the daughter of Amos Langmaid (1809–1894), a former convict“). Xullas, uchiga chiqqan ATchi. Qora roʻyxatga kiritaman. Barcha maqolasini birdaniga oʻchirish kerak, deb oʻylayman. Nima deysiz, @Umarxon III? Saqlab qolish mumkin boʻlganlariga koʻzingiz tushmadimi? Nataev munozara 22:20, 2024-yil 28-oktyabr (UTC)
- Qisqa hajmli (hozirgi hajmi 5000 baytdan kam) maqolalarida avtomat tarjima alomatlarini koʻrmadim. Shu sababli ularni qoldirish kerak, degan fikrdaman. Undan kattaroq maqolalarda esa AT alomatlari bor. Umarxon III (munozara) 05:40, 2024-yil 29-oktyabr (UTC).
- Hissasini birdaniga oʻchirish jarayonida katta maqolalarini saralab, olib qolishning iloji yoʻq. Saqlab qolish mumkin boʻlgan maqolalarining roʻyxati tuzilsa, qolganlarini birdaniga oʻchirish mumkin. Nataev munozara 13:40, 2024-yil 29-oktyabr (UTC)
- Qisqa hajmli (hozirgi hajmi 5000 baytdan kam) maqolalarida avtomat tarjima alomatlarini koʻrmadim. Shu sababli ularni qoldirish kerak, degan fikrdaman. Undan kattaroq maqolalarda esa AT alomatlari bor. Umarxon III (munozara) 05:40, 2024-yil 29-oktyabr (UTC).
Gulshoda Axmadjonova (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Bu foydalanuvchi 21ta maqola yaratgan, shundan 3tasi oʻchirilgan. AT alomati bor maqolalariga misollar:
- Sislaide do Amor Lima maqolasida U 1999-yilgi Jahon chempionatida yettita gol urdi va eng yaxshi to'purarning "Oltin butsasini" xitoylik Sun Ven bilan bo'lishdi va hokazo.
- Angelina Semyonova maqolasida Bir necha kundan soʻng, Anjelina Semenova Instagram orqali Buzovani boks qoidalari boʻyicha duelga chaqirib, „soʻzlaridan voz kechmaslikka“chaqirdi, Taniqli rep ijrochisi Morgenstern (musiqachi) Hardcore FC MMA promouteri bilan shartnoma imzolab, darhol Anjelinadan jangga taklifnoma oldi, CFD grappling chempionati ADCC gʻolibi va hokazo.
- Anastasiya Yankova Kelajakdagi rejalar haqidagi savolga javob[sayt ishlamaydi] (mavjud havola) Sports.ru internet nashrining xabar berishicha, Yankova shunday dedi: "Qoʻpol jadval bor va agar hamma narsa yaxshi boʻlsa, men har ikki oyda bir marta jang oʻtkazishni xohlayman". Shuningdek, u MMA haqida oʻylamay, bor eʼtiborini Tailandcha boksga qaratmoqchi ekanligini taʼkidladi, 2018-yil 25-may kuni Bellator 200-yubiley turnirida Yankova bir ovozdan Kate Jeksonga yutqazib, karerasidagi birinchi magʻlubiyatga uchradi va hokazo.
- Diqqat qiling maqolasi boshdan-oyoq AT.
Hissasi tekshirilishi kerak. Umarxon III (munozara) 14:10, 2024-yil 25-oktyabr (UTC).
- Sislaide do Amor Lima, Angelina Semyonova, Diqqat qiling (va Nota bene) maqolalarini oʻchirdim. Maqolalari soni nisbatan oz, ayrimlari dahshatli AT emas. Masalan, Yaroslava Yakushina maqolasi kamchiliklardan xoli emas, ammo tuzukkina. Qisman tahrirladim. Shuning uchun hissasini birma-bir koʻrib chiqish kerak. Foydalanuvchini esa qora roʻyxatga kiritaman. Nataev munozara 13:36, 2024-yil 29-oktyabr (UTC)
AdAstraUz (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Navbatdagi ATchi. Tibbiyot bilan bogʻliq mavzularda maqola yaratadi. Xolesistektomiya maqolasini olaylik. „Лапароскопическая холецистэктомия производится через проколы брюшной стенки“ gapini „Laparoskopik xolesistektomiya qorin devorining kesmalari orqali amalga oshiriladi“ deb olgan va bu AT. Bu yerda gap „qorin devorining kesmalari“ haqida emas, balki laproskpiya qorin devorini teshib amalga oshirilishi haqida ketyapti; „выполнение четырёх проколов“ „toʻrtta kesmaning bajarilishi“ degani emas; „тех же клинических симптомов, что были до операции“ jumlasi esa „operatsiyasidan oldin boʻlgan bir xil klinik belgilarning“ shaklida olingani ham AT. Bu foydalanuvchi maqolani oshkora AT alomatlaridan tozalaganidan keyingi ahvoli!
Elva (Estoniya) maqolasini olaylik. „rapid banks“ jumlasini „tez qirgʻoq“ deb olgan. Qanaqa boʻladi u? Sekin qirgʻoq ham boʻladimi? „Elva 1886-yildan 1889-yilgacha qurilgan Tartu - Valga poezd yoʻnalishi tugagandan soʻng tez orada tashkil etilgan“ — bu yerdagi „poezd“ soʻzi klassik AT alomati. „en:Forest Brothers“ atamasini esa qoʻshtirnoqsiz soʻzma-soʻz „Oʻrmon birodarlari“ deb olgan.
Son uchburchagi maqolasini tahlil qilsak. „when the thigh is flexed, abducted and laterally rotated“ jumlasini „son egilganda, bir-biridan uzoqlashganda va yon tomonga burilganda“ deb olgan. Bir-biridan nima uzoqlashadi? Mushak haqida gap borganda „ roof“ atamasi soʻzma-soʻz „tomi“ deb olingani naqadar toʻgʻri? en:Fascia kabi atamalarning esa ruscha orqali kirib kelgan varianti va hatto tarjimasi bor. Va hokazo. Qora roʻyxatga kiritilishi kerak. Nataev munozara 19:12, 2024-yil 2-noyabr (UTC)
- Assalamu alaykum ustoz. Xolesistektomiya maqolasidagi kesmalar soʻzi operatsiyalarda boʻshliqqa kirish uchun ochilgan qism kesma deyilganligi uchun olingan. Laparoskopiyada ham laparoskop kiritilishi uchun avval kichik kesmalar qilinadi.
- Abduksiya esa qoʻl yoki oyoqlarni bir-biridan yoki tanadan uzoqlashtirishni bildiradi. Topografik atamalarda, masalan, rombsimon chuqurcha, yaqinlashtiruvchi kanal yoki son uchburchagi vertikal joylashgan tuzilmalar boʻlganligi uchun tubi va tomi deb tushuntiriladi. Yuqori devorini boshqa muskul hosil qilganligi uchun bunday deyishni iloji yoʻq. Boshqa alternativ topa olmaganligim uchun shunday qo'llanilgan menimcha. Fassiya atamasi esa deyarli barcha oʻzbekcha tibbiyotga oid kitoblarda uchraydi.
- Ustoz, qolgan tanqidlaringiz oʻrinli ekanligini, maqolalarda bir qancha xatoliklarga yoʻl qoʻyganligimni tan olaman. Bir hafta muhlat bersangiz, barcha maqolalarimni qayta koʻrib chiqib, xatolarimni toʻgʻirlayman va albatta natijasini shu munozarada koʻrsataman. AdAstraUz (munozara) 02:13, 2024-yil 3-noyabr (UTC)
- Hurmatli AdAstraUz sizning munozara sahifangizda men ham ogohlantirgan ekanman. Nega shuncha vaqtdan buyon qaramadingiz. Maqolalaringizni har birini sinchkovlik bilan tekshiring misol uchun Xrami maqolasini olaylik. U Trialeti tizmasidan boshlanib, chuqur vodiyga quyiladi. U asosan qor bilan oziqlanadi. Shuningdek bir qancha maqolalaringizda bilgiqutilarning parametri notoʻgʻri qoʻyilgan. Sizga koʻp marotaba aytganman xatolardan yiroq boʻling va haqiqiy til jonkuyari boʻling deya. Siz esa buni eʻtiborga olmabsiz. Boshqalar ham ogohlantirishimizdan xulosa chiqarmayapti va oxir oqibat shu roʻyxatga tushib qolyapti. Mirzoulugʻbek |@ 03:35, 2024-yil 3-noyabr (UTC)
- Assalomu alaykum ustoz. Maslahatlaringiz esimda. Maqolalarimni tahrirlashni boshlaganman, bugundan astoydil kirishaman. AdAstraUz (munozara) 03:51, 2024-yil 3-noyabr (UTC)
- @AdAstraUz, „qorin devorining kesmalari“ AT jumla. Qorin devori oʻz kesmalariga ega emas. „Devoridagi“ deyish mumkin.
Abduksiya esa qo‘l yoki oyoqlarni bir-biridan yoki tanadan uzoqlashtirishni bildiradi
– xoʻsh, unda nega „son egilganda, bir-biridan uzoqlashganda“ deb olgansiz? Gap ikki son haqidami yoki tana haqida ketayotganini oʻquvchi qayerdan biladi?Boshqa alternativ topa olmaganligim uchun shunday qo‘llanilgan menimcha
– variant ijod qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tibbiyot sohasida tahsil olayotgan odam oʻlaroq nega oʻzbekcha manbalarni izlab koʻrmadingiz?Fassiya atamasi esa deyarli barcha o‘zbekcha tibbiyotga oid kitoblarda uchraydi
– nima deb yozganimni oʻqidingizmi? „Fassiya“ oʻzbekcha manbalarda yoʻq demadim, balki bu variant borligini link bilan koʻrsatdim. Siz esa maqoalda „fascia“ deb yozgansiz va bu oʻzbekcha manbalarda aniq yoʻq. - Javob yozishdan oldin munozarada yozilgan fikrlarni yaxshilab oʻqing. Qora roʻyxatga baribir kiritilasiz. Yaratgan 1 080 maqolangizdagi har bir gap, har bir atamani tekshirib chiqqaningizdan keyingina jamoa qoʻllovi bilan chiqarilishingiz mumkin boʻladi. Biz esa kutib oʻtirmaymiz, Xrami kabi dahshatli AT maqolalarni VP:M2ga koʻra tezda oʻchiramiz. Nataev munozara 15:34, 2024-yil 3-noyabr (UTC)
- Hurmatli AdAstraUz sizning munozara sahifangizda men ham ogohlantirgan ekanman. Nega shuncha vaqtdan buyon qaramadingiz. Maqolalaringizni har birini sinchkovlik bilan tekshiring misol uchun Xrami maqolasini olaylik. U Trialeti tizmasidan boshlanib, chuqur vodiyga quyiladi. U asosan qor bilan oziqlanadi. Shuningdek bir qancha maqolalaringizda bilgiqutilarning parametri notoʻgʻri qoʻyilgan. Sizga koʻp marotaba aytganman xatolardan yiroq boʻling va haqiqiy til jonkuyari boʻling deya. Siz esa buni eʻtiborga olmabsiz. Boshqalar ham ogohlantirishimizdan xulosa chiqarmayapti va oxir oqibat shu roʻyxatga tushib qolyapti. Mirzoulugʻbek |@ 03:35, 2024-yil 3-noyabr (UTC)
Umid Akbaraliyev93 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) Foydalanuvchini quyidagi kabi AT tarjimalari sababli roʻyxatga kiritishni taklif qilaman:
- home games soʻzini uy oʻyinlari deya tarjima qilgan;
- sahifa emas, davr boʻlishi kerak edi;
- klub bino emaski qayerdadir joylashsa
Shuningdek maqolalarida imloviy xatoliklar juda koʻp. Butun hissasini qayta koʻrib chiqish kerak.
Bir maqolani bitirgach, ikkinchi 10,000 baytlik maqolani yakunlab chop etishga 28 daqiqa sarflaganidan ham maqolalari sifatidan shubhalansa boʻladi.Xhyripomius (munozara) 13:30, 2024-yil 3-noyabr (UTC)
- Tasodifiy uch maqolasini tahlil qilsak. Jangari film maqolasini olaylik. фильм действия jumlasi „harakatli film“ degani emas; „со злом в самом очевидном его проявлении“ jumlasini „eng aniq koʻrinishida yovuzlikka“ den olgan; „Фильмы, посвящённые боевым искусствам“ jumlasini „Jang sanʼatiga atalgan filmlar“ deb olgan.
- Nokia 2700 Classic maqolasini olaylik. „Модификация“ „koʻrinishi“ degani emas; „время работы“ jumlasini „ish vaqti“ deb olgan; „pleer“ – AT xatosi.
- Nihoyat, GULAG arxipelagi maqolasini olsak. „проходили аресты социалистических инопартийцев“ gapini „Sotsialistik xorijiy partiya aʼzolari hibsga olindi“ deb olgan; mitropolit soʻzini „metropolitan“ deb olgan; wikt:arxiyerey soʻzini „arxiyoniylar“ deb olgan va hokazo. Qora roʻyxatga kiritaman. Yaratgan barcha maqolasini VP:M2ga koʻra oʻchirish tarafdoriman. Nataev munozara 16:18, 2024-yil 3-noyabr (UTC)
2006mushtariybonu (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
6ta maqolasidan 2tasi oʻchirilgan. Qolgan 4 maqolasining 3 tasiga AT xabar andozasi qoʻyilgan. Tirik qolgan 4-maqolasi ham andoza qoʻyar darajada dabdala. Butun hissasini oʻchirib, roʻyxatga qoʻshishni taklif qilaman. Xhyripomius (munozara) 13:35, 2024-yil 3-noyabr (UTC)
Oyguljo'rayeva (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Yaratgan 6ta sahifasidan 3tasi oʻchirilgan. Qolgan 3tasiga esa AT xabar andozasi ancha oldin qoʻyilgan, tahrirlaydiganga oʻxshamayabdi. Shunday ekan bu foydalanuvchini ham roʻyxatga kiritib, barcha hissasini oʻchirishni taklif qilaman. Xhyripomius (munozara) 14:43, 2024-yil 3-noyabr (UTC)
Omina006 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Yaratgan 7 sahifasidan 1tasi oʻchirilgan, 5tasiga AT xabar andozasi qoʻyilgan. Yana bir maqolasida ham gʻaliz jumlalar bisyor:
- Hatay viloyati Belen shahrining tumanidagi qishloqlardan biri
- Nur togʻlarining gʻarbiy tomlarida joylashgan
- Iskenderun koʻrfasiga qarashli hisoblanadi.
- Bu odatiy yozgi kurort (qarang yayla (kurort)).
Barcha hissasini oʻchirib, roʻyxatga kiritishni taklif qilaman.Xhyripomius (munozara) 14:51, 2024-yil 3-noyabr (UTC)
Isayev Shohruh (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Ushbu roʻyxatga Isayev Shohruhni ham qoʻshishni taklif etaman. Asosan stab maqolalar yaratgan. Lekin oʻzi bir qatorlik maqolalarda nomlashda xatolar qilgan. Masalan, Kamar, Afghanistan; Kalat, Badakhshan; Kakan, Afghanistan; Gustaw, Afghanistan; Gharji, Badaxshon; Gawaki, Badakhshan. Afgʻoniston mavzusida zoʻr andozasi ham bor ekan: Andoza:Afgʻoniston tumanlari. Hissasi koʻrib chiqilishi tarafdoriman. Janob Mirzaolim (munozara) 12:39, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
Foyda2022 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
- Maʼlumotlarni tahlil qilish maqolasida Интеллектуальный анализ данных — это особый метод анализа данных, который фокусируется на моделировании и открытии данных, а не на их описании. gapini Ma’lumotlarni qazib olish ― bu ma’lumotlarni tavsiflashdan koʻra uni modellashtirish va kashf etishga qaratilgan ma’lumotlarni tahlil qilishning oʻziga xos usuli. deya juda qoʻpol AT qilgan;
- Patent landshafti maqolasida В рамках указанного проекта КРИС, по поручение ВОИС было подготовлено около полутора десятков патентных ландшафтов gapini Ushbu CDIP loyihasi doirasida BIMT nomidan bir yarim oʻnga yaqin patent landshaftlari tayyorlandi deya tarjima qilingan. Bundan tashqari ham maqoladagi biron gapga aʼlo sifatini berish qiyin.
- Koʻp oʻlchovli masshtablash maqolasi boʻlsa umuman ensiklopedik matndan iborat emas.
- Ustream maqolasida Причём по данным Quantcast число уникальных посетителей выросло с 20 миллионов в 2009 до 50 миллионов в июне 2010 года gapi Bundan tashqari, Quantcast ma'lumotlariga ko'ra noyob tashrif buyuruvchilar soni 2009-yildagi 20 milliondan 2010-yil iyunida 50 milliongacha o'sdi deya AT qilingan.
Quyida keltirilgan maqolalarni oʻchirib, roʻyxatga qoʻshishni va qolgan maqolalarini ham koʻrib chiqishni taklif qilaman. Xhyripomius (munozara) 15:30, 2024-yil 5-noyabr (UTC)
Mahirema (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) WikiStipendiya marafonining birinchi mavsumida maqolalar yarata boshlagan. U tomonidan yaratilgan, tarjima qilingan va qoʻllangan maqola, andoza, turkum, bilgiqutilarning asosiy matnida tarjima uskunasi yordamida amalga oshirilganligi yaqqol bilinadi. Barcha hissasi bir qur koʻrib chiqilib, butunlay oʻchirib yuborilishi ham maʼqul yechim. Kamol Azzam (munozara) 12:29, 2024-yil 6-noyabr (UTC)
1rodakomilovna (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
- David Elliott (shoir) maqolasida Elliott was one of the original performers at the literary festival, The March Hare, established in Corner Brook in the late 1980s, and in 1995 [3 he was the first person to be honoured in having the festival for that year dedicated in his name, a practice that has since become an annual feature of the even gapini The March Harega deya nomlangan festivalni oʻz nomiga bagʻishlagan eng birinchi odam hisoblanar edi, bu jarayon Elliot kirib kelganidan soʻng oʻzgacha xususiyatga ega boʻlgan tadbirga aylandi oʻlaroq tarjima qilgan. Maqolaga allaqachon AT andozasi ham qoʻyilgan.
- Lev Leonidovich Dengov maqolasida belarus tilidagi soʻzni krill alifbosidan lotin alifbosiga oʻgirib yozish maʼnosini bildiradigan romanized soʻzini google qanday tarjima qilib bergan boʻlsa, oʻzgartirmay-netmay sifatida romanizatsiyalashtirilgan hisoblanadi deb bergan; entrepreneur and businessmanni esa kulguli tarzda tadbirkor va biznesmen deya oʻgirgan.
- Liu Yu (olima) maqolasida A prominent spokeswoman for Chinese liberalism, Liu's book Details of Democracy, an introduction of the workings of American democracy to a Chinese audience, was acclaimed as a creative and well-written cornerstone of the ideological movement gapini Xitoy liberalizmidagi taniqli notiq ayol boʻlib, Liu’ning „Details of Democracy“ kitobi, Amerika demokratiyasi faoliyatiga Xitoy auditoriyasini tanishtirish mafkuraviy harakatining ijodiy va yaxshi yozilgan poydevori sifatida eʼtirof etilgan deya tarjima qilganida ham AT alomatlari yaqqol bilinib turibdi.
Foydalanuvchini roʻyxatga kiritib, bari hissasini tekshirib chiqib, AT hissasini oʻchirishni taklif etaman.Xhyripomius (munozara) 18:34, 2024-yil 6-noyabr (UTC)
Nodirjonovna (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) Hozirda faol emas. Aksar maqolalarini 2022-yil 24-noyabrdan 28-noyabrgacha „turbo“ tezlikda yaratgan. 2017-yilgi FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finali maqolasining boshidanoq AT alomatning „hidi“ keladi. BEKIPEDIYA #yozishma 19:35, 2024-yil 6-noyabr (UTC)
Nafosatxon Otabekovna (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Ushbu foydalanuvchining 1,000 baytdan ortiq 4 dona maqolasi mavjud boʻlib qolgan yaratgan 715 sahifasining bari stub.
- Hissasidagi eng katta hajmli maqolasi — Raffaella Carrà: Её пластинки были выпущены в 37 странах мира общим тиражом более 60 млн экземпляров gapini Uning yozuvlari jami 60 million nusxadan ortiq tiraj bilan 37 mamlakatda chiqarilgan deya AT qilgan, после чего к концу 1960-х годов решила отказаться от актёрской карьеры в пользу музыкальной и телевизионной gapini 1960-yillarning oxirlarida aktrisalik faoliyatini musiqa va televideniye foydasiga tark etishga qaror qilgan deya kulguli va hattoki telegramdagi oʻsha mashhur #smoriteshuningdek heshtegiga mos holda tarjima qilgan.
- Ikkinchi katta hajmli maqolasi Maidie Normanni tahlil qiladigan boʻlsak: She later used her husband's surname as her professional name gapini Keyinchalik, u oʻzining rasmiy nomi sifatida erining familiyasidan foydalangan deya AT qilgan; Norman began her career in radio with appearances on The Jack Benny Program and Amos 'n' Andy. gapini esa Norman radioda „Jack Benny“ va „Amos 'nʼ Andy“ paydo boʻlishi bilan uning karyerasi boshlandi. deya yaqqon AT qilgan.
- 3-stub boʻlmagan maqolasi Elna Borchni tahlil qilsak: За границей её работы демонстрировались в 1927 году на Датской национальной выставке в Бруклине, штат Нью-Йорк.gapini Uning asarlari 1927-yilda Nyu-Yorkning Bruklin shahridagi Daniya milliy koʻrgazmasida chet elda namoyish etilgan. deya gʻaliz tarjima qilgan.
- Va nihoyat toʻrtinchi stub boʻlmagan maqolasi Olga Wagner tahlili: This brought her into a lifelong artistic association focused on sculpture. gapini Bu uning haykaltaroshlikka bag‘ishlangan bir umrlik badiiy faoliyatiga sabab bo‘ldi. deya gʻaliz tarjima qilgan.
Foydalanuvchini roʻyxatga kiritishni va maqolalaridagi xatoliklarni tuzatib chiqish haqida ogohlantirishni taklif etaman. Xhyripomius (munozara) 15:17, 2024-yil 7-noyabr (UTC)