Kontent qismiga oʻtish

UzGasTrade

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"UzGasTrade" AJ
Turi Aksiyadorlik jamiyati
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 15-iyun, 2022-yil (2 yil avval) (2022-06-15)
Joylashuvi Toshkent shahri, Mirzo Ulugbek tumani, Mirzo Ulugbek shoh koʻchasi, 32A-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori Alisher Agzamov
Vebsayti uzgastrade.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus, ingliz

"UzGasTrade" AJ (inglizcha: UzTransGaz; oʻzbekcha: "UzGasTrade" JSC) – O'zbekiston Respublikasidagi tabiiy gazni sotish va sotib olish boʻyicha yagona operator. Oʻzbekistondagi yirik kompaniyalardan biri. Tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish „UzGasTrade“ AJ zimmasiga yuklangan. „UzGasTrade“ AJ, shuningdek, „Hududgaztaʼminot“ AJga va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchilarga tabiiy gazni toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida sotish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida koʻzda tutilgan holatlardan tashqari yagona eksport qiluvchi funksiyalarini bajaradi.

2024-yilning 8-fevraliga koʻra „UzGasTrade“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 10 mlrd soʻmni tashkil etadi[1].

"UzGasTrade" AJ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyuldagi „Tabiiy gaz bozorini isloh qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PQ-280-sonli qarori asosida tashkil etilgan[2]. Hujjatga asosan tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasi „Oʻztransgaz“ AJ kompaniyasidan „UzGasTrade“ AJ aksiyadorlik jamiyati oʻtkazilgan. UzGasTrade" AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari boʻyicha aksiyador huquqi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Tashkilotning ustav kapitali Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlarining bir qismi hisobidan shakllantirilgan.

  1. „Ustav fondi“. uzgastrade.uz. uzgastrade.uz. Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
  2. „Tabiiy gaz bozorini isloh qilishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
  3. „TAYINLOV“. minenergy.uz. minenergy.uz. Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
  4. „Agzamov Alisher Taxirovich — “UzGasTrade” AJ Boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi“. m.aniq.uz. aniq.uz. Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
  5. „Alisher Agzamov “UzGasTrade” AJ Boshqaruvi raisi etib tayinlandi“. uzreport.news. uzreport.news. Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.