Alisher Toʻxtayev
Qiyofa
Alisher Toʻxtayev | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning Pokistondagi elchisi | |
Mansab davri 2024-yildan – hozirgach | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Oybek Usmonov |
Oʻzbеkistоnning Pokistondagi elchisi | |
Mansab davri 2021-yildan – 2024-yilgacha |
Alisher Toʻxtayev – O‘zbekiston Respublikasining Pokistondagi elchisi[1][2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alisher Toʻxtayev Toshkent davlat yuridik institutini (Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, TIV, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident administratsiyasida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Toʻxtayev O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasida maslahatchi, soʻngra rais oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Toʻxtayev 2024-yil 6-oktabr kuni Oʻzbekistonning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan. U bunga qadar Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ўзбекистоннинг янги элчиси Исломободга келди“. dunyo.info. Qaraldi: 6-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Ўзбекистоннинг Покистондаги янги элчиси тайинланди“. Daryo.uz. Qaraldi: 6-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi bo‘ldi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 6-oktabr 2024-yil.