Kontent qismiga oʻtish

Millard Fillmore

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Millard Fillmore

Portrait tax. 1855–1865
13-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
9-iyul 1850-yil – 4-mart 1853-yil
Oʻtmishdoshi Zachary Taylor
Vorisi Franklin Pierce
12-Qoʻshma Shtatlar vitse-prezidenti
Mansab davri
4-mart 1849-yil – 9-iyul 1850-yil
Prezident Zachary Taylor
Oʻtmishdoshi George M. Dallas
Vorisi William R. King
14-Nyu-York nazoratchisi
Mansab davri
1-yanvar 1848-yil – 20-fevral 1849-yil
Hokim
Oʻtmishdoshi Azariah C. Flagg
Vorisi Washington Hunt
Vakillar palatasining yoʻllar va vositalar qoʻmitasi raisi
Mansab davri
4-mart 1841-yil – 3-mart 1843-yil
Oʻtmishdoshi John Winston Jones
Vorisi James I. McKay
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-yanvar 1800-yil
Moraviya, Nyu-York, AQSH
Vafoti 8-mart 1874-yil(1874-03-08)
(74 yoshda)
Buffalo, Nyu-York, AQSH
Siyosiy partiyasi
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari
Onasi Phoebe Millard
Otasi Nathaniel Fillmore
Kasbi
  • Siyosatchi
  • advokat
Imzosi
Qoʻshin turi
  • Nyu-York militsiyasi
  • Nyu-York gvardiyasi
Xizmat yillari
  • 1820–1830 yillar (Militsiya)
  • 1860–1870 yillar (Gvardiya)
Mukofotlari

Millard Fillmore (inglizcha: Millard Fillmore; 1800-yil 7-yanvar, Sammerxill, Nyu-York — 1874-yil 8-mart, Buffalo, Nyu-York) — Qoʻshma Shtatlarning oʻn uchinchi prezidenti (1850-1853), AQShning oʻn ikkinchi vitse-prezidenti (1849-1850)[1]. Millard Fillmore Amerika Qoʻshma Shtatlarining Whig partiyasidan chiqqan soʻnggi prezident hisoblanadi. Fillmore oʻzini ikki marta prezident nomzodligiga qoʻygan, biroq ikkalasida ham muvaffaqiyatsizlikka uchragan. AQSh Kongressi Vakillar Palatasining sobiq aʼzosi Fillmore 1848-yilda vitse-prezident etib saylangan va 1850-yil iyulida Zachary Taylor vafot etganida prezidentlik lavozimini egallagan. Shuningdek, Fillmore 1850-yilgi fuqarolik urushlarida qisqa muddatli sulhga erishishda muhim rol oʻynagan[2][3][4].

Millard Fillmore Nyu-York shtatidagi kambagʻal fermer oilasida tugʻilgan.

U hunarini tikuvchidan oʻrgangan, 15 yoshidan gazlama fabrikasida ishlagan.

Millard Fillmore boʻsh vaqtini kitobxonlikka bagʻishlagan.

Bir nechta badavlat odamlarning yordami tufayli Millard Buffaloda huquqni oʻrganishga muvaffaq boʻldi. Keyinchalik Millard Fillmore advokat va shtat qonun chiqaruvchi organi aʼzosi boʻlgan. U yerda fuqarolarning qarzlari tufayli qamoqqa olishni bekor qiluvchi qonunni qabul qilgan.

1828-yilda Millard Fillmore T. Weed bilan uchrashgan. T. Weed boʻlajak prezidentni masonlarga qarshi harakatga qoʻshilishga undagan.

1829-yili Millard Fillmore Nyu-York shtati qonun chiqaruvchi organiga saylangan. Keyin u Weedga ergashib, Jeksonga qarshi harakatga qoʻshilgan.

Fillmore 1833-1835 va 1837-1843-yillarda AQSh Kongressida ishlagan. 1830-yillarning boshlarida Fillmore Whig partiyasiga qoʻshildi, lekin juda moʻtadilligi va murosaga moyilligi bilan ajralib turgan.

1848-yilgi saylovda Viglar Millard Fillmoreni Qoʻshma Shtatlar vitse-prezidenti lavozimiga nomzod qilib koʻrsatgan. Millard Fillmore 1849-yil 4-martda prezidentlikka nomzodni olgan. 1850-yil 9-iyulda prezident Zachary Taylorning oʻlimi Millard Filmoreni Qoʻshma Shtatlarning oʻn uchinchi prezidentiga aylantirgan.

Millard Fillmore Kaliforniyani Qoʻshma Shtatlar Ittifoqiga erkin shtat sifatida qabul qilganliklari uchun qul egalarini ozod shtatlarda qochoq qullarni taʼqib qilish toʻgʻrisidagi qonunni bekor qilishni targʻib qilgan. Bu qonun demokratlarni Fillmore bilan murosaga keltirmadi, balki Shimol viglarini undan uzoqlashtirgan. 1852-yilgi saylovlarda Fillmore keyingi toʻrt yillik muddatga prezidentlikka nomzodini qoʻymoqchi boʻlganida, u faqat bir necha viglar orasida qoʻllab-quvvatlangan. Natijada partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida janubdan Uinfild Skott koʻrsatilgan.

1856-yilgi saylovlarda Fillmore vaqtinchalik „Hech narsa bilma“ partiyasi tomonidan prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatilgan (qullik haqidagi eng dolzarb masalaga befarq va immigrantlarning AQShga kirishini cheklashni talab qilgan). Yakuniy ovoz berishda 296 nafar saylovchidan atigi 8 nafari unga ovoz berdi (saylovchilar saylanganda jami 4 milliondan 874 ming ovoz). Bu Millard Fillmorening siyosiy faoliyatini yakuni boʻlgan.

Millard Fillmorenig Buffalodagi haykali

1874-yil 8-martda soat 23:10 da insult natijasida vafot etdi. Uning hamshiraga soʻnggi soʻzlari:

Кормят как на убой.

Fillmore Forest Lawn qabristoniga xotinining qabri yoniga dafn etilgan. U yerda har yili 7-yanvar kuni Millard Fillmoreni sharaflash marosimi oʻtkaziladi.

Nyu-York shtatidagi shahar va Minnesota, Nebraska va Utah shtatlaridagi okruglar Fillmore sharafiga nomlangan.

Shuningdek, quyidagi joylar uning nomi bilan nomlangan:

  1. Yermolovich D. I. Anglo-russkiy slovar personaliy. — M.: Rus. yaz., 1993. — 336 s. — S. 125
  2. Robert J. Scarry. Millard Fillmore. McFarland, Incorporated, Publishers, February 9, 2010 — 11-bet. ISBN 978-0-7864-4340-6. 
  3. Millard Fillmore. Millard Fillmore Papers. Buffalo Historical Society, 1907. 
  4. Bassett, Mary Cooley; Johnston, Sarah Hall. Lineage Book, National Society of the Daughters of the American Revolution. Harrisburg, PA: Telegraph Printing Company, 1914 — 111-bet. Qaraldi: 2017-yil 18-fevral.