Sulton Murod
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Sulton Murod (31-iyul, 1490-yil — 1518) — Oq qoʻyunlilar davlatining Iroq, Fors va Kermondagi hukmdori. Hukmronligi 1500-1508-yillar.
Sulton Murod Oq qoʻyunlilar davlatining uchinchi sultoni Yoqubning o‘g‘illaridan biri edi. 1490-yilda u Tabrizda dunyoga kelgan. Ammo, u tug‘ilishidan ko‘p o‘tmay, otasi Yoqub vafot etdi. Shundan so‘ng, Murod uzoq vaqt Shirvonda yashirinib yurdi. 1497-yilga kelib, zodagonlar qo‘zg‘olon ko‘tarib yosh sulton Ahmadni taxtga o‘tqazishdi. Poytaxtdan tashqarida yurgan Murod vaziyatni to‘g‘ri baholab yaxshigina kuch bilan Tabrizga yurish qiladi. Biroq, Ahmadning mag‘lubiyatidan keyin Oqquyunli davlati hokimiyati Murodning aka-ukalari Alvond va Sulton Muhammad qo‘lida qoladi.
1498-yilda Sulton Muhammad Alvond Mirzoga qarshi urushda yengildi va Isfahonga chekinishga majbur bo‘ladi. Bundan Murodning atrofdagilari foydalandilar. 1499-yilda ular Sulton Muhammadga qarshi isyon ko‘tarishdi. Natijada, Sulton Muhammad taxtdan ag‘darilib, Alvond Mirzo bilan butun mamlakat hududlarini taqsimlab olish bo‘yicha kelishuvga erishiladi. Unga ko‘ra, Murod Iroqi Arab, Iroqi Ajam, Fors, Kermon va Seyistonga egalik qildi. Lekin, qabila zodagonlari hukmdorning yoshini hisobga olib, hokimiyatni o‘zlari boshqaradigan bo‘ldilar. 1503-yili Alvond Mirzo ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, Ismoil Safaviy sulton Murodga qarshi qo‘shin tortdi. O‘sha yilning 21-iyunida “Olma Gulag“(Hamadon yaqini)da jang bo‘lib, unda Oqquyunli armiyasi tort-mor etiladi. Natijada, Murod Fors va Kermon viloyatlariga bo‘lgan da’vosidan voz kechadi.
Biroq, u poytaxtni Bag‘dodga ko‘chirish orqali Iroqi Arab ustidan hukmronlikni saqlab qolishga erishdi. 1508-yilda Safaviylar bilan urush qayta alangaladi. Ammo, Oqquyunlilar takror mag‘lubiyat alamani boshidan kechirdi. Sulton Murod Urfa shahridan tashqari barcha hududlarni Ismoil Safaviyga boy berdi. Vaqtida Usmoniylar sultoni Salim I Yovuz bilan tuzilgan sulh uni jonini saqlab qoldi. Sulton Murod 1518-yilda Urfa shahrida vafot etgan. Sulton Murodning ikki o‘g‘li bo‘lgan, bular: Yoqub va Hasan.