Kontent qismiga oʻtish

Mingboshi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mingboshi — harbiy maʼmuriy mansab;

  1. ming kishidan tashkil topgan harbiy qism qoʻmondoni. Turk xoqonligi, qoraxoniylar, temuriylar armiyasida mingbegi. Mingboshi tugʻ, karnay, soyabon va chodirga ega boʻlgan. Du-bulgʻa, zirh, sovut, nayza, qilich, sadoq va oʻq-yoy bilan taʼminlangan, oʻnboshi, yuzboshilar Mingboshiga boʻysungan. Mingboshining noibi — oʻrinbosari boʻlgan. Amir Temur qoʻshinida yuzta Mingboshi harbiy qismlarga sardorlik qilgan, jangda zafar quchgan. Mingboshi, viloyat voliysi mansabi bilan taqdirlangan;
  2. Oʻrta Osiyo xonliklarida harbiymaʼmuriy mansab. Qoʻqon xonligida xondan keyingi 2-oliy mansab. Asosan, harbiy ishlarga mutasaddilik qilgan. Xiva xonligitsi saroydagi eng kichik amaldor;
  3. Eron va Xurosonda 18-asrda Mingboshi harbiy sardor, turkmanlarda kabila boshligʻi;
  4. Oʻrta Osiyoning ruslar tomonidan bosib olinishi arafasida Toshkent, Oqmachit (hozirgi Qizil-oʻrda) singari shahar hokimlari. Key-inchalik Mingboshi Toshkent dahalari boshliqlari. Daha Mingboshisi aholi tomonidan saylanib, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan. 19-asr oxiriga kelib Mingboshi shaharda tijorat ishlarini nazorat qiluvchi kichik mansab egasiga aylangan;
  5. 20-asrning 20-yillarida Mingboshi Oʻzbekistonda bir yoki bir necha qishloq birlashuvidan tashkil topgan maʼmuriy idora boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatgan.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil