Aeroport
Qiyofa
Aeroport (aer. va port) – yoʻlovchilar, yuklar va pochtani havo transporti vositalarida muntazam tashishni taʼminlovchi binolar, inshoatlar (aerodrom bilan birga) va jihozlar majmuasi. Aeroportlar xalqaro va mahalliy aeroportlarga boʻlinadi. Aeroportlar tarkibiga aerovokzal, pochta boʻlimlari, yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash jihozlari boʻlgan ombor, ustaxonalar, angar, moddiytexnika jihozlari, yonilgʻi quyish vositalari va boshqa saqlanadigan omborlar kiradi. Aeroportlar radiolokatorlar, avtomatik radiotexnika vositalari, yorugʻlik signali tizimlari, navigatsiya qurilmalari va boshqa bilan jihozlangan boʻladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |