Kontent qismiga oʻtish

Rashid Malikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rashid Malikov
Tavalludi 3-iyul 1958-yil (1958-07-03) (66 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktyor, rejissyor va ssenariynavis
Filmlari „Togʻa“, „Sabot“, „Klinika“ va „Tutqunlik“
Mukofotlari [1][2]

Rashid Malikov – oʻzbek aktyori, rejissyori, ssenariynavisi va „O‘zbekkino“ badiiy kengashining aʼzosi. Rashid Malikov „Chinor ostidagi duel“ filmi va „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ filmida aktyorlik, „Tog‘a“, „Sabot“ va „Tutqunlik“ filmlarida rejissyorlik qilgan[3][4].

Rashid Malikov 1958-yil 3-iyulda Moskva shahrida shifokorlar oilasida tavallud topgan. Malikovning otasi stomatolog onasi shifokor boʻlishgan. Malikov dastlab shifokor boʻlishni rejalashtirgan va 1975-yil Toshkent tibbiyot institutiga oʻqishga kirgan, uni 1980-yilda tamomlagan[5]. Ammo u hech qachon tibbiyot sohasida ishlamagan. 1981-86-yillari Malikov Butunrossiya davlat kinematografiya institutining rejissyorlik fakultetida tahsil olgan[6]. 1985-yil „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ va „Suyunchi“ filimda kichik epizodlarni ijro etgan. 1986-yil kinematografiya institutini tugatib, Oʻzbekistonga qaytib kelgan[7]. Malikovning aktyorlik faoliyati 1979-yilda „Chinor ostidagi duel“ filmdagi „Nortoy“ bosh rolini ijro etishdan boshlangan[8]. 1993-yilda Rashid Malikov AQShda Film in USA dasturi doirasida malaka oshirgan[9].

1987-yilda Rashid Malikovning oʻzi ssenariysini yozgan „Klinika“ badiiy filmiga rejissyorlik qilgan[10].

2013-yilda Malikov Timofey Tribuntsev, Svetlana Ivanova va Ilya Lyubimov ishtirok etgan „Ayollar kuni“ romantik komediya filmga rejissyorlik qilgan[11][12][13].

2017-yilda suratga olingan „Sabot“ filmiga Malikov rejissyorlik qilgan[14].

2021-yilda suratga olingan drama janriga oid Tutqunlik badiiy filmga Malikov rejissyorlik qilgan[15].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nom Izoh
1986 Pravila xoroshego tona Qisqa metrajli film
1987 Klinika Drama
1989 Tneveroyatniy sluchay Fantastika, komediya
1991 Polunochniy blyuz Melodrama, detektiv
1992 Tayna paporotnikov Drama
1997 Peshiy Drama
2008 Konstantinopol
2008 Planeta pravoslaviya Hujjatli film
2009 Utrenniy veter
2013 Ayollar kuni Melodrama, komediya
2014 Dada
2017 Svideteli Detektiv
2018 Sabot Drama
2019 Sumbul
2021 Tutqunlik Drama, jangari, tarixiy film
Yil Film Rol Izoh
1979 Chinor ostidagi duel Nortoy Melodrama
1979 Loshadi pod lunoy Oktam
1980 Afsonaviy qiz Abduvahob Tarixiy film
1984 Kelinlar qoʻzgʻaloni Toʻxtasin Melodrama
1986 O tom, chego ne bilo Drama
1989 Vojd na odnu smenu Drama
1992 Nulevoy variant Xodjayev Jangari film
1997 Piyoda Drama
2002 Drongo Jangari film

Rashid Malikov 1986-yil „Yaxshi taʼm qoidalari“ qisqa metrajli film uchun Moskva yosh kinematograflar festivali mukofotiga, 1988-yil „Klinika“ filmi uchun Lenin Komsomoli mukofotiga, 1991-yil „Tungi blyuz“ filimi uchun Ashxobod xalqaro kinofestivalining bosh mukofotiga, 2014-yil „Togʻa“ nomli filmi uchun Rossiyadagi „V krugu semi“ xalqaro kinofestivalining bosh mukofotiga, 2018-yil „Sabot“ filimi uchun Rossiya kinematografchilari ittifoqining kinoshunoslar va kinotanqidchilar gildiyasi sovrinini, Kinoklublar federatsiyasi diplomini qoʻlga kiritgan[16][17]. Malikov 2019-yil „Sabot“ filmidagi ishi uchun „Eng yaxshi rejissorlik ishi“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan[18]. 2022-yil avgust oyi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonni asosid Rashid Malikov „Do‘stlik“ ordeni bilan mukofotlangan[19][20].

Rashid Malikovning kinoteatrlarning kelajagi haqida Gazeta.uz muxbiriga bergan intervyusidan:

Mening shaxsiy bashoratim shuki, vaqti kelib kinoteatrlar ommaviy ravishda yopiladi va filmlar Netflix kabi striming platformalariga o‘tadi.


Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rashid Malikov ikki farzand otasi. Ularning biri qiz biri oʻgʻil[21].

  1. „Davlat unvoni bilan mukofotlangan kinoijodkorlar e’tirof etildi“. uzbkino.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  2. YouTube logotipi Rashid Malikov “Do‘stlik” ordeni sohibi! YouTubeda
  3. „Rashid Malikov: "Qo‘limda bo‘lsa, xontaxta filmlarni man qilardim"“. www.bbc.com. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  4. „Рашид Маликов“. www.kinomania.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  5. „Рашид Маликов биография“. www.kinoexpert.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  6. YouTube logotipi Рашид Маликов - Современное кино Центральной Азии - Узбекистан [english subtitles (ролик перезалит)] YouTubeda
  7. YouTube logotipi RASHID MALIKOV KINO, YOSHLAR VA O'ZBEK MIGRANTLARI TO‘G‘RISIDA SO‘ZLADI YouTubeda
  8. YouTube logotipi Kino sirlari - Chinor ostidagi duel filmidagi Nortoy nimalar bilan band Rashid Malikov YouTubeda
  9. „Rashid Malikov O‘zbekistonda bir mavzuda film ishlash «moda» bo‘lishi haqida - «Hozir filmlarning 90 foizi tarixiy mavzuda»“. kun.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  10. „Рашид Маликов“. www.vokrug.tv. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  11. „Женский день“. www.vokrug.tv. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  12. „Женский день (2013)“. www.kino-teatr.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  13. „Женский день (2013)“. www.kinopoisk.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  14. „Стойкость“. www.vokrug.tv. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  15. „Rashid Malikov: Menga chiroyli fotomodellar kerak emas edi...“. www.facebook.com. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  16. „Рашид Маликов“. www.kino-teatr.ru. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  17. „Rejissor Rashid Malikov Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasidan xafsalasi pir bo‘lgani haqida so‘zlab berdi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  18. YouTube logotipi Oltin humo milliy kinotaqdimotida eng yaxshi kinoijodkorlar taqdirlandi YouTubeda
  19. „Bayramoldi bir guruh fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat xodimlari unvonlar bilan siylandi“. Qalampir.uz. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  20. „Кино олами“. facebook.com. Qaraldi: 29-sentabr 2024-yil.
  21. YouTube logotipi MTV Show - Rashid Malikov YouTubeda