Kontent qismiga oʻtish

Andijon (shahar)

Koordinatalari: 40°42′0″N 72°21′0″E / 40.70000°N 72.35000°E / 40.70000; 72.35000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Andijon shahridan yoʻnaltirildi)
Andijon
viloyat markazi
40°42′0″N 72°21′0″E / 40.70000°N 72.35000°E / 40.70000; 72.35000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Andijon viloyati
Hukumat
Gʻofurjon Abdurahmonov
Asos solingan 1876-yilda
Ilk eslatilishi IX
Avvalgi nomlari Andukon, Andigon
Maydon 76 km2 (29 kv mi)
Iqlim turi Iyulning oʻrtacha harorati 27-28, yanvarniki – 3 daraja
Rasmiy til(lar)i oʻzbek tili
Aholisi
 (2023-yil)
468 100
Zichligi 5750 kishi/km2
Milliy tarkib oʻzbeklar
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 74
Pochta indeks(lar)i 170100
Avtomobil kodi 60-69
AndijonAndijon shahri xaritada
AndijonAndijon shahri
AndijonAndijon shahri

Andijon – Oʻzbekistonning Andijon viloyatida joylashgan shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Shahar Fargʻona vodiysining sharqiy qismida, Andijonsoy yoqasida, dengiz sathidan 450 m balandlikda joylashgan. Iyulda oʻrtacha harorat 27— 28 °C, yanvar oyida esa – 3 °C. Aholisi 333,4 ming kishi (2000). Maydoni 74,3 km2. Andijon shahri shimoli-gʻarbdan Oltinkoʻl tumani, gʻarbdan Buloqboshi tumani va janubi-sharqdan Andijon tumani bilan chegaradosh.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar toponomiyasi haqida turli tadqiqodlar, turli xil fikrlar ilgari suriladi. Masalan, baʼzi manbalarda bu nom „andi“, „azoq“ urugʻlari nomidan olingan deyilsa, hozirgi kunda koʻplab olimlar „Andijon“ nomi soʻgʻdcha „adoq“, yaʼni „yakun“, „oxir“ va „kon“ – „ariq“, „soy“ soʻzlarining birlashuvidan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Bunda „Adoqkon“ soʻzi „Soyning boʻyida joylashgan yer“ maʼnosini anglatadi. Bunday faraz hozirda oʻz tasdigʻini topib bormoqda, chunki Andijon shahri haqiqatdan ham Andijonsoy yoqasida, qadimgi Oqboʻyra soyi oxirida joylashgan.

Oʻrta asrlarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijonning Ark qismida (hozirgi Bobur mahallasi) va Shahristonda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida VII – VIII asrlarga oid buyumlarning topilishi uning Oʻrta Osiyodagi koʻhna shaharlardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Oʻrta asrlarda shahar Arki mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Arab xalifaligi davrida shahar Andukon deb atalgan. Andijon soʻzi ilk bor yozma manbalarda X asr arab sayyohlari Ibn Havqal va Muqaddasiy asarlarida Andukon shaklida qayd etilgan. XI asrda shahar Qoraxoniylar hukmronligi ostiga oʻtadi. Shahar XI —XII asrlarda Fargʻona vodiysining yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylantirilgan. Andijon shahri moʻgʻullar istilosi davrida vayron etilgan, manbalarda qayd etilishicha, XIII asr oxirlarida moʻgʻul xonlari Tuva va Xaydu tomonidan shahar qayta tiklangan. XIV asrning 70-yillarida Fargʻona vodiysi bilan birga Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. XV asrning 2-yarmidan Temuriylar davlatiga qarashli Fargʻona viloyatining poytaxti boʻlgan. Shaharda, ayniqsa, Umarshayx Mirzo va uning oʻgʻli Zahiriddin Muhammad Bobur davrida xoʻjalik, fan va madaniyat sohalari rivoj topgan.

„Oshligʻi vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi boʻlur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas… Andijon noshpotisidan yaxshiroq noshpoti boʻlmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh (hozirgi Shahrisabz) qoʻrgʻonidin soʻngra mundin ulugʻroq qoʻrgʻon yoʻqtur. Uch darvozasi bor… Toʻqqiz tarnov suv kirar. Bu ajabdurkim bir yerdan ham chiqmas… Eli turqdur“….

1504-yildan Andijon shayboniylar qoʻl ostiga oʻtadi. 1710-yilda Qoʻqon xonligi tarkibiga kiradi va Rossiya Qoʻqon xonligini butunlay bosib olguniga qadar (1876-yilgacha) Andijon bekligining qarorgohi vazifasini bajaradi[1].

Shaharda mahalliy aholidan tashqari Sharqiy Turkiston (Sinszyan)dan kelgan aholi ham istiqomat qilgan. Shahar oʻzining hunarmandchilik uzumchilik buyumlari, ip va ipak gazlamalari bilan shuhrat qozongan. Hozirgi kunda Andijonning devzira oshlari dunyoga mashhurdir.

XIX asrdagi dahalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asr oʻrtalarida Andijon 4 dahaga boʻlingan edi. Har bir dahaning qozisi, mingboshisi boʻlgan. Dahalarning oʻzi ham oqsoqol boshqaradigan mahallalarga boʻlingan. 1877-yilda shaharga qoʻshni Xoqon (Xaqan) qishlogʻi aholisi koʻchirilib, oʻrnida rus bosqinchilari uchun yangi shahar qurila boshlanadi. Shahar Rossiya bilan temir yoʻl orqali bogʻlangach (1899), qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan dastlabki sanoat korxonalari vujudga keladi.

Rossiya imperiyasining bir qismi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1875-yil oktyabr oyida Andijon general A. Trotskiy qoʻshinlari tomonidan bosib olinadi. 1876-yil yanvarida esa general M. Skobelev qoʻshinlari tomonidan ishgʻol qilinadi va Rossiya imperiyasining bir qismiga aylantiriladi.

Tumandagi igratsiya harakati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1893—1898-yillarda Andijon uyezdida Turkistonning qolgan qismidan farqli ravishda Rossiya imperiyasining Yevropadagi qismidan kelgan muhojirlari uchun rasman yer ajratilgan.

Mahalliy aholining koʻpligi va boʻsh yerlarning yoʻqligi sababli Turkistonda norasmiy ravishda istiqomat qiluvchi koʻchmanchilar oʻz vatanlariga qaytarib yuborilgan.

Andijon uyezdiga koʻchmanchilar Rossiya imperiyasining turli viloyatlaridan, shu jumladan, Xarkov, Kiyev, Poltava, Donetsk viloyati, Yekaterinoslav, Saratov, Samara, Voronej, Tula, Astraxan, Kursk, Stavropol, Orenburg, Sibir, Shimoliy Rossiya va Kavkazdan kelgan[2].

Shaharga koʻchirib kelingan aholining asosiy qismi ruslar boʻlgan, chunki „Turkiston oʻlkasini boshqarish toʻgʻrisidagi Nizom“ga koʻra, faqat „davlatning qishloq aholisiga mansub xristian diniga eʼtiqod qiluvchi rus fuqarolari“ notinch mamlakatdan xavfsiz hududlarga koʻchirishga ruxsat berilgan[3].

Birgalikdagi boshqaruv va tajriba almashish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkistonning deyarli barcha rus aholi punktlari Andijon tumanining shimoliy, shimoli-sharqiy va sharqiy togʻ etaklarida: Bozorqoʻrgʻon, Mingtyubinsk, Jalolobod, Koʻgart, Oʻzgan, Yassi, Barish volostlarida joylashgan.

Koʻchmanchilarning yana bir qismi Oʻsh tumanining Manyak va Qurbash volostlariga joylashtiriladi, chunki bu yerda qishloq xoʻjaligi sharoitlari rus va ukrain dehqonlariga tanish sharoitlarga oʻxshab ketardi.

Koʻchmanchi aholi uchun ajratilgan yerning eng katta qismi Andijonning chekka qismida boʻlib, u yerda Rus qishlogʻi (280 ta xonadon, 1974-yilgacha mavjud boʻlgan), Moskva va Pokrovskoye posyolkalari tashkil etilgan. Ular birinchi marta katta hajmdagi donli ekinlar maydonlarini kengatira boshlaydilar, bu esa keyinchalik vodiy aholisining katta qismini bugʻdoy va don bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, mahalliy aholi ruslardan yerga ishlov berishni yaxshilash usullarini ham oʻrgangan, bu esa ekinlarning koʻpayishiga, qishda chorva mollarini parvarish qilish va asalarichilikning rivojlanishiga katta yordam bergan. Andijon tumanida va Turkistonda kartoshka, oq karam va gulkaram, pomidor, qand lavlagi, suli kabi ekinlar paydo boʻla boshlaydi. Mayin junli qoʻychilik ham mahalliy aholi orasida rivojlana boshlaydi.

Umuman olganda, ruslar va mahalliy aholi bir-biridan qishloq xoʻjaligida muhim hisoblanadigan koʻplab narsalarni oʻrganishadi, ruslar oʻzlari bilgan narsalarni mahalliy aholiga oʻrgatish mobaynida oʻzlari ham ulardan sugʻorish, bogʻdorchilik va uzumchilik sohasidagi bilimlarni egallab olishadi.

1898-yil Andijonda podsho hukumati maʼmurlarining zulmiga qarshi Dukchi Eshon – Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli rahbarligida xalq qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtadi. Qoʻzgʻolon nihoyatda shafqatsizlik bilan bostiriladi, koʻplab begunoh odamlar oʻldiriladi, qoʻzgʻolon tashkilotchilari qatl etiladi. 1916-yil Andijon mehnatkashlari podsho hukumatining mardikorlikka olish siyosatiga qarshi xalq qoʻzgʻolonida faol qatnashishadi. Shuningdek, Sovet ruslari kirib kelgan payta ham Dukchi Eshon belini mahkam bogʻlab ularga qarshi turgan.

Andijon shahri kuchli seysmik zonada joylashgan boʻlib, 1902-yil 16-dekabrda hududda 9 balli zilzila kuzatiladi, mahalliy aholi uylari esa butunlay vayron boʻladi.

Qoʻqon xoni oʻgʻlining saroyi. Andijon.

Shaharda 48 ta zamonaviy yirik sanoat korxonalari, 63 ta qurilish tashkilotlari va mahalliy sanoat korxonalari faoliyat yuritadi. „Andijonmash“, „Andijonirmash“ kabi aksiyadorlik jamiyatlari paxta zavodlari uchun uskunalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari ehtiyoj qismlari, nasoslar, universal yuklagichlar, aylanma pluglar, nogironlar uchun aravachalar va boshqa anjomlarni ishlab chiqaradi. Andijonda ishlab chiqarilgan dizel va nasoslar, universal yuklagichlar boshqa mamlakatlarga ham eksport qilinadi. Andijon korxonalari elektronika („Elektrodvigatel“, „Elektroapparat“ aksiyadorlik jamiyatlari) mashinalari ham ishlab chiqaradi. „Biokimyo“ zavodida etil spirti tayyorlanadi. Shaharda, shuningdek, tikuvchilik va poyabzal fabikalari ham mavjud. Mahalliy sanoat korxonalari poyabzal, bezakli gazlama, mebel va uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Andijonda oziq-ovqat sanoatining barcha tarmoqlari yaxshi rivojlangan.

Shaharda 50 ta qoʻshma korxonalar mavjud (AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Qirgʻiziston va boshqalar bilan hamkorlikda). Ulardan 5 tasi „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasiga avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradi. Hozirda [GM Uzbekistan] Shaharda yildan-yilga yangi qoʻshma korxonalar ishga tushirilib, zamonaviy va eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Andijonda 3000 taga yaqin kichik va oʻrta biznes sub’yektlari, 7000 dan ziyod xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar bor.

1913-yoldagi Andijon koʻchalaridan biri.

Meʼmorchilik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustaqillik yillarida shaharda bunyodkorlik ishlari yanada rivoj topadi. Andijon viloyati hokimiyati binosi oldida shaharning markaziy maydoni bunyod etilib, binoga Bobur nomi beriladi (1991) va uning ot minib turgan haykali Yangi Bozor hududida oʻrnatiladi.[Eski shahar] Maydon atrofida esa Oxunboboyev nomidagi viloyat teatr binosi, Bobur nomidagi viloyat kutubxonasi, Abbos Bakirov nomidagi kinoteatr, Andijon tibbiyot institutining bosh binosi joylashgan.

Shahar markazidan oʻtgan eng katta koʻcha – Alisher Navoiy shoh koʻchasidir. Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi 1999—2000-yillarda qayta taʼmirlanib, sharqona shaklda „Ark“ darvozasi bunyod etiladi. Bogʻ ichida ramziy burgutga uygʻunlashtirib qurilgan tomosha inshooti – amfiteatr nihoyatda mahobatli koʻrinishga ega. Endilikda viloyat va shaharning eng katta tantanalari aynan shu yerda oʻtkaziladi. Shaharda keyingi yillarda zamonaviy meʼmorchilik anʼanalarida qurilgan tennis korti, „Navroʻz“ stadioni, aeroportdagi deputatlarni kutib olish va joʻnatish zali, „Avtotexxizmat“, Choʻlpon bogʻi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, „Asakabank“ shahar moliya boʻlimi binosi, respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi boʻlimi binolari, Andijon tibbiyot instituti, 4 ta kasb-hunar kolleji, akademik litseylar, „Beeline“ qoʻshma korxonasi, koʻp qavatli turar-joy binolari, koʻplab supermarket va savdo shoxobchalari bunyod etilgan. Shaharda 25 ta transport va 5 ta aloqa korxonalari, 10 ta kommunal tashkilotlari ham aholiga sifatli xizmat koʻrsatadi.

Andijon shahri iqlimi – subtropik ichki kontinental iqlim hisoblanadi[4].

Andijon (norma 1981—2010-yillar) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha harorat, °C 2,0 1,3 7,9 16,2 20,9 25,4 26,7 24,8 20,0 12,9 5,1 2,6 13,6
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 29 34 37 30 20 7 5 2 3 26 19 23 232
Manba: [5]

Serhosil tuproqlar, issiqlik va quyosh nurining yaxshiligi, uzoq muddatli iliq davr (yiliga 210 kun atrofida) shahar atrofida termofil ekinlar – paxta, tut, sitrus va boshqa subtropik ekinlarni yetishtirishga yordam beradi.

Andijon shahri atrofi yozda qor choʻqqilari bilan qoplangan Pomir va Tyan-Shan togʻlari bilan oʻralgan, ularning etagi, pastki qismi esa yongʻoq va ignabargli oʻrmonlar bilan qoplangan.

Qish odatda yumshoq va qisqa boʻladi. Shamollar vodiyning gʻarbiy qismlariga qaraganda zaifroq – oʻrtacha 5 m/s tezlikda esadi va oʻrtacha yillik yogʻingarchilik miqdori yiliga 232 mm ni tashkil qiladi. Yozda Oʻrta Osiyoga nisbatan issiqlik darajasi nisbatan past.

Andijon – aholi soni jihatidan mamlakat shaharlari orasida 4-oʻrinda turadi. 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, aholisi 468 100 kishini tashkil qiladi.

Yil 1897 1939 1959 1970 1979 1989 1991 1999 2000 2013 2020 2023
Aholi (kishi) 60 000 110 000 170 000 200 000 250 000 370 000 300 000 380 000 390 000[6] 400 000 441 700 468 100

SSSR parchalanib ketgunga qadar Andijon shahri aholisining 75% dan koʻpini 120 ta millat va elat vakillari tashkil etgan, shuning uchun ham shaharni haqli ravishda xalqaro doʻstlik shahri deb atash mumkin.

Aholining eng koʻp qismini foiz jihatidan ruslar, ukrainlar, belaruslar, tatarlar, boshqirlar, yahudiylar, armanlar, gruzinlar, koreyslar, nemislar, polyaklar, yunonlar, moldovanlar, qirgʻizlar va boshqa millatlar tashkil etgan.

SSSR parchalanib ketgandan keyin shahar aholisini, asosan, oʻzbeklar (69%), shuningdek, qirgʻizlar, armanlar, ukrainlar, belaruslar, tatarlar, koreyslar, tojiklar, yahudiylar, uygʻurlar, boshqirlar, yunonlar, forslar, moldovanlar, gruzinlar va boshqalar tashkil qiladi.

Andijon shahrida jamoat transporti unchalik yaxshi rivojlanmagan. Sobiq SSSR davrida tashkil qilingan transport tizimi keyincalik bekor qilingan. Turli yillarda jamoat transportiga boʻlgan ehtiyot sababli tizim qaytadan tashkil qilingan. 1, 3, 8, 10 raqamli marshrutlar yoʻlga qoʻyilgan. 2015-yil Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan 24 yoʻnalishli avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bir muddat faoliyat olib borgan ushbu avtobus keyinchalik toʻxtatiladi. Shahar markazida 7, 14, 55, 77 raqamli avtobuslar qatnovi mavjud. 2022-yilga kelib prezident Sh. M. Mirziyoyev topshirigʻi bilan Andijon jamoat transport tizimiga eʼtibor qaratiladi, shaharda Alpomish merosi MChJ tashkil etiladi. Hozirda mazkur MChJ da 1, 24, 75, 222, 394 raqamli zamonaviy avtobuslar aholiga sifatli xizmat koʻrsatmoqda. Yoʻl haqqi 2000 soʻm (2023)

Fargʻona vodiysida joylashgan Pop, Qoʻqon, Margʻilon va Andijon shaharlarini poytaxt Toshkent bilan bogʻlovchi tezkor elektropoyezd tashkil etilgan va 19.2 km uzunlikdagi Angren-Pop temir yoʻli bunyod etilgan (2016). Mazkur elektropoyezdlar uchun chipta ayni vaqatda narxlari 140 280 soʻmdan boshlanadi.

  1. Nurillo Alimov – 2005—2015 yillarda[7]
  2. Dilmurod Raxmatullayev – 2016—2019 yillarda.
  3. Bahrom Haydarov – 2019-2022-yillarda.
  4. Gʻofurjon Abduraxmonov (2022—bugungacha)
  1. V. V. BARTOLD O NATsIONALNOM RAZMYeJYeVANII V SRYeDNYeY AZII
  2. (ЦГИА, ф. 7, oп. 1, д. 110, л. 4—7; ф. 1, oп. 11, д. 573, л. 92—94; 246, с. 108; 154).
  3. (ЦГИА, ф. 1, oп. 11, д. 573, л. 92—94).
  4. Хромов С.П., Петросянц М.А.. Метеорология и климатология: учебник. 7-е издание. Москва: Издательство МГУ, Наука, 2006 — 582 (514)-bet. ISBN 5-211-05207-2. 
  5. Гидрометцентр России.
  6. Andijanskiy gorodskoy xakimiyat (Wayback Machine saytida 2015-09-28 sanasida arxivlangan)
  7. Bivshiy glava Andijana Alimov otpravlen za reshetku na 18 let | TsentrAziya