Vahiy
Vahiy - diniy e’tiqodga koʻra, Alloh taoloning oʻz paygʻambarlariga farishtalar orqali yuborgan buyruq yoki koʻrsatmalari. Vahiy aniq va ravshan qilib aytilgan. Lekin ba’zi Vahiylar tushda koʻrilgan ishorat shaklida ham boʻlgan. Masalan hazrat Ibrohimning tushida "oʻgʻling Ismoilni qurbonlik qil" deb buyurilgani ham Vahiy deb hisoblanadi. Vahiy Muhammad (sav)ga farishta hazrat Jabroil orqali nozil boʻlgani Qur’oni karimda keltirilgan
Vahiy — islom aqidasiga koʻra, paygʻambarlarga farishtalar orqali Alloh tarafidan yuborilgan buyruq yoki koʻrsatmalar. V. aniq va ravshan qilib aytilgan. Lekin baʼzi V.lar tushda koʻrilgan ishorat shaklida ham boʻlgan. Masalan: hazrat Ibrohim (as)ning tushida "oʻgʻling Ismoil (as) ni qurbonlik qil" deb buyurilgani ham V. deb hisoblanadi. V. Muhammad (sav)ga farishta hazrat Jabroil orqali nozil boʻlganligi Qurʼoni karimda keltirilgan. "Unga (bu vahiyni) bir kuchga toʻlgan, sohibi qudrat (yaʼni Jabroil alayhissalom) taʼlim bermishdir. Bas, u (avval) yuksak ufqda (koʻrinib), tik turdi. Soʻngra yaqinlashib, pastladi. Bas, (Muhammad alayhissalomga) ikki kamon oraligʻida yo (undanda) yaqinroq boʻlib. (Alloh) oʻz bandasi (Muhammad alayhissalom)ga tushirgan vahiyni keltiradi" (53:5—10).
Pravoslaviye va katolitsizmda ham muqaddas kitoblar, muqaddas rivoyatlar xudo tomonidan V. qilingan deb talqin etiladi.
V.ni Alloh ilhom shaklida ham nozil qilgan. Buni ayrim avliyolarning hayotida uchratish mumkin. Biroq avliyolar ilhomni oʻzlariga shaxsiy koʻrsatma deb, V.ni esa paygʻambarlar xalqqa yetkazishi lozim boʻlgan koʻrsatma deb qabul qilganlar. Johiliyat davrida (islomdan avval) butparast arablar Kaʼba ichiga Hubal nomli butni oʻrnatib, undan V. (koʻrsatma) olganliklarini daʼvo qilib kelganlar va shu tariqa goʻyo oʻzlarining kundalik muammolarini hal qilganlar. Islom davrida Hubal sindirib tashlandi. V.ning faqat paygʻambarlarga nozil boʻlishi musulmonlik eʼtiqodini mustahkamladi. Bu borada har xil bidʼat va xurofotlarni keltirib chiqarish va dinga zararli boʻlgan turli qoʻshimchalarni kiritish man qilindi. Diniy tushuncha boʻyicha V. ilohiy bir kuch sifatida insonlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish manbai boʻlib xizmat qiladi.
Abdulgʻani Abdullo[1]
keltirilgan (53:5-10). Vahiy farishtalar orqali yoki bevosita Alloh taolo bilan roz aytish (gaplashish) orqali ham kelishi mumkin. Paygʻambar Muhammad (sav)ga esa, Vahiy quyidagicha hollarda tushgan: Oisha (ra) aytadilarki:
- Paygʻambar (sav) Vahiyning birinchi kelishi oʻngidan kelgan tush boʻlgan. Koʻrgan har bir tushlari uygʻoklik vaqtlarida ham xuddi tong yorugidek kelar edi.
- Farishta oʻzi koʻrinmay turib, Paygʻambar qalblariga kerakli xabarni yetkazar edi.
- Qoʻngʻiroq chalingandek ovoz chiqarib kelar edi.
- Jabroil farishta Paygʻambarga odam shaklida boʻlib koʻrinar edilar. Shu toʻgʻrisida "Sahihi Buxoriy" kitobida quyidagi hadisi sharif keltirilgan: "Horis ibn Hishom Paygʻambardan: "Yo Rasululloh, sizga Vahiy qanday keladi?", deb soʻrabdi. Shunda ul janob quyidagi javobni beribdilar:"Ahyonda xuddi qoʻngʻiroqdek jaranglab keladi, shunisi menga qiyin. U ketgandan keyin hamma narsani men oʻzimda singdirib olgan boʻlaman. Gohida, esa farishta menga odam shaklida kelib soʻzlab ketadi va uning aytganlarini anglab olaman".
- Farishta oʻzining asl shaklida koʻrinadi va Vahiyni yetkazadi.
- Alloh taolo Paygʻambar (as)ga me’roj kechasida namozni farz qilish va shunga oʻxshash ba’zi
narsalarni bevosita Vahiy qilgan. Vahiy faqat paygʻambarlargagina nozil boʻlgan. Jabroil farishta paygʻambarlarga Vahiy keltirishga mas’ul boʻlgan. Vahiy tushgan paytda, agar kunlar sovuq boʻlsa ham Paygambar (as) terlab ketardilar, nafas olishlari tezlashardi. Sahobalardan Zayd ibn Sobit shunday hikoya qiladi: "Mening sonim Rasululloh (sav)ning sonlariga tegib turgan paytda V. tushib qoldi, uning shiddatidan sonim yorilib ketay dedi". Agar Paygʻambar (as) tuyada ketayotganlarida Vahiy tushib qolsa, ogʻirlikdan tuya ham yura olmay qolar ekan. V.ni Alloh ilhom shaklida ham nozil qilgan. Buni ayrim avliyolarning hayotida uchratish mumkin. Biroq avliyolar ilhomni oʻzlariga shaxsiy koʻrsatma, paygʻambarlar esa, Vahiyni xalqqa yetkazishi lozim boʻlgan koʻrsatma deb qabul qilgan. Johiliyat davrida (islomdan avval) butparast arablar Ka’ba ichiga Hubal nomli butni oʻrnatib, undan Vahiy (koʻrsatma) olganliklarini da’vo qilib kelgan va shu tariqa goʻyo oʻzlarining kundalik muammolarini hal qilgan. Islom davrida Hubal sindirib tashlandi. Vahiyning faqat paygʻambarlarga nozil boʻlishi musulmonlik e’tiqodini mustahkamladi. Bu borada har xil bid’at va xurofotlarni keltirib chiqarish va dinga zararli boʻlgan turli qoʻshimchalarni kiritish man qilindi. Diniy tushuncha boʻyicha Vahiy ilohiy bir kuch sifatida insonlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish manbai boʻlib xizmat qiladi.