Qozoqboy Yoʻldoshev
Qozoqboy Yo‘ldoshev Bolibekovich | |
---|---|
Tavalludi |
9-may 1949-yil Sirdaryo viloyati |
Fuqaroligi | O‘zbekiston |
Taʼlimi | 1966–1970-yillar Guliston davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | Filologiya fanlari nomzodi, pedagogika fanlari doktori. |
Ilmiy unvoni | Professor |
Dini | Islom |
Qozoqboy Yoʻldoshev (1949-yil, Sirdaryo) — adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qozoqboy Yoʻldoshev 1949-yil 9-mayda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. 1956–1966-yillarda Boyovut tumanidagi 8-oʻrta maktabda tahsil olgan.1966–1970-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Sirdaryo davlat pedagogika institutining oʻzbek filologiyasi fakultetini imtiyozli bitirgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1970–1977-yillarda Guliston tumanidagi 1–15-maktablarda til va adabiyot oʻqituvchisi. 1977–1979-yillarda 9-hunar texnika bilim yurtida oʻquv boʻlimi mudiri, direktor oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 1980–1985-yillarda Oʻzkompartiya Guliston raykomida instruktor, qishloq xoʻjalik xodimlari kasaba uyushmasi Guliston raykomi raisi, „Qizil tong“ kolxozi parkomi kotibi lavozimlarida ishladi. 1986–1994-yillarda Guliston davat universtiteti oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi, dotsent, „Pedogogika va boshlangʻich taʼlim metodikasi“ kafedrasi mudiri, „Oʻzbek filologiyasi“ fakulteti dekani lavozimlarida mehnat qildi.
1994-yildan 1998-yilgacha Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbek pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari boʻlib ishlagan.1998-yilning aprelidan 2000-yilning avgustigacha Oʻzbekiston Milliy universtiteti „Oʻzbek filologiyasi“ fakulteti dekani boʻldi. Shundan soʻng Qozoqboy Yoʻldoshev hozirga qadar „Matnshunoslik, milliy uygʻonish davri va hozirgi oʻzbek adabiyoti“ kafedrasi professori boʻlib ishlaydi.[1]
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1985-yilda „Oʻzbek sovet satirik hikoyalarida xarakter tasviri evolugʻiyasi“ mavzusida filologiya fanlari nomzodi, 1997-yilda esa „Yangicha pedagogik tafakkur va umumtaʼlim maktablarida adabiyot oʻqitishning ilmiy-metodik asoslari“ mavzusida pedagogika fanlari doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiya yoqladi. 2000-yilda professor ilmiy unvoniga sazovor boʻldi. Qozoqboy Yoʻldoshev ilmiy rahbarligida 3 nafar fan doktori, 8 nafar fan nomzodi va filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori tayyorlangan.[2] U hozirgi kungacha 35 ta kitob va 393 nomda ilmiy maqolalar muallifidir,[1]
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kiyik soʻqmoqdagi yoʻlovchi (2014);
- Soʻz yolqini (2018);
- Jilovlanmagan tafakkur mahsuli (2024).[3]
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbek adabiyoti antologiyasi.-Toshkent: Adabiyoti sanʼati.-2022.-276 b.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Qozoqboy Yo‘ldoshev“. Qaraldi: 5-fevral 2024-yil.
- ↑ „QOZOQBOY YO'LDOSHEV ILMIY MAKTABI“. Qaraldi: 5-fevral 2024-yil.
- ↑ „“Jilovlanmagan tafakkur mahsuli” – millat uchun qayg‘urish namunasi“ (11-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 5-fevral 2024-yil.