Kontent qismiga oʻtish

Air France

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Société Air France, S.A.
IATA ICAO Identifikatori
AF AFR AIRFRANS[1]
Tashkil topgan 8-fevral, 1919-yil (106 yil avval) (1919-02-08)
(Société Générale des Transports Aériens sifatida)
Boshlangan amaliyotlari 30-avgust, 1933-yil (91 yil avval) (1933-08-30)
(Air France sifatida)
Havo tuguni Paris–Sharl de Goll
Fokus shaharlari
Tez uchish dasturlari Flying Blue
Alyansi SkyTeam
Shoʻba korxonalari
  • Air France Hop
  • Servair (50.01%)
  • Transavia France (95.5%)
Park hududi 226
Parvoz yoʻnalishlari 184[4]
Egasi Air France-KLM
Bosh qarorgohi Roissypôle, CDG aeroporti, Tremblay-en-France, Fransiya
Muhim shaxslar
  • Benjamin Smith (Air France-KLM CEO)
  • Anne Rigail (Air France CEO)[5]
Yillik daromadi €16.3 milliard (2022)[6]
Operativ foyda €483 million (2022)[6]
Xodimlar soni 38 000[7]
Sayti airfrance.com

Air France (fransuzcha talaffuzi: ​[ɛːʁ fʁɑ̃s], yuridik nomi Société Air France, S. A.) – Fransiyaning flagman aviakompaniyasi. Bosh ofisi Tremblay-en-France kommunasida joylashgan. Air France-KLM aviaholdingining shoʻba korxonasi va SkyTeam aviakompaniyalar alyansining asoschilaridan biri hisoblanadi. 2013-yil holatiga koʻra, Air France mamlakat ichida 29 yoʻnalishda, jahon boʻylab esa 78 mamlakatdagi (Fransiyaning dengizorti hududlari va departamentlari bilan 93 davlat) 201 yoʻnalishda muntazam yoʻlovchi va yuk reyslarini amalga oshiradi. 2019-yil 46 803 000 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan. Aviakompaniyaning global habi Sharl de Goll aeroportida, mahalliy habi esa Orli aeroportida joylashgan. Korporativ bosh qarorgohi ilgari Parijning Montparnasse hududida joylashgan edi[8], hozirda esa Parij shimolidagi Sharl de Goll aeroporti hududida, Roissypôle majmuasida joylashgan[9].

Air France 1933-yil 30-avgustda[10] Air Orient, Air Union, Compagnie Générale Aéropostale, Compagnie Internationale de Navigation Aérienne (CIDNA) va Société Générale de Transport Aérien (SGTA) kompaniyalari birlashuvi natijasida tashkil topgan. Sovuq urush davrida, 1950—1990-yillarda Germaniyadan muntazam parvozlar amalga oshiruvchi uchta asosiy aviakompaniyalardan biri boʻlgan va parvozlarni Gʻarbiy Berlinning Tempelhof va Tegel aeroportlaridan amalga oshirgan. 1990-yil Fransiyaning mahalliy aviatashuvchisi Air Inter va xalqaro bozordagi raqibi UTA – Union de Transports Aériensning reyslarini oʻziga qoʻshib oldi. 2003-yilda Niderlandiyaning KLM aviakompaniyasi bilan birlashgunga qadar yetmish yil davomida Fransiyaning asosiy milliy flagman aviakompaniyasi vazifasini bajargan[11].

2018-yil Air France va uning mintaqaviy shoʻbasi Hop 51,4 million yoʻlovchi tashidi[12]. Air France uzoq masofali yoʻnalishlarga keng fyuzelajli Airbus va Boeing reaktiv samolyotlaridan iborat aralash aviaparkdan, qisqa masofalarga esa A320 oilasiga kiruvchi qisqa fyuzelajli samolyotlar parkidan foydalanadi. 2009-yil 20-noyabrda Parij—Nyu-York reysi bilan Airbus A380 samolyotidan foydalanishni boshladi. Air France Hop (ilgari HOP! Deb yuritilgan) mahalliy va Yevropa yoʻnalishidagi muntazam reyslarida, asosan, mintaqaviy samolyotlar parkidan foydalanadi[13].

Hamkor aviakompaniyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

SkyTeam alyansi hamkorlari:

Yoʻlovchi aviaparki

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Boeing 747-200
Boeing 777-200ER

2021-yil iyul oyi holatiga koʻra, Air France aviaparkining oʻrtacha yoshi 14,7 yil boʻlgan 214 ta samolyotdan iborat[14]:

Tasvir Samolyot rusumi Miqdori Buyurtma qilingan Sigʻim
Airbus A220-300 25 35 149
Airbus A318 9 0 131
Airbus A319 15 0 142
Airbus A320-200 39 0 172
Airbus A321-100/200 4/14 (18) 0 206
Airbus A330-200 15 0 219 (40/179)
Airbus A350-900 20 21 324 (34/24/266)
Boeing 777-200ER 18 0 264 (4/49/211)
Boeing 777-300ER 43 0 310 (8/67/235)

325 (8/67/250) 472 (14/36/422)

Boeing 787-9 10
Jami: 212 56

Yuk aviaparki

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tasvir Samolyot rusumi Miqdori
Boeing 777-200F 2
Air France aviakompaniyasining Boeing 707 rusumli samolyoti (1977-yil).

Avval foydalanilgan samolyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Designators for Aircraft Operating Agencies, Aeronautical Authorities and Services“. ICAO. 2021-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Infographie #34 - Quel avenir pour le réseau domestique d'Air France ?“ (2020-yil 25-may).
  3. „Air France renforce progressivement son programme de vols“. 2020-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-yanvar.
  4. „Air France on ch-aviation“ (en). ch-aviation. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.
  5. „Air France names Anne Rigail as new head of airline“. Reuters (2018-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
  6. 6,0 6,1 „Full Year 2022 Results“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Key figures“. Air France. Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
  8. Salpukas, Agis. „Air France's Big Challenge“. The New York Times (1992-yil 27-dekabr). 2009-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 31-may.
  9. „Air France – Company Overview“. Hoover's (2009). 2009-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 31-may.
  10. „Notre histoire : Legend“. corporate.airfrance.com. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
  11. „Air France KLM“. KLM. — „"Since May 2004, Air France and KLM Royal Dutch Airlines have become the largest European airline group: 1 group, 2 airlines, and 3 businesses."“.
  12. „Record traffic in 2018 for Air France-KLM: more than 100 million passengers carried“. Air France-KLM Group (2019-yil 9-yanvar). 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
  13. „regional.com“. www.regional.com. 2006-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Please verify your request“. www.planespotters.net. 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
  • Rocher, Alexis (October 2023). "Les 90 ans d'Air France: Première partie 1933–1939" (fr). Le Fana de l'Aviation (647): 48–59. ISSN 0757-4169.