Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Wikitolog

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Wikitolog!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy
Axadjon1 (munozara) 14:12, 20-Mart 2024 (UTC)

Yaratilgan maqolalaringizni Vikimaʼlumotlar bandiga bogʻlang

[manbasini tahrirlash]

Salom, Wikitolog. Avvalo, qoʻshayotgan hissangiz sabab sizdan minnatdormiz. Maqolalaringizni Vikimaʼlumotlar bandiga ulamayapsiz. Shuningdek, oʻzbek tilidagi oʻ va gʻ harflari uchun Okina belgisini ishlatiladi. Va maqolangiz matnida gʻaliz jumlalar bisyor. Shu jihatlariga eʼtiborli boʻlsangiz, iltimos. Alpasli (munozara) 13:50, 13-May 2024 (UTC)

Tahrir oromgohiga xush kelibsiz

[manbasini tahrirlash]

Tahrir oromgohiga xush kelibsiz Konsta (munozara) 04:46, 3-sentyabr 2024 (UTC)

Foydalanuvchi:Wikitolog/qaysidir ayol futbolchi

[manbasini tahrirlash]

Siz tomoningizdan yaratilgan „Foydalanuvchi:Wikitolog/qaysidir ayol futbolchi“ maqolasi tezda oʻchirish mezonlariga („FS3: Foydalanuvchi sahifasidan nojoʻya foydalanish“) binoan oʻchirildi. Agar maqolani qoidalarga mos keladi, deb oʻylasangiz, mana bu sahifada soʻrov qoldirishingiz yoki munozara sahifamda xabar qoldirishingiz mumkin. Rahmat. Kagansky munozara 04:39, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)[javob berish]

Assalomu aleykum aka. Ushbu bajargan harakatim uchun uzur soʻrayman va boshqa qaytarilmasligiga vada beraman. Lekin shaxsiy qoralama nomini Maqola nomi bilan yozish kerakmi? Javob uchun oldindan rahmat. Wikitolog! Hurmatdasiz:) 14:56, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)[javob berish]

AT kontent yaratishni bas qiling

[manbasini tahrirlash]

Salom! Mana bu muhokamada va yuqorida yozilganidek, Content Translation uskunasini suiisteʼmol qilib, mashina tarjimasidan iborat maqola yaratyapsiz. Shuning uchun siz yaratgan Lauren Ridloff maqolasi VP:M2 mezoniga koʻra tezda oʻchirildi. Mashina tarjimasidan iborat kontent yaratishni bas qiling, qolgan 60 ta siz yaratgan maqolaning har birini AT alomatlaridan tozalab chiqing. AT kontent yaratishni toʻxtatmaganlarga qarshi chora koʻriladi. Nataev munozara 20:26, 2025-yil 25-fevral (UTC)[javob berish]

Yaratgan barcha tarjima maqolangiz oʻchirildi

[manbasini tahrirlash]

Yuqoridan yozganidan keyin qilgan tahlilim va boshqa foydalanuvchi tahlili hissangiz toʻliq ATdan iborat ekanligini tasdiqladi. Shuning uchun barcha maqolalaringiz VP:M2 mezoniga koʻra birdaniga oʻchirildi. Muhokamada yozilgan barcha misollardan tashqari yaratgan ilj maqolangiz -- Urgʻochi ari sindromi maqolasida "emotional politics" atamasini "siyosiy qismlardagi emotsiyalar" deb olganingiz kishini dahshatga soladigan darajadagi bemaʼni tarjima. Takrorlayman -- bundan nari ATdan iborat kontent yaratishdan tiyiling. Nataev munozara 20:59, 2025-yil 25-fevral (UTC)[javob berish]

Assalomu aleykum hurmatli Nodir aka. Mayli, AT borligini bilib turibman, lekin birdaniga butun boshli mehnatni o‘chirish va eng alamlisi bitta yo ikkita maqola tahlili bilan xulosa chiqarish, butun foydalanuvchilar fikriga ko‘ra o‘ta qo‘pol muomala. Meni aybim agar foydalanuvchi Panpanchik tarafini olganim bo‘lsa, ochiq ayting. Lekin insonlarni bu darajada vikipediyadan ko‘nglini qoldirmang. Shuncha maqola ichida yaxshisi chiqsa pushaymon bo‘lasiz. Men dangal gapni aytaman, umuman yoqmaydigan insonga aylandingiz oxirgi ko‘rsatgan xarakteringizdan keyin. So‘zlarim xafa qilgan bo‘lsa xursandman. Wikitolog! Hurmatdasiz:) 21:11, 2025-yil 25-fevral (UTC)[javob berish]
bitta yo ikkita maqola tahlili bilan xulosa chiqarish -- kamida besh maqolangiz (Lauren Ridloff, Roadside Attractions, Amy Hargreaves, Oakes Fegley va Urgʻochi ari sindromi) dahshatli ATlardan iborat ekanligini dalillab berdik.
Meni aybim agar foydalanuvchi Panpanchik tarafini olganim bo‘lsa, ochiq ayting -- mana bu sharhimni oʻqing.
Lekin insonlarni bu darajada vikipediyadan ko‘nglini qoldirmang -- ATchilar vikiga umuman kirmasa ham mayli, chunki ular loyihaga katta ziyon keltiryapti. VP:M2 mezoni bejizga qabul qilinmagan.
Shuncha maqola ichida yaxshisi chiqsa pushaymon bo‘lasiz -- umuman AT alomatlari yoʻq konkret maqola(lar) boʻlsa, ayting, tiklash muammo emas. Ammo bundaylari borligiga koʻzim yetmayapti.
Men dangal gapni aytaman, umuman yoqmaydigan insonga aylandingiz oxirgi ko‘rsatgan xarakteringizdan keyin. So‘zlarim xafa qilgan bo‘lsa xursandman -- VP:EMK, aks holda sizga qarshi chora koʻriladi. Nataev munozara 21:47, 2025-yil 25-fevral (UTC)[javob berish]
VP:EMK, aks holda sizga qarshi chora koʻriladi - Aka, men aynan mana shu maqsadda kirib kelgandim. Men wikistipendiyani umuman ko‘zlagan emasman. Agar ko‘zlaganimda boshidan qatnashib kelardim. Men talaba sifatida qiynalganim uchun shu yo‘lga kirdim. Wikitolog! Hurmatdasiz:) 21:53, 2025-yil 25-fevral (UTC)[javob berish]
Men dangal gapni aytaman, umuman yoqmaydigan insonga aylandingiz oxirgi ko‘rsatgan xarakteringizdan keyin. So‘zlarim xafa qilgan bo‘lsa xursandman. deb yozganingiz en:WP:CIVILni buzadi, gapni olib qochmang.
Men wikistipendiyani umuman ko‘zlagan emasman -- sahifangizga katta qilib "Bu foydalanuvchi WikiStipendiya marafoni doirasida oʻtkazilgan WikiOromgoh V da ishtirok etgan" deb yozib qoʻygansiz.
Men talaba sifatida qiynalganim uchun shu yo‘lga kirdim -- nima uchun, nimadan qiynalganingiz bizga qiziq emas. Hissa qoʻsahdigan boʻlsangiz, foydali hissa qoʻshing. Qoidalar hamma uchun bir. Nataev munozara 21:57, 2025-yil 25-fevral (UTC)[javob berish]