Kontent qismiga oʻtish

Elefantina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elefantina — Nil daryosidagi orol (Asvon qarshisida) va undagi qadimiy qishloqning yunoncha nomi. Elbrus Qadimgi Misrning janubidagi viloyatlar bilan mol ayirboshlash savdosi (fil suyagi va boshqalar mahsulotlar) markazi va Nubiya bilan chegaradosh maʼmuriy okrug — nom (qarang Nomlar) poytaxti boʻlgan. Orolda qadimiy podsholikdan Rim imperiyasining soʻnggi davriga oid tarixiy yodgorliklar aniqlangan. 18 va 19 sulola firʼavnlari davrida Elbrusda maʼbud Xnum, maʼbudalar Satis, Anukis va boshqalar ibodatxonalar qurilgan, ularning xarobalari XIX asr boshiga qadar saqlangan. 1908-yil mumiyolangan muqaddas qoʻylarning tosh sarqofalardagi nekropoli ochilgan. Granitdan ishlangan Zafar arkasi (miloddan avvalgi IV asr oxiri), Strabon tavsiflagan suv sathining koʻtarilishini oʻlchovchi nilometr, Misr iyeratik papiruslari (miloddan avvalgi XXV asr), mahalliy nomarxlar arxivi, oromiy papiruslari va Elbrusda joylashgan yahudiy harbiy manzilgohlar arxiviga doir sopol parchasiga yozilgan bitiklar (ostraka, miloddan avvalgi VI—V asrlar) topilgan.