Google Flights
Google Flights | |
---|---|
Tijoratmi | Ha |
Roʻyxatdan oʻtish | Talab qilinmaydi |
Muassisi | |
Ochilgan sanasi | 13-sentyabr, 2011-yil |
URL | google.com/travel/flights |
Google Flights — uchinchi tomon yetkazib beruvchilar orqali aviachiptalarni onlayn xarid qilishni osonlashtiradigan parvozlarni bron qilish xizmati. 2011-yilda Google tomonidan sotib olingandan keyin Google Flights Google Travelning bir qismiga aylandi[1].
Google Flights kuchli parvoz qidiruv tizimi va eng yaxshi tomoni shundaki, undan foydalanish oson. Google sizga maʼlum bir qidiruv uchun deyarli barcha mavjud reyslarni koʻrsatadi, lekin sizni u bilan bron qilishga majburlamaydi. Expedia, Orbitz, Tripadvisor yoki Kayakdan farqli oʻlaroq, Google Flights onlayn sayohat agentligi emas. Google shunchaki sizga mavjud reyslarni koʻrsatadi. Oʻzingizga yoqqan reyslarni topganingizdan soʻng, siz bron qilish uchun „bosasiz“. Siz toʻgʻridan-toʻgʻri aviakompaniya yoki uchinchi tomon onlayn sayohat agentligiga yoʻnaltirilasiz[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yil aprel oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari Adliya departamentining monopoliyaga qarshi boʻlimi Googlening ITA dasturiy taʼminotini 700 million dollarga sotib olishini maʼqulladi[3]. 2011-yil 13-sentabrda Google ushbu xariddan olingan algoritmlardan foydalanib Google Flights`ni ishga tushirdi[4].
Xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Google Flights`ning afzalligi shundaki, u yetib borish nuqtasidan tashqari boshqa mezonlar asosida ochiq qidiruvlarni amalga oshirish imkonini beradi; masalan, foydalanuvchi turli vaqtlar va byudjet doirasidagi parvozlarni qidirishi va turli yoʻnalish tanlovlarini taklif qilishi mumkin[5]. Shu bilan bir qatorda, foydalanuvchi yetib borish nuqtasini tanlashi mumkin va Google Flights keyingi 12 oyning har bir kuni uchun grafik yoki jadvalda koʻrsatilgan har bir narxni hisoblab chiqadi. Bu funksiya foydalanuvchilarga manzilga uchish uchun eng arzon sanani osongina aniqlash imkonini beradi.
Google Flights, foydalanuvchilariga parvozlarining iqlimga taʼsirini ham hisoblash imkonini beradi, ammo 2022-yil iyul oyida ushbu vosita parvozlarning iqlimga taʼsirini hisoblash usulini oʻzgartirdi. CO2`dan ajralib chiqqan narsadan tashqari parvozning global isishining barcha taʼsiri hisobdan chiqarib tashlandi va bu har bir parvozning hisoblangan iqlim taʼsirini ikki baravar kamaytirdi. Bu harakat atrof-muhit faollari va ilmiy hamjamiyatning noroziligiga sabab boʻldi[6].
Quyida Google Flights`ning mijozlar tomonidan taʼriflangan eng qulay xususiyatlari keltirilgan:
- Tezlik: Google Flights boshqa har qanday parvoz qidiruv tizimiga qaraganda tezroq boʻlib, oylik tariflarni bir necha soniyalarda koʻrsatadi.
- Taqvimga asoslangan tarif koʻrinishi: Google Flights oddiy, intuitiv taqvim koʻrinishiga ega boʻlib, u sizga keyingi 12 oy ichida eng arzon tarifni koʻrsatadi.
- Bir vaqtda bir nechta qidiruv: Google Flights qidiruvni sekinlashtirmasdan, 7 ta nuqtadan 7 tagacha boʻlgan aeroport oʻrtasida eng arzon tarifni qidirish imkonini beradi.
- Xaritaga asoslangan qidiruv: Google Flights Explore xaritasi tanlangan sanalar/sana oraligʻida aeroportingizdan uchish uchun eng arzon joyni koʻrish imkonini beradi.
- Tanlashda yordam beradigan vositalar: Google Flights sizga koʻrayotgan tarifingiz sayohat uchun yuqori, past yoki oʻrtacha ekanligini aytib beradi[7].
- Narx kafolati: Google Flights yaqinda foydalanuvchilarga mumkin boʻlgan eng past narxni kafolatlash imkoniyatini beruvchi yangi xususiyatni qoʻshdi.
- Koʻp rangli kafolat belgisi paydo boʻlganda, Google sizning parvozingizdan oldin narx koʻtarilmasligiga juda ishonganligini anglatadi. Agar kafolatlangan narx oshsa, Google Pay orqali narx farqini avtomatik tarzda qaytarishingiz mumkin[8].
Mavjud davlatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Albaniya[9]
- Armaniston[9]
- Avstraliya[10]
- Ozarbayjon[9]
- Belarus[9]
- Begliya[11]
- Bosniya va Gersegovina[9]
- Braziliya[12]
- Bolgariya[9]
- Kanada[13]
- Chili
- Xorvatiya[9]
- Kipr[9]
- Chexiya[9]
- Estoniya[9]
- Finlandiya[9]
- Fransiya[14]
- Gruziya[9]
- Germaniya[15]
- Gretsiya[9]
- Grenlandiya[9]
- Gonduras[16]
- Hong Kong[9]
- Vengriya[9]
- Islandiya[9]
- Hindiston[17]
- Indoneziya[18]
- Irlandiya[19]
- Isroil[20]
- Italiya[21]
- Latviya[9]
- Litva[9]
- Lyuksemburg[22]
- Makedoniya[9]
- Malayziya[23]
- Mauritius
- Meksika[24]
- Moldova[9]
- Chernogoriya[9]
- Niderlandiya[25]
- Yangi Zelandiya[10]
- Nigeriya
- Norvegiya[26]
- Ummon
- Peru
- Polsha[27]
- Portugaliya[28]
- Ruminiya[9]
- Rossiya[29]
- Serbiya[9]
- Janubiy Afrika[30]
- Singapur[31]
- Slovakiya[9]
- Sloveniya[9]
- Ispaniya[32]
- Shvetsiya[33]
- Tayvan[9]
- Turkiya[34]
- Shveysariya[35]
- Ukraina[9]
- Buyuk Britaniya,[36]
- Amerika Qoʻshma Shtatlari[37]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Li, Abner „New Google Travel site replacing Google Trips app“ (en-US). 9to5Google (2019-yil 14-may). Qaraldi: 2021-yil 7-may.
- ↑ „What's new at Google Flights?“ (en).
- ↑ Ryan Singel. „Feds Clear Google to Buy ITA Travel Search Company, Conditions Apply“. Wired (2011-yil 8-aprel). Qaraldi: 2011-yil 13-sentyabr.
- ↑ Ryan Singel. „Google Upgrades Flight Search to the Jet Age“. Wired (2011-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 13-sentyabr.
- ↑ Julianne Pepitone. „Google launches Flight Search – with a feature rivals lack“. CNN (2011-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 13-sentyabr.
- ↑ „Google change reduces airline emissions calculations“. BBC News. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
- ↑ „Pros of Google Flights“ (en).
- ↑ „Price guarantee“ (en).
- ↑ 9,00 9,01 9,02 9,03 9,04 9,05 9,06 9,07 9,08 9,09 9,10 9,11 9,12 9,13 9,14 9,15 9,16 9,17 9,18 9,19 9,20 9,21 9,22 9,23 9,24 9,25 9,26 9,27 „Google Trips, Flights, and Destinations add new languages and countries“ (en). Google (2017-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 23-noyabr.
- ↑ 10,0 10,1 „#GoogleFlights has landed down under! Visit google.com.au/flights or google.c...“ (en). Qaraldi: 2017-yil 14-iyun.
- ↑ „Google Flights“. flights.google.be. Qaraldi: 2016-yil 6-avgust.
- ↑ „Google Voos“. flights.google.com.br. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „Google Flights“. flights.google.ca. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „Google Recherche de vols“. flights.google.fr. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „Google Flights“. flights.google.de. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „Google Flights“. Google. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
- ↑ „Google Flights“. flights.google.co.in. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „Google Flights lands in Indonesia“. Google (2016-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 8-noyabr.
- ↑ „Google Flights“. flights.google.ie. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „jerusalem post“. The Jerusalem Post. Qaraldi: 2018-yil 16-avgust.
- ↑ „Google Ricerca voli“. flights.google.it. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „Google Flights“. flights.google.lu. Qaraldi: 2017-yil 30-iyul.
- ↑ „Google Flights lands in Malaysia“ (en-US). Google Travel. Qaraldi: 2016-yil 23-mart.
- ↑ „Google Flights now makes it easier to find the best flights in Mexico right i...“ (en). Qaraldi: 2017-yil 24-mart.
- ↑ „Google Flights“. flights.google.nl. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „Google Flights“. flights.google.no. Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
- ↑ „Loty Google“. flights.google.pl. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „Google Voos“. google.pt/flights/. Qaraldi: 2016-yil 26-fevral.
- ↑ „Google Авиабилеты“. flights.google.ru. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „Google Flights ZA“. za.google.com/travel/flights. Qaraldi: 2024-yil 21-may.
- ↑ „Google Flights available in Singapore from Dec 17“.
- ↑ „Google Flights“. Google. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „Google Flights“. flights.google.se. Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.
- ↑ „Google Flights“. flights.google.com.tr. Qaraldi: 2020-yil 17-noyabr.
- ↑ „Google Flights“. flights.google.ch. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „Google Flights“. flights.google.co.uk. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ „Google Flights“. Google. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.