Juma (shahar)
Juma | |
---|---|
shahar | |
39°42′58″N 66°39′51″E / 39.71611°N 66.66417°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Samarqand viloyati |
tuman | Past Dargʻom tumani |
Aholisi | 26 410 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Juma — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi shahar (1973-yildan). Past Dargʻom tumani markazi. 1893-1896-yillarda temiryoʻl stansiyasi qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Shahar janubidan Toshkent — Buxoro avtomobil yoʻli oʻtgan. Samarqand shahridan 25 km shimoli-gʻarbda. Aholisi 26 ming kishi (1999). Juma shahrida paxta tozalash, tuzatish mexanika zavodlari, „Ilgʻor“ kombinati, 2 ta MTP, avtomobil-avtobus parklari, don bazasi (tegirmoni bilan) bor. Juma shahridan Toshkent, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon va Qarshi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus qatnaydi. Juma shahrida Eski Juma (1890) va Nurulislom (1993) jome masjidlari faoliyat koʻrsatadi. Shaharda 3 umumiy taʼlim maktabi, amaliy va tasviriy sanʼat litseyi, 300 oʻrinli qishloq xoʻjaligi kasb-hunar litseyi, yoshlar va oʻsmirlar sport maktabi, mehribonlik uyi, 3 kutubxona, 2 madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, 3 bogʻcha-gimnaziya, 1941-1945-yillar urushi qatnashchilariga qoʻyilgan yodgorlik bor[1].