Issiqlik elektr stansiyalari (korxona)
Turi | Aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi | 27-mart, 2019-yil |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 23-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Direktori | Bahodir Jo'rayev |
Vebsayti | uzgastrade.uz |
Til(lar)i | oʻzbek, rus, ingliz |
„Issiqlik elektr stansiyalari“ AJ (inglizcha: "Thermal power plants" JSC; ruscha: "Тепловые электростанции" AO) — respublika iqtisodiyoti va aholisining ehtiyojlarining qondirilishini taʼminlash maqsadida belgilangan miqdorda elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona. Jamiyat tarkibiga 4 ta issiqlik elektr stansiyasi, 3 ta issiqlik elektr markazi, 3 ta soha korxonasiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar va „Тоshkent issiqlik markazi“ MCHJ kiradi.
2024-yilning 5-iyuniga koʻra „Issiqlik elektr stansiyalari“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 13,310 trn soʻmni tashkil etadi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-sonli „Oʻzbekiston Respublikasida elektr energetika tarmogʻini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan „O'zbekenergo“ aksiyadorlik jamiyati qayta tashkil etilishi bilan „Issiqlik elektr stansiyalari“ aksiyadorlik jamiyati taʼsis etilgan[2].
„Issiqlik elektr stansiyalari“ aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar tomonidan 2022-yilda 55,5 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi va 5,3 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan. Jamiyat tarkibidagi korxonalar tomonidan 2023-yilda 54,2 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi hamda 12,03 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan.
2024-yilda 29,064 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi hamda 4,44 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Rahbariyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Joʻrayev Bahodir Ibragimovich – AJ boshqaruv raisi[3][4][5];
- Axunov Ozod Odilovich – AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, kooperatsion aloqalarni kengaytirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari;
- Djurayev Abduhamid Turabbaevich – AJ boshqaruvi raisining iqtisod boʻyicha oʻrinbosari;
- Shaismatov Fayzulla Ergashevich – AJ boshqaruvi raisining investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ustav fondi“. cdn.tpp.uz. cdn.tpp.uz. Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
- ↑ „ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ELEKTR ENERGETIKA TARMOG‘INI YANADA RIVOJLANTIRISH VA ISLOH QILISH STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
- ↑ „“O‘zbekneftgaz”, UzGasTrade va “Issiqlik elektr stansiyalari” rahbarlari tayinlandi“. kun.uz. kun.uz. Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
- ↑ „Bahodir Jurayev “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi raisi etib tayinlandi“. uzreport.news. UzReport.news. Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.
- ↑ „Energetika vazirligi: “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zbekneftgaz” va UzGasTrade rahbarlari tayinlandi“. Daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 7-iyul 2024-yil.