Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat
Vikipediya ensiklopediyadir, yaʼni unda insoniyatning barcha sohalariga oid bilimlar jamlanadi. Odatda, hamma mavzular ensiklopedik tavsifga loyiq hisoblanmaydi. Faqatgina ahamiyatga molik, umumiy turkumdan jiddiy ravishda farq qiluvchi mavzular ensiklopedik tavsifga loyiq hisoblanadi. Ahamiyatga moliklik tushunchasi muhimlik va taniqlilik tushunchalari bilan oʻzaro bogʻlangan, lekin ular bilan bir xil emas.
Vikipediyada maqola mavzusi yoki predmeti ahamiyatga molik boʻlishning umumiy mezoniga yoki qaysidir mezonlaridan biriga mos kelsa, shu maqola shartli ravishda loyiq deb hisoblanadi. Bundan tashqari, agar amaldagi ahamiyatga moliklik mezoni umumiy mezon bilan oʻzaro boʻliqligi yoʻq boʻlsa, umumiy mezon qoʻllamasdan, ahamiyatga moliklik faqatgina oʻsha mezon bilan belgilanadi.
Ahamiyatga moliklik qoidalari va koʻrsatmalari mavzuning yetarlicha ahamiyatga ega yoki ega emasligini aniqlash imkonini beradi, lekin maqolalar mazmuniga bevosita dahl qilmaydi. Maqolalar mazmunini tartibga soluvchi qoidalar quyidagilardir: Neytral nuqtai nazar, Tekshirish mumkinligi, Original tadqiqotga yoʻl qoʻyilmasligi, Vikipediya nima emas.
Ahamiyatning umumiy mezonlari
[manbasini tahrirlash]Mavzu yoki predmet mustaqil nufuzli manbalar tomonidan yetarlicha batafsil yoritilgan boʻlsagina ahamiyatga molik hisoblanadi.
Ushbu taʼrifda har bir soʻz muhimdir:
- „taxminan“ deb keltirilgan taʼbir ahamiyatga molik boʻlishni kafolatlamaydi, faqat uning mavjudligini taxmin qiladi. Hamjamiyat maʼlum bir mavzuga bagʻishlangan maqolada manbalar koʻrsatilganligiga qaramay, (masalan, Vikipediya nima emas qoidasi yoki qoʻllanmasiga mos kelmasligi sababli) ensiklopediya uchun munosib emas degan konsensusga kelishi mumkin. Boshqa tomondan, hamjamiyat maʼlum bir mavzudagi maqola, mustaqil manbalar yoʻqligiga qaramay, ensiklopediya uchun munosib degan konsensusga kelishi mumkin.
- "yetarlicha batafsil" deb keltirilgan taʼbir, mavzu toʻgʻridan-toʻgʻri manbalar bilan, mustaqil yoki original tadqiqsiz ensiklopedik maqsadlar uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar uchun yetarlicha yoritilganligini anglatadi. Manbalardagi havolalar uning ahamiyatini isbotlash uchun yetarli emas, lekin manbalar berilgan mavzu boʻyicha toʻliq maʼlumot berishi yoki faqat shu mavzuga bagʻishlangan boʻlishi shart emas.
- „mustaqil nufuzli manbalarda“ taʼbiri, nashr manbasi maqola mavzusiga tegishli moddiy yoki boshqa manfaatlarga ega emasligini anglatadi. Reklama materiallari, press-relizlar, avtobiografiyalar, mavzu boʻyicha mustaqil ravishda nashr etilgan va shularga oʻxshash manbalar ensiklopedik ahamiyat uchun asos boʻlolmaydi. Ikkilamchi manbalarning mavjudligi ensiklopedik ahamiyatning yaxshi koʻrsatkichidir.
- „mustaqil nufuzli manbalarda“, ulardagi faktlar Nufuzli manbalar qoʻllanmasiga muvofiq ahamiyatliligi tekshirilgan boʻladi. Har qanday axborot tarqatuvchi vositalarda barcha turdagi nashrlar va eʼlonlar manba boʻlib xizmat qilishi mumkin.
- „mustaqil nufuzli manbalarda“, Vikipediya uchun ikkilamchi va uchlamchi darajali manbalar muhim ahamiyatga ega, ular ahamiyatning eng obyektiv dalillarini beradi. Manbalarning miqdori va sifati har xil boʻlishi mumkin. Bu ularning koʻlami va ishonchliligiga bogʻliq.
Hamjamiyat konsensus (kelishuv)i asosida ushbu mezonga javob beradigan mavzu yoki predmet odatda muhim boʻladi; ensiklopediyaning alohida maqolasini ularga bagʻishlab yaratish mumkin. Ushbu mezonga javob bermaydigan mavzular yoki predmetlar haqidagi tasdiqlangan maʼlumotlar Vikipediyadagi avvaldan mavjud maqolalarga kiritilishi mumkin.
Maqolalarning ahamiyatliligi ularning mazmuniga emas, balki mavzularga tegishli
[manbasini tahrirlash]Ahamiyatlilik qoidalari va koʻrsatmalari maqolada tekshirilishi uni yetarlicha ahamiyatli yoki yoʻqligini aniqlash imkonini beradi. Maqolaga maʼlum boʻlimlar va faktlarni kiritish imkoniyati boshqa qoidalar va koʻrsatmalar bilan tartibga solinadi, xususan: tekshirish imkoniyati, nufuzli manbalardan foydalanish, Vikipediya nima emasligi va boshqalar.
Shu bilan birga, maqolaning neytralligi talablarini va maqola mavzusiga tegishli ahamiyatsiz tafsilotlarni haddan tashqari koʻp hajmda yoritish yaxshi emasligini hisobga olish kerak. Mualliflar tavsif mavzuning ushbu jihatiga mos kelishini taʼminlashga harakat qilishlari kerak.
Maqolaning har bir jihati mavzuning yoritilishiga mos kelishiga qarab taroziga tortilishi kerak. Neytrallikning mumkin boʻlgan buzilishlariga eʼtibor bering. Ahamiyatsiz tafsilotlarni haddan tashqari yoritish, maqola boʻlimlarini notekis tavsiflash, maqolada tartibga solish orqali baʼzi jihatlarni asossiz ravishda ajratib koʻrsatish, bayonotlarni taqqoslashlardan saqlaning.